Kings Of Python
前往频道在 Telegram
🐍 Pythonda songi va tarqalmagan kodlar kanali: @KingsOfPy ⚙️ JavaScriptda so'ngi va tarqalmagan kodlar kanali: @Kings_of_Js 🗄️DevOps uchun eng kerakli va foydali kanal @kingsofdevops Admin : @Mistrdev
显示更多966
订阅者
无数据24 小时
-47 天
-4130 天
帖子存档
Repost from Founder
Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak?
7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investitsiya jalb qilishdan oldingi founderlar o‘rtasidagi ulush taqsimoti tahlil qilingan. Natijalar meni ham hayron qoldirdi.
Ko‘pchilik founderlar boshida: “Hamma teng ulush olishi kerak”, deb o‘ylaydi. Ammo amalda teng taqsimot biz o‘ylaganchalik keng tarqalgan emas.
📊 Median ulush taqsimoti
2 ta founder: 🤝
— Founder A: 55%
— Founder B: 45%
3 ta founder: 🤝
— Founder A: 47%
— Founder B: 33%
— Founder C: 17%
4 ta founder: 🤝
— Founder A: 40%
— Founder B: 27%
— Founder C: 18%
— Founder D: 10%
Va rostini aytsam, buni tushunaman.
Men ham avvalgi kompaniyamda ulushni teng taqsimlaganman. O‘sha paytda bu adolatli tuyulgandi. Keyinchalik esa tenglik har doim ham adolat degani emasligini tushundim.
Odamlarning hissasi har xil bo‘ladi. Har birimizning rolimiz, riskimiz, mas’uliyatimiz, sarflayotgan vaqtimiz, egalik darajamiz va qurbonliklarimiz turlicha. Va bularning barchasi muhim.
Bu safar esa men va co-founderim bu masalani juda erta muhokama qildik va har birimiz kompaniyaga amalda nima olib kirayotganimizga qarab ulushni kelishib oldik.
Menimcha, aynan shu narsa hamkorligimizni kuchliroq qildi.
Xuddi shu narsa qaror qabul qilishga ham tegishli.
“Biz barcha qarorlarni birgalikda qabul qilamiz.”
Nazariyada bu juda yaxshi eshitiladi. Ammo bir nuqtada baribir yakuniy qarorni kimdir qabul qilishi kerak.
❌ Co-CEO bo‘lmang.
Ko‘pincha bu ikki founder bir-birini “kamroq muhim” qilib qo‘yishni istamagani uchun yuzaga keladi.
Ammo yuqoridagi noaniqlik odatda muammoni hal qilishdan ko‘ra, ko‘proq muammo yaratadi.
Investorlar bitta aniq aloqa nuqtasini xohlaydi. Xodimlar yakuniy qarorni kim qabul qilishini bilishni xohlaydi.
Va vaziyat qiyinlashganda, yakuniy javobgarlik kimdadir bo‘lishi kerak.
Founderlar bir-biriga qarshi fikr bildirsin, qattiq bahslashsin, eng yaxshi javobni topishga harakat qilsin — lekin oxir-oqibat kimdir final call qilishi kerak.
Kevin Jurovich sahifasidan oldindi https://lnkd.in/p/d_yE-MTb
@founderdotio
Foundermisiz? Startup quryapsizmi? Unda siz korishingiz MUST HAVE bolgan podcast ni birinchi epizodi Alisher Hasanov bilan Founder bolish narxi qancha mavzusida.
https://youtu.be/PLsoc9iWuCM
Backend dasturchimizga Claude orqali savollar va xatoliklar yuzasidan fayl tashlab berdim. Backend'chi agentiga o'qitdi, to'g'irlatdi va manga boshqa fayl qaytardi. Man esa u faylni olib Claude'ga tashladim.
Ana bo'lmasam.
#ai
Yordamilar kerak!!!
Ko'ngilli testerlar kerak edi. Play Marketga chiqarilgan ilovani test qilish kerak. Yani testerlar jamoasi kerak. Telegram guruh ochamiz. Shunga qo'shilasizlar! O'sha yerda nima qilish kerakligini tushuntiramiz. Birinchi marta bunday ish qilishimiz. Ko'ngillilar + tashlasa guruhga link beraman.
Repost from Umar Sadullayev | Blog
Claude Opus 5.5 chiqibdi.
Fable 5.1'dan ko'ra ko'rsatkichlari anchagina yaxshiroq. Narxi ham arzonroq ekan eng qizig'i.
Batafsil
#claude
@UmarSadullayev
🙂 Xullas... Qiziqishga men ham Stars sotib oladigan bot qilgan edim. Fragmentdan oladi toʻgʻridan toʻgʻri. Mobodoga stars kerak boʻlib qolsa begona qilmanglar 😁
⭐ 1 Stars = 200 soʻm
🤖 Bot: @StarsXonaBot
Bugun kopchilik kanallardan postlar kelyapti tokenlar, usegalar tugaganmi deyman? 😁
Silarda vaziyat qanaqa bizda dushanbaga yangilanadi )
Yangi funksiya qoshildi botga.
Endi chatlardan kelgan bir martalik, sekundlik rasmlarni ham saqlay olasiz. Togridan togri saved ga yuborib beradi.
Togri maqsadlarda foydalanamiz 😉
@mistrdevbot
+2
Botimiz yangilandi do’stlar!
Botga yangi qo'shilgan funksiyalar:
- Kanaldan kanalga yoki kanaldan guruhga content ko'chirish yopiq bo'lsa ham, ochiq bo'lsa ko'chirib beradi.
- Botlarda ulashish yopiq bo'lgan medialarni ham olib beradi.
- Telegram ulashish yopiq bo'lgan storylarni ham olib beradi. Eng muhimi story egasida storyni ko'rganlar orasida KO'RINMAYDI!
Eng muhimi - Akkauntingiz mutlaqo xavfsiz qo'llarda ✅
@mistrdevbot
Hamma tomonda ASTRA deyapti silarni xayollaringga o'sha qizil karobkadagi narsa kelyaptimi 😁
$12 930 300 000 — bu shunchaki tasodifiy summa emas
NVIDIA Hugging Face’ni $12,93 mlrd ga sotib oldi. Lekin nega aynan 12 930 300 000?
Hammuassis Tomas Volf narx zamirida ikkita "pasxalka" yashiringaniga ishora qildi:
1️⃣ 129303 — o‘n oltilik (HEX) sanoq tizimiga o‘girsak,
0x1F917 hosil bo‘ladi. Bu esa bevosita 🤗 emojining Unicode kodi (U+1F917)! Ya’ni kompaniya o‘zining ramzini bitim summasiga "muhrlab" qo‘ygan.
2️⃣ NVIDIA izi — qolgan raqamlar bo‘yicha tarmoqda bir nechta qiziq nazariyalar yuribdi: • #129303 HEX rangi — to‘q yashil (NVIDIA brendi rangi)
- 93 — kompaniya tashkil topgan yil (1993)
- 12 — birjadagi (IPO) ilk aksiya bahosi ($12)
Hatto $13 milliardlik mega-bitimlarda ham muhandischa hazil va tafsilotlarga e’tibor saqlanib qolgani tahsinga loyiq. 🟩🤗
Hugging Face: 18 mln+ dasturchi - foydalanuvchi, 3 mln+ model, 250 ga yaqin xodim, 2025-yilda ~$150 mln daromad.OpenAI yangi flagmani - GPT-6 Astra’ni taqdim etdi.
GPT-6 yordamida Manhattanni realistik 3D modelini ham yasashibdi. Eng kulgulisi, GPT-6 bizga GTA 6dan ham tezroq yetib keldi ))
Dastlabki raqamlarga qaraganda, bu avvalgi avlodga nisbatan jiddiy sakrashdir.
Benchmarking natijalariga ko‘ra, Astra juda kuchli natijalarni ko‘rsatmoqda:
- Terminal-Bench 4.0: 57,7% (Fable 5.1’da 55,8% va GPT-5.6 Sol’da 37,3%)
- Terminal-Bench Science: 64,6% (Fable 5.1’da 52,6%)
- ARC-AGI-3: 99,9%
- ExploitBench: 100%
API narxi — 1 mln kirish/chiqish tokeni uchun $10 / $50. “Fast mode” rejimi 2,5 baravar tezroq ishlaydi va ikki baravar qimmat turadi.
Hozircha Astra cheklangan sondagi tashkilotlarga taqdim etilmoqda. Yaqin kunlarda modelni pullik foydalanuvchilar uchun ham joriy etish va’da qilinmoqda.
Endi ommaviy foydalanish imkoniyati va ilk mustaqil testlarni kutish qoldi 🥹
https://openai.com/index/gpt-6-astra/
