KIBERUZ | КИБЕРУЗ
Открыть в Telegram
Kibersport haqida o’zbek tilidagi birinchi kanal. Kibersport olamining so’nggi yangiliklari, o’yinlarning video-tahlili, xaylaytlar, analitika – bularning barchasi KIBER UZ! Reklama va hamkorlik bo’yicha: @profsoyuz_influence Tel.: +998 97 156 22 11
Больше4 501
Подписчики
-424 часа
-107 дней
-1030 дней
Архив постов
4 504
🚂 The Long Dark uchun Iron Road DLC'si anons qilindi
O'yinga 5 ta oroldan iborat arxipelag, 100 km dan ortiq tashlab ketilgan temir yo'l hamda ta'mirlab, yurish va boshpana qilish mumkin bo'lgan poyezd qo'shiladi.
Yana nimalar kutmoqda:
▫️ Yangi anjomlar va yovvoyi hayvonlar
▫️ Lavinalar hamda yangilangan qutb yog'dusi
▫️ Erta kirish — 27-oktyabrda
▫️ Narxi — $10.99
Steam'da Iron Road sahifasi
@kbruz
4 504
📦 RTX 5090 NVIDIA do'konidan g'oyib bo'ldi
Amerikaning Micro Center tarmog'i videokartani «endi yetkazib berilmaydi» deb belgilab qo'ydi.
NVIDIA ishlab chiqarish to'xtatilganini rasman tasdiqlamadi, lekin mish-mishlarga ko'ra, endi 24 GB xotirali RTX 5080'ni kutish kerak.
@kbruz
4 504
🏎️ Ilon Mask uchadigan Tesla Roadster'ni ko'rsatdi
Mashina SpaceX bilan hamkorlikda uch xil versiyada tayyorlanyapti: Performance, Thrust va Rocket.
▫️ Faqat Rocket ucha oladi: taqdimotda mashina havoda ag'darilib, boshqa avtolar ustidan uchib o'tdi
▫️ U bir kishilik va hozircha oddiy yo'llarda haydashga ruxsat yo'q
▫️ Qolgan versiyalar 2028-yilda sotuvga chiqadi
Rocket League hayotga ko'chdi degani shu bo'lsa kerak 😅
@kbruz
4 504
💀 Bolalar o'yini dahshatga aylanadi — HANDS OVER
Bu 5 kishilik koop-xorror bo'lib, unda oddiy yoshlikdagi o'yinlar shafqatsiz sinovlarga aylanadi. Oxirgi bo'lib tirik qolish uchun ayyorlik qilish, maxsus kartalarni ishlatish va do'stlaringizni sotishingizga to'g'ri keladi.
O'yinning demosi Steam'da allaqachon chiqdi, to'liq reliz esa 30-oktyabrda bo'ladi.
Steam sahifasi
@kbruz
4 504
🤠 Toy Story 3 remasteri chiqdi
2010-yilgi o'sha mashhur o'yin yaxshilangan grafika hamda Xbox 360 va PS3'dagi hamma kontent bilan qaytdi.
▫️ Bazz Layter, Vudi va Jessi obrazlarida o'ynash mumkin
▫️ Asosiy syujet yoki Yovvoyi G'arb bo'yicha alohida rejim bor
▫️ To'liq ruscha lokalizatsiya: ovozli dublyaj va subtitrlar bilan
Oldlar uchun ayni muddao bo'libdi.
@kbruz
4 504
🏆 Steam'da achivkalar tizimi butunlay yangilandi
Endi o'yin va DLC yutuqlarini alohida to'plamlarga bo'lish, har birining progressini kuzatish va hammasini yopgach maxsus trofey olish mumkin.
Asosiy o'zgarishlar:
▫️ Achivkalar uchun filtrlar va qidiruv paydo bo'ldi
▫️ Progressni 3 ta do'st bilan solishtirish mumkin
▫️ Vaqtinchalik yutuqlarni arxivlash imkoni bor
▫️ Yopilgan to'plamlar profil va perfeksionist vitrinasida ko'rinadi
Yangilikni Steam beta-versiyasida hoziroq sinab ko'rsa bo'ladi.
@kbruz
4 504
🤝 It Takes Two'da nihoyat krosspley ishlay boshladi
Barcha platformalar uchun to'qnash keladigan to'liq onlayn krosspley qo'shildi — o'ynash uchun o'yinning bitta nusxasi yetarli.
Bularning barchasi relizdan keyin besh yildan ortiq vaqt o'tib sodir bo'ldi.
@kbruz
4 504
🚀 Control Resonant 1 million nusxada sotildi
Buning uchun o'yinga taxminan uch hafta ketdi.
Remedy'ning avvalgi rekordi Alan Wake 2'ga tegishli edi — u bu natijaga faqat uch oyda yetib borgan.
@kbruz
4 504
👾 Razer Pokemon'ning 30 yilligiga maxsus to'plam chiqardi
Barcha devayslar piksel uslubida bezatilgan. Set ichida Viper V4 Pro sichqonchasi, BlackWidow V4 Pro klaviaturasi, kovrik va o'yin kreslosi bor.
Xitoyda predzakaz allaqachon ochildi, qolgan davlatlarda qachon chiqishi esa hozircha noma'lum.
@kbruz
4 504
+1
🎁 Epic Games Store'da ikkita yangi o'yin bepul tarqatilyapti
Aksiyaga tushgan loyihalarni kutubxonaga abadiy saqlab qolish mumkin:
▫️ Bad Cheese — 1920-yillar multfilmlari uslubidagi psixologik horror (asl narxi $5.79)
▫️ Agent A: A puzzle in disguise — josus Ruby La Rouge izidan tushadigan kvest va boshqotirma (asl narxi $8.99)
Olib ulgurish muddati — 22-oktyabr soat 20:00 gacha. Shundan keyin navbat Sker Ritual hamda Home - A Unique Horror Adventure'ga o'tadi.
@kbruz
4 504
🎬 GTA 6 uchun reliz treyleri chiqdi
O'yin 19-noyabrdayoq sotuvga chiqadi.
YouTube'da ko'rish
@kbruz
4 504
🙃 Fortnite'ni EGS'siz Steam orqali yoqish yo'lini topishdi
Entuziastlar o'yinni Epic Games Store launcher'isiz to'g'ridan-to'g'ri Steam orqali ishga tushirish usulini o'ylab topishdi. Bunga kompaniyaning o'zi "yordam berib" yuborgan — yangi launcher arxitekturasida teshiklar tiqilib yotgan ekan.
EGS launcheridan bezor bo'lganlar uchun ayni muddao bo'libdi.
@kbruz
4 504
💀 League of Legends Classic 2027-yil yanvarda yopiladi
Eski kunlarni qumsaganlar uchun chiqarilgan rejim o'yinchilarga unchalik qiziq bo'lmadi — bor-yo'g'i yarim yil yashab, yopilyapti.
Kelajakda bu rejimni turli o'zgarishlar va yangiliklar bilan alohida ivent sifatida qaytarishmoqchi.
Nostalgiyaning kuchi ham yarim yilga yetdi xolos 🤷♂️
@kbruz
4 504
🐺 The Witcher 3 uchun ulkan fan-DLC chiqdi
Tales of the Witcher deb nomlangan bu mod voqealari kitoblar va o'yinlardan ancha oldin bo'lib o'tadi. CDPR rasmiy tanlovida ikkinchi o'rinni olgan bu ish ruscha subtitrlarni ham qo'llab-quvvatlaydi:
▫️ Yangi hudud: yirik shahar, qishloqlar, botqoqlar va o'rmonlar
▫️ Pavshiy qirollik bo'ylab 12 ta syujetli kvest
▫️ Qattiqqo'l iqtisod: endi bir nechta jangda boyib ketib bo'lmaydi, faqat vazifalar bilan pul topishadi
NexusMods sahifasi
@kbruz
4 504
🐱 Geymer-mushukboquvchilar uchun maxsus xudi chiqdi
Yaponiyadagilar o'ynab o'tirganda mushuk o'zingizda mazza qilib uxlashi uchun oldiga katta cho'ntak tikishdi.
Xudining materiali cho'zilib ketmaydi va pufaksimon do'stlarga mos keladi, narxi esa taxminan 4700 rubl.
@kbruz
4 504
💥 Warhammer 40,000: Boltgun 2 Steam'da chiqdi
Ikkita qahramon, yanada ko'p dushman va qurolga ega shafqatsiz retro-shuter. Final boss bilan jang musiqasini esa Mik Gordon yozgan.
▫️ Narxi: $12.49
Steam sahifasi
@kbruz
4 504
🎮 Xbox eng kenja geympadini chiqardi
Kichik kaftlar, bolalar va yo'lda o'ynaydiganlar uchun maxsus moslama tayyorlashdi: uzunligi 12,7 sm, vazni esa atigi 100 gramm, lekin barcha standart tugmalar joyida turibdi.
Sotuvlar noyabrda boshlanadi, narxi esa taxminan $50 bo'ladi.
@kbruz
4 504
😱 Roblox'da do'sting bilan o'ynaydigan qo'rqinchli Before Morning tarqaldi
Katta aka uydan chiqib ketgach, katta uyda ikkalangiz yolg'iz qolasiz.
▫️ Vazifa: derazalarni yopish, tinmay ochiladigan eshikni ochmaslik va monsterlar o'chirib qo'yadigan chiroqni yoqib turish
O'yin sahifasi
@kbruz
4 504
🎁 Oktyabr oyida PS Plus katalogiga qo'shiladigan o'yinlar ma'lum bo'ldi
Katalog kengayishi 20-oktabrdan boshlanadi, ro'yxatda esa ancha qiziq nomlar bor:
PS Plus Extra:
▫️ Mafia: The Old Country (PS5)
▫️ Horizon Forbidden West (PS5, PS4)
▫️ Mycopunk (PS5)
▫️ Poppy Playtime: Chapter 2 (PS5, PS4)
▫️ The Midnight Walk (PS5)
▫️ Tales of Arise – Beyond the Dawn Edition (PS5, PS4)
▫️ Monster Energy Supercross 25 – The Official Video Game (PS5)
PS Plus Deluxe:
▫️ Dino Crisis 2 (PS5, PS4)
▫️ RollerCoaster Tycoon 3 Complete Edition (PS5, PS4)
@kbruz
