Umar Sadullayev | Blog
Відкрити в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Показати більше5 123
Підписники
-724 години
-257 днів
-3830 днів
Архів дописів
Nihoyat😄
Ha azizlar, biz bilgandik, biz kutgandik 😄
Oxiri tan oldilar a 😄
(P.s: boshqa kanaldan hazil tariqasida aytganlar, hali beri bunaqa hazil qilmasalar kerak, saqlab qo'yaylik hazil bo'lsa ham)😁😁
@JoshDeveloper
#challenge
Tepadagi so'rovnomaga kanalimiz ichida challenj qilamizmi ?
Faqat yolg'on ishlatilmaydi, harkim o'zi internetni o'chirib, HTML, CSS va JS da kod yozadi. Editor sublime text bo'ladi. Hech narsa o'rnatilmagan holda. Boshqa qurilmadan ham foydalanilmaydi. (Asosiy maqsad xotirani mustahkamlash va tekshirish)
Oxirida berilgan vaqt tugadi degan postim ostiga hamma o'z natijalarini ko'rsatadi.
Masalan, skrenshot, falon narsalar qildim, falon joylar qolib ketdi va hkz. Yoki qayerda yengilgan bo'lsa shu narsani aytadi.
Xohishmandlar soniga qarab, dasturni ko'rinishi va boshlash-tugash vaqtlarini e'lon qilib, start beraman inshaaAlloh.
Nima deysiz, qo'shilasizmi ?
@JoshDeveloper
Internetsiz bir kichik dasturni o'zingiz 0 dan yoza olasizmi ?
Masalan "Todo" dasturi. (Bo'sh vaqtda sinab ko'rishni maslahat beraman)
Bugun ishda haqiqiy Britaniyalik inglizlar bilan gaplashib ko'rdim.
American va British english farqlarini yaqqol sezdim.
Ularda juda boshqacha bo'lar ekan.
Ingliz tilini yaxshilab o'rganish kerak.
Shunaqa gaplar 🙂
@JoshDeveloper
"Dasturda muommo chiqqanda".😄
#joke
P.s: Bunday holatga tushish to'g'ri emas. Bu hazil rasm😉
@JoshDeveloper
Repost from JR TwitGram 🥂
Kecha Amerikalik hamkasblar svet o’chib qolgani haqida aytishgandi. Bir nemis hamkasbim “Svet o’chishini tasavvur ham qila olmayman. Bir kun svetsiz o’tkazganimni eslay olmayman” desa bo’ladimi 🥲
“I feel you bruh” deb javob berdim.
Repost from Abduaziz π
Assalomu alaykum barchaga!
2-3 oydan buyon bir loyiha ustida ishlagan edim, shuni bugun "public" qildim. Biroz bo'lsada tajribasi bor dasturchilar docker'dan foydalanib ko'rishgan. Docker Desktop haqida ham eshitganlar ko'p bo'lsa kerak. Docker Desktop ilovasi ko'p funsksionalga ega, juda qulay va o'ta og'ir ilova ham hisoblanadi.
Qisman bo'lsada "alternativ", nisbatan yengilroq ilova ishlab chiqishni rejalashtirgan edim va buni uddaladim deb ayta olaman. Hozirda uni ubuntu operatsion tizimi uchun ishlab chiqardim. Tez orada qolgan operatsion tizimlarda ham chiqaraman, albatta talab bo'lsa (mac OS'da muammo bo'lmasa bo'ldi 😁).
🔴 Muammolar bo'lsa github'dagi Issues
🟢 Loyiha kodiga yangilik qo'shib kiritmoqchi bo'lsangiz Pull requests
🟣 G'oya & tavsiyalaringiz bo'lsa Discussions bo'limidan foydalanishingiz mumkin.
🔗 Havolalar: github, video (o'rnatish, foydalanish)
P.S python ❤️ angular ("sila")
@AbduazizPy
Repost from Abduaziz π
Assalomu alaykum barchaga!
2-3 oydan buyon bir loyiha ustida ishlagan edim, shuni bugun "public" qildim. Biroz bo'lsada tajribasi bor dasturchilar docker'dan foydalanib ko'rishgan. Docker Desktop haqida ham eshitganlar ko'p bo'lsa kerak. Docker Desktop ilovasi ko'p funsksionalga ega, juda qulay va o'ta og'ir ilova ham hisoblanadi.
Qisman bo'lsada "alternativ", nisbatan yengilroq ilova ishlab chiqishni rejalashtirgan edim va buni uddaladim deb ayta olaman. Hozirda uni ubuntu operatsion tizimi uchun ishlab chiqardim. Tez orada qolgan operatsion tizimlarda ham chiqaraman, albatta talab bo'lsa (mac OS'da muammo bo'lmasa bo'ldi 😁).
🔴 Muammolar bo'lsa github'dagi Issues
🟢 Loyiha kodiga yangilik qo'shib kiritmoqchi bo'lsangiz Pull requests
🟣 G'oya & tavsiyalaringiz bo'lsa Discussions bo'limidan foydalanishingiz mumkin.
🔗 Havolalar: github, video (o'rnatish, foydalanish)
@AbduazizPy
Repost from Khumoyun Codes
IT hamjamiyatlar va ularning o’rni
Har qanday soxada networking ya’ni (o’zbekchasiga aytganda tanish-bilishchilik 😅) o’rni kattaligini bilamiz, lekin tanish-bilish deganda bizning hayolimizga negativ fikrlar keladi. Aynan shu networking bizni tanish-bilishchilikni pozitiv ko’rinishi hisoblanadi, nega deyilsa har qanday yaxshi tanishingiz sizga o’z soxasi bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatib yordam berishi mumkin, buning uchun faqatgina tanishishning o’zi kifoya. Bunday tanishuvlar orttirish uchun ko’proq tadbirlarga borish va hamjamiyatlar a’zosi bo’lish ayni muddamo bo’ladi. O’zbekistonda IT soxasini rivojlanishiga o’zining katta hissasini qo’shayotgan hamjamiyatlar ko’paymoqda. UzGeeks, Texnoman, GDG Tashkent va boshqalarni bunga yaqqol misol qilib olishimiz mumkin va ular o’tkazgan deyarli barcha tadbirlarda networking uchun vaqt ajratiladi. Lekin ko’pincha yoshlarimiz bu vaqtda o’zlari bilan kelgan do’stlari yo tanishlaridan uzoqlashmay yangi potensial hamfikr odamlar bilan suxbat qurishga urinib ko’rishmaydi. Bu albatta odamning tabiati va xarakteriga ko’proq bog’liqku, lekin ‘Comfort zone’ dan o’zingizni olib chiqib, yangi tanish orttirsangiz sizda hozirda bor imkoniyatlaringizga bir ➕ bo’lishi mumkin. Oddiy misol keltiradigan bo’lsak, siz soxaga endi kirib kelayotgan odamsiz va bilimingiz hali ishga kirishga yetmaydi, ammo sizga “stajirovka” taklif qilinib, tajriba orttirishga ozgina imkon berilsa siz to’liq potensialingizni ko’rsata olasiz. IT-Tadbir yoki hamjamiyatlarda biron bir bilimlari mustaxkam va yaxshi ish o’rniga ega odam bilan tanishdingiz va u inson hozir o’z ish joyida bo’lajak mutaxasislarni tayyorlashga dastur ochilayotgani haqida xabar berib sizni u yerga taklif qildi. Tasavvur qiling, siz har bir yaxshi yomon “recruiter” yoki kompaniyani eshigini taqillatib yurganingiz qayerdaku, sizni tayyor “ish”ga joylab qo’yib, ishonch bildirganliklari qayerda (albatta bu ishonchni oqlash kerak bo'ladi).
IT Hamjamiyatlarning asosiy vazifalaridan biri ham aynan shu, bilimli mutaxasislarni o’z tajribalarini ulashishdan tashqari ular bilan sizlarni tanishtirish. Hamfikr insonlar bir joyga to’planganda ancha katta ishlar qilib yuborsa bo’ladi menimcha, masalan Steve Jobs va Steve Wozniak nega Apple Computersga asos solishgandan keyin u rivojlanib ketti, ular do’st bo’lib bir garajda ish boshlashganigami? Yoki o’zlariga hamfikr va ko’zida uchquni bor boshqa tanishlari bilan oldin hamjamiyat keyin kompaniyaga qurishganigami? Menimcha ikkinchi variant tog’riroq bo’ladi. Hozirda shuning uchun ham, Co-working markazlari, IT-Hublar, IT-hamjamiyatlarga asos solinishiga va hamfikr insonlarni bir joyga jamlashga katta urg’u berilyapti. Bizga berilgan va yaratilayotgan imkoniyatlardan tog’ri foydalanish, karyeramizdagi eng katta yutuqlarga olib kelishi va yangiliklar kiritishi mumkin.
O’zimdan misol qiladigan bo’lsam, ko’pgina hozirda aktiv muloqot qiladigan do’stlarim va tanishlarim bilan huddi shunday hamjamiyatlar orqali tanishganman, ular orqali yaxshi ish joylari va yana yangi tanishlar-do'stlar orttirganman. Hozirda ularning bir qismi bilan, O'zbekistondagi eng katta IT-Hamjamiyat “GDG Tashkent” ni 2018-yildan beri qurib, rivojlantirib kelmoqdamiz (Oldin ham hamjamiyatimiz bo’lgan lekin bunday nomlanmagan).
Oxirgi postlarda e’lon qilingan “FrontSpot Uzbekistan” hamjamiyatiga ham, EPAM kompaniyasidagi hamkasblarim bilan asos solmoqdamiz va 24-Iyul kuni bizning (GDG Tashkent x FrontSpot Uzbekistan) birinchi tadbirimiz bo’lib o’tadi. Siz do’stlarimni ham ushbu hamjamiyatga va bo’ladigan tadbirlarimizga taklif qilib qolaman va ular orqali o’zingizni imkoniyatlaringizni ko’paytirishingizni hohlayman.
Kanal uchun link:
https://t.me/frontspot_uzbekistan
Sharing is caring! 😉
@khumoyun_codes
Hafta so'ngida bizni ajoyib meetup'lar kutyapti inshaaAlloh.
UzJSCommunity va INNO Technopark hamkorlikda ilk "Javascript Meetup"ini tashkillashtirayapti.
Batafsil: https://t.me/jsmeetupuz/10
/* ———— Dastur kodiga komment ham yozib turinglar! ——— */
FrontSpot Uzbekistan
🔸 React Bad Parts - Sho-Aziz Shorakhimov, Software Engineer at EPAM
🔸 Angular 14 - Aleksey Kulagin, Software Engineer at EPAM
🔸 You don't love JS - Nazim Turakulov, Project Manager
Batafsil: https://t.me/epam_uzbekistan/229
React'chilar tinchlantiruvchi dori ichib borishi tavsiy qilinadi! (Joke 😅)
Postni o'rtasidagi kommentni tegishli egalariga yuborish esingizdan chiqmasin. 🙂
@JoshDeveloper
Ko'pchilik mendan:
- Frontendni tanlaymi ?
- Backendni tanlaymi ?
- Frontend va backendni birga o'rganib, Fullstack bo'laymi ?
deb so'rashadi.
Oxiri zo'r yechim topdim.
Ushbu rasmda, tushunarli qilib chizib qo'ydim hammasini.
Marhamat.
Ha aytgancha, ushbu maqolani ham o'qib qo'ying. 😉
(Post qayta ulashildi)
@JoshDeveloper
Hey, haliyam shaxsiy blogimga qo'shilmadingizmi ?
Uyerda, o'zim haqimda va qiziqishimdan kelib chiqqan dasturlashdan tashqari postlarni ko'rishingiz mumkin.
Marhamat: https://t.me/UmarSadullayev
@JoshDeveloper
Dasturlashda karyerangizni iloji boricha xato qilmasdan olib borgingiz bormi ?
Unda tepadagi postni kommentiga kirib, odamlarni yozgan xatolaridan saboq oling. 😉
Postni birimi ?)
O'zim ham o'qib saboq oliiib o'tiribman😄
@JoshDeveloper
Dasturlash karyerangizda qilgan eng katta xatoyingiz nima ?
*
*
*
@JoshDeveloper
Yaxshi suhbat bo'lyapti.
Outsource kompaniyada ishlash mavzusida Humoyun Inoyatov bilan ovozli chat
Manzil: @nizamoff
@JoshDeveloper
Kodingizni to'g'riligini tekshirib turadigan kod o'zida xato bo'lsa qiyin ekan...😄
To'g'ri testlash ham bir san'at.
#joke
@JoshDeveloper
IT Park va AKT vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50% miqdorini qoplash dasturi ishga tushirildi.
Qanday hujjatlar talab qilinadi, qanday xalqaro sertifikatlar kompensatsiya olish huquqiga ega, kompensatsiya miqdori qanday aniqlanadi?
Bu va boshqa savollarga javob topish uchun havola orqali o‘ting:
https://clck.ru/sHUWW
Manba
@JoshDeveloper
Repost from Daryo | Rasmiy kanal
IT Park va AKT vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50% miqdorini qoplash dasturi ishga tushirildi.
Qanday hujjatlar talab qilinadi, qanday xalqaro sertifikatlar kompensatsiya olish huquqiga ega, kompensatsiya miqdori qanday aniqlanadi?
Bu va boshqa savollarga javob topish uchun havola orqali o‘ting:
https://clck.ru/sHUWW
Reklama
