uk
Feedback
Masofaviy_ta'lim_TATU

Masofaviy_ta'lim_TATU

Відкрити в Telegram
1 884
Підписники
-224 години
-107 днів
-3330 день
Архів дописів
#Karyera_kuni | #Mehnat_yarmarkasi DIQQAT, TALABALAR VA BITIRUVCHILAR! 📅 Joriy yilning 3-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomi
#Karyera_kuni | #Mehnat_yarmarkasi DIQQAT, TALABALAR VA BITIRUVCHILAR! 📅 Joriy yilning 3-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar va bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi. 👨‍💻 Yarmarkada 50 dan ortiq yirik mahalliy va xalqaro kompaniyalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari hamda stajirovka dasturlari bilan ishtirok etadi. ➖ Jumladan: ➡️ O‘zbektelekom; ➡️ Uzinfocom; ➡️ UNICON.UZ; ➡️ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki; ➡️ O‘zmilliybank; ➡️ Tenge Bank; ➡️ Agrobank; ➡️ Hamkorbank; ➡️ Click; ➡️ Uzcard; ➡️ Fido-Biznes; ➡️ ALSKOM Sug‘urta; ➡️ KAFIL-SUG‘URTA; ➡️ Mobiuz; ➡️ Beeline Uzbekistan; ➡️ ZTE Investment; ➡️ EPAM Systems; ➡️ Uzbekistan Airways Technics; ➡️ Huawei Tech Uzbekistan; ➡️ IT Park Uzbekistan; ➡️ SQB Bank; ➡️ AKFA Group; ➡️ Media Park va boshqa ko‘plab nufuzli tashkilotlar. 📌 Yarmarka davomida kompaniya vakillari bilan bevosita muloqot qilish, mavjud vakant lavozimlar haqida ma’lumot olish hamda o‘zingizga mos ish yoki amaliyot dasturini topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. ❗ Eslatma: Yarmarkaga kelishda o‘zingiz bilan rezyume (CV) va zarur hujjatlarni olib kelishni unutmang. Bu sizning munosib ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatingizni yanada oshiradi. 📅 Sana: 3-iyun; ⏰ Vaqt: 10:00; 📍 Manzil: TATU, A bino. ☑️ Kelajagingiz sari muhim qadamni bugundan boshlang! Nufuzli kompaniyalarda faoliyat boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

#Eslatma #TATU To‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar uchun muhim eslatma! 📅 Universitet rektorining tegishli b
#Eslatma #TATU To‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar uchun muhim eslatma! 📅 Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga asosan, to‘lov-shartnoma mablag‘larini to‘lash muddati 2026-yil 15-mayga qadar uzaytirilgan edi.
⚠️ Bugun — to‘lovlarni amalga oshirishning so‘nggi kuni!
♻️ O‘qish jarayoni bilan bog‘liq turli noqulaylik va tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida barcha talabalardan shartnoma to‘lovlarini bugunning o‘zida to‘liq amalga oshirishlari so‘raladi
Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

💻 | 😀😀😀😀😀😀 #Karyera_kuni #mehnat_yarmarkasi 📣 DIQQAT, HURMATLI TALABALAR VA BITIRUVCHILAR! 📆 Ertaga, 1-may kuni TATU
💻 | 😀😀😀😀😀😀 #Karyera_kuni #mehnat_yarmarkasi 📣 DIQQAT, HURMATLI TALABALAR VA BITIRUVCHILAR! 📆 Ertaga, 1-may kuni TATU talabalari va bitiruvchilar uchun 💼 "Karyera kuni" bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi bo'lib o'tadi. ⭐️ Yarmarkada, yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy va mahalliy kompaniyalar, davlat tashkilotlari hamda xususiy tashkilotlar shuningdek, Koreya Respublikasining 10 dan ortiq nufuzli kompaniyalari o'zlarining mavjud bo'sh ish o'rinlari va stajirovka dasturlari bilan ishtirok etishadi.  Jumladan: ➡️ O'zbektelekom.AJ; ➡️ Yunusobod tumani bandlik markazi; ➡️ IT-Park Uzbekistan; ➡️ Sharq telekom; ➡️ Sector tecnology; ➡️ Insayt solution.MCHJ; ➡️ Venkon; ➡️ M company; ➡️ Fido-Biznes.MCHJ; ➡️ Mobi,uz; ➡️ Signal Care Agricultural Corporation Co., Ltd; ➡️ Neo Tech Co., Ltd; ➡️ Creamoff Co., Ltd; ➡️ Juwon Co., Ltd; ➡️ Dongsung Hi-Tech; ➡️ J Smart Solution Co., Ltd; ➡️ Ajin Industry Co., Ltd; ➡️ Korea Metal Co., Ltd; ➡️ Dasan DMC Co., Ltd va shu kabi boshqa turli yo'nalishlarda faoliyat olib boradigan yirik korxonalar tashrif buyurishadi. ❗️ Barcha TATU talabalari va bitiruvchilarini yarmarkaga taklif qilib qolamiz!
Ha aytgancha, o’zingiz bilan ma’lumotnoma va rezyume olishni unutmang. Bu albatta sizning o’zingizga mos nufuzli ish o’riniga ega bo’lish imkoniyatingizni yanada oshiradi. Nufuzli korxonalardan biriga ishga joylashish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
📆 Sana: 1-may Soat: 10:00 📍 Manzil: TATU F binosi. (mo'ljal: Shahriston metrosi) ✈️@tuituz_official ❤️ @tatu_karyera_markazi

Repost from Sherzod Shermatov
Hurmatli ustozlar, talabalar va o‘quvchilar, Sun’iy intellektni o‘rganing, o‘rgating va sovg‘alarga ham ega bo‘ling! Preziden
+4
Hurmatli ustozlar, talabalar va o‘quvchilar, Sun’iy intellektni o‘rganing, o‘rgating va sovg‘alarga ham ega bo‘ling! Prezidentimiz tashabbuslariga ko‘ra “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida ishtirok etgan “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti”, “Eng faol maktab”, “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” va “Eng faol ishtirokchi” bo‘lgan talaba va o‘quvchilarni qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishi bo‘yicha “Milliy tanlov” tashkil etilganidan xabaringiz bor. Hozirda mukofotlar IT Park Uzbekistan majmuasida tayyorlandi va birinchi taqdirlash marosimiga tayyorgarlik amalga oshirilmoqda. Siz ham bo‘sh vaqtingizni bekor o‘tkazmay aileaders.uz platformasi orqali sun’iy intellekt asoslarini o‘rganing hamda talaba va o‘quvchilarga o‘rgating! Shunda nafaqat kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, balki bilimlaringizni sinovdan o‘tkazib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishingiz ham mumkin!

#JobFair #mehnat_yarmarkasi DIQQAT, TALABALAR VA BITIRUVCHILAR! 📆 Ertaga, 25-mart kuni universitetimizda bo'lib o'tadigan “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostidagi Navro‘z bayrami sayli doirasida talabalarimiz uchun ''Job fair-2026'' mehnat yarmarkasi bo'lib o'tadi. ⭐️ Yarmarkada 100 ga yaqin yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar o'zlarining mavjud bo'sh ish o'rinlari va stajirovka dasturlari bilan ishtirok etishadi.  Jumladan: ➡️ O'zbektelekom.AJ; ➡️ Uzinfocom; ➡️ Unicon,uz ➡️ O'zbekiston markaziy banki; ➡️ O'zmilliybank; ➡️ Tengebank; ➡️ Agrobank.ATB; ➡️ Turon bank.ATB; ➡️ Aloqa bank ATB; ➡️ Uzcard; ➡️ Fido-Biznes.MCHJ ➡️ Alskom sug'urta kompaniyasi; ➡️ Kafel-Sug'urta kompaniyasi; ➡️ Mobi,uz; ➡️ Beeline; ➡️ ZTE Investment. MCHJ ➡️ EPAM SYSTEMS.XK MCHJ; ➡️ "Uzbekistan airways technics" ➡️ Huawei tech Uzbekistan; ➡️ IT-Park Uzbekistan ➡️ United IT Company.MCHJ; ➡️ AKFA Group ➡️ Media Park va shu kabi boshqa turli yo'nalishlarda faoliyat olib boradigan yirik korxonalar tashrif buyurishadi. ❗️ Barcha TATU talabalari va bitiruvchilarini yarmarkaga taklif qilib qolamiz!
Ha aytgancha, o’zingiz bilan ma’lumotnoma va rezyume olishni unutmang. Bu albatta sizning o’zingizga mos nufuzli ish o’riniga ega bo’lish imkoniyatingizni yanada oshiradi. Nufuzli korxonalardan biriga ishga joylashish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
📆 Sana: 25-mart Soat: 10:00 📍 Manzil: TATU. ✈️@tuituz_official ❤️ @tatu_karyera_markazi

TATU jamoasi va talabalari uchun xushxabar! 💻 Endilikda siz TATU IP-manzili orqali universitet hududidagi istalgan kompyuter
TATU jamoasi va talabalari uchun xushxabar! 💻 Endilikda siz TATU IP-manzili orqali universitet hududidagi istalgan kompyuter yoki universitet Wi-Fi tarmog‘i yordamida e.lanbook.com platformasidagi adabiyotlardan bepul foydalanishingiz mumkin. 📚 “ЭБС Лань” — oliy ta’lim muassasalari uchun yaratilgan zamonaviy elektron kutubxona tizimi bo‘lib, unda o‘quv, ilmiy va professional adabiyotlarning keng bazasi jamlangan. 🗂 Platformada siz: — darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar — ilmiy adabiyotlar — turli yo‘nalishdagi jurnallar — kasbiy va ixtisoslikka oid materiallarni topishingiz mumkin 👥 Ayniqsa, TATU talabalari uchun bu platforma axborot texnologiyalari, muhandislik, matematika, fizika, iqtisodiyot kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli manbalarni topishda juda qulay imkoniyat yaratadi. 📌 Foydalanish tartibi: TATU hududidagi kompyuter yoki universitet Wi-Fi tarmog‘iga ulanib, e.lanbook.com saytiga kiring va kerakli adabiyotlardan foydalaning. ✔️Bilim olish uchun yanada keng imkoniyatlar — endi TATUda!
Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

Hurmatli talabalar! 📱Sun’iy intellekt texnologiyalari global rivojlanishning muhim omiliga aylangan davrda, TATU sizni “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida ishtirok etishga chorlaydi! 🗓 2026-yil mart-aprel oylarida omp.aistudy.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tib, 4 moduldan iborat “Prompt muhandisligi” kursini online o‘qishingiz mumkin. ✅ Bitiruvchilar uchun bu shaxsiy portfolio va sertifikatni boyitish imkoniyati! 💻 Platforma HEMIS tizimi bilan integratsiya qilingan, diplom yoki malakaviy ishlaringizni himoya qilishda yordam beradi. 🚀 Raqamli ko‘nikmalaringizni rivojlantiring va sun’iy intellekt sohasida yetakchi bo‘ling!
Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

Xalqaro CanSat chempionatiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🛸 O‘z kosmik hikoyangizni boshlang! CANSAT xalqaro musobaqasi ariz
Xalqaro CanSat chempionatiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🛸 O‘z kosmik hikoyangizni boshlang! CANSAT xalqaro musobaqasi arizalar qabulini e’lon qildi. Jamoangizni tuzing va hoziroq ariza topshiring! ❓Nega ishtirok etish kerak? 🔴 Muhandislik, dasturlash va raketasozlik ko‘nikmalarini rivojlantirasiz 🔴 Sertifikat va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lasiz 🔴 Respublika miqyosida o‘z nomingizni tanitasiz 📌 Qanday qatnashish mumkin? 🔴 5–10 kishilik jamoa tuzing 🔴 Saytga o‘ting 🔴 “Podat zayavku” tugmasini bosing 🔴 Ma’lumotlaringizni to‘ldiring 🔴 Jamoa ro‘yxatini PDF formatda yuklang 🔴 Arizani yuboring 🗓 13-fevral, 2026-yil ❗️ Bu shunchaki tanlov emas — bu innovatsiyalar olamiga yo‘llanma! 📎 Batafsil ma’lumot
Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

#kasting #TalantlarShousi TATUda Talantlar shousi 🗓Joriy yilning, 16-fevral kuni soat 16:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
#kasting #TalantlarShousi TATUda Talantlar shousi 🗓Joriy yilning, 16-fevral kuni soat 16:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti anjumanlar zalida Talantlar shousi kastingi bo‘lib o‘tadi. 👀 Agar Sizda qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishi, she’r, musiqa, stand-up yoki boshqa iste’dot bo‘lsa — uni sahnada namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. 👥 Kastingda quyidagilar ishtirok etishi mumkin: — Talabalar; — Professor-o‘qituvchilar; — Universitet xodimlari. 📝Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda shoshiling joylar soni chegaralangan. Talabalar uchun Xodimlar uchun 🏆 Tanlov g'oliblarini qimmatbaho so'vg'alar kutmoqda! Bizni kuzating: 🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

Repost from TATU | Rasmiy kanali
Kelajak kasbini bugundan egallang! ⚠️Dronlarni boshqarish — bu shunchaki qiziqish emas, balki yuqori daromadli va istiqbolli professional yo‘nalish. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Xalqaro O‘zbek–Hind axborot texnologiyalari markazi Sizni professional dron kurslariga taklif etadi! ⚡️ Kurs davomida nimalarni o‘rganasiz?Drone Racing — tezlik va adrenalin ishqibozlari uchun poyga dronlarini boshqarish; Professional operatorlik — kinematografiya, monitoring va aerotasvirga olish; Texnik xizmat — dronlarni yig‘ish, sozlash va dasturlash asoslari. 👨‍🏫 Tajribali mutaxassislar ko‘magida bilim va ko‘nikmalaringizni oshiring hamda xalqaro standartlarga mos sertifikatga ega bo‘ling! 🎓 TATU talabalari uchun maxsus chegirmalar mavjud.Qabul boshlandi! Joylar soni cheklangan — shoshiling! 👉 Ro‘yxatdan o‘tish: Droneracing.uz 🌐 🌍 Sizni qiziqarli mahalliy va xalqaro musobaqalar, shuningdek, serdaromad ish imkoniyatlari kutmoqda!
Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

Talabalarimiz sportda ham — xalqaro musobaqa g‘oliblari! 30-yanvardan 7-fevralga qadar Toshkent shahrida nufuzli World Armwre
+4
Talabalarimiz sportda ham — xalqaro musobaqa g‘oliblari! 30-yanvardan 7-fevralga qadar Toshkent shahrida nufuzli World Armwrestling Cup musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 24 davlatdan qariyb 1600 nafar atlet ishtirok etmoqda. Ana shunday kuchli raqobat muhitida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari yoshlar o‘rtasida 50, 70 va 100 kg gacha bo‘lgan vazn toifalarida yuksak natijalarga erishib, yurtimiz sha’nini xalqaro maydonda munosib himoya qilishdi: 🏆 Fetlyayeva Diana M — 235-25 guruh, Dasturiy injiniring fakulteti — 2 ta 🥇 🥉 Erkinboyev Kamron — 215-24 guruh, Kompyuter injiniring fakulteti 🥉 Jumaboyeva Diana — 210-24 guruh, Kompyuter injiniring fakulteti
Bu g‘alabalar — tinimsiz mehnat, mustahkam iroda va sportga bo‘lgan cheksiz muhabbat samarasidir. Sizlar nafaqat universitetimiz, balki butun yurtimiz yoshlari uchun kuchli motivatsiya bo‘ldingiz. Xalqaro musobaqa g‘oliblari bo‘lgan talabalarimizni chin dildan tabriklayman! Kelgusida ham yanada baland marralar, yangi rekordlar va ulkan zafarlar tilayman.
➖➖➖➖ Наши студенты и в спорте — победители международных соревнований! С 30 января по 7 февраля в Ташкенте проходит престижный международный турнир World Armwrestling Cup, в котором принимают участие около 1600 атлетов из 24 стран мира. В условиях столь высокой конкуренции студенты ТУИТ добились высоких результатов среди молодежи в весовых категориях до 50, 70 и 100 кг, достойно защитив честь нашей страны на международной арене: 🏆 Фетляева Диана — группа 235-25, факультет Программной инженерии — 2 🥇 🥉 Эркинбоев Камрон — группа 215-24, факультет Компьютерной инженерии 🥉 Жумабоева Диана — группа 210-24, факультет Компьютерной инженерии
Эти победы — результат упорного труда, силы духа и искренней любви к спорту. Вы стали ярким примером для молодежи и еще раз доказали, что студенты ТУИТ способны покорять международные вершины. От всей души поздравляю наших победителей с этим успехом! Желаю вам новых рекордов, больших достижений и громких побед в будущем.
✈️@taturektori

E’LON 🗓Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 11-fe
E’LON 🗓Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 11-fevral kuni nishonlanadigan “Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayol-qizlar kuni” munosabati bilan 🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “IT va sun’iy intellektda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida startap va dasturiy ishlanmalar tanlovi tashkil etiladi. 📌Tanlovning asosiy maqsadi: • Ilm-fan, IT va sun’iy intellekt sohalarida faoliyat yuritayotgan olima ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish; • Talaba-qizlarning ilmiy izlanishlar, innovatsion g‘oyalar va startaplarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish; • Ilm-fan, texnologiya va ma’naviy kamolot uyg‘unligini targ‘ib etish; • Tajriba almashish orqali yoshlarni ilm-fan sari ruhlantirish. 👀Tanlovda ishtirok etishlari mumkin: Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistratura talaba-qizlari hamda faol va iqtidorli talaba-qizlar. ❕ Tanlovning saralash bosqichi: 31-yanvar 📲 Arizalar va ishlanmalar joriy yilning 30-yanvar kuni soat 23:59 gacha @Dilfuza_Temirova Telegram manziliga yuborilishi lozim.
Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

Repost from Digital.uz
🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga 1 kun qoldi! ➡️Ro‘yxatga olish orqali yurtimizda: 🟢aholi soni va yosh ta
🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga 1 kun qoldi! ➡️Ro‘yxatga olish orqali yurtimizda: 🟢aholi soni va yosh tarkibi, 🟢turmush sharoiti, 🟢qishloq xo‘jaligidagi yer maydonlari, 🟢chorvachilik va ekin turlari haqida aniq va ishonchli ma’lumotlar shakllanadi. Bu ma’lumotlar esa manzilli qarorlar qabul qilish, resurslardan samarali foydalanish va har bir hudud rivojini rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🤩 1-bosqichda (15–31 yanvar) census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
📑Eslatib o‘tamiz, avvalroq OneID yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida ma’lumot berilgan edi.
📎Quyida OneID tizimida 60 soniyada login va parolni tiklash bo‘yicha video qo‘llanmani tomosha qiling: https://youtu.be/g7Sd78jsxmw?si=SPam6bfGmjKDHV6i 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

#Sessiya Ayni kunlarda oliygohimizda yakuniy nazorat imtihonlari bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ O‘qishini qayta tiklamoqchi bo‘lganlar uchun MUHIM ESLATMA! 🗓 Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tikla
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ O‘qishini qayta tiklamoqchi bo‘lganlar uchun MUHIM ESLATMA! 🗓 Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha arizalar 10-yanvardan 20-yanvargacha qabul qilinadi va 21-yanvardan 31-yanvargacha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi. ❗️Eslatma: O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 💬 Quyidagi toifadagi shaxslar davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin: ➖ boquvchisini yo‘qotganlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar; ➖ muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan keyin 3 yil ichida) va akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar; ➖ davlat buyurtmasi asosida xorijga o‘qishga yuborilib, belgilangan muddatda qaytganlar. 📝 Arizalar quyidagi tartibda qabul qilinadi: ⏺ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy transfer.edu.uz sayti orqali; ⏺ yoki vazirlik buyrug‘i bilan tashkil etilgan hududiy Ishchi guruhlar tomonidan. 🛂Talab etiladigan hujjatlar: ⏺ reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi; ⏺ o‘qishni ko‘chirish (qayta tiklash) sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar. ⚠️Muhim eslatmalar:Bahorgi semestr oldidan bir OTMdan boshqasiga “ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi; 1-bosqich (1-kurs) 1-semestriga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi (istisno holatlar bundan mustasno); O‘qishni ko‘chirishda fanlar farqi 4 tadan oshmasligi, GPA ko‘rsatkichi kamida 2,4 bo‘lishi lozim.
Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

📣 DIQQAT MUHIM ! Masofaviy ta'lim shakli 1-2-3-bosqich talabalari uchun kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari 2026 yil 1
📣 DIQQAT MUHIM ! Masofaviy ta'lim shakli 1-2-3-bosqich talabalari uchun kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari 2026 yil 19-28 yanvar kunlari an'anaviy (offline) shaklda bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz. 📣 DIQQAT MUHIM ! Masofaviy ta'lim shakli 4-bosqich talabalari uchun kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari 2026 yil 12-17 yanvar kunlari an'anaviy (offline) shaklda bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.

#tabrik ✨Yangi yil barchamizga muborak bo’lsin! 🗄🗄🗄 ✨С наступающим Новым годом!
#tabrik ✨Yangi yil barchamizga muborak bo’lsin! 🗄🗄🗄 ✨С наступающим Новым годом!

#TATU #YandexCup2025 #TATUTalabasi #XalqaroGʻalaba Yana bir yirik natija! TATU talabasi — xalqaro Yandex Cup 2025 g‘olibi! 🏛
+7
#TATU #YandexCup2025 #TATUTalabasi #XalqaroGʻalaba Yana bir yirik natija! TATU talabasi — xalqaro Yandex Cup 2025 g‘olibi! 🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-bosqich talabasi Akobirjon Abdug‘aniyev Istanbul shahrida o‘tkazilgan “Yandex Cup 2025” nufuzli xalqaro dasturlash musobaqasida backend yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi! 🌍 Dunyoning 90 ga yaqin mamlakatidan 20 mingdan ortiq ishtirokchi, final bosqichida esa 21 davlatdan 196 nafar kuchli dasturchi qatnashgan ushbu chempionatda Akobirjon o‘zining bilim, mantiqiy fikrlash va muhandislik salohiyati bilan eng yuqori natijani ko‘rsatdi.
G'oliblik uchun 500 000 rubl miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘ldi.
✨ Bu yutuq — yosh bo‘lishiga qaramay, katta maqsadlar sari dadil intilayotgan TATU talabalarining yorqin namunasi. Akobirjonning g‘alabasi minglab talabalarga ilhom, ishonch va motivatsiya bag‘ishlaydi. Talabamizni g‘alaba bilan tabriklaymiz!
TATU — xalqaro maydonda ham yetakchilarni yetishtirayotgan universitet!
Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

Masofaviy ta'lim platformasida talaba profili dizaynlari uzgartirildi - foydalanuvchilar o'zlariga qulay orqa fonni tanlab ol
Masofaviy ta'lim platformasida talaba profili dizaynlari uzgartirildi - foydalanuvchilar o'zlariga qulay orqa fonni tanlab olishlari mumkin; - mobil qurilmalarda tizimdan foydalanish uchun resposivlik(moslashuv) yanada minimallashtirildi;