cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

Sizga cheksiz mehr va hurmat bilan barmoqlari klaviaturada toblangan, bilagi baquvvat jaydari kopirayter – Doniyorbek Erkin oʻgʻli. Treninglar: @Professionallardan Izohlar: @jaydari_fikrlar Hamkorlik: tap.link/Doniyorbek_Erkin | @jaydari_reklama

Більше
Рекламні дописи
12 558
Підписники
+16224 години
-397 днів
-1 10430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Nomni o‘zgartiribsizlar, lekin bu nom o‘zgartirilganini hammaga aytishdan ma’no nima? Aytaylik, buning ortida qandaydir ulkan maqsad bordir. Unda nega xatoga hech kim ahamiyat bermayapti? Led ekrandan tortib hamma bannerlardagi yozuvlargacha shu xato ketgan. Reklamaga kamida $ 20 ming sarflandi desak, shuni $ 20 kopirayterga ham berish kerak edi. Shunda bu kabi xato bo‘lmasmidi?!
Показати все...
😁 46👍 19🔥 8😢 2 1
Ijtimoiy tarmoqlardagi yaxshilikka yoki ilmga sabab bo‘ladigan videolarni bir belgi, deb o‘ylayman. Negaligini bilmadim-u, shu telefonni qo‘limga olib titkilab o‘tirsam, aynan menga gapirilgandek qandaydir video chiqib keladi. Bugun ham bitta kanaldagi postlarni ko‘rib o‘tirsam, shu video https://t.me/c/2152662522/34 chiqib qoldi. Video chiqmagan bo‘lsa, oldin mana shu https://t.me/+SwlNI3suE1I0ODcy kanalga obuna bo‘lib, yana qayta urinib ko‘ring. Videoni ko‘rgan bo‘lsangiz, Allohdan xayo qiling degan mazmundagi video edi. Xuddi shu eslatma menga kerakdek go‘yo. Chunki menga bugun 4 million atrofida pul zarur edi. Bitta harakat bilan 4.4 million ishlab topdim. Shunda o‘zim bilmagan holda ozgina havolangandek bo‘ldim. Shunda bu videoni ko‘rgandan keyin bu pulni menga Alloh yetkazganini tushundim. Hamma ish Allohdan ekanini bilamiz, lekin ba’zida tilimiz gapirganini qalbimiz tasdiqlamas ekan-da, aynan shu payti shu kabi eslatmalar bizning foydamizga bo‘ladi, inshaalloh. Shunday eslatmalarni doimiy berib boradigan kanallardan biri bo‘lgan, yuqoridagi video joylangan kanal egasidan so‘radim, o‘zi kanal yuritishdan maqsad nima? Men katta auditoriya, ma’lum miqdorda pul yoki shaxsiy brendni shakllantirish, deb o‘ylagandim. Lekin kanalda bularning birontasiga mos keladigan holatga ko‘zim tushmadi va shu sababli ham ularning bergan javobi, meni hayron qoldirdi: ilmning zakoti, ya’ni o‘rganilgan ilmni boshqalar bilan ulashish. Yana bir e’tiborimni tortgan jihat — kanalda doimiy ravishda musobaqalar tashkillashtirib turilar ekan va musobaqa soʻngida sovgʻalar berilishidan tashqari, ustozlardan duo ham olinar ekan. Kanalga Hasanhon Yahyo domla kabi ustozlar ham tashrif buyurib turishlarini hisobga olsak, berilayotgan bilimlar ham juda manfaatli ekanligini taxmin qilish qiyin emas. Sahifa egasining oʻzlari haqida esa bu yerda maʼlumot olishingiz mumkin. Shuning uchun ularning bloglariga obuna bo‘lishingizni tavsiya qilaman. Bu shunchaki tavsiya, buyruq yoki taklif emas, xohlamasangiz, obuna bo‘lmang. Ammo obuna bo‘lsangiz, ancha manfaat olasiz, nasib qilsa. Kanal manzili: https://t.me/+SwlNI3suE1I0ODcy
Показати все...
👍 32 10🔥 10💯 5 1🏆 1
👍 23 9🤩 1
Ko‘pchilik ish vaqti qaysi vaqt boshlanishini biladi, lekin qaysi vaqt tugashini bilmaydi. Ma’lumot uchun eslatib qo‘yaman, ish vaqti 08:00-09:00-10:00 larda boshlanadi va 65 yoshda tugaydi. Bu holatga qanday yechim qilish kerak deyilsa, birinchi navbatda, niyat va maqsadni to‘g‘ri qilib, kattaroq darajada kengroq fikrlash kerak. Buning uchun nima qilay, mana hozir uxlamadim, 1-harakatni nimadan boshlay desangiz, bugun ro‘z tuting.
Показати все...
😁 38👍 13 13😭 6🔥 2
Do‘stlar, menga/tanishimga 1-2 haftaga telefon kerak. Instagram, Telegramga kirsa, bo‘ldi, qanaqa telefon ekanining ahamiyati yo‘q. Kimda ishlatilmay turgan telefoni bo‘lsa, menga yozib yuborsin (Toshkent shahrida bo‘lsangiz). Yoki telefon ijarasi bilan shug‘ullanadigan tanishlaringiz bo‘lsa ham bo‘ladi. Shunchaki hozir 1 hafta uchun telefonni $ 100 sotib olishni to‘g‘ri, deb hisoblamayapman. Ham 1 haftadan keyin 13 yoki 14 olamiz, bu olgan telefonimiz esa keraksiz bo‘lib qoladi. Shu sababli ijara yoki kimdandir olib turish variantini qarab ko‘rayotgan edik. @Doniyorbek_Erkin
Показати все...
👍 27🔥 10
Xato qilayotgan odam haq ekanini hech qachon isbotlab bera olmaydi Ertalabdan bir juda “bilimli” do‘stimiz bilan ozgina debat qildik. Manmanlik bo‘lsa ham aytaman, men bilan debat qilish u bolaga emas. Chunki... (sarlavhani o‘qing) Videolarida xato ma’lumot berish orqali loyihasini rivojlantiryapti. Yana xodimlarining halol ishlab topgan xarajatlarini Xaromibetdan olingan reklama pullari bilan qoplayapti. Qilayotgan o‘nlab xatolariga emas, faqatgina shu Xaromibetdan olayotgan reklamasiga izoh berishini so‘radim. Qalbiga taskin beradigan javobi, men Xaromibetning faqat logosini qo‘yaman, link bermayman, shu sababli men orqali hech kim ro‘yxatdan o‘tmaydi. O‘zini-o‘zi aaldayotganini yozishmalarimizni o‘chirib tashlayotganidan ham ma‘lum. 100 litr suvga 1 gr bo‘q tushsa, u suv toza, ichaveraman, degandek gapirdi. Ilojsiz vaziyatda balki ichar, lekin hali imkonsizlik holatiga kelgani yo‘q-ku, kelgan taqdirda ham Xaromibet bilan suvning mavzusi umuman boshqa. Suvni ichsa bo‘lar, lekin har qanday holatda ham Xaromibet kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash juda xato. Uning o‘rniga bo‘q yeb qo‘ygani ming marta yaxshi. Nega deganda aynan shu kabi Xaromibetlar sabab, qanchdan qancha insonlar eng og‘ir gunohlardan biri bo‘lgan — o‘zining joniga qasd qilishgacha boryapti. To‘g‘ri, ular qo‘y (haqiqiy qo‘ylardan uzr so‘rayman) bo‘lsa, bu Xaromibet va u loyiha bilan ishlaydiganlarning aybi emas, lekin asosiy sababchi aynan ular-da. Bu kabi loyiha bilan ishlaydiganlarga Allohning balosi yaqin. Qaysidir yaqin insoningiz o‘lib qolsa yoki tuzalmas dardga chalinsa yo uyingiz yonib ketsa, xursand bo‘ling, Alloh Sizga shavqat qilibdi, bu ishingizning javobi bundan ham og‘ir bo‘ladi, deb o‘ylayman. Endi bechora do‘stimizning gapiga to‘xtalsak, 50 ga yaqin loyihalarga reklama bo‘yicha hamkorlik qilish taklifi bilan chiqibdi, ular rad etgani, kontraktiga, yashashiga, loyihasi va xodimlariga pul berishi uchun shu Xaromibetdan reklama olishga majbur bo‘lgan ekan. Bu loyihani ham iPhone 14 telefoni sotib boshlagan, endi to‘xtatib qo‘yishni xohlamayotgan ekanlar. Undan ko‘ra, loyihasiga qo‘shilib, o‘zi ham yo‘q bo‘lib ketsa, yaxshilikka bo‘lardi. Nega deganda bu marazning xodimlari ham bor va xodimlaridan biri mening tanishim ekan. Bitta shu maraz sababli necha kishi halol mehnat qilib, xarom pul ishlab topyapti. Iphone 14 telefonimni men ham sotganman, men ham talabalikda qiynalganman, o‘qishdan haydalganman, ko‘chada uxlaganman, och qolgan va hokazo dardli hikoyalar menda ham bo‘lgan. Lekin Xaromibetlar bilan ishlaganim yo‘q, shunda ham oyiga 15-30 million topaman, qo‘limda iPhone 15 pro max, dadamga avtomobil hadya qilish arafasidaman, tanish-bilishlarim bor, ishim zo‘r ketyapti, hammasi a’lo darajada. Men ham maraz, iflos insonman, bunga e’tiroz bildirmayman, tan olaman va qilayotgan xato ishlarimni to‘g‘ri demayman. Chichib qo‘ysam, chichib qo‘ydim deyman va uzr so‘ragan holda xatoyimni to‘g‘rilayman. Hozir o‘ylashingiz mumkin, bular bilan solishtirganda, mening vijdonim ancha toza ekan deb. Xulosa qilishga shoshilmang, Siz ham oppoq emas. Mening ham befarosat tanishim yaqinda menga xatodan qaytish, to‘g‘ri yo‘lda yurish haqida nasihat bergandi. Bugun o‘zi Xaromibet bilan hamkorlik qilayotgan loyihada ishlayapti. Inson xatokor, qayerda yo‘ldan adashganini o‘zi bilmay qoladi. Do‘stlar, marketing, pr degani bu yolg‘on degani emas, zarracha yolg‘on arashlayaptimi, u yerdan ketish kerak. Buning oxiri yaxshilikka olib bormaydi. Alloh hammamizga o‘zi to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsin, xato ish qilishimizdan asrasin, O‘zi rizqimizni zarracha shubhasiz, halolidan olishimizni nasib qilsin. Post kayfiyatingizga ta’sir qilmasin, shunchaki fikr qilib qo‘ying, yetadi, Kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin. #buyurmaydi
Показати все...
👍 50🥴 12 8😁 5💯 2👎 1
Yer yuzida taxminan 83 trillion dollar naqd pul bor, aholi soni esa 8 milliard. Shunda naqd puldagi Sizning ulushingiz $ 10000 tashkil etadi. Karta va hisob raqamdagi pullar miqdori ham naqd puldan kam bo‘lmasa kerak. Shunda yana $ 10000 dollar Sizga ajratiladi. Shunday qilib, yer yuzidagi pullarning kamida 20 ming dollari Sizniki. Endi chaqaloqlar va pul kerak bo‘lmagan ayrim toifadagi insonlarni hisobga olsak, bu 20 ming dollarni yana 10-20X oshirish mumkin. Keling, hozir miyangizni qiynamay, baribir nima deyotganimni tushunganingiz yo‘q yoki trillionda nechta 0 borligini bilasizmi?) Xullas, gapni qisqa qilsak, Sizda kamida 20 ming dollar bo‘lishi zarur. Hozir buncha pulingiz yo‘qmi, demak, kimdir 40 ming dollarga egalik qilyapti. Shu sababli sababiyatlarni qiling-da, o‘zingizning 20 ming dollaringizni oling) Kuningiz yaxshi kayfiyatda omad va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin.
Показати все...
👍 78😁 30🔥 15 3 3🤣 3🏆 1👀 1
Shu 60 ming pulga qiyomatli jigarim bilan nonushta qilayotgan bo‘lar edik-da ☹️
Показати все...
IMG_1785.MOV6.49 MB
IMG_1786.MOV4.98 MB
🤣 34😁 11🔥 2👍 1🌚 1
Xursand bo‘lsam ham, ozgina xafa bo‘lsam ham boshqalar bilan ulashaman Aytadi-ku, Sizning xursandchiligingiz mening xursandchiligim, mening xursandchiligim o‘zimning xursandchiligim. Dard umumiy, baxt meniki degandek, bugun Sizga bitta antitilak tilamoqchiman. Ertalab Sizga naqd pul kerak bo‘lib qolsin-u, lekin bank hali ochilmagan bo‘lsin. Bankomatdan 6 million yechaman deng-u, lekin bankomat 4 milliondan ko‘p chiqarmasin. Chiqarganda ham 1% bilan chiqarib, 60 ming pulingizni olib qolsin. Kamida shunaqa qiynaling, iloji bo‘lsa, bankomatga kamida 100-200 ming so‘mni shunchaki tashlab keting. Pulni ham 3-4 marta harakat qilib chiqarib oling. Har kuni kamida bir marta shunaqa qiyinchilikni Sizga tilayman. Kuningizning 1-2 soati bekor bankomatdan pul yechishga ketsin. Kuningiz yaxshi kayfiyatda o‘tsin)
Показати все...
😁 64 7👏 6🔥 3👍 2 1🤯 1🏆 1
Imkoniyatdan foydalanganlarga rahmat. Foydalanmaganlar esa 50 daqiqa ichida o‘ylab ko‘rishlari mumkin. Agar foydalanmasangiz, duo qilin, tezroq uy olay, shunda yana chegirma beriladi, nasib qilsa) Aytadi-ku, faqat o‘zim boy bo‘lay 😅 Alloh hammamizning omadimizni bersin, hamma yaxshi niyatlarimizga yetib yuraylik, ota-onamizning roziligini hayot chog‘larida olish nasib qilsin. O‘tib ketganlarni Alloh rahmatiga olsin. Tuningiz osuda o‘tsin
Показати все...
👍 53 13😁 5👏 3
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.