cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.

Більше
Рекламні дописи
929
Підписники
-124 години
-87 днів
+32530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from Hilola Umarova
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar! Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir. Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Aziz jurnalistlar! Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz. Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Показати все...
👍 1
QABUL IMTIHONLARI BOSHLANDI Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi yangi o’quv yili uchun uchta shartda bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichlariga start berdi. 7- sinfga 20 ta o’quvchi qabul qilinadigan mazkur ta’lim maskaniga joriy yilda hujjat topshirgan talabgorlar 601 nafarni tashkil etmoqda. Tanlov darajasi shunchalik balandki, birgina o‘rin uchun 30 nafar bola raqobatlashmoqda va bu respublikadagi Ijod maktablari ichida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etdi. Shaffof va adolatli tarzda o’tkazilayotgan jarayonlarda bugun barcha ishtirokchilar saralash bosqichining 1- topshirig’ini bajardilar. Unga ko’ra o’quvchilar belgilangan rasmga ingliz tilida ijodiy matn yaratishdi. Ta'kidlash joizki, sinovning 2-bosqichi 29-iyundan 2-iyulga qadar o’tkaziladi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Показати все...
👍 1
00:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari! Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi. Sizlarga mustahkam sog‘lik va xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz. Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas’uliyatli vazifangizda kuch-quvvat yor bo‘lsin! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
5.71 MB
Assalomu alaykum! Hurmatli ota-onalar! Aziz oʻgʻil-qizlarimiz! Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi. Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi. Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz. Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz. Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 3
#Bitiruvchilar_qurultoyi ⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDIBugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi. 📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi. ✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#CEFR_5_sinf 🏢⛳️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 💥 Sizlar bilan bugun ajoyib jajjigina natija bilan bo'lishmoqchimiz! 💫 Ta'lim muassasamizning 5-sinf o'quvchisi Mirabdullayeva Lazizaxon juda ham yosh bo'lishlariga qaramasdan chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikat sohibasiga aylandilar.
O'quvchimizning bilimlari yanada ziyoda bo'lishini va yutuqlari kelajakda yanada bardavom bo'lishini tilab qolamiz.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz ⤵️ Telegram | Facebook | YouTube
Показати все...
👍 7👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ✅ IJOD MAKTABLARIGA IMTIHON BOSQICHLARI ➖Ona tili va adabiyot yoʻnalishiga: 1-bosqich: ijodiy matn yaratish; 2-bosqich: ijodiy suhbat; 3-bosqich: ona tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test. ➖Xorijiy til yoʻnalishiga: 1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda); 2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda); 3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test ❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 27-iyun kunidan boshlanadi. 📍Imtihon boʻlib oʻtadigan manzillar hamda boshlanish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi! ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 3
#ingliz_tilidan_natija_🎉🎉🎉 #cefr_muvaffaqiyat_🎆🎆 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi ingliz tili fanidan natijalar!!! ✅ Ingliz tili fani òqituvchisi Madina Rustamova C1 sertifikatini muvaffaqiyatli yangiladi, ya'ni yana bir karra munosib ekanligini isbotladi! ✅ 11.02 guruhi òquvchisi Dilshodbek Rahmonov B2 darajaga, 9.01 guruhi òquvchisi Mubina Jamshidova ham B2 darajaga ega bòldilar!!! Ushbu natijalar sababchisi bòlgan ingliz tili fani òqituvchilarimizni ham tabriklaymiz!!! Haq yòlinda kim sanga bir harf òqutmish ranj ila, Aylamak bòlmas ado oning haqin yuz ganj ila! Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati 👇 Telegram | Facebook | Instagram
Показати все...
👍 14🥰 1
#Xushxabar #CEFR ⚡️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituvchi va o'quvchilari birin-ketin ingliz tili fanidan CEFR sertifikatlarini qo'lga kiritmoqdalar. ✨ Jumladan ➖6.02-sinf o'quvchisi Xo'djayev Salohiddin Sardorbek o'g'li B2; ➖10.02-sinf o'quvchisi Anvarov Davrbek Avazbek o'g'li B2; ➖Dadaxonova Madina Rustamjon qizi oliy toifali ingliz tili oʻqituvchisi C1 darajadagi sertifikat sohibi bo'ldilar. Yaxshi xabarlar davom etadi. 👇👇👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda @murojaat_imbot https://t.me/uchqorgon_im
Показати все...
👍 2
#XUSHXABAR #CEFR 💦 Yangiqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari  fanlardan til bilish sertifikatlarini qo'lga kiritmoqdalar. ✨ Jumladan o'quvchilarimiz ingliz tili fanidan CEFR imtihonidan muvaffaqiyatli o'tib, qo'yidagi natijalarni qo'lga kiritishdi. Komiljanova Zarifa B2, 6-01 sinf o'quvchisi Mahmudjanova Mubina B2,  8-01-sinf o'quvchisi Bozorboyev Sardor B2 darajadagi sertifikat sohibi bo'lishdi. 🌟Barcha o'quvchilarimizga omadlar tilab qolamiz.
Показати все...
👍 2
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.