uk
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Відкрити в Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Показати більше
1 068
Підписники
-124 години
+27 днів
+11630 день
Архів дописів
Ishxonadagi hamkasblar ko’pincha ovqat olib berish taklifini berishadi. Sababi meni yoshim eng kichkina va yagona chet ellikm
Ishxonadagi hamkasblar ko’pincha ovqat olib berish taklifini berishadi. Sababi meni yoshim eng kichkina va yagona chet ellikman. Bugun ham bir aka ovqatga olib chiqgan edi. 수제비 da go’sht yo’q deb o’ylab buyurtma qilgan edi, afsuski tuxumga o’xshash manti qo’shilgan ekan. Taxmin qilib ko’ringchi men nima yedim? Oshxona ajoyib, (qadimiy uyda qilingan biznes ekan). Ayniqsa idishlari haqiqiy Koreya vaybini berib turibdi.

2 xil standart haqida Bilasiz Koreya chet elliklarga juda yaxshi munosabatda, Ammo: Ba’zi bir xizmatlar borki, chet elliklar
+3
2 xil standart haqida Bilasiz Koreya chet elliklarga juda yaxshi munosabatda, Ammo: Ba’zi bir xizmatlar borki, chet elliklar foydalanishi mumkin emas yoki online ishni xal qilib bo’lmaydi. Shulardan biri bu SK Telecom dagi You Tube premium ▶️ ga ulanish xizmati. 2024 yil ariza topshirgan edim, SK Telecom rasmiy uzur so’rab, hozirda chet elliklar uchun rejasi yo’q ekanligini bildirgan edi. Shu sabab, kuni kecha yana qayta ariza topshirdim, X tarmog’ida (Twitter) va shikoyat portalida ham qoniqarli javob olmadim. Meni o’ylantiradigan jihati, nima sababdan boshqa telekomlar chet elliklarga ruxsat beradiyu ammo SK bundan mustasno? Shularni hisobga olgan holda, agar You Tube premiumga ni arzonroq ulanmoqchi bo’lsangiz boshqa Telecomga ulanishingizni tavsiya qilaman.
Ps: bilaman, You Tube Premium ga ulanishni boshqa yo’llari ham bor, yoxud analog ilovalari ham bor. Shunchaki men bir necha yillar davomida har oy kamida 80$ SK Telecomga ishlatib kelganim uchun bu xizmatdan foydalanmoqchi edim. You Tube Premium siz chalg’iyman, shu sabab doim ishlatishimga tog’ri keladi.
@Elyorbilan

Mana shu gapga 100% qo’shilaman. Aksariyat Koreys kompaniyalar viza haqida ma’lumotga ega emas. Agar sizga viza borasida yordam kerak bo’lmasa bu ishga kirish jarayonini oson qiladi fa foizini oshiradi. Men ham F2 ga o’tganimdan so’ng offerlar olishim ko’paygan. Sababi, vizamni yozib qo’yganim va sponsor kerak emas deganim bo’lgan. Ajoyib Tip sizlar uchun:)

Repost from Anvarbek Ziyodov
Linkedinda OpenVisa Korea va MH Career HR lari yozmoqda:
Dear F-Visa holders, Please make sure to clearly state, "No Visa Sponsorship Required." on your resume! Based on my coaching experience, many people forget to mention this or simply don't know how to write it. It's a simple but critical detail that can make a difference. Many companies in Korea are still unfamiliar with visa information. If you hold an F-visa and don't require sponsorship, be sure to clarify it on your resume.
CV aga Koreys tilida yozilgan bo'lsa: "합법적 취업 가능 (비자 신청 불필요).", "F-2 체류자격 보유로 합법적 취업 가능 (비자 신청 불필요)." Ingliz tilida yozilgan bo'lsa: "No Visa sponsorship required" deb Highlight qilishni tafsiya berishmoqda. Rostdan ham agarda siz F2, F4, F5 ... kabi vizalarda bo'lsangiz ish takliflari boshqa viza egalariga nisbatan ko'proqdir va buni CVga yozish ishga kirish ehtimolligini yanada oshiradi.

Elchixonada ko’rishguncha! Ushbu 2 so’zlovchi, bir dunyo bloggerlardan foydali, shaxsan men uchun:) Shu sabab ham vaqt topib boraman. (Yo’l yo’lakay, qadrdonlar bilan ham ko’rishamiz)

Repost from HaksengUz
📣📣 Koreyada Soha Bo'yicha Ishlash Netvorking Uchrashuvimizning Navbatdagi Soniga Marhamat! Assalamu alaykum! Hurmatli hamyu
📣📣 Koreyada Soha Bo'yicha Ishlash Netvorking Uchrashuvimizning Navbatdagi Soniga Marhamat! Assalamu alaykum! Hurmatli hamyurtlar, Sizni, Koreyada Shaxsiy va Huquqiy Yoʻnalishlarni Muvaffaqiyatli Anglash deb nomlangan netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga taklif etishdan mamnunmiz! 🎤 So'zlovchilar: Shahnoza – Jamiyatshunoslik | Koreya Adliya Vazirligi va Immigratsiya Xizmati mentori Faoliyat: - Koreya Adliya Vazirligi va Immigratsiya xizmati mentori - Seul Global Markazida 12 yillik tajriba 📌 Mavzu: Koreyada Oʻzlikni Topishning Ahamiyati Jamshiddin – Huquq | Koreya Adliya Vazirligi va Immigratsiya Xizmati mentori Faoliyat: - Koreya adliya vazirligi va immigratsiya xizmati mentori, - "Erta moslashuv dasturi" professional instruktori, - Hududiy immigratsiya xizmati bo'limi qoshidagi chet ellik faollar guruhida O'zbekiston vakili. 📌 Mavzu: Qanday Qilib? vs Nima Uchun? Bu safar, Koreyada uzoq yillardan beri istiqomat qilib kelayotgan, boy tajriba va koʻnikmalari bilan, Koreyadagi hamyurtlarimizga beminnat yordamlari va foydali maslahatlarini berib kelayotgan, bir-biriga yaqin sohada faoliyat yuritadigan ikki nafar soha mutaxassislarini taklif etganmiz. Balkim siz ham ularning Telegram kanallarini kuzatsangiz kerak. Birlari Salom Koreya kanalini yuritsalar va yana birlari Seul Global Markazidagi Tajribam kanalini yuritadilar. Bu safar joylarimiz oldingidan koʻproq, bemalol doʻstlaringizni ham olib kelavering! Biz bu safargi uchrashuvimizni WAYU Koreya hamjamiyati bilan hamkorlikda tashkillashtirmoqdamiz! Shu sababdan ham uchrashuv joyini kattaroq boʻlgan joyda, oʻtkazishni reja qildik. 📅 Sana: 2025-yil, 22-Fevral (Shanba) ⏰Vaqt: 14:00 ~ 16:00 📍Joy: Oʻzbekiston Elchixonasi | 주한우즈베키스탄대사관 🌟 Uchrashuvda nimani kutishingiz mumkin: 🎤 Koreyada koʻplab hamyurtlarimizning muammolarini hal qilishda yordam berib kelayotgan tajribali soha mutaxassislaridan, foydali suhbatni tinglash orqali, Koreyada oʻzlikni topishning ahamiyati haqida bilib olasiz. 🤝 Hamfikrlar bilan aloqa o‘rnatish 💡Savol-javoblar va faol muhokamalar 👉 Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://shorturl.at/hHi05 Hoziroq roʻyxatdan oʻtib joyingizni band qiling! Joyni topishda yordam kerak bo‘lsa, HaksengUz guruhiga t.me/haksenguz_guruh habar yozib bizga murojaat qilishingiz mumkin, sizga yordam beramiz! Manzilni Naver xaritada koʻrish: https://naver.me/54kIDAS5 Manzilni Kakao xaritada koʻrish: https://kko.kakao.com/_Du2JsTLLl HaksengUz Rasmiy Kanal: https://t.me/haksenguz https://t.me/haksenguz https://t.me/haksenguz Sizni uchrashuvda kutib qolamiz! Hurmat bilan, HaksengUz Jamoasi

Tadqiqot natijasi haqida: 2024 yil kuz oylarida bir vatandoshimiz tadqiqot o’tkazgan edilar. Menda ko’proq inson to’ldirib berishlarini iltimos qilib, yil yakuniga qadar umumlashtirishlarini bildirgan edilar. Men esa, iloji bo’lsa, so’rovnoma natijalarini ulashishlarini so’ragan edim. Kuni kecha natijalarini yubordilar, hali jurnallarga chop etilmagan. Ammo natija ajoyib, Koreyadagi juda ko’pchilikning fikri inobatga olingan. (Anonim bo’lgani uchun fikrlar xolos) Oxirgi yillar, bu kabi ijtimoiy sohadagi uzoq yillar foydalansa bo’ladigan tadqiqot natijalarini ko’rmagan edim. Katta mehnat qilganlari shundoq ko’rinib turibdi. Rasmiy e’lon qilsalar sizlar bilan ham albatta ulashaman. Hozircha mualliflik huquqi sabab, biroz kutib turishga tog’ri keladi. Mavzu: Janubiy Koreyadagi O’zbekistonlik muhojirlar duch kelayotgan asosiy muammolar haqida edi. @Elyorbilan

Yoshlikni eslab.
+1
Yoshlikni eslab.

Aktual mavzuda maqola Koreyada 2 ta katta aktual mavzuda maqola tayyorlayabman. Biroz uzun bo’ladi, ammo Koreyslarning yashash tarzini, qolaversa Koreyada yashashni biroz tushunarliroq qiladi degan umiddaman. Maqolani menimcha medium tarmog’ida joylashtirib, bu yerda link qoldiraman. Buning uchun: har bir mavzu uchun 15 nafar Koreys va 15 nafar chet ellikdan kichik intervyu oldim. (Kofe ustida). Qolaversa boshqa yangiliklar, tadqiqodlarni ham o’rganib chiqdim. Tayyor bo’lishi uchun deyarli 8 oy talab qilindi. Shu oy yakuniga qadar tugatishga harakat qilaman. Qanday mavzular ekanligini taxmin qila olasizmi? Tog’ri topgan birinchi 2 nafar obunachiga kitob sovg’a qilmoqchiman. @Elyorbilan

Suxbat ancha qizg’in bo’layabdi. Vaqtingiz bo’lsa kirib tinglashingiz mumkin.

Yillar sayqallab boradi.. 2017 yillar, Koreyaga endi kelgan kezlarim. Savollar paydo bo’lsa, katta kurs vakillaridan maslahat so’rardik. U paytlari ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekistonliklar tomonidan yuritiladigan guruh va kanallar kamroq edi. Hozir esa ancha sayqallanib, ma’lumot olish osonlashgan. Birlashuv qanday bo’ladi desa, ikkilanmay shuni ayta olsam ham kerak. Keling bo’lmasam men sizga, moddiy manfaatlarni ko’zlamagan foydali manzillarni ulashsam! Telegram 🌐: 1. Salom Koreya - guruh va kanal orqali “fact checking” qilingan ma’lumotlar, viza masalalari va Koreyada qonuniy yashash haqida foydali manlumot olasiz. Kanal admini Jamshiddin aka ham qonuniy shu sohada faoliyat yuritib keladilar. 2. Seul Global Markazi - Shahnoza opaning Seul Global Markazida ishlagan tajribalarini ulashish va yetuk chet ellik bo’lib yashashga chorlash. 3. WAYU Korea - O'zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi "Janubiy Korea filiali". Juda ko’p tadbir va programmalar tashkil qilib kelayotgan rasmiy tashkilot. Ajoyib jamoa shakillantirilgan. 4. HaksengUz - Koreyada, soha bo'yicha ishlash, ish qidirish, ish intervyu, rezyume, roadmap, va netvorking haqida spikkerlar bilganlarini ulashib boradigan guruh. 5. UzOffice Networking - Bu guruhda Koreya Kompaniyalarida ishlab kelayotgan Yurtdoshlarimiz o’z tajribalarini ulashishadi. Facebook 🌐: 1. Koreyadagi O’zbekistonliklar - Talaba, Ishchi, tadqiqodchi va biznesmen kabi barcha soha vakillarini qamrab olgan guruh. Har bir post iloji boricha adminlar tomonidan tekshiriladi. Bilib bilmaganni so’rab o’rganadigan guruh. 2. Uzbek students in Korea - Bu guruh eng birinchilardan bo’lib ochilgan. Asosan talabalar so’rovlariga focus qaratilgan. 3. Koreyadagi F2 va F5 viza Egalari - Bu guruhni shaxsan o’zim ochganman. Facebook da Ingliz tilida o’xshash kanal bo’lib, juda ko’pchilikning shu kabi viza olishiga sababchi va turtki bo’lgan. Men esa, O’zbekchasini tadbiq qilgim keldi. U yerda qancha O’zbekistonliklar ushbu vizada ekanligi va statistik ma’lumotlar tor doiarada berib boriladi. You Tube ▶️ : 1. Qo’shtirnoq Podcast - Koreyaga oid sonlarini ko’ring. Koreyada uzoq yillar yashab yurgan yurtdoshlar na’zdidagi Koreya muhokama qilinadi. 2. Abdumalik Nabiyev - Koreys madaniyati, tili va Grantlar haqida beminnat maslahat va darsliklar berib boriladigan kanal 3. Insaan Tajribasi - Bu kanal asosan talaba va o’qishni tamomlagandan so’ng ish faoliyatini yuritishdagi kerakli elementar ma’lumotlar ulashiladi. O’qish va ishga joylashishdagi Tip larni ham topasiz. 4. WAYU Korea - Yuqoridagi tashkilot You Tube kanali bo’lib, nisbatan keng formatdagi video mamlumotlarni topasiz. X tarmog’i 🌐 (Twitter 🐦) : 1. Kortwipl (Koreya sastap) - yangi guruh bo’lib, asosan yangiliklar va Koreyadagilarga oid ma’lumotlarni o’zaro almashish jamiyati. Men kuzatganlarimni sizlar bilan ham ulashdim. Aminmanki, bu ro’yxat aslida keng. Shunchaki informatsiyaga to’lgan zamonda, eng keraklisini qabul qilishingizni xohladim. Hurmat bilan, Elyor Nurdinov @Elyorbilan #foydali@Elyorbilan

Qiziqarli voqea guvohi bo’layabmiz. Ingliz tilidan Ingliz tiliga tarjima qilishayabdi. Mavzu esa undanda qiziq. Hozirgi Bangladesh vaqtincha hokimiyati ga fikr bildirishayabdi. Haqiqatda hozirgi payt, ko’p narsa aynan Trump ga bog’liq bo’lib qolgan. Bangladeshning hozirgi hokimiyati Pokistonga yaqin, ammo avvalgisi esa Hindiston bilan yaqinroq edi. Muhammad Yunus (hozirgi bangladesh hokimiyati tepasidagi inson) Nobel mukofotiga ham sazovor bo’lgan. (Kam foizli mikro kredit ajratish bo’yicha). Ammo, Bangladeshda hali ham eski bosh vazir Sheyx Hasina tarafdorlari ko’p, shu sabab Muhammad Yunusga oson bo’lmayabdi. Meni Bangladesh siyosatiga qiziqishim tabiiy:) Axir ishim sabab har yili borib kelishim kerak. @Elyorbilan

Shu pishloqdan yeb ko’rganlar bormi? Men ko’pincha Mehmonxona nonushtasida iste’mol qilar edim. Yoqgani uchun ham olib keldim
Shu pishloqdan yeb ko’rganlar bormi? Men ko’pincha Mehmonxona nonushtasida iste’mol qilar edim. Yoqgani uchun ham olib keldim. Ta’mi 2-3 bo’lak yeb meniki emasligini tushunib yetdim. Negadur ta’mi ga’lati bir mog’orga o’xshaydi. Ammo yaroqlik muddati joyida. Yoki o’zi shundaymikan? Sotib ham yuborib bo’lmaydi, tashlab yuborish esa uvol. Nima qilishga bosh qotdi. Siz nima qilgan bo’lar edingiz?

Bugun viza masalasida KAIST ga borgandim. Lentam bo’lsa, bitiruvchilarga to’ldi. Shiddatli hayot mana endi boshlanadi:)

Bir jumla yodimga tushdi: Men senga maslahat berishim, sendan aqilli ekanligimni anglatmaydi. Aksincha, sendan ko’p xato qilganimdan dalolat beradi. Ps: 2 yil avval, katta project olishda ikkilanayotgan paytim team leader bergan maslahat edi. @Elyorbilan

Repost from WAYU Korea
#Birga #5_son 16-fevral, Koreya vaqti bilan soat 20:30da @wayu_korea sahifasida bo'lib o'tadi Koreya qonunchiligi va huquq ma
+1
#Birga #5_son 16-fevral, Koreya vaqti bilan soat 20:30da @wayu_korea sahifasida bo'lib o'tadi Koreya qonunchiligi va huquq mavzulariga bag’ishlanadi. • Spiker: JAMSHIDDIN • Sohasi: huquqshunos • Kasbi/faoliyati: - Koreya adliya vazirligi va immigratsiya xizmati mentori, - "Erta moslashuv dasturi" professional instruktori, - Hududiy immigratsiya xizmati bo'limi qoshidagi chet ellik faollar guruhida O'zbekiston vakili. • Til sertifikati: KIIP-5 • Maqsadi: Koreyadagi chet elliklarning, xususan hamyurtlarimizning yillar davomida takrorlanadigan tizimli muammolariga yechimlar ustida ishlash. Spikerimizni ko’pchilik Salom Korea loyihasi orqali yaxshi taniydi. Ta’kidlash kerakki, Koreyadagi o’zbekistonlik mutaxassislar orasida chet elliklar muammosini Jamshiddin aka singari tushinadiganlar kamdan kam uchraydi. Bir so’z bilan aytganda o’z ishining ustasi! Uchrashuvda quyidagi savollarga javob olasiz: 1. Vatandoshlarimiz qanday huquqiy muammolarga uchramoqda? 2. Jonli keyslarga jonli javoblar! 3. Tizimli muammolarimiz sabablari nimada? Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

Haddan tashqari perfektsionistlik (ya’ni, mukammallikka haddan ortiq intilish) ba’zi jihatlari bilan foydali bo‘lishi mumkin,
Haddan tashqari perfektsionistlik (ya’ni, mukammallikka haddan ortiq intilish) ba’zi jihatlari bilan foydali bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib keladi. Ishxonada yangi qonun qoida kiritilibdi. Avvalari 08:05 gacha 지각 (kechga qolish) sanalmas edi. 08:00-17:00 oralig’ida ishlaydiganlar uchun. Ammo endi 08 dan bir daqiqa o’tsa ham 30 daqiqa kech qolgan deb hisoblanarmush. 8:35 da kelinsa, 1 soat kech qoldi deb sistemaga avtomatik kiritilar ekan. To’g’risi Koreyslar bunga qanday qaraydi bilmadimu ammo men kabi chet elliklar, buni haddan tashqari qonun qoida joriy qilinishi deb tasavvur qilsa kerak. O’zingiz bilsangiz kerak bir necha bor kech qolsangiz, Koreyslar asabingizni o’ynashdan charchashmaydi. Ammo ishdan kech ketsangiz hech kim parvo ham qilmaydi. Koreyslar bilan ishlashda shu jihati umuman yoqmaydi tog’risi. Odatda men umuman kech qolmasikka, har doim 10 daqiqa oldin kelishga harakat qilaman. Ammo bugungi kabi qor juda ko’p yog’gani sabab bo’lib 08:01 daqiqada kirganim 30 daqiqa kech qoldi deb sistemaga kiritilibdi:) Xulosani o’zingizgizga qoldirdim. @Elyorbilan

Ajoyib videoga ko’zim tushdi. Siz qanday inson bo’lsangiz, do’stlaringiz ham odatda shunday bo’ladi. Hudoga shukr menda ham hol ahvol so’rab turadigan do’stlarim bor. Doimo bor bo’lishsin. Aslida inson, musofir hayot kechirar ekan, uning oilasidan qaysidur do’sti habar olib turishi - bu tariflab berish qiyin bo’lgan ajoyib ishlardandir. Bu gapimni musofirdagilar juda yaxshi tushunishadi. Siz ham agar hali qilib ko’rmagan bo’lsangiz, bir bor do’stingiz uchun urinib ko’ring. Aminmanki, bu o’rtadagi rishtalarni mustahkamlaydi xolos. @Elyorbilan

O’sha inson faqat ehsonga bog’lanib emas, mehnat qilib ham pul topish uchun doim harakat qilib kelayabdilar. Instagramda Halo
O’sha inson faqat ehsonga bog’lanib emas, mehnat qilib ham pul topish uchun doim harakat qilib kelayabdilar. Instagramda Halol pishiriq va yarim tayyor mahsulotlar ni tayyorlab ham mablag’ yeg’ishga harakat qilmoqdalar. Men ham o’tgan hafta “Napaleon” buyurtma qilgan edim. Bugun pochta yetib kelibdi. Mazzasiga gap yo’q, qisqa qilib “maromida” desam to’g’ri bo’ladi. Ertaga Koreys hamkasblar bilan tushlikdan so’ng birga istemol qilishmi reja qilib qo’ydim. Opaning qizi uchun har ishga qodirligi, ba’zida ona bo’lish oson emas degan xulosaga keltirib qo’yadi. Rasmda opa yurg’izayotgan instagram tarmog’ini qoldirayabman. Koreyada bo’lsangiz, ul bul narsa sotib olishingiz mumkin. Hanna “yordam bo’ladi”. O’zini boshqara olmaydigan ba’zi erkaklarga: Faqat iltimos, Opaga tanishaylik, ayolim bo’ling kabi ortiqcha so’rovlar bilan murojaat qilmang. @Elyorbilan

KAIST dagi Immigratsiya markazi haqida: Bundan bir necha yil avval, KAIST da KAIST va Chungnam university o’quvchilari va shu
+6
KAIST dagi Immigratsiya markazi haqida: Bundan bir necha yil avval, KAIST da KAIST va Chungnam university o’quvchilari va shu hudduda ilmiy taqdiqod markazlari va kompaniyalarida ishlaydiganlar uchun alohida immigratsiya ofisi ochildi. Xulosa: 1. Odam juda kam. Hatto oldindan joy olmasdan ham borsa bo’ladi. Joy band qilmoqchi bo’lsangiz o’sha kuni yoki ertasigayam joy bo’ladi. 2. Hohlasangiz Koreyscha hohlasangiz Inglizcha muloqot qila olasiz. 3. Qiziqgan savollaringizni bemalol berib javob ola olasiz. 4. Ortiqcha bosh og’riq yoki hujjatlardan kamchiliklar qidirishga harakat qilmaydi (deyarli) 5. Qolgan joylarga qaraganda muloyimroq Men ba’zida zerikib qolsam, yo’qlagani boraman. Chet elliklarni qiynaydigan muammolar va yo’l yo’riqlarni ham so’rab turaman. Qisqa qilib aytganda ajoyib joy! @Elyorbilan