uk
Feedback
Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿

Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿

Відкрити в Telegram

Flutter bu - hozirgi kundagi eng yetuk kross platformali dasturlash vositasidir! Bu kanal Flutterning o'zbek zabon vakillari uchundir! Blog avtori: © Muhammad Aziz Mamasodiqov 🥛 Ayron olib bering: tirikchilik.uz/cosmos - Web sayt: flutterdev.uz

Показати більше
319
Підписники
Немає даних24 години
+57 днів
+630 день
Архів дописів
Supernova - dizaynerlar va balkim, dasturchilar ishini ham yangi bosqichga olib chiqadigan "documentation" ya'ni dizayn bo'yi
Supernova - dizaynerlar va balkim, dasturchilar ishini ham yangi bosqichga olib chiqadigan "documentation" ya'ni dizayn bo'yicha hujjatlashtirish quroli! Batafsil: https://www.supernova.io/blog/the-design-to-development-handoff-and-how-to-improve-it (Supernova Flutterni 2019 dan beri qo'llab quvvatlaydi. Bu haqida: https://flutter.dev/showcase/supernova) #tools #design @flutterblogs

Mantiq dasturlashdagi asosiy qurol! Agar juda murakkab kodni mantig'ini tushunmasangiz, sizga https://app.code2flow.com/ yord
Mantiq dasturlashdagi asosiy qurol! Agar juda murakkab kodni mantig'ini tushunmasangiz, sizga https://app.code2flow.com/ yordam beradi. U murakkab va tushunarsiz kodlarni aniq va tushunarli, strukturali oqimlar (algoritmlar) sifatida chizib beradi. Asqotadi 😉 #code2flow @flutterblogs

Ushbu maqola to'laligicha sun'iy intellekt Notion AI tomonidan mening ko'rsatmalarim asosida @flutterblogs kanali uchun yozil
Ushbu maqola to'laligicha sun'iy intellekt Notion AI tomonidan mening ko'rsatmalarim asosida @flutterblogs kanali uchun yozildi: Flutter State Management Libraries Comparison (+BloC library explaination) https://mamasodikov.notion.site/Flutter-State-Management-Libraries-Comparison-cb0ffe579c584e1183b6120816043f0a @aiuzb @flutterblogs

2023 da nega "Flutter" o'rganishim kerak degan savolga ChatGPT-3 dan 10 ta sabab! https://sharegpt.com/c/sDwWcIc @flutterblog
2023 da nega "Flutter" o'rganishim kerak degan savolga ChatGPT-3 dan 10 ta sabab! https://sharegpt.com/c/sDwWcIc @flutterblogs

Sample page yuborishdi, afsuski ichidagi eng kerakli "data" lar shtrixlangan :( Kimdir to'liq formatda olmoqchi bo'lsa ushbu kontaktlarga bog'lanishi mumkin: +44 1618188166

2022-2027 yillar oralig'ida "Mobile Development" rivoji analizidan iborat 243 varoqlik, 15+ ta companiya va 18 ta davlatlar a
2022-2027 yillar oralig'ida "Mobile Development" rivoji analizidan iborat 243 varoqlik, 15+ ta companiya va 18 ta davlatlar aro qilingan izlanishni narxi $3350 ekan. "Sample" ga sorov yubordim. Tez orada mobil sohasining kelajagida nimalar trendda bo'lishi haqida sizlarga ham ma'lumot beraman. #research @flutterblogs

photo content

Flutter Development uchun ajoyib yordamchi: Intellij-Idea: Quick Notes + Flutter Snippets (🍋) Flutter uchun Android Studio v
Flutter Development uchun ajoyib yordamchi: Intellij-Idea: Quick Notes + Flutter Snippets (🍋) Flutter uchun Android Studio va Intellijda "native" shortcutlar: https://medium.com/flutter-community/flutter-ide-shortcuts-for-faster-development-2ef45c51085b #shortcuts @flutterblogs

Flutterda har qanday UI chizish siri (Container widgeti) #widget @flutterblogs

Har bir dasturchi Gitni yaxshi bilishi kerak. Gitni bilmasangiz, git out of here 😝 Xazil. Gitni bilmasangiz, darxol uni o’rg
Har bir dasturchi Gitni yaxshi bilishi kerak. Gitni bilmasangiz, git out of here 😝 Xazil. Gitni bilmasangiz, darxol uni o’rganing. Gitda foydali va qiziqarli commandalar talaygina. Baxtimizga, hammasini bilishimiz shart emas. Masalan, men asosan quyidagi commandalar bilan ishlayman: - git add [folder/file] - git commit -m [message] - git push - git pull - git checkout [branch] - git log - git status Va quyidagi commandalarni onda-sonda ishlatib turaman: - git init - git clone - git rebase - git bisect Eng oxirgisi juda qiziq. git bisect commandasidan foydalangan xolda bug yaratilgan commitni osonlik bilan topishingiz mumkin. git bisect commandasi binary search ishlatgan xolda sog’lom revision va nosog’lom revision orasidan nosog’lom commitni topishga yordam beradi. Bu yerda batavsil o’qishingiz mumkin: https://stackoverflow.com/a/4714297/4971033. #git #vsc @flutterblogs

Dasturchilar qiladigan eng katta xatolardan biri Yohud “Bu bo’lmaydi, boshidan yozish kerak” Biz dasturchimiz. Dasturchilar esa yuraklarida arxitektorlar, quruvchilardir. Shuning uchun ham ular ishni boshlashganida hamma narsani buldozer bilan buzib tashlab buyuk narsa qurushmoqchi bo’lishadi. Bizga asta-sekinlik bilan bor narsani to’g’irlash, ta’mirlash ishlari unchalik ham yoqmaydi. Natijada ora-orada qilish mumkin bo’lgan eng yomon strategik xatoga yo’l qo’yamiz: Kodni noldan qayta yozishga qaror qilamiz. Netscape Navigator degan browser bo’lgan oldin. Hamma faqat shu browserni ishlatardi. Negadir ular 5chi versiyasini boshqatdan yozishgan qaror qilishgan. 3 yil davomida ishlab turgan va birinchilikni egallab turgan mahsulotni boshidan yozishgan. Ular yozib tugatib bo’lgingacha Microsoft Internet Explorer degan browser yaratib yetakchilikni olib qo’ygan. Hozirgi kunda IE hali ham bor, lekin Netscapeni deyarli hech kim bilmaydi. Nega unda dasturchilar bor kodni tashlab yuborib, boshidan yozishni hohlashadi? Chunki ular eski kodni sifati yaxshi emas deb o’ylashadi. Lekin bunday fikr katta ehtimol bilan xato. Buning asosiy sababi kodni yozishdan ko’ra o’qish qiyinligida, sifati pastligida emas. Hohlagan dasturchingizdan u ishlayotgan kod haqida so’rang. Deyarli hammasi “juda ham yomon yozilgan, chalkash chulkash atala kod” degan gapning qaysidir variantini aytadi. Nega unday deb so’rasangiz, “Mana bu funksiyani qarang, 2 sahifaga cho’zilgan, noto’g’ri joyda turibdi. Mana bu jo’natilayotgan API requestlarning yarimi nimaga kerakligini umuman bilmayman” deydi. Lekin bu juda ham noto’g’ri fikr. Eski kod ishlatilgan kod. U juda ko’p marta testdan o’tgan. Juda ham ko’p buglar topilgan va u buglar to’g’irlangan. Ha, tepada eslatib o’tilgan funksiya 2 sahifaga cho’zilib kattalashib ketgan, tushunarsiz qismlari bor. Nimagaligini aytaymi? Chunki bu funksiya buglar chiqqanda to’g’irlangan. Qaysidir qismi hotirada joy qolmaganda dastur to’g’ri ishlamay qolib qiynaganda to’g’irlangan, qaysidir qismi dastur eski kompyuterlarda to’g’ri ishlamaganda to’g’irlangan. Natijada funksiya kattalashib, har xil tushunarsiz kodlar bilan to’lib ketgan. Lekin shu buglarning har biri haqiqiy foydalanuvchilar tomonidan topilgan. Ularning har birini to’g’irlash uchun dasturchilar 2 kun topishga sarflagan, yana 2 kun to’g’irlashga sarflagan. Siz agar shu kodni tashlab yubormoqchi bo’lsangiz qiynalib topilgan bilimni tashlab yuborayotgan bo’lasiz. Yillab qilingan mehnatni tashlab yuborayotgan bo’lasiz. Yangi yozgan kodingizda ham shu buglar chiqmaydi deb kim garantiya bera oladi? Hech kim. Natijada yana yillar davomida yangi kodingiz ham zanglab boradi. Yechim: sekin sekin kichik qismlarni to’g’irlash. Remont qilish. Buzib tashlab boshqatdan qurish emas. Source: https://www.joelonsoftware.com/2000/04/06/things-you-should-never-do-part-i/ @jakhonrakhmonov

Yo'l xaritasidagi diagramma @flutterblogs
Yo'l xaritasidagi diagramma @flutterblogs

"FlutterMapp" tomonidan taqdim etilgan yo'l xaritasi [PDF] #resources @flutterblogs

Yuqoridagi widgetlardan eng yaxshilari: 70 ta! (Timecode bilan shu yerda: https://youtu.be/G1LGOH424lo) #widgets @flutterblogs

Flutterdagi har bir widget: 215 ta! Githubda: https://github.com/fluttermapp/flutte... (Timecode bilan shu yerda: https://youtu.be/kj_tldMmu4w) #widgets @flutterblogs

Qisqa metrajli darslik 😅! Foydali bo’ldi degan umiddamiz @itwithakmaljon
+4
Qisqa metrajli darslik 😅! Foydali bo’ldi degan umiddamiz @itwithakmaljon

Dasturlashdagi "Asinxron" va "Sinxron" tushunchasiga sodda ta'rif: = Sinxron ijro Mening xo'jayinim juda band odam. U menga k
Dasturlashdagi "Asinxron" va "Sinxron" tushunchasiga sodda ta'rif: = Sinxron ijro Mening xo'jayinim juda band odam. U menga kod yozishimni aytadi. Men esa unga aytdim: - Yaxshi. Men boshladim, lekin u mening orqamda, yelkamdan turib, "qoziq" kabi meni kuzatmoqda. Men "Do'stim, WTF: men ishni tugatgunimcha borib biror narsa qilmaysizmi?" U: "Yo'q, siz tugatguningizcha men shu yerda kutaman". Bu sinxron. = Asinxron ijro Rahbar menga buni qilishimni aytadi va o'sha yerda mening ishimni kutishdan ko'ra ketadi va boshqa vazifalarni bajaradi. Ishimni tugatgandan so'ng, men xo'jayinimga hisobot beraman va: "Men tugatdim!" Bu asinxron ijro. (Maslahatimni qabul qiling: HECH QACHON orqangizdagi xo'jayin bilan ishlamang.) "Stackoverflow" dagi ushbu chiroyli javoblarni ham e'tiborsiz qoldira olmadim. Jiddiyroq lekin zo'r tushuntirilgan javoblar ham bu yerda: https://stackoverflow.com/questions/748175/asynchronous-vs-synchronous-execution-what-is-the-difference #async #await @flutterblogs

⚙️ Flutter Interview [4] 📬 Interviewers: Zayniddin Mamarasulov (TUNE Consulting) Abdusamad Abdukarimov (Najot Ta'lim) 🔉Cand
⚙️ Flutter Interview [4] 📬 Interviewers: Zayniddin Mamarasulov (TUNE Consulting) Abdusamad Abdukarimov (Najot Ta'lim) 🔉Candidate: Muzaffar Abduboqiyev ⭐️ Moderator: Shamsiddin Komilov (DSR) 📌 Interviews - dasturchilar bilan ish beruvchi o'rtasidagi intervyular. Biz xohishi bor dasturchilarni intervyularga chorlaymiz. Bu bilan dasturchini qanday bilimga ega ekanligini ko'rsatib berish hamda intervyularda tushadigan savollarga oldindan tayyorlanish maqsad qilingan. 👉 🎞 TOMOSHA QILING @mobilers_uz

Do'stingizga shunchaki QR kodni ko'rsating yoki kanal nomi ni ayting yoki birorta postni ulashing.
Do'stingizga shunchaki QR kodni ko'rsating yoki kanal nomi ni ayting yoki birorta postni ulashing.

Jamiyatimiz rivojlanishiga hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz, kanalni boshqalar bilan baham ko'ring! Sizdan "3 sekund" vaqtingizga
Jamiyatimiz rivojlanishiga hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz, kanalni boshqalar bilan baham ko'ring! Sizdan "3 sekund" vaqtingizga sarmoya, bizga soatlarni olib keladi :) Biz esa o'sha soatlarni sizga qaytarib beramiz! @flutterblogs