uk
Feedback
Javohir Berdiyev | IT

Javohir Berdiyev | IT

Відкрити в Telegram

✅ Software Engineer & AI Specialist 🚀 7 yil coding, 400+ mentorlik Sun'iy intellekt va IT olamidagi eng so'nggi yangiliklar va darslar. Admin: @javohircoder ⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson

Показати більше
6 575
Підписники
-624 години
-367 днів
-21730 день
Архів дописів
Repost from Islom.uz
Islom.uz taqdim etadi. ISLOMGA BAG'ISHLANGAN UMR Hujjatli film Oʻzbek xalqining atoqli farzandi, yetuk alloma, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ibratli hayot yoʻli haqidagi «Islomga bagʻishlangan umr» nomli hujjatli film. Film butun umrini, kuch-quvvatini Islom diniga, moʻmin-musulmonlarga, el-yurt tinchligi, Vatan ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga bagʻishlagan buyuk olimning sinov va mashaqqatlarga toʻla shonli hayoti haqida hikoya qiladi. Marhamat quyidagi havolalar orqali to‘liq filmni tomosha qiling. 1-qism https://youtu.be/LUlhx4wXyu8 2-qism https://youtu.be/KsQ8mTS7lbo Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🌐 Barchamizda iqtidor bor. Lekin baliqni daraxtga tirmashib chiqish qobiliyati bor-yo‘qligi masalasida muhokama qilsangiz, u o‘zini bir umr lapashang his qilib o‘tadi. 🌐 Men hamma bilan bir xil muomala qilaman. Xoh u farrosh bo‘lsin, xoh – universitet rektori. 🌐 Tasavvur bilimdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Bilim biz hozir biladigan va tushunadigan narsalargagina tayanadi. Tasavvur esa butun olamni va biz qachonlardir tushanadigan, bilib oladigan narsarni ham qamraydi. 🌐 Mantiq sizga A nuqtadan B nuqtaga borib olishingiz uchun yordam beradi. Tasavvur esa butun dunyoni kezishingiz uchun qanot bag‘ishlaydi. 🌐 Odam yosh bo‘lgan paytda yolg‘izlik – azob, lekin kamolotga yeta borgani sari uning ilhombaxsh kuchi ortadi. 🌐 Buyuk aqllar hamisha o‘rtacha aqllarning shiddatli qarshiligiga duch keladi. Chunki o‘rtacha aql egalari eskicha fikrlashdan yiroq, o‘z salohiyatidan mardona va halol foydalanadigan kishilarni qabul qila olmaydi. 🌐 Buyuk shaxslar go‘zal nutqlar vositasida emas, o‘z mehnatlari va ularning natijalari orqali shakllanadi. 🌐 Agar bolalaringiz aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga ertaklar o‘qib bering. Agar yanada aqlliroq bo‘lishlarini xohlasangiz, undanda ko‘proq ertak o‘qib bering. 🌐 Bilimni o‘zlashtirish qobiliyatimdan ko‘ra fantaziya qobiliyatim men uchun qadrliroq. 🌐 Erishgan barcha yutuqlarim alohida aql sohibi ekanimdan emas. Men masalalarni yechishda uzoq vaqt taslim bo‘lmayman. 🌐 Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayoting ma’no kasb etishi uchun intil. Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada go‘zal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir. 🌐 Bizni ezgu o‘y va amallarga yo‘llovchi yagona vosita – buyuk va ma’naviy pokiza insonlar timsolidir. Odamga biror narsani o‘rgatishning yagona oqilona yo‘li – misol keltirishdir. 🌐 Shuhratim oshgani sari siyqalanib boryapman. Afsuski, bu – juda keng tarqalgan holat. 🌐 Hech qachon xato qilmagan odam biror-bir yangi narsani hech qachon sinab ko‘rmagan bo‘ladi. 🌐 Agar mavzuni oson tushuntira olmasangiz, demak uni yetarli darajada bilmaysiz. 🌐 Agar odam jazodan qochish yoki mukofot olish uchungina tartib-qoidalarga rioya qilsa, buning hech bir yaxshi jihati yo‘q. 🌐 Aqliy o‘sish tug‘ilgandayoq boshlanishi va faqat o‘lim paytidagina to‘xtashi kerak. 🌐 Bizning dunyoimiz yashash uchun xavfli joy. Ayrimlar yomonlik qilayotgani uchun emas, qolgan barcha buni jim kuzatib turgani uchun. 🌐 Tabiatga yaxshilab nazar soling, shunda ko‘p narsalarni chuqurroq anglaysiz. 🌐 Birinchi galda o‘yin qoidalarini yaxshilab o‘rganib olish zarur. Shundan so‘ng boshqalarga o‘xshamagan holda o‘ynay boshlaysiz. 🌐 Men hamisha shunday fikrdaman: mening ichki va tashqi hayotim olamdan o‘tib ketgan va hozir tirik bo‘lgan boshqa odamlarning fikrlari, ishlariga asoslangan. Men ulardan olgan va olayotgan darajada o‘zimdan ma’naviy meros qoldirishim kerak. 🌐 Bilim bu – maktabda o‘rgatilgan hamma narsa esingdan chiqib ketgandan keyin o‘zingda qolgan narsalardir. Savol berishdan to‘xtamaslik juda muhim. Qiziquvchanlik odamga bejiz berilmagan. Chegaralarini bir marta kengaytirgan idrok hech qachon eski joyiga qaytmaydi. 🌐 Biz muammoni yaratgan fikrlash tarzimiz bilan uni hal eta olmaymiz. 🌐 Agar baxtli hayotga erishmoqchi bo‘lsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bog‘langan bo‘lishingiz kerak. 🌐 O‘zingni xursand qilishning eng yaxshi yo‘li – boshqa birovga quvonch baxsh etishdir. 🌐 Ba’zida bir savol meni o‘ylantirib qo‘yadi: men ahmoqmanmi yoki mendan boshqa hamma? 🌐 Tinchlikka kuch bilan erishib bo‘lmaydi. Uni faqat murosa bilangina qo‘lga kiritish mumkin. 🌐 Ommaga ergashgan odam undan o‘zib ketolmaydi. O‘z ongi bilan harakat qiladigan kishi esa hech kimning oyog‘i yetmagan manzillarga bora oladi. 🌐 Faqat aqlimga tayanganimda, birorta kashfiyot qila olmagan bo‘lardim. 🌐 Zakovat o‘qish-o‘rganish emas, unga erishish yo‘lidagi harakatlar mevasidir.

Albert Eynshteyndan Hayotiy saboqlar
Albert Eynshteyndan Hayotiy saboqlar

photo content

Imom Shofe’iy rohmatullohi alayhi aytadi: Ustozim Vake’ga xotiramning yomonligidan shikoyat qildim, U menga gunohlarni tark qilishimni buyurdi. Yana menga ilmning nur ekanini, Allohning nuri esa gunohkorni chetlab o‘tishligini aytdi. Abu Bakr Dumyotiyning "I’onatut Tolibiyn'' kitobidan @javohir_webdev

Assalomu alaykum Azizlar! Juma ayyomining xayr va barokati sizga va oilangizga bo'lsin🤲🏻😊

Web dasturlashni "0" dan o'rganmoqchi bo'lganlarga ajoyib yangilik. FRONTEND dasturlash kursining yangi formatdagi darslariga
Web dasturlashni "0" dan o'rganmoqchi bo'lganlarga ajoyib yangilik. FRONTEND dasturlash kursining yangi formatdagi darslariga qabul boshlandi. Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani. Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. (WebDev jamoasiga qo'shilish imkoniyati mavjud) Kurs oxirida pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz) 🔸 Format: Onlayn (1-dars tekin); 🔸 Narxi: Oyiga 490 000 so‘m (600 000 so'm boshlang'ich 20 kishi uchun 20% chegirama ); 🔸 24/7 dars bo'yicha savollaringiz javob beradigan professional jamoa; 🔺Chegirma: Faqat boshlang'ich 20 kishi uchun; 🔸 Joylar soni: 20 ta. (Imkoniyatni qo'ldan chiqarmang) 👨‍💼 O'qituvchi: Berdiyev Javohir: 🔹 5 yillik tajribaga ega 🔹 30+ loyihalar bilan ishlagan, WebDev loyihasining asoschisi. 🔹Kurs haqida to'liqroq - linkni bosing 👉 Roʻyxatdan oʻtishi ✍️ Murojaat uchun: @frontend_admin

Web dasturlash (frontend) uchun online kursi haqida ma'lumotlar Link 👉 https://youtu.be/Uh2uXUQYfvs

Ijtimoiy tarmoqlar bilim manbai emas, u faqat mutolaa vositasidir, xolos. U aqlni to'ldirib qo'ymaydi, ma'rifatni o'stirib qo'ymaydi. U xuddi gap-gashtaklardagi suhbatga o'xshaydi. Shunday ekan, kitob o'qing. Mubashshir Ahmad

Kunduzlari sabr bergan va kechga 5 daqiqada to'ydirgan Allohga hamd bo'lsin

Ramazon oyida yaxshi tamonga o'zgarib chiqishni xohlasangiz, kitob o'qishni odat qilib chiqing. Bu oyda baraka bor, bu baraka sizga nasib qilsin insha'Allah 😊. Sizga qarshilik qiladigan shayton yo'q, faqat o'zingizni bir oz majburlay olsangiz bo'ldi )

Kitob o'qish uchun joy, backend tarafi xonani 😅
Kitob o'qish uchun joy, backend tarafi xonani 😅

Assalamu alaykum, xayrli tong barchaga. Dam olish kuni ham biz on-line darsdamiz 😊 ✅ @javohir_webdev

Ishlab turib ham o'qib o'rgansa bo'ladimi ? Bu savolga Dovranbek Turdiyev (Eslab qolish bo`yicha Rossiya Rekordchisi) juda chiroyli javob berdi. ✅ @javohir_webdev

Repost from Temurbek Adhamov
Bilamizki, eng katta dushmanlarimiz ikkita: shayton va o'z nafsimiz. Bu ikki dushman bilan kurashish ancha mushkul, oxiri ko'rinmas va davomli. Bir paytda ikki dushman bilan olishish ko'pchilik taqvodor insonlar uchun ham qiyinchilik tug'diradi. Ramazon oyida shaytonlarning zanjirbandlanishi nafsimizni jilovlab olishimiz uchun berilgan imkoniyat. Nafsga shart qo'yish, nafs bilan sulh tuzish, nafsning lazzati haqida Muhammadali Eshonqulov o'zining fikr va tajribalari haqida master-klass o'tib bergandilar. Premyera bugun — 2-aprel kuni soat 14:00 da bo'lib o'tadi. Havola: https://youtu.be/yDD7FL8EhFs @temurbek_adhamov

Ajoyib javob bo'libdi 😊
Ajoyib javob bo'libdi 😊

#ramazan Barchaga kirib kelayotgan Ramazon oyi muborak bo'lsin Ramazon yaqinlashyapti🥰 @webdev07