cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

70-Maktab (Rasmiy axbarot kanali)

Qarshi tumani 70-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rasmiy axborot kanaliga xush kelibsiz. Takliflar va murojatlar uchun @ShaymanovAsqar Kanalimizga a'zo bo'ling👇👇👇 👉 @Qarshituman70maktabi

Більше
Рекламні дописи
220
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
-530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

​​Abu Ali  Ibn Sino hikmatli so'zlari -Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim. -Hakimning uch quroli bor: so‘z, giyoh va tig‘. -Yolg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin. -Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.
Показати все...
👍 2
‼️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-iyuldan boshlanadi va 19-iyulgacha davom etadi #abituriyent Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jami 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖ o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➖ ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi. 🔘 @xushnudbekuz
Показати все...
Repost from Hilola Umarova
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda #abituriyent Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin. ✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi. Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
‼️ESLATMA: abituriyentlar bugun to‘lovlarni amalga oshirishi shart #abituriyent Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan. Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi. Ma’lumotlarga ko’ra, ko’pchilik abituriyentlar to’lovlarni amalga oshirmagan. Bu esa testga kiradiganlar sonini yanada kamaytiradi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
​​​​-  Ирода бобида сувдан ўрнак олишларингизни истайман, -  деди бир куни Суқрот ўз шогирдларига. -  Сувнинг иродаси қандай бўлади? - деб сўрашди шогирдлари. - Сувнинг йўлини чапдан тўссалар, ўнгдан оқади, ўнгдан тўссалар, чапдан оқади, кўндалангига тўссалар эса кўкка юксалади, лекин олға бориш истагидан ҳеч қачон кечмайди, -  деб жавоб берди Суқрот. 👉@Qarshituman70maktabi
Показати все...
O'qituvchilarga tayinlanadigan ustamalar mavzusi bo’yicha eng dolzarb savollarga javoblar Ma'lumki, har yili 1-iyulga qadar direktor jamg'armasi hisobidan pedagog xodimlarga ustamalar tayinlanadi. Xo'sh, ustamalar qay tartibda tayinlanadi? Quyidagi havolalardan birini bosib, shu mavzudagi eng aktual savollarga javob topishingiz mumkin: ➖ Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor? 👉 JAVOB ➖ Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi? 👉 JAVOB ➖ Maktabda ishlayotgan talabaga ustama tayinlasa bo‘ladimi? 👉 JAVOB ➖ Ustama uchun ball berishda o‘qituvchining ish staji qanday hisoblanadi? 👉 JAVOB ➖ O‘qituvchi viloyat miqyosidagi tanlovda o‘rin olsa, ustamaga ball beriladimi? 👉 JAVOB ➖ Malaka oshirish kurslari tashkil etilmasa, ustama uchun o‘qituvchiga maksimal ball beriladimi? 👉 JAVOB ➖ O‘quvchilarning tanlovlardagi ishtiroki fan o‘qituvchisiga ustama berishga asos bo‘ladimi? 👉 JAVOB ➖ O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchiga ustama berib bo‘lmaydimi? 👉 JAVOB ➖ Informatika fanidan o‘tkazilgan olimpiada natijalari ustama uchun ball berishga asos bo‘ladimi? 👉 JAVOB ➖ Maktab va tuman miqyosida o‘tkazilgan olimpiada uchun o‘qituvchiga ustama beriladimi? 👉 JAVOB ➖ Dekret ta’tiliga chiqayotgan o‘qituvchiga ustama tayinlasa bo‘ladimi? 👉 JAVOB ➖ Ustama uchun ball berishda o‘qituvchining ish staji qanday hisoblanadi? 👉 JAVOB ➖ Metodbirlashma rahbarlariga 10 foizlik ustama qanday tayinlanadi? 👉 JAVOB Telegram I Facebook I YouTube
Показати все...
⚡️2025 йил 1 сентябрга қадар барча мактабларга назорат камералари ўрнатилиб, биометрик идентификация тизими жорий қилинади Умумий ўрта таълим муассасалари ҳудудининг хавфсизлигини таъминлаш, ўқувчилар давоматини доимий равишда мониторинг қилиш мақсадида «Хавфсиз мактаб» тизими жорий қилинади. Бу ҳақда «2022–2026 йилларда халқ таълимини ривожлантириш бўйича миллий дастур»да назарда тутилган. Дастлаб умумий ўрта таълим муассасаларига «Хавфсиз мактаб» лойиҳаси доирасида назорат камералари ва биометрик идентификация тизимларини ўрнатиш билан боғлиқ молиялаштириш манбалари аниқланади. 2024 йил 1 январга қадар «Хавфсиз мактаб» лойиҳаси камида 130 та умумий ўрта таълим муассасасида жорий этилади. 2025 йил 1 сентябрга қадар «Хавфсиз мактаб» лойиҳаси босқичма-босқич барча умумий ўрта таълим муассасаларида жорий этилади. Ойлик ҳисоблаш учун бот Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇 https://t.me/+KzysPSHcaRVlMGQy
Показати все...
👍 2
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi? #abituriyent JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi. Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
👍 1
⚡️545 та мактабда таълим сифати пастлиги белгиланган, мазкур мактабларга бориб ишласангиз қўшимча устама берилади Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 26.03.2024 йилдаги 95-сонли буйруғи билан 2024-2025-ўқув йили учун таълим даражаси юқори бўлмаган мактаблар рўйхати тасдиқланди. Мазкур мактабга бориб ишлайдиган педагогларга эса қўшимча устамалар тўлаб берилади. Ўтган йили шундай мактаблар рўйхати 642 та эди. Бу йил таълим сифати паст бўлган мактаблар сони 545 тани ташкил этмоқда. 🗂Буйруқ матни ва мактаблар рўйхати билан юқоридаги файлда батафсил танишишингиз мумкин. 👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
Показати все...
Ta'lim sifati past maktablar buyrug'i 2024.pdf1.57 KB
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.