Elga yor (Elyor)
前往频道在 Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
显示更多1 109
订阅者
无数据24 小时
-27 天
+130 天
帖子存档
1 109
+3
Urushlar sabab inqiroz kuzatilayotgan bir payt,
Iqtisodiy inqiroz ham boshlanish arafasida. (Boshlanib ham bo’ldi)
Yaqin yillar oson bo’lmaydiganga o’xshaydi.
1 109
Koreyslar birlasha oladigan xalq!
Bir necha daqiqa oldin, Konstitutsiyaviy Sud tomonidan Koreya Prezidenti Yun, o’z lavozimidan bo’shatildi.
Uni kelajakda katta ayblovlar kutib turibdi….
Kichik statistika 📉: Xalq hokimiyati partiyasidan 2000 yildan so’ng 2 marotaba Prezident o’z lavozimidan bo’shatilishi kuzatildi.
Bugun Koreyada bayram!
Chet ellik o’laroq, bizlarga nima foyda desangiz?
- Ana endi juda yuqori ehtimol bilan Prezident etib Lee Jaemyung Demokratlardan saylanadi. Chet elliklar har doim Demokratlar tomonidan boshqarilgan vaqt nisbatan bemalolroq yashagan!
Hammani tabriklab,
Hurmat bilan Elyor.
@Elyorbilan #yangilik@Elyorbilan
1 109
+2
Bahor
Havo ajoyib, men bo’lsam mahhalamizdagi daryo bo’yida yana O’tgan kunlar audio kitobi mutolaasidaman. Sof O’zbek tilidagi adabiyot Musofir O’zbekka yoqmay kimga ham yoqardi? Kamiga Otabekning ahvoli hozirgi zamondoshini hayotida ham o’z aksini topayotgan bo’lsa…
1 109
+2
Statistikadan bir shingil.. 📊
Yillik daromad haqida:
Statistika ma’lumotlariga qarasak, ko’p chet ellik do’stlarimiz aslida Koreyslardan ko’proq yillik daromad olayotgani oydinlashdi.
Quyidagi ma’qolada Koreyslarning 19 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan o’rtacha yillik daromadi 30.92 (22,900 USD) million wonga tog’ri kelayotgani ko’rinadi.
Rasmda Jasur aka yozgan izoh ham mantiqqa to’la va aktual hisoblanadi.
Manba: KIFA
@Elyorbilan
1 109
Turkiyaga Koreys akaning to’yiga borib kelganim yodingizdami?
Shu aka ta’tilda oilaviy Koreyaga qaytib, meni kechki ovqatga taklif qilishdi. Uzoq suxbat qurdik. So’z yakunida,
Koreys aka: Elyor uylansang oilalarimizni tanishtirib, bordi keldi qilishimiz doimo saqlanib qoladi.
Men: Ha, Hudo hohlasa shunday niyatdaman.
Uyga kelib qarasam mashinaga sovg’a solib qo’yishibdi. Koreyada topib bo’lmaydigan Suriya baklavasini olib kelishgan ekan. Biroz ko’pligi bois Daejeondagilar aytsangiz Kofe evaziga mehmon qilishim mumkin 😁
1 109
Yaqin yillarda Sport va Ilmga qaratilayotgan e’tibor tubdan farq qilayotgan edi. Ayniqsa Moddiy va manaviy rag’bat borasida.
Nima uchun deb savol berib ko’rganmisiz?
1. Sport Davlatning imidji shakillanishida nisbatan tezroq yo’l hisoblanadi. Olimpiada, xalqaro tanlovlarda Yurtdoshlarimiz g’alaba qozonsa e’tiborga tushishi osonroq. Oxirgi misol o’laroq Husanovni keltirsam: Deyarli ko’p Koreyslar ham bilib qolishdi. Bu esa har bir O’zbekistonlikni xursand qiladi. Tog’risiyamda, O’zbekistonni qachongacha Pokiston yoki Afg’oniston bilan adashtirishadi?
2. Ilm-fan ga rag’bat ajratilsa, imidj kabi natija uchun yillar talab qilinishi mumkin. Nobel mukofotini 1-2 yillik e’tibor bilan olinmaydiku axir. Shu sabab strategiya muhim sanaladi.
Yuqoridagi yangilikni o’qib, agar qarorlar o’z amalda ham ijro etilib o’z kuchini topsa, yaqin 10 yilda albatta mevasini beradi. Yuqori malakali kadrlar yetishib chiqadi. Insonlarning o’lchov birligi faqat sport orqali pul ishlashdan ko’ra, o’qib ham kam bo’lmaslik qoniqishini beradi. Bu mamlakatning Tarix va Ovqatlari bilan maqtanaverishdan ilmiy salihiyati orqali tanilishga ham xizmat qilsa ajab emas.
Qisqa qilib, o’qing - kam bo’lmaysiz.
@Elyorbilan
1 109
Repost from Alisher Sadullaev
🇺🇿Prezidentimizning PF-61-sonli farmoni asosida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ro‘yxati:
1. Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!
2. TOP100 OTM PhD bitiruvchilari uchun 10 yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (806 mln so‘mgacha).
3. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (ijtimoiy va daromad solig‘i 50%gacha kamayadi).
4. C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi (120 mln so‘mgacha, 3 yil muddatga).
5. “Yorqin iste’dod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda o‘qitiladi, xarajatlar to‘liq qoplanadi (300 mlrd so‘m ajratiladi).
6. “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
7. Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi.
8. Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi joriy etiladi.
9. Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi.
10. Milliy mediakontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln so‘mgacha grant ajratadi.
11. Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mli “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tashkil etiladi.
12. Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari to‘liq rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
13. Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil).
14. Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil).
15. Samarqandda “Take Off” startap sammiti o‘tkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida).
@alisher_sadullaev
1 109
Assalomu alaykum qadri kuzatuvchilar!
Sizlarga “online” hayitlikni ulashmoqdaman.
Bayram kunini o’zingiz hohlaganingizdek o’tkazishingizni tilayman.
@Elyorbilan
1 109
Koreya Musulmonlar Federatsiyasi tomonidan,
Ramazon Hayit bayrami 31-mart Dushanba kuni deb e’lon qilindi!
Kirib kelayotgan (kelgan) Hayit ayyominviz muborak bo’lsin.
@Elyor bilan!
1 109
Yetimxona haqida
Bugun Daejeon shahridagi bolalar uyiga borgan edim. Meni anchadan beri kuzatadiganlar, borib turishimni yaxshi bilishadi.
2 ta qiziq voqeani aytib bermoqchiman.
1. Bolalar uyi direktori, biz chet elliklar bolalar bilan o’ynashdan oldin biroz tushuntirish beradi. Bugun diqqat bilan tinglab o’tirsam:
Direktor: Biz bolalarni chet elga aylanishga yoki o’qishga yuborish mablag’imiz yetmaydi. Shu sabab, sizlardan iltimos qilgan holda bolalarimiz dunyo qarashini kengaytirmoqchimiz. Bu dunyoda faqat Koreyslar emas, boshqa Davlatlar borligini ularni madaniyati bilan ham yaqindan tanishishini xoxlaymiz.
2. Kirish so’zi tugagach, bolalar bilan ko’rishishga kirdik. Bir kichkintoy (12 yosh ukamiz) uzoqdan kuzatib, yugurib keldida 쌤 요새 왜 안오세요? (Tarjimasi: Ustoz nima sababdan kelmay qo’ydingiz?)… Ichimdan bir narsa uzilganday bo’ldi.
Har oy ko’ngillilar borib, yo’qlab kelardik. Bugun ham o’ynab, iloji boricha ko’proq kelib turishga qaror qildim.
Minje: Aka nimaga ovqat yemayabsiz?
Men: Ha, dietadaman, shunga yeyolmayman.
Minje: 🤓 Aldamang, Ramazon bo’lganiga yemayabsizku
Kelgunimcha, tarbiyachi onalar aytib qo’yishgan ekan. Ramazon haqida mantiqiy savollar ham ko’p berishdi. Savollarni eshitib, 10 yoshli bola qanday qilib bunday savol berishi mumkin deya o’ylanib ham qolaman ba’zida.
Rasm va videolarni joylagim kelmadi.
@Elyorbilan.
1 109
Tasavvur qiling…
Koreyadagi O’zbekiston elchixonasi ham huddi shunday rasmiy xat tayyorlab, Yurtdoshlar uchun bayram sovg’asi qilsaya?
Indoneziya Davlatiga respekt!
1 109
+1
Phone booth
Bir necha oy avval, Chairman ga 6 qavat uchun shunday telefon uchun budka tashkil qilib berilsa foydali bo’lishini aytgandim. Bugun kelib o’rnatib ketishdi:)
Hamma hursand. Koreys hamkasblar ayta olmagan ishni men orqali bitirib olishdi😅
Ana endi bemalol chet eldan kelgan qo’g’iroqlarni, zoom meetinglarni tashkil qilsam bo’ladi.
@Elyorbilan
1 109
Koreyadagi o’rmon yong’inlari haqida 🔥 🌳🦌
Facebook da do’stimiz yozayabdilar.
Habaringiz bor, Koreyani o’rmon yong’inlari qamrab oldi. Xatto sms lar orqali, olov chiqarishga urinish uchun qamoq jazosi borligi ham yuborilayabdi.
Juda katta hudud, zavod va temple lar yonib kul bo’layabdi. Tabiat va hayvonot olamini aytmasak ham hamma bilsa kerak. Daejeon tinch, qolgan shaharlarda yashaydigan O’zbek do’stlarimizdan hech bo’lmasa telefon orqali hol ahvol so’rab qo’ying.
Bizku, biror bir korxol bo’lsa Vatanga qaytarmiz.. ammo Koreyslarga qiyin bo’ladi.
@Elyorbilan
1 109
Odam devzira oshni sog’indi.
Bu Koreyada devziradan osh qiladigan restoranlar yo’qmi?
1 109
Koreyada ish borasida foydali ma’lumot:
Remember ilovasida bir bo’lim bor. Community bo’limi orqali ishlash borasidagi har qanday savollarni berib, shu soha vakillaridan tavsiya va maslahatlar olsangiz bo’ladi.
Nima uchun desangiz, siz odatda chet ellik tanishlardan maslahat olasiz, ammo native Koreyslar fikrini ham eshitish bu tabiiy aslida. Axir Koreyada faoliyat olib boramizku.
Rasmga boqsangiz, 3 ta savol berilgan. (Aktual)
Koreys tilini bilishingiz shunday paytlar as qotadi.
Bu ilova haqida ham You Tube tarmog’ida O’zbekzabonlar uchun o’quv qo’llanma chiqaraman.
@Elyorbilan
1 109
Bu ChatGPT o’zim haqimda o’zimdan ham ko’p ma’lumotga ega bo’lmasa bo’ldi 😅
Oxirgi jumlaga boqing:)
1 109
+3
Uchoq mashqi ✈️
Bugun do'stim bilan uchoqni mashq qilib ko'rdik. Ajoyib taasurot, 20 daqiqa uchishga
taxminan 70$ dan tushdi.
Manzil: 하늘누리 항공
Janubiy Koreya
@Elyorbilan
1 109
Ishxona ish safariga chiqadiganlar uchun rag’banlantirish maqsadida oyoq kiyim olib berdi.
Bu kabi, rag’bat yilning har choragida qilish kelishib olindi. Shunchaki nima kerakligini aytsangiz bas:)
Rag’bat va bonus:
Pul + esda qolarlik buyum.
