Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qòmitasi Xorazm viloyati boshqarmasi
前往频道在 Telegram
Xorazm viloyati sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining rasmiy kanali Bizning veb saytimiz: www.xorazm-seojsx.uz Ishonch telefoni: 62-228-82-81 📞Ariza, Shikoyat,Murojaat yuborish uchun 👇 @Xorazmseom_bot
显示更多752
订阅者
-124 小时
+1617 天
+15630 天
帖子存档
#YANGILIK 🔔
XORAZM VILOYATIDA BOZORLAR VA OZIQ-OVQAT SAVDO SHOXOBCHALARIDA NAZORAT TADBIRLARI O‘TKAZILDI
‼️TTV TELEKANALI YANGILIKLARI‼️ 👇👇
Telegram |Youtube
Repost from Xorazm.uz
💼 Ўзбекистонда бизнесни рўйхатга олиш тадбири ўтказилади
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 10 сентябрдаги ПФ–190-сон Фармонига мувофиқ, мамлакатимизда 15 октябрдан 30 ноябрга қадар бизнесни рўйхатга олиш тадбири ўтказилади.
Рўйхатга олишнинг асосий мақсади мамлакатда амалда фаолият юритаётган иқтисодий бирликлар, уларнинг фаолият йўналишлари, бандлик ҳолати ва асосий иқтисодий кўрсаткичлари тўғрисида ишончли статистик маълумотларни шакллантиришдан иборат.Тадбир доирасида юридик шахслар, якка тартибдаги тадбиркорлар, ўзини ўзи банд қилган шахслар, деҳқон хўжаликлари, ҳунармандлар, оилавий тадбиркорлар, нодавлат нотижорат ташкилотлари ҳамда рўйхатдан ўтмасдан фаолият юритаётган иқтисодий бирликлар қамраб олинади.
Маълумотлар респондент тоифасига қараб, рўйхатга олувчилар томонидан планшет қурилмалари ёрдамида юзма-юз сўров асосида ёки интернет орқали мустақил равишда тўпланади.Рўйхатга олиш натижалари корхона ва ташкилотлар тўғрисидаги статистик регистрларни янгилаш, кузатилмайдиган иқтисодиёт кўламини баҳолаш, танланма кузатувларни сифатли ташкил этишга хизмат қилади.
Олинган маълумотлар келгусида тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш, ҳудудларни ривожлантириш ва бизнес учун янада тўғри ҳамда манзилли қарорлар қабул қилишда муҳим ахборот манбаи бўлади.
+3
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining yangi vakolatlari belgilandi”
Repost from Rasmiy axborot
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi
Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
❗Maqolada qayd etilganidek–
🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;
🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;
🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;
🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;
🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.
Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.
"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan. Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.
"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.🔥 Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi. Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Xiva, Yangiariq va Xonqa tumanlaridagi bozorlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari savdo shoxobchalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarma mas’ul xodimlari, Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash bo‘limi (JXX JTSB) karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Nazorat davomida savdo shoxobchalari va bozorlarda go‘sht hamda go‘sht mahsulotlari, poliz ekinlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi, ularning kelib chiqishi hamda tegishli hujjatlari mavjudligi o‘rganildi.
Shuningdek, savdo bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, maxsus kiyimlardan foydalanishi, sanitariya-gigiyena hamda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Kelib chiqishi noma’lum, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan mahsulotlarni realizatsiya qilmaslik bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
+5
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi nazorat qilinmoqda
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл с государственным визитом в Сеул.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Xorazm.uz
🏆Sun'iy Intellektdan muntazam foydalansizmi? Unda bu bo'yicha bellashuvda qatnashib ko'rishingiz kerak.
National AI Hackathonning Xorazm viloyati bosqichigacha sanoqli kunlar qoldi. Shoshiling! G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg'alarni yutib olishlari mumkin.
🥇 1-o‘rin uchun Apple MacBook Air mukofot sifatida taqdim etiladi. 🥈 2-o‘rin uchun 20 000 000 so‘m pul mukofoti. 🥉 3-o‘rin uchun 10 000 000 so‘m pul mukofoti.Ammo bu hammasi emas. Kuchli uchlikka kira olmaganlar uchun ham maxsus nominatsiyalar taqdim etiladi. Jumladan:
✨
«Eng dolzarb ijtimoiy loyiha»
— jamiyat uchun eng foydali yechim yaratgan jamoaga.
✨
«Eng qiziqarli taqdimot»
— eng yorqin va kreativ taqdimot qilgan jamoaga.
Nominatsiya g‘oliblari nufuzli AI-kurslarida o‘qish uchun bepul sertifikatlarga ega bo‘ladilar! 🗓 Sana: 17–20-sentabr, Urganch ⏳ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 17-sentabrgacha (shoshiling!) 🔗 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: eventflow.uz
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Hazorasp tumanidagi tibbiyot muassasalari xodimlari obodonlashtirish ishlariga majburiy ravishda jalb etilgani va ulardan jarima uchun pul yig‘ilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarning Urganch va Xiva shaharlariga olib boruvchi yo‘llar bo‘yiga yoki xonadonlar oldiga majburan olib chiqilgani haqida tarqalgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Amalda atrof-muhitni toza saqlash maqsadida faqatgina tibbiyot muassasasining o‘z ichki hududlarida tartibga keltirish ishlari amalga oshirilgan. Xodimlar muassasa hovlisi va ichki hududidan tashqariga chiqarilmagan.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan jarima qo‘llanilgani va bu mablag‘ xodimlardan yig‘ib olinayotgani haqidagi iddaolarga ham aniqlik kiritildi. Sanitariya nazorati tadbirlari davomida muassasaga emas, balki o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan va sanitariya-gigiyena qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ul xodimlarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy jarima choralari qo‘llanilgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, har bir fuqaro yoki xodim o‘zi yo‘l qo‘ygan huquqbuzarlik uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Muassasaga nisbatan jarima qo‘llanilgan taqdirda jarima mablag‘larini xodimlar hisobidan qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi hamda xodimlarning huquqlari himoya qilinishini doimiy nazoratga olgan bo‘lib, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan taqdirda mas’ullarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi.
Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | YouTube
#Buyuk_qaytish
⚡️Asadjan Xodjayev Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining tegishli farmoyishi bilan Asadjan Azatbekovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
@u_generalissimus
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyati tartibga solindi
🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan yangi Konstitutsiyaviy qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi, vakolatlari va asosiy vazifalari qonun darajasida belgilandi.
⚖️ Qonunga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi Prezident faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydi, Prezident farmonlari, qarorlari va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi hamda nazorat qiladi.
📝Shuningdek, Administratsiya davlat organlari bilan hamkorlik qiladi, aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlarni tashkil etadi hamda Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
📌 Mazkur qonun Prezident Administratsiyasi faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
#TAYINLOV
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Urganch shahar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.
Yusupov Muzaffar Rustamovich Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Urganch shahar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
M. Yusupov mazkur tayinlovga qadar Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi rahbarga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat, jamoat salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yo‘lidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
#TAYINLOV
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Urganch shahar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.
Yusupov Muzaffar Rustamovich Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Urganch shahar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
M. Yusupov mazkur tayinlovga qadar Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi rahbarga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat, jamoat salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yo‘lidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
