cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi

SurxonQBB

Більше
Рекламні дописи
262
Підписники
Немає даних24 години
+17 днів
-630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayantoq” mahallasi hududida zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma ob’yektlari hamda muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston” massivi bunyod etilmoqda. Tumanda 24,5 gektar maydonda, 396 ta xonadonli 20 ta ko‘p qavatli turar joy binosi, shuningdek, umumta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari qad rostlamoqda. Mazkur loyiha 2022 yilda boshlangan bo‘lib, o‘tgan yillarda qurilishi tugallangan turar-joylar foydalanishga topshirilgan. Telegram | Facebook
Показати все...
Sayyor qabul hamda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning Termiz tuman bo‘limi xodimlari hamkorlikda aholining toza ichimlik suvidan foydalanish holatini o‘rganish, sohaga oid muammolarni bartaraf etish maqsadida Uchqizil mahallasida sayyor qabul hamda “Ichimlik suvidan oqilona foydalanish davr talabi” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Unda tumanning Uchqizil, Bunyodkor, Yangihayot mahallalari vakillari ishtirok etishdi. Telegram | Facebook
Показати все...
Ichimlik suv quvuriga noqonuniy ulanganlarga ma’muriy dalolatnomalar rasmiylashtirildi Surxondaryoda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ xodimlari tomonidan reyd tadbirlari olib borilmoqda. Kuni kecha o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 8 ta holatda fuqarolar ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish va nooqilona foydalanganligi oshkor bo‘ldi. Ular jamiyatga 5 mln 745 ming so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, qonunbuzarlarga nisbatan 27 mln 200 ming so‘m miqdorda ma’muriy dalolatnomalar rasmiylashtirildi. Viloyatda reyd tadbirlari davom etmoqda. Telegram | Facebook
Показати все...
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi "Siyosiy-ma’rifat soati"ni Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari kuzatib borishdi. O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi: ▫️O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti ▫️Videolavha namoyishi: "Biz uchun muhim" ▫️“Bir chimdim ma’naviyat” rukni ▫️“Mahalladan gapiramiz” rukni Boshqarma xodimlari mazkur o‘quv soatini ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali kuzatib borishdi. Telegram | Facebook
Показати все...
👍 1😁 1
04:22
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#BU_MUHIM 🔴Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o'tkazish tartibi bilan tanishing! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube
Показати все...
Sherobod tumanida “Pomir agroklaster” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan chorvachilik kompleksi qurilmoqda Tumanda umumiy qiymati 392 mlrd so‘m bo‘lgan, 175 ta doimiy ish o‘rni yaratiladigan loyiha doirasida 5 ming bosh zotdor qoramollarni parvarishlash kompleksi va yiliga 30 ming tonna sutni qayta ishlash zavodi qurilmoqda. Telegram | Facebook
Показати все...
01:16
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Termiz shahridagi Yangi O‘zbekiston, Islom Karimov, Fidokorlar, Alisher Navoiy, Istiqlol, Ibn Sino ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlar, daraxt va gul ko‘chatlarining sug‘orilishi, avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘lagi qurilishi jarayonlari bilan tanishildi. Xususan, shahardagi 300 o‘rinli tibbiyot klasteri hamda harbiy gospitalida olib borilayotgan ishlar, tibbiyot maskanlarini jihozlash, atrofini tartibga keltirish, yashil hududlarni barpo etish ishlari holati o‘rganildi. Shuningdek, viloyat rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Termiz tumanidagi avtomagistral yo‘llarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. Telegram | Facebook
Показати все...
Termiz shahri O’zbekiston mahallasida joylashgan “Sarvar Termiz servis” professional boshqaruv tashkiloti MCHJ hududdagi 123 uchta ko’p qavatli uyda yashovchi 4602 nafar aholiga xizmat ko’rsatib kelmoqda. BSK tasarrufidagi 1 ta damas, 2 ta labo, 1 ta motoroller, 1 ta besh tonnalik yuk mashinasi orqali 6 ta mahallaga xizmat ko’rsatilib kelmoqda. Telegram | Facebook
Показати все...
01:53
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#BU_MUHIM 🫥 “Kanalizatsiya va drenajlar uchun keramik quvurlar. Sifat koʻrsatkichlar nomenklaturasi” nomli (Oʻz DSt 831:2023) Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartiga sharh Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показати все...
#Hududlardan_xabarlar 🚨 Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda "Surxondaryo suv ta’minoti" AJ xodimlari bilan birgalikda ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanish va undan besamar foydalanish holatlarini oldini olish yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda. Jumladan, joriy yil may oyining 10 kunligi doirasida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 18 ta holatda fuqarolar tomonidan ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish va besamar foydalanish holatlari aniqlandi. 🔴 Ushbu aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, holatlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda. #SURXONDARYO Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показати все...