uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 55 114 підписників, посідаючи 2 378 місце в категорії Технології та додатки та 1 326 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 55 114 підписників.

За останніми даними від 10 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 2 433, а за останні 24 години на 4 792, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 23.84%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 17.09% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 212 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 472 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 118.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 11 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

55 114
Підписники
+4 79224 години
+3 6317 днів
+2 43330 день
Архів дописів
⚽️ Tadqiqot: Futbol to’pini bosh bilan urib qaytarish miya faoliyatini yomonlashtiradi AQSh'lik olimlarning fikricha, to’pni
⚽️ Tadqiqot: Futbol to’pini bosh bilan urib qaytarish miya faoliyatini yomonlashtiradi AQSh'lik olimlarning fikricha, to’pni takroriy bosh bilan qaytarish kelajakda neyrodegenerativ kasalliklar va demensiyaga olib kelishi mumkin. O’yinchilar 2 yil davomida kuzatilganda miya mikrotuzilmasida o’zgarishlar aniqlangan, buni yengil miya jarohati bilan solishtirish mumkin. Ularda asosan xotira va og’zaki o’rganish yomonlashgan. Futbolda zo’r vaziyat bo’lib qolsa ham to’pni yelka bilan qaytaring, bosh bilan ko’p qaytarsangiz zarari ertami-kechmi baribir bilinadi. 📟 DigiTech

+3
⚡️Shveytsariyada Menzi Muck ekskavatorini takomillashtirishdi, endi u odamlar ishtirokisiz qazish va qurish ishlarini bajara oladi. Mustaqil «panjalari» ustida g’ildiraklari bo’lgan qurilmaga qo’shimcha bir qator sensorlar va lidarlar o’rnatildi - endi u avtopilotda harakatlanadi, obyektlarning o’lchami va og’irligini aniqlay oladi. Hozircha bu faqat prototip, uni hali yana takomillashtirishadi. 📟 DigiTech

🏬 Xitoyning Chongqing shahridagi ko’p bosqichli binolar antiqa tarzda qurilgan. Bunday betonli o’rmonzorda adashib qolish hech gap emas: oddiy ko'chada turganga o’xshaysiz, lekin aslida u 22-qavat bo’lib chiqadi. Yoki 12... :) Aytgancha, ularning tomlarida yoqilg’i quyish shoxobchalari va turar-joy binosi orqali o’tadigan metro ham bor. 📟 DigiTech

⚡️Barcha sohalarda foydali bo’ladigan eng yaxshi neyrotarmoqlar ro’yxati, saqlab qo’ying asqotadi. 📟 DigiTech
+1
⚡️Barcha sohalarda foydali bo’ladigan eng yaxshi neyrotarmoqlar ro’yxati, saqlab qo’ying asqotadi. 📟 DigiTech

✍️ Chizgan eskizlaringizni chiroyli logotiplarga aylantirib beruvchi neyrotarmoq. Logo Diffusion neyrotarmog’i bir necha daqiqada ajoyib logotip yaratib beradi — buning uchun shunchaki o’zingiz xohlagan narsaning taxminiy eskizini chizishingiz, qisqa matnli tavsifni kiritishingiz va logotip uslubini tanlashingiz kifoya. Tayyor logotipni istalgan fayl ko’rinishida yuklab olishingiz mumkin. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🥽 Meta Quest 3 ko’zoynagi sizni Toni Stark'ga aylantiradi. Garnitura qo’l harakati bilan aqlli qurilmalarni masofadan boshqarish imkonini beradi. Joydan turmagan holda lampochkaning yorqinligini o’zgartirish, radiatorni iliqroq qilish, eshikni ochish va bir qancha boshqa ishlarni qilish mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Cybertruck namoyish etilganidan 4 yil o’tib, nihoyat yetkazib berish boshlandi. Narxlar va’da qilinganidan yuqoriroq bo’li
+4
🚘 Cybertruck namoyish etilganidan 4 yil o’tib, nihoyat yetkazib berish boshlandi. Narxlar va’da qilinganidan yuqoriroq bo’lib chiqdi. Eng top Cyberbeast versiyasi 100 km/soat tezlikka 2,6 soniyada erishadi va bir zaryadda 550 km masofani bosib o’tadi. 2019-yilda va’da qilingan 39 900 dollar narxga qaramay, 2023-yilga kelib vaziyat o’zgardi: · bazaviy versiya — 49 890 dollar · 4x4 — 68 890 dollar · Cyberbeast — 96 390 dollar Aytgancha, oldi-sotdi shartnomasiga ko’ra, Cybertruck'ni birinchi yilda Tesla roziligisiz sotish mumkin emas, aks holda 50 000 dollar jarima solinadi. 📟 DigiTech

+2
⚡️Telegram ilovasi yangilandi, asosiy o’zgarishlardan:O’xshash kanallar tavsiyalari. Yangi kanalga obuna bo’lganingizda, shu kanalga o'xshash kanallar ro’yxati chiqadi. Ustiga bosib ularga ham obuna bo’lish mumkin. — Ovozli xabarlarni matn ko’rinishida o’qish. Endi hatto premiumga ega bo’lmaganlar ham bu funksiyadan foydalanishlari mumkin, ammo chegaralangan - haftada 2 ovozli xabarni matnga ko’chirish mumkin — Kanallarning shaxsiy reaksiyalari. Kanal egalari reaksiyalarga o’zlarining shaxsiy reaksiyalarini qo’shishlari mumkin bo’ladi. Ularning soni kanalga berilgan ovozlar (boost) soniga qarab o’zgaradi. — Shaxsiy suhbatlardagi fon rasmi. Premium foydalanuvchilar o’zlari va suhbatdoshi uchun fon rasmini tanlashlari mumkin. Bundan tashqari, bir qator kichik o’zgarishlar mavjud — masalan, endi Stories'larni repost qilib, unga video xabarlarni qo’shishingiz va uning statistikasini ko’rishingiz mumkin. Kanalga ovoz (boost) berish: https://t.me/DigiTechAI?boost 📟 DigiTech

📱Xiaomi brendining 10 yilligi munosabati bilan yaqinda birinchi milliard dona Redmi smartfonlari sotildi Redmi'ning birinchi
+2
📱Xiaomi brendining 10 yilligi munosabati bilan yaqinda birinchi milliard dona Redmi smartfonlari sotildi Redmi'ning birinchi modeli 2013-yilda chiqarilgan, olti yildan so’ng arzon gadjetlarining subbrendi o’z flagmanlariga ega mustaqil kompaniyaga aylandi. Bugungi kunda Redmi smartfonlarini deyarli har qanday mamlakatdan osongina topish mumkin, turli xil byudjet va dizayndagi bir necha yuzlab modellari mavjud. 📟 DigiTech

🚘 Yangi G3 Porsche Panamera xuddi Lowrider kabi turgan joyida sakray oladi. Ushbu funksiyani smartfondan boshqarish mumkin. 📟 DigiTech

+1
⚡️X (Twitter) foydalanuvchisi Three.js yordamida hayratlanarli 3D animatsiyalarni yaratadi. U har xil ochiq sahifalarni bir biriga ta’sir qiladigan qildi: ochiq sahifalar sonidan qat’iy nazar, ular bir-birlariga o’zaro ta’sir qilib, chiroyli animatsion naqshlarni hosil qiladi. Qiziquvchilar uchun qo’llanma mavjud, Github'ga havola. 📟 DigiTech

🧠 Parkinson kasalligiga chalingan bemor orqa miya neyro-implantati yordamida mustaqil ravishda yura oldi Parkinson kasalligi
+1
🧠 Parkinson kasalligiga chalingan bemor orqa miya neyro-implantati yordamida mustaqil ravishda yura oldi Parkinson kasalligiga chalingan bemor unga neyro-implant o’rnatilganidan keyin o’zini qanday his qilayotganini so’zlab berdi. Fransiyada yashovchi Markning so’zlariga ko’ra, u o’zini "qayta tug’ilgandek" his qilmoqda. Mark bu kasallikga 20 yildan ko’proq vaqt oldin, taxminan 40 yoshida chalingan. Shundan so’ng u jiddiy muammolarga duch kelgan, jumladan, yomon harakatlanish, muvozanat muammolari va yurish paytida yiqilish. Tadqiqotchilar neyro-implant yordamida uning normal harakatlarini tiklashga muvaffaq bo’lishdi va uning yurish qobiliyati tom ma’noda yaxshilandi. Endi Mark xotirjamlik bilan zinadan ko’tariladi, bog’da sayr qiladi va hech qanday qiyinchiliklarni his qilmaydi. 📟 DigiTech

🛩️ Britaniyaning Virgin Atlantic aviakompaniyasi layneri ekologik toza reaktiv yoqilg’ida Atlantika bo’ylab birinchi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Londondan Nyu-Yorkka uchgan Boeing 787 samolyoti bortida aviakompaniya asoschisi milliarder Richard Brenson, aviakompaniya bosh direktori Shay Veys va Britaniya transport vaziri Mark Xarper bo’lgan. Boeing 787 uchun yonilg’i sifatida o’simlik yog’i va makkajo’xori chiqindilaridan olingan sintetik kerosin bilan aralashtirilgan, chiqindi yog’laridan tayyorlangan yoqilg’i ishlatilgan. 📟 DigiTech

⚡️Smry neyrotarmog’i har qanday saytlardagi maqolalardan eng kerakli ma’lumotlarni ajratib qisqacha yozib beradi. Buning uchu
⚡️Smry neyrotarmog’i har qanday saytlardagi maqolalardan eng kerakli ma’lumotlarni ajratib qisqacha yozib beradi. Buning uchun shunchaki maqola havolasini qo’yish kifoya, so’ng sayt uni o’qib barcha muhim ma’lumotlarni yozib beradi. Mashhur saytlarni, misol uchun WSJ va Financial Times saytlaridagi pullik xizmatlarni chetlab o’ta oladi. Foydalanish bepul, lekin faqat ingliz tilida. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. Agarda havolani ochmasa VPN orqali kiring. 📟 DigiTech

🚘 Huawei va Chery o’zlarining birinchi qo’shma avtomobili — Luxeed S7 elektrosedanini chiqarishdi. Top versiyasida 100 km/so
+4
🚘 Huawei va Chery o’zlarining birinchi qo’shma avtomobili — Luxeed S7 elektrosedanini chiqarishdi. Top versiyasida 100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadi va bir zaryadda 855 km masofani bosib o’tadi. Shuningdek, oval rul, o’nlab radar va kameralar asosida ishlovchi avtopilot bilan jihozlangan. Xitoyda narxi 35 200 dollardan boshlanadi. Har xil mashinalardan ozginadan ko’chirib chiqishganga o’xshaydi :) 📟 DigiTech

+4
Qiziqarli uy jihozlarni yasovchi Xitoylik. Bu yigit yog’och yordamida juda antiqa narsalarni yasaydi, kengayadigan soat, origami-o’rindiq, teginganda yonadigan stol va boshqalar. 📟 DigiTech

📱Samsung Galaxy S24 birinchi sun’iy intellekt smartfoni bo’ladimi? Kompaniya Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada AI Phone
📱Samsung Galaxy S24 birinchi sun’iy intellekt smartfoni bo’ladimi? Kompaniya Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada AI Phone va AI Smartphone savdo belgilarini ro’yxatdan o’tkazishga ariza topshirdi. Bu nomlarni ro’yxatdan o’tkazishga rozi bo’lishadimi yoki yo’q hali noma'lum, lekin Samsung'ni bu smartfon bo’yicha pozitsiyasi aniq: birinchi AI smartfoni. Samsung avvalroq Galaxy S24 smartfoni kompaniya o’zi chiqargan Gauss sun’iy intellektiga ega bo’lishini e’lon qilgan edi. 📟 DigiTech

🗑️ Tokioda chiqindilarni yig’ish bo’yicha tarixdagi birinchi «jahon chempionati» bo’lib o’tdi. Yaponiyada «Spogomi» chempionati bo’lib o’tdi. 20 ta davlatdan jamoalar 90 daqiqada imkon qadar ko’proq chiqindilarni yig’ishlari kerak edi. Eng chaqqonlar Britaniyaliklar bo’lib chiqdi, ular ko’chalardan 57 kg chiqindilarni yig’ishga ulgurishgan. Bizda ham shunday musobaqalarni uyushtirish kerak. 📟 DigiTech

🌳Sayyoramizdagi eng baland daraxt. Kaliforniyaning «Redwood» bog’ida taxminan 800 yoshli gigant o’sadi, unga Giperion nomi h
+2
🌳Sayyoramizdagi eng baland daraxt. Kaliforniyaning «Redwood» bog’ida taxminan 800 yoshli gigant o’sadi, unga Giperion nomi ham berilgan. Balandligi 115 metr: Ozodlik haykali va Big-Bendan kattaroq. Bu go’zallikni saqlab qolish uchun hatto daraxtga yaqinlashish ham taqiqlangan. Qoidabuzarlar 6 oy qamoq va 5000 dollar jarimaga tortilishi mumkin. 📟 DigiTech

🛫 Kecha shunday samolyotda uchdim — degan xabarlarni ko’rsangiz ishonavermang. Bu Stable Video Diffusion neyrotarmog’ida yaratilgan :) 📟 DigiTech

AI | DigiTech - Статистика та аналітика Telegram каналу @digitechai