Kings Of Python
Відкрити в Telegram
🐍 Pythonda songi va tarqalmagan kodlar kanali: @KingsOfPy ⚙️ JavaScriptda so'ngi va tarqalmagan kodlar kanali: @Kings_of_Js 🗄️DevOps uchun eng kerakli va foydali kanal @kingsofdevops Admin : @Mistrdev
Показати більше1 025
Підписники
-124 години
-77 днів
+330 день
Архів дописів
1 024
Al dasturchilarni emas, loyiha egalarini boy qilmoqda.
Xullas, hammamiz ko'rdik: Al kelib ish 10-20 baravar tezlashdi. Kod bir dagiqada yoziladi, loyiha bir haftada tugaydi. Bir qarashda "biz yutyapmiz" deyishingiz mumkin.
Lekin aslida kim yutmoqda?
Menejerlar va tadbirkorlar. Ular bir odamga 5 ta loyihani yuklab, "Al bor-ku, nima qiyinchiligi bor?" deyishyapti.
Natijada dasturchiga dam olish o'rniga yangi tasklar, qo'shimcha feature'lar, bug fix'lar yomg'iri yog'ilmoqda.
Oldin bir loyihani bitirsang bo'ldi edi. Hozir Al yordamida bitirdingmi, darrov ikkinchisini, uchinchisini. Bosim, deadline, "tezroq, yana tezroq" degan gaplar.
Natija?
Dasturchilar burnout bo'lyapti. Kelajakdan go'rquv, "Al ishimni olib go'yadimi?" degan savollar, uyqu yo'q, "biz bir olamiz" kabi absurd gaplar. Ish vaqti kamaygani yo'a, aksincha ko'paydi.
Al bu qurol. Lekin qurolni kim ishlatyapti? Loyiha egalari, menejerlar, fonderlar. Ular pul topyapti, biz esa qo'shimcha bosim ostida ishlayapmiz.
Gapni ochig'i:
Al bizni qutqarmadi. U faqat ishni ko'paytirdi, pulni esa boshqalarga berdi.
1 024
Hammamiz Al'ga matn yozamiz-da. Token ketadi, pul ketadi, limit tugaydi.
Bir prompt yozasan - "limit reached". Tanish holat-ku, to'g'rimi?
Endi qarangda DeepSeek yangi maqola chiqardi. Ular aytishyaptiki - matningni RASMGA aylantirib bersang, model uni 10 barobar KAM token bilan 'qiydi. Aniqlik?
97%.
Ya'ni 1000 ta text token o'rniga - 100 ta vision token.
Xuddi screenshot yuborganday.
Bir developer buni o'z o'yinida sinab ko'rdi. 2 milliard token sarflab Al'ga o'yinni o'ynatdi - bir marta context'ni
matn qilib, bir marta rasm qilib.
Natija qiziq:
Rasm bilan token sarfi ancha kam. Lekin... har bir o'yin
2-3 barobar SEKIN ketdi. 9 daqiqa o'rniga 20-30 daqiqa.
Ya'ni arzon, lekin sekin. Klassik trade-off desayam bo'ladide endi.
Menga qizią tuyulgani — biz shuncha yil "Al matn bilan
ishlaganini" ko'rdik. Balki noto'g'ri eshikdan kirib yurgandirmiz? Balki modellar uchun ko'rish o'qishdan tabiiyroqdir?
Har holda, DeepSeek yana bir bor hammani boshqa tomondan o'ylashga majbur qildi.
Sizchi - context'laringizni rasmga aylantirib yuborishga
tayyormisila, yoki "ishlab turgan narsani tegma" tarafdorimisila?
Maqola: https://arxiv.org/abs/2510.18234
1 024
Telegram ning t.me formatidagi havolalari dunyo bo'ylab brauzerlarda ishlamay qoldi.
Bu domen aslida .me domen zonasining reyestri darajasida DNS tizimidan to'liq olib tashlandi. Lekin telegram ichida t.me havolalari ishlaydi lekin telegramdan tashqarida ishlatmoqchi bo'lsangiz telegram.me ni ishlating.
1 024
Akalar, 3 oy jim bo'lib ketganimga uzr. Ochig'i, boshqa proyektlarga o'ralib qolib, kanalga umuman qo'l tegmay qoldi.
Lekin shu vaqt ichida AI bilan ishlash bo'yicha ancha narsalar o'zgardi: Claude Code, agent-workflow'lar, kodni avtomat yozib beradigan pipeline'lar... Xullas, o'zim sinab ko'rgan va sizlar bilan bo'lishmoqchi bo'lgan materiallarim tiqilib yotibdi.
Endi kanalni aniq reja bilan, muntazam olib boramiz.
Har hafta:
— Tayyor kodlar (drop) — to'g'ridan-to'g'ri loyihangizga ulab ketadigan narsalar.
— Real AI workflow'lar — quruq nazariya emas: muammo → qilingan ish va promt/kod → real natija.
— Intervyu savollari va muhokamalar — suhbatlarda tushayotgan aktual savollar va amaliy yechimlar.
Kammentariyada yozing hozir qanday proyekt ustida ishlayapsizlar va kanalda ko'proq nimani ko'rishni xohlaysizlar aniq kod va yechimlarmi, AI workflow'larmi yoki real tajriba, xatolardan hikoyalar?
1 024
Repost from Sariq Dev
Guruhdagi behayo profillar va spam xabarlardan charchab yaratgan botim 1 oy davomida sinovdan oʻtib, ancha sayqallandi.
Bugun shu botning kodini ochib (open-source) ommaga eʼlon qilaman, marhamat, oling, foydalaning: https://github.com/anvarnarz/killspam-bot
Upd: Bot ikki rejimda ishlaydi, bulut SI bilan (gemini) va local SI bilan (NudeNet). NudeNet profil rasmlarini tahlil qiladi, local severda ishlaydi va ortiqcha xarajat talab qilmaydi. Gemini matnlarni ham oʻqiydi va spam xabarlarni aniqlaydi. Geminini bot orqali /setkey buyrugʻi orqali sozlaysiz.
Botdan qanday foydalanish yuqoridagi repoda batafsil yozilgan.
@sariqdev
1 024
Maydalashib o'tirmaymiz akalar opus popus sonnet ponnet qilib pryam FABLE bosamiza 😂
1 024
Oldin sabzini bemalol pichoq bilan archardim. Keyin yillar davomida archqich ishlatib o‘rganib qolibman.
Kechagi kuni yana pichoq bilan urinib ko‘rdim. Sabzi o‘sha-o‘sha, pichoq ham o‘sha. Lekin tozalashga qiynaldim.
Pichoqni ishlatishni unutmaganman.
Shunchaki qo‘lim endi boshqa narsaga o‘rganib qolgan.
Zarurat tug‘ilsa, bemalol qayta o‘rganaman.
Lekin zarurat tug‘iladimi?
1 024
Tez reliz qiling!
📝Bugungi kunda yangi funksiyalar shu qadar tez chiqarilyaptiki, ba’zan ularni to’liq sinab ko’rishga ham vaqt yetmaydi. Natijada QA jamoasi yuklama ostida qoladi, xavfsizlikdagi zaifliklar esa e’tibordan chetda qolishi mumkin.
Shu muammoni hal qilish uchun BugBase yaratildi. U sun’iy intellekt yordamida mahsulotingizni sifat va xavfsizlik nuqtai nazaridan tekshiradi hamda relizdan oldin e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan kamchiliklarni ko’rsatadi.
Rasmda o'zimning loyihamni testlatib ko'rdim yaxshi o'tdi.
🔗Bu sizga katta QA jamoasisiz ham mahsulotingizning relizga qanchalik tayyorligini baholash, xatolarni foydalanuvchilar duch kelishidan oldin aniqlash va ularni o’z vaqtida bartaraf etishga yordam beradi.
🚀 AI Scan xizmatini esa bepul sinab ko’ring:
🔗 https://bugbase.pro/
1 024
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Kelajakda "Pythonchi", "Nodejschi", "Javachi" "Angularchi" degan dasturchilar qolmaydi, faqat PHPchilar qoladi, PHP o'lmaydi chunki
Claude Code'ni yaratgan Boris Cherniy qiziq gap aytibdi: bularning hammasi o'rniga atigi 5 ta rol turi qoladi. Stack ham, domen ham muhim emas — kim qaysi bosqichda kuchli bo'lsa, o'sha rolda ishlaydi)
1. Prototyper — g'oya mashinasi. Yuzta fikr otadi, beshtasi yashaydi. Qolgani "shunchaki sinab ko'rdik"
2. Builder — o'sha xom rototipni tez orada production darajasidagi mahsulot yoki infraga aylantiradi
3. Sweeper — orqadan tozalaydi: UX'ni tekislaydi, kodni soddalashtiradi, tizimni optimallaydi. Eng kam qadrlanadigan, lekin eng kerakli odam shu)
4. Grower — tayyor mahsulotni oladi va Product-Market Fit tomon bosqichma-bosqich o'stiradi.
5. Maintainer — yetuk tizimga egalik qiladi. Xavfsizlik, ishonchlilik, samaradorlik — tunda telefon jiringlaganda javob beradigan odam shu)
Eng qizig'i: bu rollar bironta texnologiyaga yopishib qolmaydi. Bugun "Frontend", ertaga "React/Angular" deb yopishtirib yurmaymiz. Va bir odam o'zida 3 tagacha rolni birlashtira oladi.
Ya'ni kelajakdagi mutaxassis — "men PHP'chiman" demaydi, "men quraman va o'stiraman" deydi) (tafovutni qarang, kechagina shu gapni aytgandima)
Sizningcha, siz qaysi 3 talikdasiz?
1-qatordagi gaplarimni jiddiy olmang, man o'zi shunaqa hazil qilaman😊
1 024
Kimni boti bazasi ochib ketgan bolsa tiklab beraman 30iyungacha.
tekinga tiklab beraman. (bez manfaat)
aloqa uchun: @mrgayratov
