53-DIUM RASMIY
Відкрити в Telegram
638
Підписники
Немає даних24 години
-37 днів
-2030 днів
Архів дописів
+4
3- a sinfda " Biz korrupsiyaga qashimiz"mavzusida rasmlar tanlovi o' tkazildi va tushunchalar berildi.
+6
1-"B'' sinfda ''Biz korrupsiyaga qarshimiz '' mavzusida videorolik namoyish etildi. Tushunchalar berildi. Mavzu asosida rasmlar chizishdi.
+6
1-V sinfda 9-dekabr ,,Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni’’ munosabati bilan rasmlar tanlovi o‘tkazildi
11-A sinf òquvchisi Xoshimova Muhinurdan ajoyib natija
Òquchimiz oʻzbek tili va adabiyoti fanidan B darajadagi sertifikatni qòlga kiritdi
Oʻquvchimizga oʻqishlariga omadlar tilaymiz
11-A sinf òquvchisi Malikjanova Muslimadan ajoyib natija
Òquchimiz rus tili va adabiyoti fanidan B darajadagi sertifikatni qòlga kiritdi
Oʻquvchimizga oʻqishlariga omadlar tilaymiz
11-B sinf òquvchisi Madaminjanova Rayhonadan ajoyib natija
Òquchimiz oʻzbek tili va adabiyoti fanidan A darajadagi sertifikatni qòlga kiritdi
Oʻquvchimizga oʻqishlariga omadlar tilaymiz
Repost from E’zoza Karimova
Aziz yurtdoshlar!
Qadrli ustozlar!
Bugun 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundir.
Konstitutsiyamiz — davlatimiz barqarorligi, jamiyat rivoji va fuqarolar huquqlarining ishonchli kafolati hisoblanadi. U yurtimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy huquqiy hujjat sifatida barcha sohalar, jumladan ta’lim tizimidagi keng qamrovli islohotlarni izchil amalga oshirishda muhim tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda bolalarning sifatli ta’lim olishi, ular uchun teng imkoniyatlar yaratilishi va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biridir. Bu jarayonda ustoz va murabbiylarimizning fidoyiligi, mehnati va mas’uliyati jamiyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shmoqda.
Sizga salomatlik, ish faoliyatingizda rivoj va yangi yutuqlar tilayman. Ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi hamjihatlik va hamkorligimiz yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shaversin!
E'zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Konstitutsiyamiz_33_yoshda
E’zoza Karimova
Repost from Hilola Umarova
#Konstitutsiya
Bu yil Konstitutsiya kuni har qachongidan oʻzgacha nishonlanmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.
Farmoyishga belgilanganidek, ta’lim tashkilotlarida Konstitutsiya darslari atoqli huquqshunoslar, olimlar, sud va adliya tizimi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar va xodimlari ishtirokida o‘tkazilmoqda. “Kelajak soati” darslaridan biri “Mening huquqlarim” deb nomlanib, har bir bogʻcha, maktab, OTMda ta’sirli, mazmunan boy va kreativ kontentlar orqali oʻtib berildi.
Bulardan maqsad bitta: oʻquvchi-yoshlar, farzandlarimiz, pedagoglar oʻzining konstitutsion huquqlarini yaxshi bilsin, oʻrgansin. Zero, davlatimiz rahbari bayram tabrigida alohida ta’kidlaganlaridek, yoshlarimizga Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rgatish, ularni konstitutsiyaviy qadriyatlar asosida yuksak ongli va vatanparvar fuqarolar, siyosiy tafakkur va huquqiy madaniyat egalari etib tarbiyalash oldimizda turgan g‘oyat muhim vazifadir.
Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati. Huquqlarimizdan samarali foydalanaylik, erkinliklarimizni qadrlaylik, burchlarimizni yodda tutaylik!
Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari
@hilola_umarova
🇺🇿Бугун, 8 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигига 33 йил тўлади. Ушбу ўзига хос юбилей сана барчамизга муборак бўлсин!
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 6 бўлим, 27 боб, 155 моддадан иборат.
Конституциямиз нафақат жамиятимизнинг бош Қомуси, балки бизнинг ҳуқуқ ва эркинликларимиз таянчи, кафолати ва асоси ўлароқ бизга ниҳоятда қадрлидир.
Юртимиз осмони узра ҳамиша тотувлик ва барқарорлик, ҳар бир оилада бахт ва фаровонлик ҳукмрон бўлсин, Ватанимиз равнақи йўлида янги ғалабалар сари интилиб, ҳар биримизни улкан муваффақиятлар томон етаклаб боришини тилаб қоламиз!
©ЧОРТОҚЛИКЛАРБУГУН канали ижодий жамоаси.📲Каналга қўшилинг 👉 @chortoqliklarbugun
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 9-"B" sinf o‘quvchilarining tayyorlagan videoroligi
+5
18-noyabr 2024-yil PQ-392 sonli qaror ijrosi bo’yicha 53-maktabda tashkil etilgan gimnastika to’garak faoliyatidan
Это классное видео сделано в CapCut. Опробуйте это приложение по ссылке! https://www.capcut.com/tv2/ZSP1s963m/
+3
8- v sinfda O'zbekiston respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi o'tkazildi,bunda o'quvchilar bosh qomusimiz va uning xuquqiy asoslari,o'zlarinig huquqva ekinliklari,majburiyatlari haqidagi fikrlarini bayon qildilar
8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan 5-"B" sinf o'quvchilarining tayyorlagan videoroligi
+3
Chortoq tumani 53-maktabda 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Sintetik kayf, giyohvandlikning zararli oqibatlari va o‘z joniga qasd holatlarini oldini olish” mavzusida profilaktik suhbat hamda rolik namoyish etildi. Tadbirni MMIBDO’ D.Mallaboyev olib bordi
Suhbat davomida “Sintetik kayf, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqidagi rolik namoyishi bugungi kunda yoshlar orasida ommalashib borayotgan sintetik narkotiklarning xavfli jihatlari keng yoritildi. Xususan, ularning aqliy va jismoniy sog‘liqka ko‘rsatadigan kuchli zararli ta’siri, ruhiy bosim, depressiya, agressiya, vahima holatlari va o‘z joniga qasd fikrlarini kuchaytirishi mumkinligi haqida aniq misollar bilan tushuntirishlar berildi.
