uk
Feedback
Sirdaryo FVB / O'zingizni asrang!

Sirdaryo FVB / O'zingizni asrang!

Відкрити в Telegram

🚒Sirdaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi tadbirlar va xabarlar. 📨Murojaat uchun @Davronbek_FVB

Показати більше
1 561
Підписники
+224 години
+1567 днів
+18430 день
Архів дописів
Bugun, 22-iyun ☀️ +37°...+26°, Ochiq havo Hozir: ☁️ +26°, ↙️ 1.2 m/s Tong: ☀️ +31° Kun: ☀️ +36° Oqshom: ☀️ +34° Namlik: 24% Shamol: Janubiy-janubi-sharqiy, 4.5 m/s Bosim: 755 mm sim. ust. Oy: Birinchi chorak Quyosh chiqishi: 04:54 Quyosh botishi: 19:58

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘quv-seminar o‘tkazildi Favqulodda vaziyatlar vaziri
+3
Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘quv-seminar o‘tkazildi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari tomonidan Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlardan muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, tizimda xizmat olib borayotgan rahbar va xodimlarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda xizmat faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, boshqarma bo‘lim boshliqlari, shuningdek, shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Batafsil...Фавқулодда вазиятлар вазири ўринбосари томонидан Сирдарё вилоятида ўқув-семинар ўтказилди Фавқулодда вазиятлар вазири ўринбосари томонидан Сирдарё вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармасида фавқулодда вазиятлар ва ёнғинлардан муҳофаза қилиш соҳасида амалга оширилаётган ишлар самарадорлигини янада ошириш, тизимда хизмат олиб бораётган раҳбар ва ходимларнинг касбий салоҳиятини мустаҳкамлаш ҳамда хизмат фаолиятини такомиллаштиришга бағишланган ўқув-семинар ташкил этилди. Семинарда Сирдарё вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси бошлиғи, унинг ўринбосарлари, бошқарма бўлим бошлиқлари, шунингдек, шаҳар ва туман Фавқулодда вазиятлар бўлимлари раҳбарлари ҳамда уларнинг ўринбосарлари иштирок этди. Батафсил... ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

photo content
+3

FVV shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokini katta quvonch bilan kuzatib bormoqda. Oldinda yana ko‘plab chiroyli va hayajonli uchrashuvlar bor!    Terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chellenj estafetasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga topshiramiz. Olgʻa, Oʻzbekiston! __ Личный состав МЧС с большой радостью следит за выступлением сборной Узбекистана по футболу на ЧМ-2026. Красивые матчи ещё впереди!    Эстафету челленджа в поддержку нашей команды передаём Государственному таможенному комитету. Вперёд Узбекистан! ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

Diqqat e’lon! Joriy yilning iyun-avgust oylari davomida vazirlik tizimiga biriktirilgan hamda mahalla yoshlari o‘rtasida “Yan
+1
Diqqat e’lon! Joriy yilning iyun-avgust oylari davomida vazirlik tizimiga biriktirilgan hamda mahalla yoshlari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi. Hozirda musobaqada qatnashuvchi 8 nafar (6 nafar o‘g‘il, 2 nafar qiz) a’zodan iborat “Mahalla terma jamoalari”ni shakllantirish ishlari davom etmoqda. Musobaqalarda ishtirok etish uchun shahar-tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlariga, biriktirilgan ofitserlarga yoki yoshlar yetakchisiga murojaat qilish mumkin. Arizalar joriy yilning 25-iyun kuniga qadar qabul qilinadi. G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Musobaqa Nizomi Aziz yoshlar, fursatni boy bermang, o‘z mahallangiz sharafini himoya qiling, musobaqalarda faol qatnashing va g‘olib bo‘ling! ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

🚨 Profilaktik tadbirlar davom etmoqda! Sirdaryo viloyati FVB Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tomonidan Guliston shahar is
+6
🚨 Profilaktik tadbirlar davom etmoqda! Sirdaryo viloyati FVB Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tomonidan Guliston shahar istirohat bog‘i hududida faoliyat yuritayotgan katamaran egalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat davomida suv havzalarida harakatlanish qoidalari, xavfsizlik talablariga qat'iy rioya etish, yo‘lovchilar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. ✅ Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish — har bir fuqaroning burchi! 🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati Boshqa yangiliklar👇 📱sirdaryo.fvv.uz |📱Telegram |📱 Instagram|📱Youtube |📱Facebook

Umumtaʼlim maktabida maxsus-taktik o‘quv mashq o‘tkazildi Sirdaryo viloyati FVB tomonidan Guliston tumanida joylashgan 1-sonl
+9
Umumtaʼlim maktabida maxsus-taktik o‘quv mashq o‘tkazildi Sirdaryo viloyati FVB tomonidan Guliston tumanida joylashgan 1-sonli umumtaʼlim maktabida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi. Mashq davomida maskanda shartli ravishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in holatida tezkor harakat qilish, maktab binosidagi insonlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi. Tadbir yakunida amalga oshirilgan harakatlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati Boshqa yangiliklar👇 📱sirdaryo.fvv.uz |📱Telegram |📱 Instagram|📱Youtube |📱Facebook

Sirdaryo viloyati FVB tomonidan Sirdaryo tumanida joylashgan AGTKSHda maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi. Mashq davomi
+9
Sirdaryo viloyati FVB tomonidan Sirdaryo tumanida joylashgan AGTKSHda maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi. Mashq davomida shahobchada shartli ravishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in holatida tezkor harakat qilish, obyekt hududidagi fuqarolarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi. Tadbir yakunida amalga oshirilgan harakatlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 🔰 Sirdaryo viloyati FVB boshqa yangiliklar 👇 📱sirdaryo.fvv.uz |📱Telegram |📱 Instagram|📱Youtube |📱Facebook

Repost from Sirdaryo.uz
Сирдарёда Медиа ҳафталиги: 777 нафар медиа вакиллари ва контент яратувчи ёшлар бир майдонда жам бўлди Сирдарё вилоятида ўтказилган Медиа ҳафталиги нафақат тажриба алмашиш, балки ҳудудларда медиа соҳаси салоҳиятини аниқлаш ва ривожлантиришга хизмат қилган муҳим платформага айланди. Ҳафталик якунларига кўра, вилоят бўйлаб 777 нафар медиа соҳаси вакиллари ва контент яратувчи ёшлар қамраб олинди. Улар орасида 38 нафар блогер, 39 нафар газета ходими, 55 нафар матбуот котиби, 234 нафар мобилограф, 171 нафар SMM мутахассиси, 11 нафар ҳужжатли фильм тайёрловчи, 15 нафар телетасвирчи ва монтажчи, 13 нафар тележурналист ҳамда 201 нафар контент яратувчи ёшлар иштирок этди. Ҳудудлар кесимида энг юқори кўрсаткичлар вилоят ташкилотлари (92 нафар), Сирдарё тумани (86 нафар), Боёвут тумани (79 нафар) ва Гулистон шаҳри (76 нафар) ҳиссасига тўғри келди. Медиа ҳафталиги давомида иштирокчилар учун замонавий медиа технологиялар, рақамли коммуникациялар, мобил журналистика, ижтимоий тармоқларда самарали контент яратиш, ахборот сиёсати юритиш ҳамда сунъий интеллект имкониятларидан фойдаланиш бўйича амалий машғулотлар ва маҳорат дарслари ташкил этилди. Энг муҳими, мазкур ҳафталик Сирдарёда медиа муҳити тобора ривожланиб бораётганини, ҳудудларда янги авлод контент яратувчилари шаклланаётганини ҳамда давлат органлари ва жамоатчилик ўртасидаги очиқ мулоқотни мустаҳкамлашга хизмат қилаётганини яна бир бор намоён қилди. Медиа ҳафталиги - билим, тажриба ва инновацион ғояларни бирлаштирган, Сирдарё медиа соҳасини янги босқичга олиб чиқишга хизмат қилувчи муҳим майдон бўлди. #Sirdaryo #MediaHaftaligi #AxborotSiyosati #DigitalMedia #SMM #Mobilografiya #KontentYaratuvchilar #SirdaryoUz

+7
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Guliston shahrida "Yangi O'zbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida yoshlar tashabbuslari marafoni o'tkazildi. Ushbu marafonda, boshqarmaga biriktirilgan yoshlar polegonida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ilmiy-inovatsion va sinov tadqiqot institutining maxsus mobil yong'in-texnik laboratoriya avtomobili hamda maxsus texnika va asbob-anjomlarning ko'rgazmali namoyishi o‘tkazildi. Eng ahamiyatlisi, ertamiz egalarining o‘zlari bu kabi maxsus uskunalardan foydalanib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati Boshqa yangiliklar👇 📱sirdaryo.fvv.uz |📱Telegram |📱 Instagram|📱Youtube |📱Facebook

Хавфсизлик таъминланмоқда. Гулистон шаҳрида "Ёшлар куни" муносабати билан ташкил этилган байрам тадбирларида турли ҳилдаги фа
+8
Хавфсизлик таъминланмоқда. Гулистон шаҳрида "Ёшлар куни" муносабати билан ташкил этилган байрам тадбирларида турли ҳилдаги фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш мақсадида ФВБ ходимлари томонидан хизмат олиб борилмоқда. 🔰Сирдарё вилояти ФВБ Бошқа янгиликлар👇 📱sirdaryo.fvv.uz |📱Telegram |📱 Instagram|📱Youtube |📱Facebook

#Buni_bilish_muhim Yo‘llarda o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan sun'iy to‘siqlar qutqaruv ekipajining yong‘in sodir bo‘lgan joyiga o‘z vaqtida yetib borishini sekinlashtirishi mumkin. FVV mutaxassislarining tavsiyalariga rioya qiling. #Это_важно_знать Самовольно установленные искусственные препятствия на дорогах могут замедлить прибытие пожарно-спасательного экипажа на место возгорания. Прислушайтесь к рекомендациям специалистов МЧС. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X

🔥 Ёқилғи қуйиш шаҳобчаларида ёнғин хавфсизлиги масалалари муҳокама қилинди Сирдарё вилояти ФВБ бошлиғи ўринбосари А. Ғозихўж
+5
🔥 Ёқилғи қуйиш шаҳобчаларида ёнғин хавфсизлиги масалалари муҳокама қилинди Сирдарё вилояти ФВБ бошлиғи ўринбосари А. Ғозихўжаев томонидан вилоят ҳудудидаги автомобилларга ёқилғи қуйиш шаҳобчалари раҳбарлари иштирокида фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш ҳамда ёнғин хавфсизлиги талабларига қатъий риоя этиш масалаларига бағишланган йиғилиш ўтказилди. Йиғилиш давомида ёз фаслида ҳаво ҳароратининг юқори даражага кўтарилиши муносабати билан объектларда ёнғин хавфсизлигини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар белгилаб олинди. Хусусан, куннинг энг иссиқ вақти ҳисобланган соат 13:00 дан 16:00 гача бўлган даврда резервуарларга ёқилғи қабул қилиш ва қуйиш билан боғлиқ технологик жараёнларни вақтинча тўхтатиб туриш зарурлиги таъкидланди. Тадбир якунида барча автомобилларга ёқилғи қуйиш шаҳобчалари раҳбарларидан белгиланган талабларга қатъий амал қилиш ва ёнғин хавфсизлигини таъминлаш юзасидан кафолат хатлари олинди. Boshqa yangiliklar👇 📱sirdaryo.fvv.uz |📱Telegram |📱 Instagram|📱Youtube |📱Facebook

DIQQAT EʼLON! Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tay
DIQQAT EʼLON! Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 3-apreldagi PQ-123-son qaroriga asosan 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab FVV Akademiyasi bakalavriati va magistraturasiga fuqaro yoshlarni talabalikka oʻqishga qabul qilish belgilangan. Shunga muvofiq, FVV Akademiyasi yoshlarni oʻqishga taklif qiladi. Batafsil... ДИҚҚАТ ЭЪЛОН! Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Фавқулодда вазиятлардан муҳофаза қилиш соҳасида малакали кадрлар тайёрлаш тизимини тубдан ислоҳ қилиш чора-тадбирлари тўғрисида” 2026-йил 3-апрелдаги ПҚ-123-сон қарорига асосан 2026/2027-ўқув йилидан бошлаб ФВВ Академияси бакалавриати ва магистратурасига фуқаро ёшларни талабаликка ўқишга қабул қилиш белгиланган. Шунга мувофиқ, ФВВ Академияси ёшларни ўқишга таклиф қилади. Батафсил... ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

#Buni_bilish_muhim🧯🧯🧯 Har bir inson birlamchi o‘t o‘chirgichdan qanday foydalanishni bilishi kerak. Bu ko‘nikma eng kerak bo'lgan vaqtda yordam beradi. ———— #Это_важно_знать🧯🧯🧯 Уметь пользоваться огнетушителем должен каждый. Этот навык вам пригодится в самый нужный момент. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

#Bunday_qilish_taqiqlanadi Hurmatli fuqarolar! Suv havzalarida gidroskuter va boshqa kichik hajmli kemalarni videorolikdaga kabi boshqarish taqiqlanadi. Bunday qoʻpol boshqaruv usuli suv havzasida boʻlgan dam oluvchilar hamda gidroskuter boshqaruvchilarining oʻziga ham jiddiy xavf tugʻdiradi. Shuni taʼkidlash joizki, suv havzalarida bunday xatti-harakatlar uchun qoidabuzarlarga nafaqat jarima, balki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi ham qoʻllaniladi. — #Бундай_қилиш_тақиқланади Ҳурматли фуқаролар! Сув ҳавзаларида гидроскутер ва бошқа кичик ҳажмли кемаларни видеороликдага каби бошқариш тақиқланади. Бундай қўпол бошқарув усули сув ҳавзасида бўлган дам олувчилар ҳамда гидроскутер бошқарувчиларининг ўзига ҳам жиддий хавф туғдиради. Шуни таъкидлаш жоизки, сув ҳавзаларида бундай хатти-ҳаракатлар учун қоидабузарларга нафақат жарима, балки кичик ҳажмли кемаларни бошқариш ҳуқуқидан маҳрум этиш жазоси ҳам қўлланилади. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

ФВБ томонидан махсус-тактик ўқув машқи ўтказилди. Сирдарё вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси томонидан Оқолтин туманида
+9
ФВБ томонидан махсус-тактик ўқув машқи ўтказилди. Сирдарё вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси томонидан Оқолтин туманида жойлашган автомобилларга газ тўлдириш компрессор шаҳобчасида махсус-тактик ўқув машқи ташкил этилди. Мазкур ўқув машқи давомида объектда содир бўлиши мумкин бўлган фавқулодда вазиятлар, жумладан газ-ҳаво аралашмасининг чақнаши ва ёнғин ҳолатларида куч ва воситаларнинг ҳаракатлари амалий тарзда синовдан ўтказилди. Шунингдек, қутқарув бўлинмалари томонидан шартли жабрланганларни эвакуация қилиш, ёнғинни бартараф этиш ҳамда ҳудудда хавфсизликни таъминлаш бўйича ҳаракатлар бажарилди. Ўқув машқи иштирокчиларига ёнғин ва техноген тусдаги фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш, объектларда хавфсизлик қоидаларига қатъий риоя этиш ҳамда тезкор ҳаракат қилиш бўйича қўшимча кўрсатмалар берилди. 🔰Сирдарё вилояти ФВБ Бошқа янгиликлар👇 📱sirdaryo.fvv.uz |📱Telegram |📱 Instagram|📱Youtube |📱Facebook

ФВБ томонидан Сирдарё дарёси бўйларида кичик ҳажмли кемалардан хавфсиз фойдаланиш бўйича назорат-профилактика тадбирлари олиб
+8
ФВБ томонидан Сирдарё дарёси бўйларида кичик ҳажмли кемалардан хавфсиз фойдаланиш бўйича назорат-профилактика тадбирлари олиб борилди. Тадбирлар давомида қайиқ ва бошқа кичик ҳажмли сув транспорт воситалари эгалари ҳамда фойдаланувчилари билан тушунтириш ишлари ўтказилиб, сувда ҳаракатланиш қоидалари, қутқарув жилетларидан мажбурий фойдаланиш, техник хавфсизлик талабларига риоя қилиш ҳамда фавқулодда ҳолатларда ҳаракат қилиш тартиби юзасидан тавсиялар берилди. Шунингдек, масъул ходимлар томонидан сув объектларида бахтсиз ҳодисаларнинг олдини олиш, фуқароларнинг ҳаёти ва соғлиғини муҳофаза қилишга қаратилган профилактик тарғибот ишлари олиб борилди. 🔰Сирдарё вилояти ФВБ Бошқа янгиликлар👇 📱sirdaryo.fvv.uz |📱Telegram |📱 Instagram|📱Youtube |📱Facebook

Yozgi oromgohlarda xavfsizlik - bolalarimiz xotirjamligi! ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube
Yozgi oromgohlarda xavfsizlik - bolalarimiz xotirjamligi! ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

Diqqat !!! Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantiradi ! Videoni tomosha qiling, xulosa qiling va yaqinlaringizga ham ulashing. 🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati Boshqa yangiliklar👇 📱sirdaryo.fvv.uz |📱Telegram |📱 Instagram|📱Youtube |📱Facebook