cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

КАТТАҚЎРҒОН ТУМАН МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ

KATTAQO‘RG‘ON TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI RASMIY KANALI

Більше
Рекламні дописи
943
Підписники
+324 години
+67 днів
-1830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
▪️Таъзия Каттақўрғон туманидаги 10-мактабда ўзоқ йиллар директори лавозимида ишлаган Тошпулатов Дусмамат хожи бобо вафоти муносабати билан Каттақўрғон туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими маъмурияти у кишининг барча оила аъзоларига ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этади. Марҳумнинг барча солиҳ амалларини Аллоҳ таоло ўзларига ҳамроҳ айлаб, Ўз мағфиратига олсин.  
Иннаа лиллааҳи ва иннаа илайҳи рожиъуун!
Жаноза намози бугун 25 июн куни соат 18.00 да адо этилади. Манзил: Чиғатой МФЙ Чиғатой қишлоғи
Показати все...
❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! ✅ Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin. 📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Hurmatli abituriyentlar! ❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring! ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling! 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz ▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
Bugun “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Samarqand Turizm va madaniy meros texnikumida 10-11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkazilayotgan “Yoshlar festivali” doirasidagi "Viloyat hokimi fan olimpiadasi" ning ingliz tili fani boʼyicha viloyat bosqichi gʼoliblari aniqlandi. 10-sinflar o'rtasida g'oliblar: 1️⃣ Misriyeva Kamola Akmalovna Samarqand sh. 20-maktab 2️⃣ O'ktamov Jur'at Jahongir o'g'li Kattaqo'rg'on t. 1-IDUM 3️⃣ Bahriddinova Nigina Rustamovna Oqdaryo t. 45-IDUM 11-sinflar o'rtasida g'oliblar: 1️⃣ Shodiyorova Nilufar Farhod qizi Paxtachi t. 43-maktab 2️⃣ Mardonov Abdulaziz Shuxratovich Samarqand t. 23-maktab 3️⃣ Isroilova Mushtariy Bektosh qizi Qo'shrabot t. 26-maktab Shaffof va ochiqlik tamoyillari asosida oʼtkazilgan olimpiada gʼoliblarini viloyat hokimi nomidan “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Maʼmuriy masalalar boʼyicha birinchi prorektori D.Nasimov qutlab, ularga sertifikatlar hamda esdalik sovgʼalari topshirdi. 🌐  Official accounts 📱 Univ-silkroad.uz | 🌐 Telegram (https://t.me/univ_silkroad_uz) |📱 Instagram (https://www.instagram.com/univ_silkroad_uz) |📱 Facebook (https://www.facebook.com/univsilkroad.uz/) |Twitter (https://twitter.com/univsilkroad)
Показати все...
👍 3
#Yoshlar_festivali ⚡️ "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o'tkazilayotgan Yoshlar festivali doirasida Samarqand davlat universiteti Biokimyo institutida fan olimpiadalari o'tkazildi... Olimpiadada faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan o'quvchilar esdalik sovg'a va diplom bilan taqdirlandi... Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Samdu.uz |Telegram |Instagram|Facebook| You tube
Показати все...
👍 1
#olimpiada KATTAQO‘RG‘ONLIK O‘QUVCHILAR VILOYAT HOKIMI OLIMPIADASIDA YUQORI NATIJALARGA ERISHDI Bugun Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalarida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida umumta’lim fanlaridan Viloyat hokimi fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanimizning 8 nafar o‘quvchi yoshlari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Bular quyidagilar: 10-sinf ✔️Matematika fanidan 2-maktabning o‘quvchisi Rashidov Muhammadjon 🥇-o‘rin; ✔️Ingliz tili fanidan 1-IDUMning o‘quvchisi O‘ktamov Jo‘r’at 🥈-o‘rin; ✔️Biologiya fanidan 1-IDUMning o‘quvchisi Mirqosimov Mirali🥈-o‘rin. 11-sinf: ✔️Informatika fanidan 51-maktabning o‘quvchisi Davronov Doniyor 🥇-o‘rin; ✔️Ona tili va adabiyot fanidan 60-maktabning o‘quvchisi Mardiyeva Xurshida 🥇-o‘rin; ✔️Biologiya fanidan 1-IDUMning o‘quvchisi 🥈-o‘rin; ✔️Matematika fanidan 4-maktabning o‘quvchisi Raximbetdiyev Fazliddin 🥉-o‘rin; ✔️Geografiya fanidan 40-maktabning o‘quvchisi Obidova Sarvinoz 🥉-o‘rin. 🏆Barcha sovrindorlarni chin dildan qutlaymiz!
Показати все...
👍 3
01:57
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Каттақўрғонликлар юқори ўринларни қўлга киритди Самарқанд давлат иқтисодиёт ва сервис инстутутида "Ёшлар ойлиги" доирасида математика фанидан Вилоят ҳокими фан олимпиадаси бўлиб ўтди. Якуний натижаларга кўра: 🥇-ўринни—Каттақўрғон тумани 2-мактабнинг 10-синф ўқувчиси Муҳаммаджон Рашидов, 🥈-ўринни— Нарпай тумани 16-мактабнинг 10-синф ўқувчиси Суғдиёна Ўроқова, 🥉-ўринни Каттақўрғон шаҳар 20-мактабнинг 10-синф ўқувчиси Санжар Қамариддиновлар қўлга киритишган бўлса, 11 -синфлар ўртасида 🥇-ўринни СамДу ИДУМ нинг 11-синф ўқувчиси Дилноза Муродқулова, 🥈-ўринни Иштихон тумани 1-ИДУМ нинг 11-синф ўқувчиси Низомиддин Нозимов, 🥉-ўринни Каттақўрғон тумани 4-мактабнинг 11-синф ўқувчиси Фазлиддин Раҳимбердиевлар қўлга киритди. 🏆Барча совриндорларни чин дилдан қутлаймиз!
Показати все...
17.23 MB
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Эълон Nemis tili fanidan dars beruvchi ustozlar diqqatiga! ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Gyote institutining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlikda hududlarda “Goethe Zertifikat B2” til imtihoni tashkil etilmoqda. Imtihonlar 5 ta hududda 8-iyul sanasiga qadar boʻlib oʻtadi: 📍Fargʻona shahrida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridan talabgorlar ustozlar uchun 21-23-iyun kunlari, 📍Termiz shahrida 27-28-iyun kunlari, 📍Samarqand shahrida 28-30-iyun kunlari; 📍Buxoro shahrida Qoraqalpog’iston, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlaridan talabgor ustozlar uchun 2-4-iyul kunlari; 📍Qarshi shahrida 5-7-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. ❕Darvoqe, bunda oʻqituvchilarimiz “Goethe Zertifikat B2” imtihonini 50% chegirmali narxlarda topshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Sinovlarda barcha ustozlarga omad tilaymiz! Imtihonlar manzili va vaqti Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
🥇КАТТАҚЎРҒОНЛИК БИТИРУВЧИЛАРГА ОЛТИН МЕДАЛЛАР ТОПШИРИЛДИ 🎖Бўлиб ўтган тадбирда сектор раҳбарлари ва фаоллари сўзга чиқиб, ёшларни қутлади ҳамда мустақил ҳаёт остонасида турган ёшларга ўз тилакларини билдирди. Жами 85 нафар олтин ва 1 нафар кумуш медалларига сазовор бўлган битирувчи ёшларга медаллар топширилди.
Показати все...
👏 2👍 1
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ ВАЗИРИНИНГ БУЙРУҒИ 2024-2025-ўқув йилида умумий ўрта таълим мактабларининг 1-синфига қабул жараёнларини ташкил этиш тўғрисида 28- май 2024 йил https://t.me/talimxujjatlari
Показати все...
175_2024-2025 кабул буйрук.pdf2.25 KB
👍 1
Магистратура ва докторантурага кириш учун талаб этиладиган чет тили сертификатларининг рўйхати тасдиқланди Бунда қайси мутахассисликка C1, B2 ва B1 даража талаб этилиши белгиланган. Мисол учун, тарих мутахассислиги учун B2 даража, соғлиқни сақлаш учун эса B1 даража талаб этилади. https://t.me/talimxujjatlari
Показати все...
Magistratura va doktoranturaga chet tili sertifikatlari.pdf15.90 MB
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.