KIBERUZ | КИБЕРУЗ
Відкрити в Telegram
Kibersport haqida o’zbek tilidagi birinchi kanal. Kibersport olamining so’nggi yangiliklari, o’yinlarning video-tahlili, xaylaytlar, analitika – bularning barchasi KIBER UZ! Reklama va hamkorlik bo’yicha: @profsoyuz_influence Tel.: +998 97 156 22 11
Показати більше4 497
Підписники
-924 години
-197 днів
-1930 днів
Архів дописів
4 497
🌡 NVIDIA App yana videokartalarni qiynashni boshladi
Dastur yangilangach, GPU harorati 10°C ga ko'tarilib, videokarta bekor turganda ham nagruzka 10–15% ga oshib ketyapti. Hammasiga sukut bo'yicha yoqib qo'yilgan yangi funksiya — "AI agentlariga NVIDIA App'ni boshqarishga ruxsat berish" sababchi ekan.
Har ehtimolga qarshi nastroykani tekshirib, uni o'chirib qo'ygan ma'qul.
@kbruz
4 497
🔦 Subnautica 2 seriyadagi eng dahshatli biomni oladi
Dasturchilar aytishicha, bu butun franshiza tarixidagi eng qorong'i va qo'rqinchli lokatsiya bo'ladi. Yirik apdeyt yangi dushmanlar, buyumlar, mexanikalar va syujetning davomini olib keladi.
Chiqish sanasi hozircha noma'lum. Talasofobiyasi borlarga sabr 😅
@kbruz
4 497
🏜 DayZ tarixidagi eng katta xarita bilan Badlands updetini oldi
O'yinga tog'lar, harbiy bazalar va neft konlari bor ulkan cho'l — Nasdara qo'shildi.
▫️ Qariyb 5000 ta vayrona binoni bazaga aylantirish mumkin
▫️ Qaynoq havo, qum bo'roni va suvsizlik tufayli issiqlik urishi yoki ko'z yallig'lanishini orttirib olasiz
▫️ Bunkera kodlar va koordinatalar radiosohibga azboka Morze orqali keladi
▫️ Qurollar: Lee-Enfield, Luger, SCR16, MP-18 va boshqalar
▫️ Yangi jonivorlar: dobermanlar, nemis ovcharlari, muflonlar va cho'l varanlari
Cho'l liboslari va loxta ham yetarlicha.
@kbruz
4 497
📜 Warhammer 40,000 seriali ustidagi ishlar lori ulkanligi uchun cho'zilib ketyapti
Ssenarist Mayk Flenaigan olamga kirib borish qiyinligini, chunki lor juda kattaligini va faqat kitoblarning o'zi 700 tadan oshishini aytdi. Uni eshitib tajribali ssenaristlar ham qo'rqib qolyapti.
Lekin yaxshi xabar bor — serialda Henri Kevill ham ishlab turibdi, u prodyuser va asosiy rollardan birini ijro etadi.
@kbruz
4 497
+3
🧅 Shrek 2 remastersiz qolmaydi — Xbox sahifani adashib chiqarib yubordi
Tarmoqqa chiqib ketgan ma'lumotlarga ko'ra, loyiha ustida Aspyr Media ishlayapti. O'yinda 2-4 kishilik lokal va onlayn koop hamda fotorejim bo'lishi kutilmoqda.
@kbruz
4 497
🐾 The Blood of Dawnwalker ilk yirik apdetini oladi
1.1 patchi bilan o'yinga syujetli qiyinlik rejimi va eng muhimi — pitomniklarni silash imkoniyati keladi.
▫️ Ko'nikmalarni qayta taqsimlash
▫️ Subtitrlarning qulay sozlamalari
▫️ Animatsiyalar, kamera, nishonga olish va boshqaruv yaxshilandi
▫️ Naqd 1100 dan ortiq tuzatishlar
Yangilanish kelasi hafta chiqadi.
@kbruz
4 497
🚒 Steam'da 4 kishilik Flame & Blame co-op o'yini chiqadi
Odamlar va hayvonlarni qutqarib, yong'in o'chiradigan birinchi shaxsdagi komediya. Suv va pufak fizikasi, vayron bo'ladigan to'siqlar hamda do'stlar birga harakat qilgandagi to'liq xaos — hammasi joyida.
Reliz 2027-yilgacha rejalashtirilgan, lekin pleytest uchun hoziroq so'rov yuborish mumkin.
Steam sahifasi
@kbruz
4 497
💪 Real hayotdagi trenirovkani RPG'ga aylantirgan o'yin chiqdi
Bir yigit GymScape nomli mobil RPG yaratdi — grindaish uchun haqiqiy ma'noda ter to'kishga to'g'ri keladi.
Tajriba ochkolarini otjimaniya, primsedaniya va zarbalar uchun berishadi, bosgan qadamlar esa shmotkalar yasashga resurs bo'lib tushadi.
Ikkala platformada ham bepul: iOS va Android.
@kbruz
4 497
🎯 Cyberpunk 2 boshqaruvini Geyb Amatandjelo o'z qo'liga oldi
Oldinroq Phantom Liberty DLC'siga rahbarlik qilgan Geyb endi davomi ustidan ishlayapti. 180 kishilik jamoa g'oyalari bilan reja biroz o'zgarib borayotgan bo'lsa-da, u asosiy qarorlar bitta odamga bog'lanib qolmasligi uchun boshqalarga ham erkinlik bermoqchi.
Aniq sana hali yo'q, lekin 2030-yildan oldin kutmasa ham bo'ladi.
@kbruz
4 497
😱 GeoGuessr rogaylik va xorror bilan qorishib ketdi
Yangi HorrorGuessr rejimi chiqdi: xaritadan joy qidirib yurganingda orqangdan monster quvlaydi.
Mamlakatni qanchalik tez va aniq topsang, u shunchalik uzoqqa otiladi. Ustiga-ustak, rejime to'laqonli bosslar jangi ham qo'shilgan.
HorrorGuessr sahifasi
@kbruz
4 497
🐺 The Wolf Among Us remasteri 29-oktyabrda chiqadi
Telltale yangi tizer bilan birga qayta ishlangan versiya tafsilotlarini ham ochdi:
▫️ Grafika, teksturalar va lokalizatsiyalar yangilandi
▫️ Animattsiyalar, ovoz va musiqa to'g'rilandi
▫️ Asl nusxadan olib tashlangan 5 ta sahna qaytarildi
▫️ Ko'plab eski baglar yopildi
Barcha platformalarda chiqadi, lekin rus tili hozircha rasman e'lon qilinmadi.
@kbruz
4 497
⚔️ Bekor qilingan Assassin's Creed Destiny'dan 6 daqiqalik prototip chiqdi
Tencent 1 yildan ko'proq oldin yopib yuborgan loyihada voqealar eramizdan avvalgi 206-yilda Qadimgi Xitoyda bo'lishi kerak edi. O'yinda bosh qahramon qiz-assassin bo'lishi va sarkardalardan biri bilan jang qilishimiz kerak edi.
@kbruz
4 497
🚂 The Long Dark uchun Iron Road DLC'si anons qilindi
O'yinga 5 ta oroldan iborat arxipelag, 100 km dan ortiq tashlab ketilgan temir yo'l hamda ta'mirlab, yurish va boshpana qilish mumkin bo'lgan poyezd qo'shiladi.
Yana nimalar kutmoqda:
▫️ Yangi anjomlar va yovvoyi hayvonlar
▫️ Lavinalar hamda yangilangan qutb yog'dusi
▫️ Erta kirish — 27-oktyabrda
▫️ Narxi — $10.99
Steam'da Iron Road sahifasi
@kbruz
4 497
📦 RTX 5090 NVIDIA do'konidan g'oyib bo'ldi
Amerikaning Micro Center tarmog'i videokartani «endi yetkazib berilmaydi» deb belgilab qo'ydi.
NVIDIA ishlab chiqarish to'xtatilganini rasman tasdiqlamadi, lekin mish-mishlarga ko'ra, endi 24 GB xotirali RTX 5080'ni kutish kerak.
@kbruz
4 497
🏎️ Ilon Mask uchadigan Tesla Roadster'ni ko'rsatdi
Mashina SpaceX bilan hamkorlikda uch xil versiyada tayyorlanyapti: Performance, Thrust va Rocket.
▫️ Faqat Rocket ucha oladi: taqdimotda mashina havoda ag'darilib, boshqa avtolar ustidan uchib o'tdi
▫️ U bir kishilik va hozircha oddiy yo'llarda haydashga ruxsat yo'q
▫️ Qolgan versiyalar 2028-yilda sotuvga chiqadi
Rocket League hayotga ko'chdi degani shu bo'lsa kerak 😅
@kbruz
4 497
💀 Bolalar o'yini dahshatga aylanadi — HANDS OVER
Bu 5 kishilik koop-xorror bo'lib, unda oddiy yoshlikdagi o'yinlar shafqatsiz sinovlarga aylanadi. Oxirgi bo'lib tirik qolish uchun ayyorlik qilish, maxsus kartalarni ishlatish va do'stlaringizni sotishingizga to'g'ri keladi.
O'yinning demosi Steam'da allaqachon chiqdi, to'liq reliz esa 30-oktyabrda bo'ladi.
Steam sahifasi
@kbruz
4 497
🤠 Toy Story 3 remasteri chiqdi
2010-yilgi o'sha mashhur o'yin yaxshilangan grafika hamda Xbox 360 va PS3'dagi hamma kontent bilan qaytdi.
▫️ Bazz Layter, Vudi va Jessi obrazlarida o'ynash mumkin
▫️ Asosiy syujet yoki Yovvoyi G'arb bo'yicha alohida rejim bor
▫️ To'liq ruscha lokalizatsiya: ovozli dublyaj va subtitrlar bilan
Oldlar uchun ayni muddao bo'libdi.
@kbruz
4 497
🏆 Steam'da achivkalar tizimi butunlay yangilandi
Endi o'yin va DLC yutuqlarini alohida to'plamlarga bo'lish, har birining progressini kuzatish va hammasini yopgach maxsus trofey olish mumkin.
Asosiy o'zgarishlar:
▫️ Achivkalar uchun filtrlar va qidiruv paydo bo'ldi
▫️ Progressni 3 ta do'st bilan solishtirish mumkin
▫️ Vaqtinchalik yutuqlarni arxivlash imkoni bor
▫️ Yopilgan to'plamlar profil va perfeksionist vitrinasida ko'rinadi
Yangilikni Steam beta-versiyasida hoziroq sinab ko'rsa bo'ladi.
@kbruz
4 497
🤝 It Takes Two'da nihoyat krosspley ishlay boshladi
Barcha platformalar uchun to'qnash keladigan to'liq onlayn krosspley qo'shildi — o'ynash uchun o'yinning bitta nusxasi yetarli.
Bularning barchasi relizdan keyin besh yildan ortiq vaqt o'tib sodir bo'ldi.
@kbruz
4 497
🚀 Control Resonant 1 million nusxada sotildi
Buning uchun o'yinga taxminan uch hafta ketdi.
Remedy'ning avvalgi rekordi Alan Wake 2'ga tegishli edi — u bu natijaga faqat uch oyda yetib borgan.
@kbruz
