Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi
Відкрити в Telegram
Kopiraytingga oid istalgan masalaga yechimni shu blogdan topasiz. Sizga cheksiz mehr va hurmat bilan barmoqlari klaviaturada toblangan, bilagi baquvvat jaydari kopirayter — Doniyorbek Erkin oʻgʻli | @Doniyorbek_Erkin
Показати більше5 854
Підписники
-424 години
-417 днів
-22030 день
Архів дописів
Bozorga yangi kirayotganda, narx yoki brend bilan raqobatlashib bo‘lmaydi
Boshqacharoq yondashish kerak. Masalan, idish qolipini ozgina premiumroq ko‘rinishga keltirish
Negaligini bilmayman-u, lekin istalgan joyga suv sepib qo‘yilsa, bu odamga juda yoqadi.
Endi oshxona va kafelarda yoki do‘kon va ofislarning oldiga suv sepish kerak degan joyi yo‘q.
Lekin sepib qo‘yilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Ta’mir va qurilish ishlarida esa majburiy qilib qo‘yilsa ham mayli.
Hozirgi kunda kimdandir bir qadam oldinda bo‘lish uchun joyizni taxlab, nonushta qilishning o‘zi yetarli
#shunchaki
Qimmatroq sotish — qiymatliroq ko‘rsatish
Adashmasam, 3900 so‘m narx boshqa supermarketlar bilan solishtirganda, bu mahsulot uchun qimmat.
Lekin 4 ta olsangiz, 1 tasi bepul. Sariq rang va faqatgina cheklangan muddatda xarid qilish imkoniyati odamni xarid qilishga majbur qiladi
+2
Jahon chempionatidan foydalangan, foydalanyapti
Boshqa supermarketlarda ham shundaymi, bilmadim, lekin Baraka'da gazli suvlarni yomon sotib qo‘yyapti
Xohlaysizmi yoki yo‘q, o‘tirish va tug‘ilgan kunlarda shunaqa suvlardan 3-4 ta olinadi.
50-60% inson nima qiladi? Tabiiy-ki set variantini oladi. Chunki suv mehmonlarga, ichidagi bakal, koptok, futbolka, o‘yinchoq, patnis kabi narsalar uydagi yoshlarga.
Agar xaridni amalga oshirayotgan paytingiz uyingizdagi kichkinalardan kimdir oldingizda bo‘lsa, aynan shu to‘plamni xarid qilish ehtimoli 90% gacha oshib ketadi.
Hamma bir-biridan norozi
Siz kimdandir haqli norozimisiz yoki nohaq, buni tekshirishning bir yo‘li bor
Birinchidan, Siz norozi bo‘lgan sabab — pul bilan bog‘liq bo‘lmaydi
Ikkinchidan, pul bilan bog‘liq holda, Siz aynan shu pulga muhtoj bo‘lib qolmaysiz
Agar muammo pulda bo‘lsa va Siz shuning uchun kimdandir norozi bo‘lsangiz, o‘z holingizni bir tafakkur qilib ko‘ring
Kimdir Sizning haqingizni yegan holatda ishi 5 bo‘lishi va aksincha, Sizning ishingiz orqaga ketishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi
Men o‘zim uchun xulosa chiqardim, Siz ham chiqarishga urunib ko‘ring.
#shunchaki
Baraka marketda olgan yeguligingizni isitib olsangiz bo‘lar ekan
#yasha
Esizda bo‘lsa, hozirgi kundagi eng kerakli kartalar haqida post yozmoqchi edim
O‘sha kunga nasib qilmagandi. Bugun esa shu 4 ta kartadan bittasi haqida aytib bermoqchiman.
Tez karta. Tez ilovasi otqali buyurtma berasiz va uyingizgacha yetkazib berishadi. Hammasi bepul.
Kartadan kartaga har oy 10 mln so‘mgacha pul o‘tkazish foizsiz.
Har oy 5 mln gacha komissiyasiz, aniqrog‘i, komissiyani keshbek qilib qaytaradi.
Keshbek miqdori 50 mingga yetsa, kartezga tushurib berishadi.
Keshbekni naqd pul qilganingiz hamda bir nechta yo‘nalishlardan 2 tasini tanlaganingiz va aynan shu yo‘nalishlarda xaridni amalga oshirganingiz uchun olasiz.
Masalan, kafr va restoran hamda taksi uchun keshbek olishni xohlayman desangiz, Sizga faqatgina mana shu yo‘nalishdagi xaridlarga keshbek beradi.
Keshbek yo‘nalishlarini, foizlariga qarab, har oyda bir marta o‘ziz tanlaysiz. Tanlaganingizdan keyin o‘zgartira olmaysiz.
Shu sababli tanlayotganda, birinchisiga, taksini tanlashni maslahat beraman. Nega deganda, baribir ham (Toshkent sharoitida) taksidan foydalanamiz, buning uchun esa keshbek 5%.
Faqat Yandex, Wb kabi taksi ilovalariga aynan shu Tez kartasini ulab qo‘ygan bo‘lishix va to‘lovni shu kartadan amalga oshirishingiz kerak.
Iklinchisiga, kafe va restoralanlarni tanlang. Chunki bundan ham deyarli har kuni (Toshkent sharoitida) foydalanamiz.
Eslatma. Tanlagan yo‘nalishlariz bo‘yicha kam xaridni amalga oshirsez, keshbek foizi kamayishi yoki aksincha, oshishi ham mumkin.
Birinchi navbatda, ho‘l qo‘l bilan yurmang
Aytaylik, qo‘liz ho‘l, u payti qo‘l bermasdan so‘rashganiz ma’qul
Qo‘l uzatib yuborishsa, bilak tutiladi va vaziyat tushuntiriladi.
Lekin ho‘l qo‘lni kiyimga artib, so‘rashilmaydi
VPN ishlatadiganlar bormi?
IOS da qaysi vpn yaxshi ishlaydi? TikTok ishlatish uchun kerak.
Oldin faqat eng arzon narxlar ochiqchasiga ko‘rsatilardi
Hozirga kelib o‘rtacha narxlarni ham ochiqlash ommalashmoqda
Demak, qo‘rqmasdan, narxni aytadigan zamonlar kelyapti :)
Jamoadagilar nega bir-biri bilan kelisha olmaydi?
1. Rahbar ofisda yo’qligi. Juda katta baqir-chaqir bo‘lgan vaziyatlarning 90 foizida rahbar 2-3 kunlab ofisga kelmasligi sabab bo‘lgan. Yo rahbar o‘rniga kelib, 1-2 soat 🤌(sabr) qilib o‘tirsin yoki o‘rniga bitta ish boshqaruvchi, direktor tayinlasin.
1.1. Bunaqa holatga rahbarning ish uchun haddan tashqari qo‘pol muomalasi ham sabab bo‘ladi. Rahbar bitta xodimning kayfiyatini buzadi. Kayfiyati buzilgan xodim boshqa bir xodimning asabini buzadi va bu zanjir ulanib ketaveradi.
2. Team building'lar qilinmasligi. Har oyda bir marta bo‘lsa ham dam oladigan jamoa a’zolaridagi eng vahimali munosabat — birov bilan birovning ishi yo‘qligi.
Jamoaviy yig‘ilishlar yo jamoani birlashtiradi yoki jamoani bir necha bo‘lakka bo‘lib tashlaydi. Jamoada janjallar bo‘lganidan ko‘ra, hamma ko‘ngliga yaqin jamoadoshi bilan muloqotda bo‘lgani ma’qul.
Team building deganda, faqat o‘tirish nazarda tutilmaydi, ofisning almashishi, tushlikni oldin borilmagan kafeda qilish va shu kabi har kungi bir xillikni o‘zgartiradigan ishlarni ham hisobga olsak bo‘ladi
3. Shaxsiy hayotni ishga aralashtirish. Janjallashib qolgan xodimlar bilan muloqot qilinsa, janjal arzimagan narsadan chiqqan bo‘ladi. Aybdor xodimni oddiy masalaga ham bu qadar agressiv munosabatining sababi so‘ralganda, umuman ishga aloqasi yo‘q muammolarni aytadi.
Shu sababli xodimning muammosi me’yorida bo‘lgani ma’qul. Me’yoridan ortiq bo‘lsa, yo xodimning muammosini yoki uning o‘zini yo‘qotish kerak.
Bonus. Hazillashishni biladigan odam yo‘qligi. Juda katta asabiy holatlardagi insonlarning holiga qaralsa, shu janjal vaqti kelgunicha, janjal boshlagan inson bir marta ham kulmagan bo‘ladi.
Bir kunda 1-2 marta kulgan inson o‘ta jiddiy masalaga ham chetdan nazar tashlay oladi va yakunda unchalik katta bo‘lmagan tortishuv bilan masala hal bo‘ladi.
Buning uchun esa har bitta jamoada inson shaxsiyatini qo‘shmasdan, jamoadoshlarini kuldira oladigan xodim kerak.
Bu mavzuga hozir qisqacha kirdik, masalaning boshqa jihatlari ham bor. Uyog‘ini yashasez, ko‘raverasiz.
Kechqurun 00:00 gacha bo‘lgan vaqtda uxlasa, uyquga to‘yib tursa bo‘larkan
Har kuni kechqurun emas, ertasi kuni uxlaydiganlarga eslatma :)
Vodiylik hamkasblar ko‘payaversin
Qashqadaryo, Xorazm uzoq. Juda kam uyga boriladi.
Toshkent viloyati yaqin. Uyga borib kelish oddiy holat.
Vodiy esa oltin o‘rtalikda joylashgan. Ham dovon ham bor.
Shuning hisobiga 1 oyda 1 marta uyga borishsa ham, 2 ta non bilan yarim kg qurt bor degani 😄
Endi bunaqa bollardan 10 ta bo‘lsa, butun oy davomida non bilan qurtdan muammo yo‘q-da 😋
Vodiyliklarni yaxshi ko‘rishimga sabab ko‘p, shulardan bittasi aynan shu 🙈
Jahongir Latipovdan reklama olganlar bormi?
Biz birinchi marta reklama olyapmiz, shunga narxini kelishtirmayapti
Oldin olganlar aytsa, narxidan o‘tib berarkan.
Bitta villaga kelib, shu uyni 20-30 sekund obzor qilib ketish kerak.
Begonaga 2000$ deyotgan ekanlar, tanishlarga 1500-1700$ qilib berishlari mumkin, deyishdi.
Shunga oldin reklama olganlar bo‘lsa, @Doniyorbek_Erkin ga yozib yuboring
Qaysidir insonning quvonchli kunlari bilan tabriklaydigan tabrik loyihalari bo‘ladi-ku, shunaqa loyihada ishlaydigan qiz bola kerak
Bitta buyurtma bor, shunday telefon qilib, tabriklab bersa, bo‘ldi. Ajratilgan byudjet bozordagi narxdan 2 barobar ko‘proq.
@Doniyorbek_Erkin ga yozvoring yoki shunaqa tanishizni kontaktini bering
Jahongir aka (Po‘latov, Cambridge) zo‘r tavsiya bergandilar
Vaqtida ulgurishga harakat qilish kerak emas, vaqtidan oldinga harakat qilish kerak.
Vaqtidan oldin bitsa, zarari yo‘q.
Agar o‘zizga bog‘liq bo‘lmagan sababga ko‘ra, ozgina cho‘zilish bo‘lib qolsa ham, vaqtiga ulgurasiz.
Bu masala dunyo miqyosida ham shunday. Ilon Mask 1 yillik deadlayni bo‘lsa, kompaniyasiga 6 oy deadlayn beradi. Kompaniya 3-4 oyga kechiksa ham, Ilon Mask vaqtidan oldin bitirgan bo‘ladi.
Oddiy odam: yordam beting
Kopirayter: yordam bera olasizmi?
Ikkasida ham bir xil ma’no, ammo ikkinchi holatda maqsadga erishish ehtimoli ortadi.
#kopirayterchasiga
+1
Baland binolarga chiqib yuradiganlarnung oxirgi qilgan ishlari #trend bo‘layotgan ekan
Ozgina vaqti o‘tib ketyapti-yu, lekin hali ham juda kech emas, o‘zizni loyihezda foydalansez bo‘ladi
