cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

Більше
Рекламні дописи
967
Підписники
+224 години
-77 днів
-2530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Matematikaning iqtisodiyot oʻrganishdagi oʻrni. Oxirgi payt mendan koʻp soʻrashadi, iqtisodiyot oʻrganishim uchun nima qilishim kerak, Oʻzbekistonda qayerda oʻqishim kerak deb. Koʻpchilikka shaxsiy bergan tavsiyamni shu yerda yozib qoʻysam. Agar siz ilmiy yoʻnalishdan ketmoqchi boʻlsangiz, yoki deylik chet el universitetlarida aynan iqtisodiyotdan magistratura va ayniqsa doktoranturada oʻqimoqchi boʻlsangiz, universitetda bakalavr darajasida matematika oʻqishni tavsiya qilgan boʻlar edim. Matematika — hozirgi iqtisodiyot fanining tili. Matematikani bilish iqtisodiy tadqiqotlar va ilmlarni oʻrganishlik uchun mutlaq muhim. Barcha iqtisodiy tadqiqotlardagi gʻoya matematik formulirovkalar orqali yoziladi. Shuning uchun, matematik analiz, statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli algebra kabi fanlarni yaxshi oʻzlashtirish, iqtisodiyotda ilm qilish va oʻqish uchun asosiy talablardan biri. Albatta universitetda iqtisodiyotni oʻqib, qolgan vaqtda matematikani oʻqib olib, yetib olsa boʻladi, imkonsiz emas. Lekin matematika fakultetida oʻqish sizga iqtisodiy gʻoyalarni tez tushunish va oʻzlashtirishda juda koʻp yordam beradi. Bu nafaqat meni bir shaxsiy fikrim, balki qabul kommissiyalarini fikri ham. Ixtiyoriy doktorantura programmasiga kirish kommisiyalari, albatta shartli ravishda boʻlajak doktorantlarni “matematik tayyorgarligini” koʻrishadi. Nechta matematik fan olganini qarashadi, qanday fanlar, baholar necha boʻlganligini. Xullas, boʻlajak iqtisodchilarga tavsiyam — matematikani oʻqing, chunki iqtisodiy fakultetlarga kirish va tadqiqot qilish uchun bu narsa muhim shartlardan. Albatta matematik bilib yaxshi iqtisodiy tadqiqot qilish uchun, yetarli emas, lekin shart. Oʻzbekistonda bir nechta yaxshi matematika fakultetlari bor — ulardan eng eskisi va mashhuri milliy universitet qoshida. Bir necha avlod zoʻr matematiklarni chiqargan. Eng mashhur Oʻzbekistonlik iqtisodchi — Londondagi Imperial Kollej professori Rustam aka Ibragimov ham, oʻsha matematika fakulteti bitiruvchisi. Yaqinda yangi ishga tushgan New Uzbekistan University — Yangi Oʻzbekiston universitetining matematika fakulteti ham diqqatga sazovor, men u yerda ishlaydigan domlalarni va programmani koʻrib chiqdim. Juda zoʻr ekan. Agar Oʻzbekistonda boʻlsangiz va deylik kelajakda iqtisodiy ilmiy karyera qilmoqchi boʻlsangiz shunday yaxshi fakultetga kirishingizni tavsiya qilgan boʻlar edim.
Показати все...
🔥 5👍 2
O’zMU talabasi “Asakabank”ning “Yosh matematik” stipendiyasi gʻolibi bo’ldi Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetining iqtidorli talabasi Eraliyeva Ozoda Muhammadali qizi “Yosh matematik” stipendiyasi gʻolibi boʻldi. “Asaka Tower” binosida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida gʻolibga “Yosh matematik” stipendiyasining sertifikati hamda esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Ma’lumot o’rnida, “Asakabank” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fanni rivojlantirishga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda “Yosh matematik” stipendiyasini taʼsis etgan. Bundan maqsad, matematika yoʻnalishidagi qobiliyatli yoshlarni ragʻbatlantirish, iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash, bilimini yuksaltirish, intellektual rivojlantirish hamda munosib taqdirlashdan iborat.  Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Показати все...
IMG_2371.MP425.99 MB
👍 14🔥 4👏 2
01:13
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🏦 Asakabank “Yosh matematik” stipendiyasi gʻolibini taqdirladi! Asakabank Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fanni rivojlantirishga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda “Yosh matematik” stipendiyasini taʼsis etgan. Bundan maqsad, matematika yoʻnalishidagi qobiliyatli yoshlarni ragʻbatlantirish, iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash, bilimini yuksaltirish, intellektual rivojlantirish hamda munosib taqdirlashdan iborat.  Bu yil Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti faol talabasi Eraliyeva Ozoda Muhammadali qizi “Yosh matematik” stipendiyasi gʻolibi boʻldi. Bugun Asaka Tower binosida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida gʻolibga “Yosh matematik” stipendiyasining sertifikati hamda esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. “Asakabank” AJ iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga doim tayyor! 📌Facebook 📌Instagram 📌You tube
Показати все...
yosh matematik 4.mp419.92 MB
Repost from Edu.uz
02:41
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#el_yurt_umidi “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING! “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: - bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, - magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, - doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. 🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan. Murojaat uchun: ☎️ +998 71 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 📧[email protected]@EYUF_Admission_2023bot “El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi! Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показати все...
21.95 MB
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#xushxabar O‘zMU rektori nufuzli mukofot bilan taqdirlandi O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, jamoat arbobi Madjidov Inom Urishovich I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu e'tirof bilan ustozni O‘zbekiston Milliy universitetining ko‘p ming sonli jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Показати все...
👍 4🎉 3👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#xushxabar O‘zMU professori nufuzli mukofot bilan taqdirlandi O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan O‘zbekiston Milliy universiteti professori, rektorning ilmiy maslahatchisi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, matematik olim Alimov Shavkat Arifdjanovich I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu e'tirof bilan ustozni O‘zbekiston Milliy universitetining ko‘p ming sonli jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Показати все...
👍 8🔥 2👏 2
#Xalqaro_konferentsiya # Shu kunlarda Ozarboyjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Matematika va mexanikaning zamonaviy muammolari” mavzusidagi XI xalqaro ilmiy konferensiyada yurtimizning qator atoqli olimlar akademik Azimboy Sabullayev, professorlar Mirsaid Aripov, Ravshan Ashurov, Baxodir Shoyimqulov va Abror Xudoyberdiyevlar ishtirok etishmoqda. # Konferensiyaga o‘ndan ortiq mamlakatdan 50 dan ortiq xorijiy mutaxassislar tashrif buyurgan. Yurtimiz olimlari konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etish bilan bir qatorda, konferensiyaga ishtirokchilari bilan xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish borasida fikr almashishdi.
Показати все...
👍 7🔥 3👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📢DIQQAT E’LON📢 📝Yoshlarning ta’til vaqtida bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu infografikada har bir yo‘nalish bo‘yicha maxsus QR-cod tasviri tushirilgan bo‘lib: 👉50 ta badiiy asarlarni o‘qish; 👉55 ta tarixiy obidalarga borish uchun manzilli joylashuv; 👉madaniy hordiq chiqarish uchun 10 ta milliy kinolar; 👉10 ta dolzarb mavzudagi teatr sahna asarlarini ko‘rish imkoniyati mavjud. 🖇Shuningdek, Markazning oyina.uz portalida ushbu infografika ma’lumotlari asosida faol qatnashgan yoshlarni rag‘batlantiruvchi tanlovlar tashkil etib borish ham nazarda tutilgan. ☝️Bo’sh vaqtingizdan unumli foydalaning. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️2 июль – “Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган кун 🔰 Қонунга мувофиқ, Давлат герби Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг рамзидир.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#seminar Matematikaga qiziqasizmi? Unda bu aynan siz uchun! Ustozimiz Akademik Abdulla Azamov tomonidan barcha matematika ixlosmandlari uchun tashkil qilinadigan ochiq online seminarga taklif qilamiz. 🔗Mavzu : Diofant tenglamalari Vaqti: 8-iyul 11.00 da [2024-yil] 📹Seminar Telegram va Zoom (Kodi : 1) platformalarida online bo'lib o'tadi! 🎯Seminar so'ngida savollaringizni berishingiz mumkin bo'ladi. 🚀Matematik do'stlaringizga ulashing! 🟡Unutmang siz ilm yo'lidasiz! Ijtimoiy tarmog'i sahifalarimiz 🧩Telegram ||🧩Instagram|| 🧩YouTube
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.