uk
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Відкрити в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector IT Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Показати більше
4 813
Підписники
Немає даних24 години
-187 днів
+1730 день
Архів дописів
Dasturlashni samarali o'rganish haqida birinchi postimni joyladim Instagramga. Marhamat: https://www.instagram.com/reel/C1mapP1NkPB/?igsh=ZWI2YzEzYmMxYg== Bundan keyingi videolarni link va video ko'rinishini ko'proq @umar_shares kanalimda ulashib boraman. #insta

Instagramdan chiqqanlarga qaytib kirishni maslahat bermayman. Illo, biror foydali rejangiz bo'lmasa. Zararlari ko'p. Ammo, marketing va self-branding uchun yaxshi. Shu sabab kirdim. #maslahat @JoshDeveloper

Blog obunachilari 1000 taga chiqsa, oylikimni o'sish statistikasini ulashmoqchiman inshaaAlloh. Ha deb so'rashlar ham tugar. 😁 Hozir postlar qo'yolmayman, sababi biroz mazam yo'q. InshaaAlloh bir muddatdan so'ng aktivlik boshlanadi. Go support: https://www.instagram.com/umar_saadullayev #insta @JoshDeveloper

Instagramga qaytdimmi? Esingizda bo'lsa bir yildan oshiqroq muddat oldin instagramdan chiqib ketgandim. Sababi hech qanday manfaat ko'rmayotgandim. Endi esa qaytdim. Sababi blog yuritish va self-branding. Foydali ma'lumotlar ulashaman, natijasidan karyeram uchun ham foydalanaman, inshaaAlloh. Hali ham chiqib ketmaganlar bo'lsa, obuna bo'lsangiz hursand bo'laman.) Link: https://www.instagram.com/umar_saadullayev #insta @JoshDeveloper

Suhbat o'z nihoyasiga yetdi. Suhbatda quyidagi mavzular haqida gaplashildi. - What is React? - Renderers - Element/Node/Component - What is JSX? - Component instance - Mount/update/unmount - Rendering - Keys/Refs - Reconciler: Stack vs Fiber - State update/batching - Memoization P.s: Videoda qaysi mavzular nechinchi daqiqada boshlanganini belgilashda yordam beradiganlar bo'lsa hursand bo'lardik. Kommentga qoldirishingiz mumkin. @JoshDeveloper

15 daqiqaga boshlaymiz inshaaAlloh, kiraverasizlar. https://www.youtube.com/live/taHYUgpQUwE?feature=shared @JoshDeveloper

Diqqat, "TechTalks"ning ilk soni e'loni. 🎙 Suhbat mavzusi 📃: “React.js qanday ishlaydi?” Mehmonimiz 👥: - Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile) Sana va vaqti 🕔: 1-Yanvar, 21:00 Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/live/taHYUgpQUwE?feature=shared Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi. #techTalks @JoshDeveloper

Texnikroq bo'lgan suhbatlarimizni yangicha nom bilan boshlaymiz. 🔥 TechTalks Domeincha ham olib qo'ydik, tech-talks.uz deb. Endi bir mehr berish kerak. :) #eloncha @JoshDeveloper

Chaqaloqlar ham turdi...😏 Alloh shu milodiy 2024-yilda befarosatlarga farosat ato etsin. Amiyn.

Chiqishdi chiqishdi 🌚

Ertaga texnik podkastimizda quyidagi qaysi mavzuni qilishimizni kutyapsiz?
Anonymous voting

Bu 2023-yil juda ko'p hodisalar bo'lib o'tdi. Har biridan kamida tajriba oldim. Alhamdulillah. Ba'zilari o'xshamadi...(videoda 😅) Bu yilgilarni esa, ulashmay qo'yaqolaman. Alloh barchamizga xayrli va barokatli umr ato qilsin. @JoshDeveloper

Yaqinda bir inson Frontint.uz kursiga ikkita odam taklif qilib, 150 000 so'm ishlab oldilar. Bir necha daqiqada. Shuni aytmoqchi edim. 🙂 P.s: Bekor o'tirganda shunday qo'shimcha daromad qilmoqchilar uchun, batafsil. #foydali @JoshDeveloper

Tekinga turli xil hayvonlarni tomosha qilishni xohlaydiganlar bormi? 🙋‍♂️ Unda ertaga 31-Dekabrdan 1-Yanvarga o'tar kechasida ko'chaga qarab tursin. Yashirinib yurgan hayvonlar chiqishadi... ❗️Iltimos, siz shulardan bo'lmang. Uylarimizda kasallar bor, yosh chaqaloqlar bor. Uxlashlari kerak. Hozir ham mana ikki jiyanimni zo'rg'a uxlatdik. Ammo ko'chada ba'zi hayvonlar paqillatib yotibdi baland qilib. 😏 #tanqid

Telemetr chellenjini davom etib qo'yay. Siyosatga ko'p aralashib yuborgan ko'rinaman. 😅 (AI orqali qilishibdi shu joyini, ye
Telemetr chellenjini davom etib qo'yay. Siyosatga ko'p aralashib yuborgan ko'rinaman. 😅 (AI orqali qilishibdi shu joyini, yemapti) #telemetr @JoshDeveloper

Telemetr chellenjini davom etib qo'yay. Siyosatga ko'p aralashib yuborgan ko'rinaman. 😅 (AI orqali qilishibdi shu joyini, ye
Telemetr chellenjini davom etib qo'yay. Siyosatga ko'p aralashib yuborgan ko'rinaman. 😅 (AI orqali qilishibdi shu joyini, yemapti) #telemetr @JoshDeveloper

Ish e'loni emas ekan. Tarqalamiz. 🚨 #ikkinchiTanqid

Men eng ko'p qo'rqadigan yana biri bor: Shunday ishlaki, ota-onangni quvonchli ko'zlariga to'yib qarashga ulgurma... #tanqid

Qattiq mehnat qilayotgan paytim, jiddiy masalalar bo'libdiku internet olamida. :D 24/7 ishlaydigan dasturchi kerak deyilgan kuwli odamlardan kuwli e'lonlar chiqibdi. Ha nima qilibdi chiqsa? 😅 Axir biz o'zbek bo'lsak. Oila, o'z-o'zini rivojlantirish, dam olish va hokazo degan so'zlarga balo bormi ? Dunyoga keldingmi? Ishla. Shunday ishlaki, umring tez o'tsin. Shunday ishlaki, oilang sog'insin. Shunday ishlaki, biror yaxshi darajaga chiqma. Qotib qol. Shunday ishlaki, hayoting ish va uy(uxlash uchun) bilan o'tsin. Shunday ishlaki, kasal bo'lsang ham, dam olsang ham miyang ishda bo'lsin. Shunday ishlaki, bolalaring betarbiya, bemehr ulg'aysin. Shunday ishlaki, bolalaring hayotni faqat ishlash va daromad qilishdan iborat deb o'ylasin. Shunday ishlaki, shunday o'l. Tamom. #tanqid @JoshDeveloper

Azizlar, shu poll'ni imkon qadar ulashsangiz, bu ma'lumotlar biz uchun muhim. Chunki, ozgina muddat ichida siz azizlarga bir ajoyib loyihacha bilan qaytamiz inshaaAlloh. Iloji bo'lsa post tagiga ish topa olmayotganlar sabablari va muommolarini keltirsin. Katta rahmat. #poll @JoshDeveloper