uk
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Відкрити в Telegram

(JoshDeveloper) IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Показати більше
4 822
Підписники
-1324 години
-267 днів
+630 день
Архів дописів
Hozirda ish joyiga egamisiz?
Anonymous voting

Mobil dasturchilarga bir iltimos bor edi. Jiyanim (salkam 3 yosh) Youtube'da bema'ni multfilmlarga o'rganib qolgan. Shu sabab Youtube'dan ota onalar o'zlari tanlab olib(copy url), bizni dasturga o'tkazib turadigan bir dastur qilmoqchi edim. Ishlar bilan hech ulgurmayapman. Shorts va videolarni qilish kerak. Shorts'ni "embed" qilish ochiq emas, faqat URL'dan "shorts" yozuvini "embed"ga o'zgartirsa ishlaydi. Xullas shunday bir ajoyib va kichkina dasturcha kerak. Youtube videolarini ota-onalar tanlashi va dasturga qo'shishi kerak. (Tayyori bo'lsa nomini aytinglar-e baraka topgurlar 😁)

Quyida React.js intervyusida berilgan Feedback'lardan birini ulashdik. Link: https://t.me/MockInt/56 #mockint @JoshDeveloper

Eng ko'p olingan intervyular yo'nalishlari uchligi(Mockint.uz'da): 1. Umumiy Frontend 2. React.js 3. Android (Python ham shu qatorda) #mockint @JoshDeveloper

O'zbek kompaniyalari haqida Humoyun tog'am, @khumoyun_codes yaxshi postlar yozyapti ekanlar. Oxirgi 1-2 kunda kanal "yonyapti 🔥". Borib o'chirib kelish kerak. 😁 #share #riklom @JoshDeveloper

Repost from Umar shares
Copilot olgandim. Ishda unumdorligimni oshirishda katta hissa qo'shyapti. P.s: Bir kutubxonani test qilish uchun shunchaki te
Copilot olgandim. Ishda unumdorligimni oshirishda katta hissa qo'shyapti. P.s: Bir kutubxonani test qilish uchun shunchaki testoviy tekst yozgandim. 😆Yordamlashishini qarang.

Tepada aytilgan JS mavzularini("Prototypes, Generators, Iterables, Closures, Workers va shu kabi boshqa mavzular") shunchaki aytmadim. Buni Mockint.uz loyihamizga keladigan kandidatlar misolida ham aytdim. Ko'pchilik bilmaydi. Feedback'da manbalar beramiz keyin. Frontint.uz kursini olgan Frontend dasturchilariga tarifiga qarab Mockint.uz ga ham chegirmalar bor. (yeslicho-de 😉) Ha aytgancha, podkastlarimiz qiziq texnik mavzularda davom etadi inshaaAlloh. Bundan keyingi mavzu ancha foydali bo'lishi kutilyapti. :) So, stay tuned. #news @JoshDeveloper

Bir yil davomida qancha JavaScript dasturchisi Prototypes, Generators, Iterables, Closures, Workers va shu kabi boshqa mavzular sabab intervyulardan yiqilishini bilasizmi? Siz ham shular qatorida sanalishni xohlamasangiz, 18-Dekabrgacha hamma uchun 15% chegirmaga tushgan Frontint.uz kursini sekingina sotib olishingizni maslahat beraman. 🌚😉 Chegirma barcha tariflar uchun amal qiladi. Batafsil: Frontint.uz saytida. Adminga bog'lanish: @FrontIntAdmin #frontint #reklom @JoshDeveloper

Oramizda Falastinga nisbatan bir necha o'n yillik zulm, zo'rlash va majburlash rejimini qo'llab kelayotgan isReal tuzilmasi tomonida bo'lgan zulm sheriklari bor shekilli. Ular ikki toifa. Biri ochiq oydin ular tomon. Ikkinchisi beg'am, beparvolar. Neutrallar. Ularga farqi yo'q. Insoniy tushunchalar o'lgan. Alloh asrasin. Alloh zulmkorlarni zulmini qachon to'xtatishni O'zi bilguvchi, bu bo'layotgan jinoyatlar barchamiz uchun sinov. Bu sinov - o'sha hayvondan battarlarni va zulmga beparvolarni gunohini oshiruvchi sinov. Bu sinov - haq tomonda turish qiyin davrda ham haq tomon bo'la olganlarga xushxabar sinov. Bu sinov - zulm ko'rganlarni ajrini ziyoda-ziyoda qiladigan, ularning oralaridan ulug' mavqe egalarini ajratib oladigan sinov. Bu sinovlar hammamiz uchun sinov. #FreePalestine #Palestine

Keyingi podkastni texnik mavzuda qilmoqchimiz inshaaAlloh, qaysi mavzu sizga qiziq?

Biz boshladik-a :)

Podkast ba'zi sabablarga ko'ra 22:00 da boshlanadigan bo'ldi inshaaAlloh. Sabr tagi oltin degandek, sabr qilamiz 🌚 #delay @JoshDeveloper

Bugun 21:00 da ko'pchilik dasturchilar va dasturchi bo'lmoqchilar uchun juda muhim mavzuda suhbatimiz bor inshaaAlloh. O'tkazib yubormang. Jonli efir manzili📍: https://www.youtube.com/live/a6T3R-_J7OM?feature=shared #podcast #JoshPodcast @JoshDeveloper

Diqqat, "Josh*Podcast"ning yettinchi soni e'loni. 🎙 Podcast mavzusi 📃: “Dasturchi qanday sifatli ishlashi va o'qishi mumkin
Diqqat, "Josh*Podcast"ning yettinchi soni e'loni. 🎙 Podcast mavzusi 📃: “Dasturchi qanday sifatli ishlashi va o'qishi mumkin?” Mehmonimiz 👥: - Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile) Sana va vaqti 🕔: 9-Dekabr, 21:00 Jonli efir manzili📍: https://www.youtube.com/live/a6T3R-_J7OM?feature=shared Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi. #podcast @JoshDeveloper

INHA universitetini bitirgan do'stlarimiz shu universitetga tayyorlanayotganlar uchun kurs tashkillashayotgan ekan. Kimga qiziq bo'lsa, marhamat. https://t.me/inha_exam_preparation/21 Reklama huquqlari asosida. Buyerda sizning ham 1000$ lik reklamangiz bo'lishi mumkin edi. 😅 (hazil) #share @JoshDeveloper

Essiz, bizni aldashgan ekan 😄. Buni o'qimagunimcha primitiv qiymatlar Stack'da saqlanadi degan gapga ishonib kelganman. Hayotda shunchalik ham adashish mumkinmi axir? #mistake #joke @JoshDeveloper

Repost from Dev thinking loud
Mana nima sababdan JavaScriptda hamma o'zgaruvchilar heapda saqlanadi: chunki stackdagi joy function tugashi bilan tozalanadi
Mana nima sababdan JavaScriptda hamma o'zgaruvchilar heapda saqlanadi: chunki stackdagi joy function tugashi bilan tozalanadi (function ozi stackdan "pop" bo'ladi), closuredagi functionga esa u joy keyin ham kerak. Manba: https://exploringjs.com/deep-js/ch_environments.html#recursion-via-environments

Angular intervyulariga tayyorgarlik kursi ⚡ Angular freymvorkini uncha-muncha intervyulardan bemalol o'ta oladigan darajada chuqur o'rganishni xohlovchilar uchun yangilik. Angular intervyulariga tayyorgarlik kursiga o'quvchilar yig'ilyapti. Kurs darajasi: Barcha uchun. (Beginner to Advanced) Kurs davomiyligi: 2 oy (16 ta dars) Kurs oylik narxi: 70$ Agar kursga rostan qatnashish niyatida bo'lsangiz, quyidagi yopiq guruhga qo'shiling. (Iltimos, niyati yo'qlar qo'shilmasin !!!) Guruhga qo'shilish uchun link: https://t.me/+PJnQfS-b_2NhMjMy #angular #interviews @JoshDeveloper

Dasturchi sifatida samarali va sifatli ishlash juda ham kamyob kuzatiladigan holat bo'lib borayotgandek. Shu sabab, kelayotgan hafta oxiri barcha dasturchilar uchun juda bir manfaatli mavzu haqida suhbat qilamiz inshaaAlloh. Qanday qilib sifatli ishlasa bo'ladi? Nimalar qilish/qilmaslik kerak? Katta vazifalar ustida samarali ishlash qanday bo'ladi? Shu va shu kabi savollarga javob olamiz, inshaaAlloh. So that, stay tuned! 🕐 #JoshPodcast @JoshDeveloper

Xo'sh nega bunday fikrga keldim? Sababi oddiy. Dasturchi oddiy dehqon kabi mehnatkash inson xolos. Unga yuklatilgan vazifani qiladi. Ammo, gap sifatli qilishda ketyapti. Uni sifatli qilish esa, faqatgina dasturchiga bog'liq emas. Sifat masalasi juda chatoq narsa. Unga erishish bir qaraganda har tamonlama mablag' va vaqt yo'qotishdek ko'rinadi. Ba'zida esa rostan ham shunday. Ammo, dastur va kompaniya kelajagi sifatga katta bog'liqligini ham unutmaslik kerak. Sifat, sifatli ishlash va shu kabi mavzular haqida keyingi postlarimizda yana ham batafsil gaplashamiz, Xudo xohlasa. Hozir esa, nega "Management"ning ham sifatga aloqasi borligi va o'z yechimlarim haqida gaplashaylik. Psixologik tomondan qarasak, inson biror narsani sifatli va ishonchli qilishi uchun, unga yetarli vaqt va qo'llov kerak. Sifatsiz dasturlarning katta qismi shu joyda oqsaydi. Hozir faqatgina bu muommolarning biri haqida so'z yuritamiz. Vaqt kamligi muommosi Vaqt biznes uchun pul. Ammo, vaqt kamligi eng katta sifat dushmanlaridan biri. "Vaqtimiz kam, tezroq qilish kerak" deyilishi, dasturchini tez ishlashga undaydi, bu yaxshi, ammo sifatga ko'z yumib turiladi. Bu juda yomon "side effect" keltirib chiqaradi. Evaziga esa sifatsiz, "bug-friendly" dastur paydo bo'ladi. Bu muommoni aybdorlari ko'pincha shoshqaloq mijozlar. Ya'ni dasturni egalari. Ba'zida esa shu uslubni sevuvchi boshqaruvchilar ham bo'lishi mumkin. Yechim: Buni yechimi qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi. Eng birinchi navbatda loyihani "requirement"larini aniq va tiniq qilib olish(eng qiyini ham shu) va so'ngra dasturchilar bilan to'liq gaplashib, kelishgan holda tahminiy "estimation" tuzib chiqish. So'ng, mijozga kutilayotgan minimum va maksimum vaqt oraliqini aytish(sabablari bilan). Xo'sh, mijozni ishi bitdi ham deylik. Endi esa, dasturchilarni darajasidan kelib chiqqan holda, o'zlari qo'ygan "estimation"lar asosida loyihani qismlarga bo'lib boshlasa bo'ladi. Shaffoflik juda muhim. Har bir dasturchi qayerga ketayotganini, qachon tahminan borishini bilishi kerak. Bosim shart emas. "Estimation" to'g'ri yo'lga qo'yilsa, bosimsiz tez va sifatli natijaga erishsa bo'ladi. Tepada qachon bo'ladi deyish ham kamayadi. Dasturchilar ham ish joyidan bezib qolmaydi. Muhimi esa, sifatga ham e'tibor beriladi. O'zim ishlagan ko'plab chet el loyihalarida sifat uchun nafaqat men aytganlarim, balki bundan birnecha karra qimmatroq, qiyinroq va eng muhimi samaraliroq usullarni qo'llashadi. Pul sarflashadi. Chetdan qaraganda pulni sovurayotgandek ko'rinishadi. Ammo, ... buni tagida bir gap bor. :) Sizning yechimingiz qanday bo'lar edi? #maslahat @JoshDeveloper