Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿
Відкрити в Telegram
Flutter bu - hozirgi kundagi eng yetuk kross platformali dasturlash vositasidir! Bu kanal Flutterning o'zbek zabon vakillari uchundir! Blog avtori: © Muhammad Aziz Mamasodiqov 🥛 Ayron olib bering: tirikchilik.uz/cosmos - Web sayt: flutterdev.uz
Показати більше319
Підписники
Немає даних24 години
+57 днів
+630 день
Архів дописів
⚙️ Flutter Dasturlash Interview Savol va Javoblari!
📬 Interviewers:
Abbos Bobomurodov(Moliya Vazirligi)
Zayniddin Mamarasulov (TUNE Consulting)
🔉Candidate:
Ulug'bek Axmedov
⭐️ Moderator:
Shamsiddin Komilov (DSR)
📌 Interviews - dasturchilar bilan ish beruvchi o'rtasidagi intervyular. Biz xohishi bor dasturchilarni intervyularga chorlaymiz. Bu bilan dasturchini qanday bilimga ega ekanligini ko'rsatib berish hamda intervyularda tushadigan savollarga oldindan tayyorlanish maqsad qilingan.
👉 🎞 TOMOSHA QILING
@mobilers_uz
Aytganimdek, ushbu kitobni ham "Codeco" dan sotib olishingiz mumkin. Quyidagilar esa kitoblarda foydalanilgan dastur manbalari:
1. Dart Apprentice: Fundamentals book
2. Dart Apprentice: Beyond the Basics book
3. The Flutter Apprentice book
4. The Real-World Flutter
#github #resources
@flutterblogs
Masalan, “ustoz developer” bo’lishni istarmidingiz? Ikkisidan biri: yo ta’lim olishni vaqtliroq boshlang, yo bo’lmasa bo’sh vaqtingizda ko’p ishlab, o’qib keyin esa amaliyot qilishga tayyor turing.
#5: Ba’zi dasturchilik odatlaringizga barham bering
Rostini aytadigan bo’lsak, biror ishni siz o’rganib qolgandan boshqacharoq hal etish uslubi bor, shunday emasmi? Har qanday “mutaxassis”ning ham gapiga ko’r-ko’rona quloq solavermang. Juda ko’p hollarda, ayniqsa obyektga yo’naltirilgan arxitekturalarda ushbu qusurlar uchrab turadi. Misol uchun, ko’pgina boshlovchi dasturchilar ushbu arxitektura haqida biron ma’lumot o’qib qolishadi, ularning oddiy dastur uchun yozgan sinfli(class) diagrammalari Eifel Minorasiga o’xshab qoladi.
#6: Bir nechta oliy dasturiy tushunchalarni chuqurroq o’rganib chiqing
Dasturiy pillapoyalardan yuqorilash uchun kodlash bilan bog’liq bir nechta tamoyillarni o’zlashtirish talab etiladi. Kimgadir, paralellik, muntazam taqdimotlar yoki dinamik tillarni qanday boshqarishlar yaxshi tanlov bo’ladi. O’zingizga mosini toping va ishga sho’ng’ing. Balki siz tanlagan rasmni qo’llash (manipulyasiya) yoki ma’lumotlar bazasi dizayni yoki boshqa biron nimadir? Hattoki kirituv darajasidagi developer bo’lsangiz ham, biron bo’lim mutaxasisi bo’lishga urining.
#7: O’z sohangizning asosiy nazariyalarini o’rganib chiqing
“Hello World”ni yozish bir narsa bo’lsa, yozganingiz monitorda qay alfozda chiqishini tasavvur etish umuman boshqa narsa. O’z ishingizni mayda chuydalarini o’rganib siz sohangiz “yulduz”iga aylanishingiz osonlashadi. Nega deysizmi? Chunki nega detallar muayyan turda ishlashi, nosozlik ro’y berganda nimalar ishdan chiqishi va shu kabilarni o’rganish zarar qilmaydi. O’z ishingizdan quyiroqda nimalar sodir bo’lishini o’rgana boshlasangiz, demak rivojlanish uchun qadam qo’ymoqdasiz.
Agar internet dasturchi (web developer) bo’lsangiz HTTP RFC yoki HTML ixtisosliklaridan ta’lim oling. Agar kod chiqaruvchi (code generator) bilan ishlasangiz, chiqayotgan har bir kodga chuqurroq nazar bilan boqing; agar ma’lumotlar bazasi sohangiz bo’lsa, u chiqarayotgan mos SQL diqqatingiz markazida bo’lsin va hokazo.
#8: Malakali dasturchilar kodlariga e’tibor qarating
O’z kasbingizda “ustasi farang”lari ishiga boqing, nega ular muayyan uslubda nega va qanday yozayotganligiga qiziqib ko’ring. Agar uddalasangiz manba loyihalarini ham tekshirib ko’rish lozim. Hattoki boshqa developerlar eng yuksak faoliyatlarga ega bo’lmasa ham, kod qanday yozilishi xususida talaygina bilib olasiz. Faqatgina o’rganish mobaynida noto’g’ri yozish odatlarini nusxalab olmang. Bu yerda maqsad boshqa dasturchilardan ko’r-ko’rona ko’chirib olish emas, balki nima ish berishiyu, qanday yozish mantiqiyligini bilib, o’zida sinab ko’rishdir.
#9: Kodlashning “yaxshi” uslublarini o’rganing
Kod yozuvchini noto’g’ri o’zgaruvchi, yomon odatlangan odatlari va boshqa shu kabilar tajriba kamligi belgisidir. Juda ko’p hollarda kod formatlash kabilarni o’rganmasdan dasturlash o’rganiladi va ishda bu yaqqol bilinadi. Shu kabi detallarni o’rganish kodlaringizni yoki sizni doim ham yuksaklarga olib chiqmasa ham, har qalay endi siz faqatgina “ma’lumot kirituvchi” darajadan yuqoriroqda bo’lasiz. Masalan, hattoki malakali developer yozgan o’zgaruvchilarga 97 xil nom berib qo’yishi yoki ularning vazifasi “nimadirBajar()” deb kiritilishi, keyin esa o’zlari nima qilayotganlarini tushunmay qolishadi, oqibatda ularning kodlari bilan ishlash amri mahol bo’lib qoladi.
#10: Qilgan ishingizdan maroqlaning
Karyera pog’onalarida qolib ketish niyatingiz bo’lsa – o’z kasbingizni yomon ko’ring. Ushbu sohada o’z ishingizda yuqorilash uchun uyga iloji boricha ko’p pul to’plash emas, balki kasbidan keladigan qoniqishdir. Agar kasbingiz yoqmasa va endigina dastur tuzayotgan bo’lsangiz, qandaydir ijobiy tuyg’ular sizda yuqoriroq darajaga yetganda paydo bo’ladi deb kim kafolat beradi? Boshqa tarafdan esa, agar qilayotgan ishingizni sevsangiz, unda hammasi soz! Balki o’z ustingizda ishlashni davom ettirsangiz, haqiqiy mutaxassis bo’lib ketarsiz.
#advices
@flutterblogs
Endigina dasturchilik dunyosiga qadam qo’yganlar uchun foyda beruvchi maslahatlarni e’tiboringizga havola etamiz.
#1: Boshqa tilni o’rganing
Qaysi tilni o’rganishingizning ahamiyati yo’q, boshqa tilni o’rganish (hozirda nechtasini bilishingizdan qat’iy nazar) yaxshiroq dasturchi bo’lishingizda yaxshi qadam bo’ladi. Agar iloji bo’lsa, hozirda muntazam ishlatayotganingizdan tubdan farq qiluvchisini toping. Boshqacha qilib aytganda, C# ishchisi bo’lsangiz, VB.NET yoki Javani o’rganishdan ko’ra, Ruby yoki Groovyni o’rganish afzalroq. (Kotlin dasturchisi bo'lsangiz Dartni 😉)
Albatta “tilni o’rganing” deganda, uni obdon o’rganishingizni nazarda tutilmoqda. Tilni o’rganish 3 sohali bilimni o’z ichiga oladi: sintaksis, ichki operatorlar va kutubxonalar, shuningdek “qanday qo’llash”. Birinchi ikkitasi osonroq; tajribali developer til turiga qarab 30 minutdan bir necha soatgacha bo’lgan vaqtda kod yuritish uchun tilning sintaksi(tartibi)ni o’rganib ola biladi. Operator va kutubxonalar shunchaki sekin asta tajriba to’plash va o’zingizga zarurini bilib olguncha spravichnik materiallarini tekshirib borishga tayyorligingizni talab etadi. Lekin uchinchi omil – “qanday qo’llash” – faqatgina tilda oylab ishlash orqaligina o’rganiladi va aynan shu yerda ajib ishlar yuz beradi. Biz muayyan tilga rosa mos loyihalarni va aynan o’sha til uslubida qilishni maslahat beramiz.
Tilni berilib o’rganing, va shunda dasturchilik qobiliyatlaringiz gullay boshlaydi.
#2: Murakkab qidiruv uslublari, taktika va strategiyalarini o’rganing. Davom etarkanmiz, yaxshi dasturchi bo’lish nafaqat o’z malakangizga ega bo’lish, balki ma’lumot topish ko’nikmangizga ham bog’liq. Oddiy qilib aytganda, zamonaviy tillar va dastur negizlari ularni hammasini eslab qolishga o’ta kattalik qiladi. Natijada, ishni bajarishlik qobiliyatingiz tadqiqot qila bilishligingiz bog’liq bo’ladi. Baxtga qarshi, to’laqonli va yuqori-sifatli ma’lumot topish shunchaki qidiruv sahifasiga bir-ikki so’zlarni kiritishdangina iborat emas.
“Uslub”, “taktika” va “strategiyalar” sinonimga o’xshashligi mumkin, lekin aslida aksincha. O’rganishingiz kerak bo’lgan uslublar – o’zingiz yoqtirgan qidiruv sahifasining murakkab qidiruv tizimlaridir. Misol uchun, Boolean operatorlar kabilarni, natijalar(manfiy kalit so’zlari, domen cheklovlari va b.)ni qanday filtrlash, so’z tartiblari nima rol o’ynashi va ko’plab boshqalar kiradi. Xullas qo’llanmalarni o’qishingizga to’g’ri keladi. Taktikalar xususida, biron muayyan qidiruvga qanday yondashish va aynan nimani qidirishni bilishni o’rganishlar kiradi. Xatolar esa oson-xato kodini qidiring, ko’p qidiruvlarda kalit so’zini tanlash ancha qiyinroq.
Strategiyalarga keladigan bo’lsak, siz qaysi qidiruv tizimlarini ishlatish kabilarni o’rganishingiz lozim bo’ladi: (maslahat: umumiy maqsadli qidiruv tizimlari doim ham to’g’ri tanlov bo’lavermaydi), umumiy maqsadli qidiruv tizimlariga kirishdan avval qaysi sahifalarga nazar tashlash lozimligi, va hatto yordam uchun qaysi xabarlar peshtaxtalariga murojaat etishni o’rganish maqsadga muvofiq.
#3: Boshqalarga yordam bering
Boshqalarni o’qitish – biron ko’nikmani o’rganishning eng zo’r yo’li. Dasturchilik sohasi uchun nisbatan boshlang’ich ekanligingizdan, hozircha ko’p taklifga ega bo’lmasangiz muammo emas. Doim esda tuting mavjud bilimingizni kim yoki qayerdandir olgansiz; shuning uchun ham boshqa birov uchun yaxshi manba bo’lishga intiling. Mutaxassisligingiz bo’yicha savollar bilan murojaat qilganlarga yordam bering. Boshqa o’rganuvchilar ham sizga bilimingiz oshishida sababchi bo’lishi mumkin.
#4: Sabrli bo’ling va amaliyotni davom ettiring
Tadqiqotlar ko’rsatishicha “yetuk mutaxassis” bo’lish uchun kop’lab soat doimiy amaliyot” talab etilar ekan. Bu albatta uzoq vaqt. Undan tashqari, mutaxassis degani albatta bir hil ishni yillab qaytarish degani emas, balki biron soha ichida turli hil vazifalarni doimiy qilib borishni anglatadi. Mutaxassis bo’lish ko’p vaqt va quvvat talab etishi turgan gap, shunchaki bir oz dasturchilik qilib yurishni kamlik qiladi.
Yangi Mobil dasturchi qanday qilib qisqa fursatda ish topishi mumkin?
Hozirda dasturlash ommabop va daromadli kasb deb hisoblanishi sir emas. Har kuni IT-kompaniyalari katta imkoniyatlar yaratadi va loyihalar uchun yaxshi ish haqini taklif qiladi. Ammo, agar siz endigina Mobil-dasturchilik kurslarini bitirgan bo’lsangiz va siz bu sohada kam tajribaga ega bo’lsangiz nima qilish kerak?
Afsuski, "Beginner" dasturchilarga bo’sh ish o’rinlari juda kam, axir barcha ish beruvchilar o’zlari kod yozishga qodir bo’lgan shaxsni ishga olishni xohlashadi. Shu bilan birga, dasturchilarga ehtiyoj katta.
Yangi dasturchi ishni qanday boshlashi mumkin?
Avvalo, tarjimai xolda aynan bir narsaga ixtisoslashganingizni yozing, masalan, Flutter. Rezyumeda siz barcha texnologiyalarni mukammal bilishingizni yozishingiz kerak emas. Agar siz bir nechta til ro’yxatini ko’rsangiz, ish beruvchi sizni hammasiga yuzaki yondoshgansiz deb o’ylaydi.
To’g’ri tilni tanlang.
Ekzotik tillarni izlashga hojat yo’q, Dart, Ruby, Kotlin, JavaScript, Python va boshqalar kabi mashhur va ommabop texnologiyalarni o’rganishga harakat qiling.
Shubhasiz, hech kim yangi Mobil-dasturchini kosmosga uchib ketishni kutmaydi. Ish beruvchingiz oʻz bilimingiz haqida gapirganda imkon qadar halol bo’lishingizni istaydi.
Ta’lim.
Tarjimai xolda ta’lim darajasini yoki maxsus kurslarda olingan sertifikatlarning mavjudligini ko’rsatish kerakmi deb so’raysiz.
Dastlabki tanlovda ish beruvchilar aynan shu mezon bo’yicha ish tutishadi. Ular xulosa chiqarish uchun ish tajribangiz va maʼlumotingizga qarashadi. Shuning uchun diplom yoki sertifikat mavjudligi haqida aniq ko’rsatib qo’ying.
Portfolio.
Tanlov bosqichida portfolio juda katta ahamiyatga ega ekanini bilasizgiz kerak? Portfolioingizga qarab, ish beruvchi muayyan bir vazifani bajara olish-ollmasligingizni baholaydii.
Portfolioda nima yozish mumkin?
Kichik ilova yarating va uni yaxshisi Github-da joylashtiring. Ish beruvchiga ilovangizning tafsilotlarini aytib bering, qanday texnologiyalardan foydalandingiz, ilova nimadan tashkil topganini va kodni ko’rsating. Boshqa texnologiyalardan foydalangan holda boshqa ilovalarni ham yaratishingiz mumkin.
Ishga taklif qiluvchi eʼlonlariga javob qoldiring.
Ish qidirishni boshlashdan oldin, ideal ish kuningiz qanday bo’lishi kerakligini o’ylab chiqing. Siz qaysi ofisda ishlashni va qanday loyihalarni olishni xohlayotganingizni tasavvur qiling. Biroq, hayolparastlik qilmang, chunki maoshi zoʻr va katta shirkatda ishlash uchun siz qanday boʻlsa ham tajriba olishingiz kerak.
Qiziqarli deb hisoblagan barcha ishga taklif qiluvchi eʼlonlarga javob qoldiring. Agar siz test topshirig’ini olgan bo’lsangiz, javobgarlikni zimmamizga qabul qilib, belgilangan muddatda bajaring.
Sinov muddati.
Sinov muddati ish beruvchining ehtiyot chorasi hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida o’zingizni yaxshi qirralaringizni ko’rsating. Baʼzi masalalarda qiynalsangiz savol berishga uyalmang. Oddiy masalani yechishda ikki-uch kun ketkazgandan ko’ra katta dasturchilardan yordam so’rash yaxshiroq!
#job
@flutterblogs
Sun'iy Intellekt ishlatgan 15+ ilovalarni Flutterda qanday qilinishini o'rganing!
Havola (YouTube)
#ai #playlist
@flutterblogs
"Roadmaps" (Yo'l xaritalari)
Flutter dasturchi yo'l xaritasi: https://roadmap.sh/flutter
Qo'shimcha: https://medium.com/@flutterqueen/flutter-road-map-guide-2023-9caac0279c7e
Flutterning o'z "roadmap" i ya'ni re'jalar xaritasi: https://github.com/flutter/flutter/wiki/Roadmap
#roadmap
@flutterblogs
Kitoblar...
Flutterga chuqurroq "sho'ng'imoqchi" bo'lganlar ushbu kitoblarni o'qishi mumkin.
Kitoblarni o'qish uchun ularni "Kodeco" (avvalgi "Raywanderlich") saytidan sotib olishingiz mumkin.
Flutter Apprentice - https://www.kodeco.com/books/flutter-apprentice/v1.0.ea2
Dart Apprentice: Fundamentals - https://www.kodeco.com/books/dart-apprentice-beyond-the-basics
Dart Apprentice: Beyond the basics - https://www.kodeco.com/books/dart-apprentice-fundamentals
#books
@flutterblogs
- How-to
Qanday qilib "Flutter" ilovasini turli sistemalarda ishlatish haqida yo'riqnoma. (ma'lumotlar eskirgan bo'lsa "issue" ochishingiz mumkin)
https://github.com/vinayraj010/How-to-run-flutter-app-on-different-platform
#howto
@flutterblogs
Nega aynan Flutterni o'rganishingiz kerak?
O'rganish va ishlatish uchun oddiy: bir dunyo dastur kodi yozmasdan ham ajoyib dasturiy ilova yaratishingiz mumkin.
Tez kompilyatsiya: "Issig'ida yuklash" imkoniyatiga ega bo'lasiz, ya'ni o'z kodingizni o'zgartirishingiz va ilovadagi o'zgarish natijalarini real vaqt rejimida ko'rishingiz mumkin.
Boshlang'ich MVPlar uchun juda mos keladi: mahsulotni investorlarga imkon qadar tezroq namoyish qilish uchun eng yaxshi tanlov bu — Flutter!
Yaxshi hujjatlar: Har safar kodingizdagi vidjetlardan biri bilan bog'liq muammoga duch kelsangiz, hujjatlarni ko'zdan kechirish orqali sizni qiynayotgan muammoga osongina yechim topishingiz mumkin.
🚀 Flutter platformasi Dart dasturlash tili asosiga qurilgan bo'lib, hozirda dunyodagi eng katta IT gigantlardan biri hisoblanadi.
#flutter #why
@flutterblogs
⚡️ 7-sentabr kuni, Telegram sahifamiz orqali Flutter yoʻnalishidan ochiq suhbat boʻlib oʻtgan edi. Bugun oʻsha suhbatning yozib olingan shaklini sizga havola etmoqchimiz.
🎯 Suhbat davomida, Flutter yoʻnalishidan ustozlik faoliyatini olib borayotgan Saud Abdulvahed shu yoʻnalishga qiziquvchilar va unda oʻqishni istaydiganlar uchun qiziq boʻlgan mavzularga toʻxtalib oʻtdilar.
Nisbatan yangi yoʻnalish hisoblangani uchun bu soha boʻyicha savollar koʻp boʻlishi tabiiy. Shu sabab ustozimiz yoʻnalish boʻyicha koʻp uchraydigan va suhbat davomida tinglovchilardan yoʻllangan savollarga atroflicha javob berib oʻtdilar.
📱Mobil dasturlashga qiziquvchilar uchun ushbu ochiq suhbatimiz foydali bo'lishiga ishonamiz.
@flutterblogs
Flutter va Mobil dasturchilar bilan bog'liq muammo
Flutter va Swift , Android uchun ham youtube-da ko'plab o'quv qo'llanmalar topish mumkin, ammo vaqt o'tgani sari ilovamizda nimadir yetishmaydi. Ko'pgina video darslarda qanday qilib login sahifa qilish instagram, whatsapp ijtimoiy tarmoqlar kloni, lanscape/portrait ko'rinishi va animatsiyalar kabi videolar bilan to'la.
Bu darslar, shubhasiz, albatta qaysidur ma'noda UI qila olish qobilyatini oshiradi, ammo muhimi bu emas ekan mobil dasturlashda UI dan ham muhimroq narsalar bor ekan. Vaqt o'tib tajriba yig'ganingiz sari sizda nimadur yetishmayotgani hisa qila boshlaysiz, o'sha narsa UI ortidagi dasturlash tili bilan aytganda Biznes logika.
Video darslar orqali yaxshi ko‘rinadigan interfeysga ega bo'lishimiz mumkin, lekin u shunchaki UI bo'ladi funkisonalik yani ko‘p ish qila olmaydi va haqiqiy loyihalar ustida ishlaganimizda, vaqtning ishning ko‘p qismi dasturimizni biznes logikasi uchun bo'lib boradi va bu ishni ancha chigallashtirib boradi.
Maslahatim avvalo o'zimga va endi boshlayotganlar va ishga kirish arafasida yurganlarga, UI bilan bog'liq darsliklarini UI asoslarini bilib olgan bo'lsangiz, yanda muhumroq bo'lgan ish suhbatlarida real loyihalarda kerak bo'ladigan qismlarga ko'proq kuch va vaqtingizni sarflang. Bullardan: clean code, SOLID, DRY, va dasturlash tilning o'ziga xos xususiyatlarini masalan, (Dartdagi mixsinlar, shunga o'xshagan nozik qisimlarni), va asosiylardan bo'lgan MVI, MVP, Redux, MVC, MVVM shular haqida tajribaga va ma'lumotga ega bo'ling.
Yuqoridagilar bizga nafaqat chiroyli ilova yaratishga, balki uni toʻgʻri ishlashiga va vaqt oʻtishi bilan update qilishda yordam beradi. Eng kamida keyinchalik oʻzimizdan va kodimizdan nafratlanmaslik uchun kerak bo'ladi.
Telegram | Medium
Bozorda lider boʻlishga harakat qil. Foydalanmasang ham, oldingda doimo eng soʻngi texnologiyalar tursin va nazorating ostida boʻlsin. Agar eng soʻngi versiyadagi texnologiya boʻlsa ham, hech kim foydalanmasa ham, undan foydalan. Standart ishlab chiqarishda ushbu texnologiyalardan birinchi boʻlib foydalan.
©️ Stiv Jobs
#quote
@flutterblogs
Endi 2 ta ro'yxatda o'z joyimiz bor:
Awesome Flutter repository -
https://github.com/Solido/awesome-flutter
All Uzbekistan Developers blog list - https://github.com/nodirshox/uzbekistan-developers-blogs
O'zbekistonning Twitterdagi Flutter sahifasiga ham a'zo bo'ling: twitter.com/flutteruz
@flutterblogs
"Blob" yasab uni flutter kodini taqdim etadigan online asbob: https://lokesh-coder.github.io/blobs.app/
#tools
@flutterblogs
Flutterda har xil shakllar yasab uni "Path" kodiga o'girishga yordam beradigan online asbob: https://fluttershapemaker.com/
(Clipperlar yasashda juda qo'l keladi)
#tools
@flutterblogs
Flutterni o'rganayotganda ushbu xatolarga yo'l qo'ymang!
0. Flutterdan oldin hech bo'lmaganda OOP tushunchalarini o'rganing!
Bu eng muhim nuqta. Agar siz Native Development-ni bilmasangiz, Flutterni o'rganishingiz mumkin. Ammo agar siz OOP tushunchalarini bilmasangiz, Flutterni o'rganish siz uchun juda qiyin bo'ladi. Biroq, Native Development (Android yoki iOS) ni bilish har doim Flutter uchun foydadan holi bo'lmagan.
1. Faqat kurslarni tomosha qilmang yoki dokumentatsiyalarni o'qimang. Biror narsa Yasang!
Faqat o'quv qo'llanmasini tomosha qilish yoki hujjatlarni o'qish sizni yaxshi dasturchiga aylantirmaydi. Bu qaysi tilda bo'lishidan qat'i nazar, dasturchilarni umumiy xatosi. Odamlar shunchaki darslarni tomosha qilishadi va xuddi shunday mashq qilishmaydi. O'rgangan narsangizdan hech bo'lmaganda kichik loyihani yaratishingiz kerak.
2. Darsliklarni tomosha qilayotganda kodlamang
Ha. Darsliklarni tomosha qilayotganda kodlash kerak emas. Buning o'rniga 3-4 ta video tomosha qiling va keyin ularni ko'rmasdan qaytdana bir xil kodlang. Agar siz o'qituvchi bilan birga kodlasangiz, siz harakat qilayotgan emas, balki o'qituvchi sizni boshqarayotgan boladi. Endi agar siz haqiqatan ham o'qituvchi bilan birga kodlashsangiz, albatta, siz flutterni o'rganganingizni his qilasiz, lekin tez orada o'zingiz dasturni noldan kodlay olmasligingizni tushunasiz!
3. Nimaiki kod yozsangiz, GitHub-ga yuklang!
Amaliyot uchun nima tuzsangiz, GitHub-ga yuklashingiz kerak, hatto u kichik hisoblagich ilovasi bo'lsa ham. Bu sizni Flutter bilan bir qatorda Git-da ham malakali qiladi. Shuningdek, u sizning GitHub profilingizni yaratadi, rivojlantiradi.
4. Ba'zi vidjetlar nima uchun ishlatilishini o'rganishingiz kerak!
Flutter-da minglab vidjetlar mavjud. Shunday qilib, nima uchun ma'lum bir vidjet ishlatilganligini o'rganishni boshlashingiz kerak. Masalan, MaterialApp nima uchun ishlatilishini yoki Scaffold nima uchun ishlatilishini yoki MaterialAppsiz ilova yaratish mumkinmi? Bu savollarga javob olish muayyan vidjetlarni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi. Bu sizga ishonchni oshiradi va tez orada qaysi vidjetlarni qayerda ishlatishni tushuna boshlaysiz.
5. UI yoki ilovalarni klonlash bilan boshlang
Flutter - bu birinchi navbatda UI asboblar to'plami. Shuning uchun siz Flutter yordamida foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqishni yaxshi bilishingiz kerak. Bu sizga Flutter vidjet daraxti va Flutter vidjetni qanday ko‘rsatishini tushunishingizga yordam beradi.
6. Kodni debug qilishni o'rganing!
Hamma joyda print (x) dan foydalanishni to'xtating! Printlar albatta, qulay, lekin IT sanoatida bu la'nat hisoblanadi. Buning o'rniga, agar siz "print" dan foydalanmoqchi bo'lsangiz, loglardan foydalanishingiz mumkin. Kodni debug qilishning eng yaxshi usuli bu to'xtash nuqtalaridan foydalanishdir. Shu tarzda siz ilovangiz yoki foydalanayotgan kutubxonangiz oqimini ham tushunasiz.
7. Pub.dev saytida kamida bitta paket chiqaring
Bu sizga o'z paketingizni qanday nashr qilishingiz mumkinligini tushunishga yordam beradi. Bu sizga boshqa paketlar qanday ishlashini tushunishga ham ko'maklashadi. AnimatedButton kabi oddiy UI paketini ham nashr qilishingiz mumkin. Bu sizga o'z paketingizni nashr qilish sizga paketingizni qanday boshqarishingiz mumkinligini, ularni yangi o'zgarishlar asosida qanday versiyalashni, muammolarni qanday hal qilishni va GitHub-da so'rovlarni qabul qilishni va hokazolarni tushunishga yordam beradi.
#flutter #advices
@flutterblogs
"Flutter Forward" da eslab o'tilgan 3 ta texnologiya:
1. https://rive.app/ - animatsiyalarni yengillashtiruvchi freymwork.
2. https://docs.widgetbook.io/ - widgetlar kitobi.
3. https://flutterflow.io/ - qisqacha aytganda, freymwork ustiga qurilgan freymwork.
#resources
@flutterblogs
