Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qòmitasi Xorazm viloyati boshqarmasi
Відкрити в Telegram
Xorazm viloyati sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining rasmiy kanali Bizning veb saytimiz: www.xorazm-seojsx.uz Ishonch telefoni: 62-228-82-81 📞Ariza, Shikoyat,Murojaat yuborish uchun 👇 @Xorazmseom_bot
Показати більше744
Підписники
+6924 години
+1537 днів
+15230 днів
Архів дописів
#Buyuk_qaytish
⚡️Asadjan Xodjayev Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining tegishli farmoyishi bilan Asadjan Azatbekovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
@u_generalissimus
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyati tartibga solindi
🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan yangi Konstitutsiyaviy qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi, vakolatlari va asosiy vazifalari qonun darajasida belgilandi.
⚖️ Qonunga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi Prezident faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydi, Prezident farmonlari, qarorlari va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi hamda nazorat qiladi.
📝Shuningdek, Administratsiya davlat organlari bilan hamkorlik qiladi, aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlarni tashkil etadi hamda Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
📌 Mazkur qonun Prezident Administratsiyasi faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
#TAYINLOV
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Urganch shahar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.
Yusupov Muzaffar Rustamovich Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Urganch shahar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
M. Yusupov mazkur tayinlovga qadar Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi rahbarga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat, jamoat salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yo‘lidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
#TAYINLOV
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Urganch shahar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.
Yusupov Muzaffar Rustamovich Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Urganch shahar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
M. Yusupov mazkur tayinlovga qadar Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi rahbarga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat, jamoat salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yo‘lidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
+5
Tuproqqal’a va Xonqa tumanlarida mahallabay profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “mahallabay” ishlash tizimi asosida amaliy tadbirlar olib borilmoqda.
Batafsil 👈
Diqqat! E’lon
Hurmatli fuqarolar!
"Tibbiyot-korrupsiyadan holi soha" mavzusida ochiq eshiklar kuni munosabati bilan Xorazm viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazida 8-11 sentabr kunlari bepul tibbiy ko‘rik jarayonlari tashkil etiladi.
Aholi bepul koʻriklardan oʻtib, mutaxassis shifokorlar tavsiyalarini olish imkoniyatiga ega boʻladi. Tadbirdan maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning erta aniqlanish va oldini olish.
+1
🇺🇿🤝🇹🇯 O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida sog‘liqni saqlash xavfsizligi bo‘yicha yangi loyiha boshlandi
Xalqaro migratsiya tashkiloti va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida sog‘liqni saqlash xavfsizligi sohasida transchegaraviy hamkorlik” loyihasini rasman ishga tushirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda ikki davlatning sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasi vakillari, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki, tegishli vazirlik va idoralar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
📍 Loyiha, asosan, Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Oybek” va Tojikistonning Sug‘d viloyatidagi “Fotexobod” chegara o‘tkazish punktlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Loyiha doirasida:
✔️ tarmoqlararo ishchi guruh tashkil etish;
✔️transchegaraviy axborot almashinuvi mexanizmlarini ishlab chiqish;
✔️ epidemiologik nazorat tizimlarini mustahkamlash;
✔️ yuqumli kasalliklarning chegaralar orqali tarqalishining oldini olish;
✔️ chegara hududlari aholisi va harakatchan aholi guruhlarining tibbiy ehtiyojlarini o‘rganish rejalashtirilgan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Botirjon Qurbonov “Oybek” va “Fotexobod” chegara o‘tkazish punktlari Toshkent–Xo‘jand yo‘nalishidagi muhim strategik maskanlar ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, u sanitariya-epidemiologik nazoratni muntazam mustahkamlash hamda ikki davlatning vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlik va muvofiqlashuvni yanada kuchaytirish zarurligini qayd etdi.
Mazkur loyiha chegara hududlarida yashovchi aholi salomatligini muhofaza qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan epidemiologik tahdidlarga tezkor javob qaytarish va Markaziy Osiyoda sog‘liqni saqlash xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
🔔📯📯📯
❓ Siz tibbiyot sohasida ilmiy faoliyat olib borayapsizmi?
❓Ilmiy maqolalaringizni ishonchli va OAK ro‘yxatidan o‘tgan ilmiy jurnalda chop ettirishingiz kerakmi?
‼️ 2021-yildan boshlab chop etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi xizmati ilmiy-amaliy jurnalining
3️⃣-soniga maqolalar yuborishingiz mumkin.
✔️OAK ro‘yxatidan o‘tgan jurnal
✔️Google Scholar, Researchgate, elibrary.ru platformalarida ro‘yxatdan o‘tgan. Rossiyskiy indeks nauchnogo sitirovaniya bazasiga kiritilgan.
🌐Jurnalda maqola chiqarish uchun https://jurnal.sanepidrc.uz portaliga yuborishlari mumkin.
Eslatma: Ilmiy-amaliy maqolalar 2️⃣0️⃣-sentabrgacha qabul qilinadi
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
🔴#sóragan_edingiz
Chet eldan olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa olish tartibi qanday?
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-noyabrdagi 720-son qarori bilan “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan bo‘lib, mazkur hujjatda sanitariya-epidemiologik xulosa olish tartibi to‘liq ko‘rsatib o‘tilgan.
✔️Chetdan olib kelinayotgan mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa mahsulotning yaroqlilik davriga,
✔️ yaroqlilik muddatiga ega boʻlmagan mahsulotga esa — muddati koʻrsatilmasdan beriladi.
Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida sanitariya-epidemiologik xulosa bir kalendar yildan oshmagan muddatga bir marotaba beriladi.
🔔Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarida qayd etilgan mahsulotning yaroqlilik muddatlari Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi sohaga oid normativ hujjatlarda qayd etilgan yaroqlilik muddatlaridan farq qilgan taqdirda, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya tomonidan ularning qayd etilgan yaroqlilik muddatiga muvofiqligi va xavfsizlik koʻrsatkichlariga sinovlar oʻtkazilib, ijobiy baholanganidan soʻng respublika hududiga olib kirishga ruxsat etiladi.
📌Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarning xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun sinov bayonnomalari boʻlmasa sanitariya-epidemiologik xulosa berish rad etiladi.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Po‘lat Razzaqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish ishlari doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi;
davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi;
mahalla instituti faoliyatining samaradorligini yanada oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Бобожонов Пулат Раззакович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности заместителя советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам.
В рамках работы по оптимизации структуры Администрации Президента:
должность и подразделение советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам упразднены;
проведение единой государственной политики в сфере государственных наград и геральдики, а также тесное взаимодействие с органами государственной власти на местах и координация их деятельности определены дополнительными направлениями деятельности Службы комплаенса;
дальнейшее повышение эффективности деятельности института махалли определено дополнительным направлением деятельности подразделения советника Президента Республики Узбекистан по вопросам представительных органов, негосударственных некоммерческих организаций и молодежи.
Facebook|Instagram|X
+4
«Odil sudlov — 2030» strategiyasi mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
🚀 National AI Hackathon – Xorazm viloyati bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
17–20-sentabr kunlari National AI Hackathonning navbatdagi bosqichi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadi!
Agar sizda sun’iy intellekt yordamida real muammolarga yechim topish g‘oyasi bo‘lsa — uni amalga oshirish uchun ayni vaqt!
🗣️ Xorazm viloyati bosqichi treklari: - Farmatsevtika va sog’liqni saqlash - Ta’lim - Tadbirkorlik Maxsus nominatsiyalar: - Eng qiziqarli taqdimot - Eng dolzarb ijtimoiy loyihaBu shunchaki hackathon emas — yangi bilim, tajriba va kelajakdagi imkoniyatlar sari qadam! ❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin? • 16 yoshdan katta bo‘lgan yoshlar; • Pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar; • Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilar; • Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart; • Faqat tasdiqlangan arizaga ega nomzodlar qatnashadi; • Avval Umummilliy AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida ishtirok etgan nomzodlar ushbu bosqichda qatnasha olmaydi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish ochiq: eventflow.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq G‘.Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Мирзаев Гафуржон Ганиевич назначен на должность заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан – председателя Ассоциации махаллей Узбекистана и в связи с этим освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам.
Ранее кандидатура Г.Мирзаева была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Facebook|Instagram|X
+3
🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskan Markaziy Osiyoda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi ilk madaniy muassasa sifatida o‘z faoliyatini boshlamoqda.Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi. Ma’lum qilinganidek, mazkur maskan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakat madaniy hayotini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy san’atni rivojlantirish va xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Zamonaviy san’at markazi bir asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan tarixiy sanoat ob’yekti negizida barpo etildi. 1912 yilda qurilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy me’moriy qiyofasi saqlangan holda yangi madaniy makonga aylantirildi. Markazda zamonaviy san’at, me’morchilik, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari uyg‘unlashadi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, ta’lim maydonlari, kutubxona, tadqiqot infratuzilmasi hamda jamoatchilik uchun ochiq makonlar faoliyat yuritadi. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
