Khumoyun Codes
Відкрити в Telegram
Dasturlash va dasturchi hayotiga oid maqola va media kontentlar. Muallif: Khumoyun Inoyatov | Boshqa tarmoqlarga linklar:https://linktr.ee/ikhumoyun | Tanlangan maqolalar:https://bit.ly/3PBHPOM
Показати більше4 634
Підписники
+124 години
-97 днів
-9130 днів
Завантажуємо дані
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
жовтень '26жовт '26
жовтень '26
+65
в 3 каналах
вересень '26
+132
в 4 каналах
Get PRO
серпень '26
+182
в 5 каналах
Get PRO
липень '26
+606
в 12 каналах
Get PRO
червень '26
+146
в 2 каналах
Get PRO
травень '26
+210
в 0 каналах
Get PRO
квітень '26
+243
в 4 каналах
Get PRO
березень '26
+95
в 0 каналах
Get PRO
лютий '26
+136
в 19 каналах
Get PRO
січень '26
+86
в 5 каналах
Get PRO
грудень '25
+173
в 27 каналах
Get PRO
листопад '25
+119
в 4 каналах
Get PRO
жовтень '25
+75
в 1 каналах
Get PRO
вересень '25
+106
в 4 каналах
Get PRO
серпень '25
+110
в 2 каналах
Get PRO
липень '25
+73
в 1 каналах
Get PRO
червень '25
+91
в 4 каналах
Get PRO
травень '25
+65
в 2 каналах
Get PRO
квітень '25
+102
в 1 каналах
Get PRO
березень '25
+155
в 2 каналах
Get PRO
лютий '25
+165
в 12 каналах
Get PRO
січень '25
+266
в 9 каналах
Get PRO
грудень '24
+451
в 24 каналах
Get PRO
листопад '24
+412
в 38 каналах
Get PRO
жовтень '24
+135
в 1 каналах
Get PRO
вересень '24
+132
в 4 каналах
Get PRO
серпень '24
+159
в 3 каналах
Get PRO
липень '24
+281
в 4 каналах
Get PRO
червень '24
+135
в 3 каналах
Get PRO
травень '24
+201
в 15 каналах
Get PRO
квітень '24
+148
в 11 каналах
Get PRO
березень '24
+328
в 2 каналах
Get PRO
лютий '24
+188
в 10 каналах
Get PRO
січень '24
+282
в 21 каналах
Get PRO
грудень '23
+598
в 12 каналах
Get PRO
листопад '23
+236
в 7 каналах
Get PRO
жовтень '23
+108
в 4 каналах
Get PRO
вересень '23
+89
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+953
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+135
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+44
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+114
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+52
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+85
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+51
в 0 каналах
Get PRO
січень '23
+70
в 0 каналах
Get PRO
грудень '22
+481
в 0 каналах
Get PRO
листопад '22
+84
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '22
+46
в 0 каналах
Get PRO
вересень '22
+35
в 0 каналах
Get PRO
серпень '22
+159
в 0 каналах
Get PRO
липень '22
+857
в 0 каналах
Get PRO
червень '22
+95
в 0 каналах
Get PRO
травень '22
+65
в 0 каналах
Get PRO
квітень '22
+72
в 0 каналах
Get PRO
березень '22
+45
в 0 каналах
Get PRO
лютий '22
+43
в 0 каналах
Get PRO
січень '22
+213
в 0 каналах
Get PRO
грудень '21
+135
в 0 каналах
Get PRO
листопад '21
+40
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '21
+26
в 0 каналах
Get PRO
вересень '21
+179
в 0 каналах
Get PRO
серпень '21
+32
в 0 каналах
Get PRO
липень '21
+68
в 0 каналах
Get PRO
червень '21
+475
в 0 каналах
Get PRO
травень '21
+921
в 0 каналах
Get PRO
квітень '21
+159
в 0 каналах
Get PRO
березень '21
+7
в 0 каналах
Get PRO
лютий '21
+522
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 25 жовтня | 0 | |||
| 24 жовтня | +2 | |||
| 23 жовтня | +5 | |||
| 22 жовтня | +1 | |||
| 21 жовтня | +1 | |||
| 20 жовтня | +2 | |||
| 19 жовтня | +1 | |||
| 18 жовтня | +5 | |||
| 17 жовтня | +4 | |||
| 16 жовтня | +2 | |||
| 15 жовтня | +5 | |||
| 14 жовтня | 0 | |||
| 13 жовтня | +5 | |||
| 12 жовтня | +2 | |||
| 11 жовтня | +1 | |||
| 10 жовтня | +2 | |||
| 09 жовтня | +4 | |||
| 08 жовтня | +2 | |||
| 07 жовтня | +4 | |||
| 06 жовтня | +2 | |||
| 05 жовтня | +1 | |||
| 04 жовтня | +3 | |||
| 03 жовтня | +7 | |||
| 02 жовтня | +1 | |||
| 01 жовтня | +3 |
Дописи каналу
PHP’da ikkita jiddiy zaiflik aniqlandi!
CVE-2026-109618 va CVE-2026-109619 zaifliklari PHP2Shell nomini oldi.
Ushbu zaifliklar orqali xakerlar ayrim PHP serverlariga masofadan turib hujum qilishi va zararli kodlarni ishga tushirishi mumkin. Shu sababli internetdagi millionlab veb-saytlar xavf ostida bo‘lishi mumkin. Eng xavfli tomoni, ayrim holatlarda buning uchun tizimga kirish yoki parolni bilish ham shart emas. Muammo PHP’ning o‘zida bo‘lgani sababli, WordPress yoki Laravel kabi texnologiyalarda ishlaydigan loyihalar ham xavf ostida bo‘lishi mumkin.
Agar saytingiz PHP’da ishlasa, uning versiyasini tekshirib, xavfsizlik yangilanishlarini o‘rnatish tavsiya etiladi. Va bundan keyin umuman PHP ishlatmang 😅
P.S. PHPni yonini oladiganlar, qarab qo'ymaysilarmi?! 🙂
@khumoyun_codes
| 2 | Kecha Instagramda bitta videoga ko'zim tushdi. Har bir yangi chiqqan modeldan keyin, u haqida jar solib, vahima qilib, "Endi aniq pishdik" deydiganlarni shu videodagi odamlarga o'xshataman.
Ha balki pisharmiz bir kun, FOMO uyg'otishdan lekin nima foyda? :)
P.S. Shunaqa deymanku, lekin o'zim ham qo'ldan kegancha ishlataman. Men ham AI so'zini kanalimni oldiga qo'yib olib, post yozishni boshlasammikin a? 🤣
@khumoyun_codes | 1 677 |
| 3 | Esingizda bo'lsa AI yordamida animatsiyali video qilib, natijani kanalda ulashgandim. Shundan keyin Instagramdagi sahifam uchun, texnika, texnologiya, ularning tarixi, ishlash prinsiplari haqida video qilishni boshladim. Deyarli 23 kunda, 120 dan, 500 ta obunachiga chiqdim. Ha natija "voydod" devoradigan darajada emas. Lekin o'zimga yoqyapti, asosan vaqtim mavzu topish va ovozlashtirishga ketyapti.
Obuna bo'lsangiz xursand bo'lamiz albatta :) Sayohatlar, kundalik hayot hammasi shu akkauntda.
Link 👉 https://www.instagram.com/khumoyun.inoyatov | 1 904 |
| 4 | Do'stimiz Shodiyor Phillips kompaniyasi dasturiy ta'minotidan zaiflik topibdilar. Bu oddiy lampochkalardan tortib, MRTlargacha ishlab chiqaridgan Niderlandiya kompaniyasi mahsulotlaridan bir necha yuz millionlab odam kundalik hayotida foydalanadi. Bu yutuq bilan ularni tabriklaymiz 👏
Bunday zaifliklarni topib to'g'irlash siz va bizga qanday foyda beradi deydigan bo'lsak, kecha yakshanba kuni Daniyaning Denfoss kompaniya qurilmalariga bo'lgan xakerlik hujumi sababli, Fransiyadagi katta supermarket tarmog'i bo'lgan Intermarche do'kon va omborlariga o'rnatilgan muzlatgichlar ishdan chiqarilgan. Mahsulotlar saqlanadigan joylardagi harorat +50 darajagacha ko'tarilib, mahsulotlar aynib qolgan. Shu sababli, kompaniya millionlab yevro zarar ko'rgan, mahalliy aholi esa oziq-ovqat bilan ta'minlanishida muammolarga uchragan (Manba)
Deylik, bunday xujumga muzlatgich emas, MRT, Rentgen aparati yoki shunga o'xshash qurilmalar infratuzilmasi uchrasa, g'araz maqsadli xakerlar, begunoh insonlarni hayotiga xavf tug'dirishi mumkin. Dasturiy ta'minot ishlab chiqarish kundalik hayotimizga qanchalik foyda olib kelsa, ulardagi xavfsizlik masalasi bu foyda zararga aylanmasligiga yordam beradi. HAADda o'qiganimda ham bunday caselarni bir nechtasi qanday holatlarga olib kelgani haqida o'rganganmiz. Shuning uchun ham, bu yuqoridagi yutuq faqat qaysidir kapitalistik korporatsiyaning foydasi uchun emas, sizu-bizga o'xshagan insonlarni foydasiga ishlaydi endi.
@khumoyun_codes | 2 502 |
| 5 | Jakhongir aka (@JR_TwitGram) tavsiya qilgan qo'shiqni eshitib, ma'nosiga e'tibor beringlar, ko'zimga yosh keldi eshitib 😢️️️️️️
https://www.youtube.com/watch?v=3TNpOD6bov8
@khumoyun_codes | 3 500 |
| 6 | Ustoz va murabbiylar kuni bilan!
Hamma sizga dars bergan odamlar ustoz bo'la olmaydi, hamma ustozlar ham bu nomga loyiq emas. Lekin oralarida shundaylari borki, sizning hayotingizda tubdan burilish bo'lishiga yordam beradi. Bu qatorga men ota-onam va akalarimni qo'shmaganimda, 2 kishini doimiy esga olaman. Biri Ingliz tilidan menga dars bergan Shahnoza Aliyeva ismli ustozimni, ikkinchisi dasturlashda meni zo'rg'a emaklab yurganimda oyoqqa turishimga yordam bergan ustozim Maqsud aka Karimovni. Ikkovlari ham menga ilmda qa'tiyatli bo'lishni, shunchaki o'rganmaslikni va bu oson bo'lmagan ishda quntli bo'lishni o'rgatib, kerakli vaziyatlarda doimo suyab turishgan. Vaziyatdan foydalanib bu ustozlarimga, siz do'stlarim oldida rahmat aytmoqchiman!
@khumoyun_codes | 3 262 |
| 7 | Reasoning
Kuni bo'yi o'tirib, ochgan PRimda 50 qator code o'zgarpti, logika bo'yicha o'zgarishlar juda kam, asosan fixlar UI bo'yicha. O'ylanib qoldim, shunchagina ish qildimmi deb, agar kod bo'yicha ish tekshirilsa kuni bo'yi ish qilmagandek bo'lib chiqyapman. Ammo, asosiy ish "investigation", ya'ni izlanishda bo'ldi. Qarasam, kuni bo'yi faqat ma'lumot to'plab xulosa yozibman, nega bu narsa PRODda ishlamayapti, DEVda ishlayapti, nega buni Frontendda qilib bo'lmaydi, UI-KIT ga shong'ish kerak va hkz. Dasturchi-Muhandis uchun eng muhim ko'nikmlardan biri ham shu, ya'ni "reasoning", faktlarni, dalillarni to'play olish va ulardan tog'ri xulosa chiqarib jamoa a'zolariga taqdim eta olish. Albatta, reasoningdan tashqari muloqot ko'nikmalari ham yaxshi bo'lish kerak, dalil va xulosalarni yig'ib hamkasblarni ko'nglini og'ritib qo'ymasligingiz uchun 😄
Keyingi safar ishni frontenddan, backendga, backenddan frontendga o'tkazayotganingizda bilingki, siz ishdan qochmayapsiz yoki urishqoq emassiz. Sizni shunchaki reasoning ko'nikmalaringiz yaxshi 😌
P.S. AI davrida, biron bir ishni qo'lda qilib xursand bo'lyapman, oldin biron bir ishni AI orqali qildirib xursand bo'layotgandim. Qiziq holat.
@khumoyun_codes | 3 621 |
| 8 | AI yordamida motion grafika orqali video qilishga harakat qilib ko'rdim. Hech qanday, skills, mcp, tools va boshqalarsiz. Shunchaki Claude va ChatGPT orqali. Animatsiya, Cover, matn AI orqali yozildi va ozgina "customize" qilindi. Ovozni esa o'zim yozdim, uni ham qandaydir automate qilishga yechimlar bor ekan, lekin hali hom.
Menimcha motion grafikali video qilish hech qachon bundan oson bo'lmagan.
@khumoyun_codes | 2 912 |
| 9 | MyGovda tavsiya etilayotgan vakansiyalar AI kelajagining bizni soha haqida tahminlari salbiymi deymanda 🤨🤨🤨
#joke #maybeNot
@khumoyun_codes | 3 464 |
| 10 | Yandex Uzbekistan 2026-yil uchun Great Place to Work sertifikatiga ega bo‘ldi. 🏆
👍 Bu yerda raqamlar chindan ham qiziq.
Xodimlarning 95 foizi Yandex’ni ishlash uchun ajoyib joy deb baholagan.
Ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalar esa yanada yuqori:
🔹 98 foiz xodim ish uchun zarur resurslar va jihozlar bilan ta’minlanishini aytgan.
🔹 98 foiz ularga yuqori darajadagi mas’uliyat ishonib topshirilishini qayd etgan.
🔹 98 foiz xodimlarga jinsidan qat’i nazar adolatli munosabatda bo‘linadi, deb hisoblaydi.
🔹 99 foiz ish joyini jismoniy jihatdan xavfsiz deb baholagan.
IT-kompaniya uchun bu ancha muhim ko‘rsatkichlar. Ayniqsa, gap tashqi baholash haqida emas, balki kompaniya xodimlarining o‘zlari ishtirok etgan so‘rovnoma natijalari haqida ketayotganini hisobga olsak.
🧑💻 Yosh mutaxassislarga e’tibor ham alohida e’tiborga loyiq. Yandex Uzbekistan’da stajirovkalar, shuningdek, talabalar va ish faoliyatini endi boshlayotgan mutaxassislarning kompaniya jamoalari bilan birga real loyihalar ustida ishlash imkoniyatlari haqida so‘z boradi.
Yandex Uzbekistan uchun Great Place to Work sertifikati Yango Group’ning yanada kengroq e’tirofining bir qismiga aylandi: 2026-yilda kompaniyaning 17 ta mamlakat va bozordagi jamoalari ushbu sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bir yil avval bunday bozorlar soni 9 ta edi.
Aftidan, bu yerda shunchaki texnologik kompaniya emas, balki insonlar uchun qulay va munosib ish muhitini yaratishga ham e’tibor qaratilmoqda.
@khumoyun_codes | 3 223 |
| 11 | Backend yo‘nalishida o‘z bilimini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun.
Yandex Uzbekistan Toshkentda uch haftalik bepul Dev Camp o‘tkazmoqda.
🕔 Sana: 10–31 oktyabr.
🧑💻 Dasturda:
• Backend
• Algoritmlar
• AI
O‘qishdan tashqari, ishtirokchilar Yandex muhandislari va jamoa rahbarlari bilan muloqot qilish imkoniga ham ega bo‘ladi.
🤩 Eng muhimi — eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tishlari mumkin.
Kimlar uchun mos?
• IT yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar
• Yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilar
• Backend yo‘nalishida rivojlanmoqchi bo‘lganlar
Ish tajribasi va yosh qat’iy cheklov hisoblanmaydi.
Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Agar siz O‘zbekistonning boshqa hududidan bo‘lsangiz, saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashashi kompaniya tomonidan qoplanadi.
👉 Arizalar 30 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Dev Camp'da ishtirok etish uchun ariza topshirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.
@khumoyun_codes | 3 215 |
| 12 | Yangi setup 👨💻
Oxirgi 1.5 oydan beri yana uyda ishlashni boshladim, bilmadim nega lekin ofisdan ko'ra uyda unumdorligim balandroq bo'ldi. Shunga xonam va setupga bir oz o'zgartirishlar kiritdim. Cozy setup qilishga harakat qildim, o'xshadimi yo'qmi bahoni sizlar berasizlar.
Lekin men duch kelgan asosiy muammo bu stol ustidagi tartib bo'ldi, hardoim men nimadir kerak bo'lsa shkafimdan olamanu va stolni ustida qoldirib ketaman, qaytib qo'yish esdan chiqadi, oyda bir yana joyiga qaytaraman. Bu "muammo"ni yechish uchun shogirdlarim pegboard sotib olishni maslahat berishdi. Keyin pegboardlarni yopishitirshni boshladim, avvaliga 6 ta panel, keyin 8 ta keyin 16 ta qilib ish stolimni 2 qismga ajratdim, ish va gaming zone qilib. Qarabsizki hamma narsa joy joyida.
Menga bu pegboardlar juda yoqdi, hohlaganingizdek o'zingizga moslashtirsangiz bo'ladi. Istalgan narsani joylashtirish uchun aksessuarlar bor. Shunga pegboard sotuvchisiga tekinga reklama qilib berishni taklif qildim, balki menga o'xshagan tartibga intilgan hamkasblarimizga foydali bo'lar.
Xullas @S_Samifa akkauntiga murojat qilsangiz, ushbu pegboardlar, turlari, narxlari, aksessuarlari haqida ma'lumot olinshiz mumkin. Bu postdan kelganlar uchun 5% chegirma qilib berishlariga ham kelishdik. Xullas qiziq bo'lsa:
#fromKhumoyun
deb murojat qilib 5% chegirma oling 🙃
Tekin reklama :) Hech qanday tirikchilik huquqlari asosida emas.
@khumoyun_codes | 2 161 |
| 13 | Maslahatlardan keyingi xulosa 🗒
Yuqoridagi mavzuda ko'p insonlar o'zlarini caselarini aytib o'tishdi, maslahatlar berishdi, yopiq guruhlarda ham bu mavzu ustida ko'p suhbatlar bo'ldi, kimdur aynan shu davrni men kabi boshidan o'tkazayotganini ta'kidladi. Men yolg'iz emasligimdan, dardimga sherik bo'lgan "darddoshlarim" borligidan qanaqadir ma'noda xursand bo'ldim. Chunki qanday inson bo'lishingizdan qat'iy nazar odam hohlamasa ham o'zini boshqalarga solishtiradi. Birinchi qaraganda, atrof-muhitda hamma nimadir qilayotgandek, hamma zo'r bo'lib ketgandek, kezi kelsa Mirshakar aytganiga o'xshab "kimdur soqqa qilyapti" degan hayollarga borardim 😅, yo'q unday emas ekan. Bu shunchaki krizis davri va FOMO ekan, nasib qilsa bu krizisdan ham chiqib ketarmiz.
Endi maslahatlarga kelsak, ba'zilar hazilomus maslahatlar berishdi, ba'zilar tog'ri tushunib jiddiy maslahatlar berishdi, lekin ba'zilar bergan maslahatlar menga sal g'alati tuyildi. Oddiyroq mizol qilib aytadigan bo'lsak "men hovuzda suzolmayapman, oxirgi marotaba qachon suzishga harakat qilib ko'rganimni bilmayman desam, ko'lda suzishni o'rganib ko'ring, keyin hovuzda suzishni o'rganib ketasiz" degan ma'noda bo'ldi 😬 Tog'risi bunisi sal g'alati bo'ldi menga, balki shunchaki tushunmovchilikdir.
Asosiysi, ba'zi maslahatlarda boshqa sohani o'rganib ko'ring, asosiy ishga umuman aloqasi bo'lmagan deyildi. Shu maslahatlardan birida "Embedded"ni o'rganib ko'ring deyishdi. Ya'ni oddiyroq aytsak mikrokontrollerlar bilan ishlashni o'rganishni taklif qilishdi. AI davrida, ko'p ishlarni qo'l bilan qilmagandan keyin siqilib qolmaslik uchun, nimadir qurish (qura olish) xissi qaytishi uchun ba'zilar shu yo'ldan ketishimni aytishdi. Kichik researchlar o'tkazib ko'rdim, umuman olganda qiziq soha ekan. Men universitetda 1 semestr o'qiganimizdan keyin unch qiziqmagandim, baribir akademik sabab bilan o'rganish bilan, qiziqish bilan o'rganishni farqi bor. Hozircha shu yo'nalishga kirib ko'rmoqchiman, lekin nimadan va qanday qilib boshlash bo'yicha tuzzukroq rejam yo'q.
Agar oramizda bu soha mutaxasislari, qiziqganlar, o'rganganlar, yoki entuziastlar bo'lsa iltimos izohlarda o'z maslahatlaringizni qoldiring.
@khumoyun_codes | 1 845 |
| 14 | Nimanidir o'zgartirish kerak
Ba'zida o'ylab qolaman, men rostanam ham injiniringga qiziqamanmi o'zi? Youtubeimga kirsangiz hech qanday dasturlashga, AIga yoki umuman sohamga aloqasi bo'lgan kontent yo'q, barchasi qandaydir texnikaga, devicelarga, siyosiy yangiliklar va hkzlarga to'la. Oxirgi martta, soham vakillari bo'lgan qandaydir interview yoki suhbatni to'liq o'tirib ko'rganimni eslolmayman. Ishdan tashqi vaqtda dasturlashga, nimadir g'oyani yangilashga hohishim yo'q. Faqatgina majburligimdan o'rganayapman ba'zi narsalarni, AI bo'ladimi boshqa bo'ladimi, "basic need"larimni yopsa bo'ldi.
Ishimniyam sevmay qo'ydimmi bilmadim, unga faqat oylik vositasi sifatida qarayman, ishini sevgan inson ishlab maza qiladi, kod yozib maza qiladi, kod yozmayapgan bo'lsa ham qurayotgan ilovasi, loyihasidan maza qiladi, men bu tuyg'uni his qilmay qo'yganimga ancha bo'ldi. Dofamin faqatgina oylik tushganda, tushgan maoshni o'zimga yoki oila a'zolarimga sarflaganimda ko'tariladi.
Hardoim shunday bo'lganmi yo'qmi bilmadim, lekin oldin menimcha ko'proq sohamga qiziqardim, ko'proq kimdan nimadan bo'lsa ham o'rgangim kelardi, kammi ko'pmi, tezmi sekinmi nimanidir o'rganardim. Ko'zlardagi olov o'chishiga nima sabab bo'ldi? Ish har kungi "rutina"ga aylanib qolganimi? Dangasalikmi? AI orqali ishlarim bitib ketayotganimi? Komfort zo'nasimi? Bilolmay qoldim.
Passion (zavq, ehtiros) yo'q, enthusiasm (ishtiyoq) yo'q, shunchaki ish, shunchaki pul keltiruvchi vosita...
Siz hech shunday narsa haqida o'ylab ko'rganmisz? Sizga ham atrofdagi barcha sohasini sevuvchi, ishidan kayf olib ishlaydiganlaru, siz esa shunchaki qora qozonni qaynashi uchun yurgandek bo'lganmisz? Yoki menda shunchaki burnout yoki ish depressiyasi bo'lyaptimi? 🧐 Iloji bo'lsa o'zingizni holatingizdan kelib chiqib yozib keting.
Nimanidir o'zgartirish kerak, lekin nimani?
#tungiDepressiya
@khumoyun_codes | 2 302 |
| 15 | AI va ML sohasini haqiqatan ham chuqur o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Yandex ML School Uzbekistan’da qabul yopilishiga 5 kun qoldi.
Bepul bir yillik dastur doirasida sizga matematik bazani mustahkamlash, Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision, NLP, LLM va Reinforcement Learning yo‘nalishlari bo‘yicha bilim beriladi. Qo‘shimcha ravishda, texnologik kompaniyalar ekspertlari ishtirokida vorkshoplar ham o‘tkaziladi.
Darslar kechki payt Toshkentda oflayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Jami 35 ta o‘rin mavjud. Qabul uchun saralovdan o‘tish kerak — buning uchun universitetning 1–2-kurs darajasidagi matematika va dasturlash bo‘yicha bilimlar talab etiladi.
Shaxsan men bunday dasturlarga qiziqish bilan qarayman: bu yerda shunchaki prompt yozish bo‘yicha turli xaklar to‘plami emas, balki mustahkam baza va amalda qo‘llanadigan ko‘nikmalar beriladi.
Arizani 9-sentabrgacha havola orqali topshirish mumkin.
@khumoyun_codes | 2 800 |
| 16 | 📌 E'lon! Doimiy ishlash uchun, co-working qidirayotganlar bo'lsa, ofimizda 3 ish o'rni bo'shadi, katta co-workinglardan zerikkanlar bo'lsa biz bilan bog'laning :)
🤔 Biz nima beramiz?
- Studiyadan va uning jihozlaridan to'liq foydalanish
- Yuqori tezlikdagi internet
- Kreslo va stol
📍Joylashuv: Shahriston metro bekatidan 80 metr uzoqlikda
⚠️ Shartlar:
- Tozalikka e'tibor berish
- Ofisdan faqat ish joyi sifatida foydalanish
- Ijara haqqini o'z vaqtida to'lash
👇 Qiziqqanlar bo'lsa quyidagi ma'lumotlarni @EpicLabAdmin profiliga yozib qoldiring:
- Ismingiz
- Yoshingiz
- Ish joyingiz yoki o'qish joyingiz
Oylik ijara narxi: Kishi boshiga 100$
Agar 3 kishilik jamoa birdaniga kelsa chegirma qilib beramiz :)
@khumoyun_codes | 15 989 |
| 17 | Agar siz dasturlash va dasturiy ta’minot bilan shug‘ullansangiz va keyingi yo‘nalishingizni tanlayotgan bo‘lsangiz, ML yo‘nalishida o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.
👍 Yandex ML School Uzbekistan talabalar va mutaxassislar uchun mashinaviy o‘rganish bo‘yicha bepul bir yillik dasturga yangi qabulni boshladi. Ishtirokchilar matematika asoslari, Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision, NLP, LLM va Reinforcement Learning yo‘nalishlarini o‘rganadi.
Yandex ML School dasturi doirasida ishtirokchilar uy vazifalarini bajaradi, o‘qituvchilardan muntazam fikr-mulohaza (feedback) oladi hamda texnologik kompaniyalar vakillari ishtirokidagi amaliy seminar va seminarlarda qatnashadi.
Bu yil dasturga 35 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Qabul uchun kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tish, shuningdek, matematika, algoritmlar va dasturlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish talab etiladi.
👉 Arizalar 2026 yil 9 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
@khumoyun_codes | 4 032 |
| 18 | Немає тексту... | 4 061 |
| 19 | ⚠️ ILTIMOS ⚠️
Kitoblar do’kondan olinmaydi, bu shunchaki mo’ljal, kitob do’konga kirib dokonchilarni qiynamanglar iltimos. Ularni bizga aloqasi yo’q. Keyin nometa gaplar yozmanglar chatdan, shunchaki kelmoqchiman va keldim. Aytilgan vaqtdan oldinroq yoki keyinroq kelib yurmanglar. Kitoblarni taxidan chiqarib yubora olmaymiz. O’rningizga boshqa odam olib ketsa bo’ladi. | 7 239 |
| 20 | Eslatma, kitoblarni keyingi hafta dushanbadan olib ketishingiz mumkin. Bugundan ilojimiz yo’q. | 3 921 |
