cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

TTATF direktori F.A.Otamuradov

Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH Direktorga murojaat: @ttatf_director Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktorining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.

Більше
Рекламні дописи
1 354
Підписники
-424 години
-127 днів
-3730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

00:47
Відео недоступнеДивитись в Telegram
TTA Termiz filiali hamda Xitoyning Xinjiang Medical university o‘rtasida hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Показати все...
53.36 MB
👍 2🔥 1
02:12
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ўзбекистон-Корея муносабатларида юқори технологик ва инновацион шерикликнинг янги даври бошланмоқда — В узбекско-корейских отношениях начинается новое время высокотехнологичного и инновационного партнерства Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
IMG_4149.MP426.05 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Donolar_bisotidan 📝
Inson haqiqiy fazilati kerak bo‘lgan chog‘ida, uni ish bilan ko‘rsatib, ishda isbotlagan taqdirdagina namoyon bo‘ladi.
L. Feyerbax
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Показати все...
#Xalqaro_hamkorlik Xitoyning Xinjiang Medical university professor-o‘qituvchilari TTA Termiz filialida
TTA Termiz filialiga O‘zbekiston Xitoy- an’anaviy tibbiyot markazi hamda Xinjiang Medical university professor-o‘qituvchilari Wang Cheng,Li Yongtao,Xiermaimaiti Xiaokaiti, Xin Сhunguang filial professor –o‘qituvchilari bilan birgalikda klinik bazalarga ham tashrif buyurishdi.
Shundan so‘ng Xinjiang Medical university professor-o‘qituvchilari vohamizning muqaddas qadamjolarini ham ziyorat qilishdi. Ilk marotaba viloyatimizga tashrif buyurgan mehmonlarga filial rahbariyati tomonidan estalik sovg‘alari taqdim etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Показати все...
👍 3
#Xalqaro_hamkorlik Xitoyning Xinjiang Medical university professor-o‘qituvchilari TTA Termiz filialida
Kecha TTA Termiz filialiga O‘zbekiston Xitoy- an’anaviy tibbiyot markazi hamda Xinjiang Medical university professor-o‘qituvchilari Wang Cheng,Li Yongtao,Xiermaimaiti Xiaokaiti, Xin Сhunguang tashrif buyurdi.
Nufuzli mehmonlarni filial direktori F. Otamuradov hamda direktor o‘rinbosarlari, dekan va dekan o‘rinbosarlari kutib olishdi. Shundan so‘ng majlislar zalida ikki universitet o‘rtasidagi manfaatli hamkorlik borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xitoyning Xinjiang Medical university professor-o‘qituvchilari filialning xalq tabobati yo‘nalishidagi talabalariga ''Xitoy an’anaviy tibbiyotining zamonaviy uyg‘unligi'' mavzularida ma’ruza o‘tishdi.
Tashrif buyuruvchilar, filialning xalq tabobati yo‘nalishining rivojlanishi borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Hurmatli Otamuradov Furqat Abdukarimovich 🔹Sizni filial jamoasi nomidan tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! ⚡️Sizni metinday sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va farovon turmush hech qachon tark etmasin! ❇️Shu bilan bir qatorda TTA Termiz filialini har taraflama rivoj topishida rejalashtirgan ishlaringizga muvaffaqqiyat tilaymiz va bundanda yuqori natijalarga, ulkan yutuqlarga erishishing. ⚜️Barcha o‘ylagan niyat-maqsadlaringizni dadil qadamlar tashlagan holda amalga oshirishingizni istab qolamiz! 💠Ushbu ayyom kuni bir umr esda qolarli darajada quvonchli daqiqalarga boy bo‘lsin. Hamisha ko‘tarinki kayfiyat hamroh bo‘lsin deya, yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin deymiz. 💐💐💐💐 Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Показати все...
👍 28❤‍🔥 7🔥 2🥰 2 1
00:32
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ёшлар сайли концерт томошаларига марҳамат! ⚡️«30 июнь – Ёшлар куни» муносабати билан юртимиз бўлаб ўтказилаётган ёшлар ойлиги доирасида 2024 йил 15 июнь куни соат 19:00 да Термиз шаҳридаги «Санъат саройи» мажмуаси олд майдонида «Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик!» шиори остида ёшлар сайли бўлиб ўтади. Ёшлар сайли доирасида эстрадамиз юлдузлари Шоҳруҳхон, Ҳамдам Собиров, Шохрух, «Божалар» гуруҳи ва бошқа таниқли санъаткорлар иштирокида галаконсерт дастурлари намойиш этилади. 📍 Манзил: Термиз шаҳридаги «Санъат саройи» мажмуаси. ❗️Концерт дастурлари томошасига кириш мутлақо БEПУЛ. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Показати все...
YOSHLAR 15-IYUN.mp437.74 MB
👍 5
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari diqqatiga!
2024-yil iyul oyida akademik mobillik doirasida Turkiya respublikasining EGE va Ataturk universitetlarida yozgi tibbiy amaliyot dasturi tashkil etilmoqda.
-nomzodlar ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan guruh talabalari - nomzodlar IELTS sertifikatiga ega bo’lishi lozim (suhbat asosida til bilish darajasi aniqlanadi); -fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichlari "yaxshi va a'lo" bo'lishi.
Ishtirok etish istagida bo'lgan talabalar 13-14-iyun kunlari Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limidan ro'yxatdan o'tishlari lozim va 15 iyun kuni suhbat asosida tanlab olinadi!
📞 Murojaat uchun: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi +99893 078 85 55
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Показати все...
👍 5
#Xalqaro_hamkorlik TTA Termiz filiali hamda Turkiya davlatining Istanbul universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalari
Kuni kecha TTA Termiz filiali direktor o‘rinbosari tibbiyot fanlari doktori X. Rasulova Turkiya davlatidagi Erenkoy ruhiy va asab kasalliklari o'quv-ilmiy shifoxonasi, Acibadem xalqaro universiteti hamda TOP-1000 da yuqori o'ringa ega Istambul Universitetida bo‘lib qaytdi.
Filial direktor o‘rinbosari TOP-1000 da yuqori o'ringa ega Istambul universitetining rektoratida tibbiyot fakulteti professor- o‘qituvchilari, ushbu fakultetga qarashli Chapa shifoxonasi nevrologiya klinikasi rahbari professor Esme Ekizoglu Turgut hamda Acibadem universiteti professori Emel Ur Ozcelik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Показати все...
💯 4👍 1
❗️ТЕЗКОР: Тиббиёт йўналишига ўқишга киришда имтиёз берувчи миллий сертификат натижалари эълон қилинди ✅ 2024 йил 26 май куни ўтказилган кимё фани бўйича миллий сертификат имтиҳони натижалари эълон қилинди. ♻️ Талабгорлар ўз натижаларини my.gov.uz сайтининг “Менинг аризаларим” бўлими орқали билишлари ва сертификатни электрон тарзда юклаб олишлари мумкин.
Тест натижалари халқаро методика – Раш модели асосида ҳисобланган бўлиб, талабгорларга тўплаган бали асосида қуйидагича сертификат тақдим этилади: 📌 70 баллдан юқори балл — А+ даража; 📌 65 – 69,9 балл — А даража; 📌 60 – 64,9 балл — Б+ даража; 📌 55 – 59,9 балл — Б даража; 📌 50 – 54,9 балл — C+ даража; 📌 46 – 49,9 балл — C даража.
📊 Маълумот учун, сертификатга эга абитуриентларга ОТМларнинг бакалавриатига кириш тест синовларида қуйидаги тартибда балл берилади: 📌 А+, А даражали сертификат учун — тегишли мутахассислик фанидан максимал балл; 📌 Б+, Б, C+, C даражали сертификат учун — тегишли мутахассислик фанидан пропорционал балл; 📌 А+, А, Б+, Б, C+, C даражали сертификат учун — тегишли мажбурий фандан максимал балл.
📈 Шунда кимё фанидан миллий сертификатга эга абитуриент тиббиёт йўналишига ҳужжат топширган бўлса, тўплаган балига кўра, мазкур мутахассислик фани бўйича максимал балл ёки пропорционал балл олиши мумкин.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги Матбуот хизмати. @ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
Показати все...