uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Відкрити в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Показати більше
5 160
Підписники
-124 години
+397 днів
-4330 днів
Архів дописів
Ish bor ekan Team lead Backend'chiga, yeslicho 😎 #fun
Ish bor ekan Team lead Backend'chiga, yeslicho 😎 #fun

Ushbu intervyuda Ravshan akadan qanday savollar so'raylik ? 🌚 Hali tuzib chiqmadim. Lekin oddiy va doimgi savollarni tuzish niyatim yo'q. #interview @JoshDeveloper

Oxirgi postni(Poliklinikadagi yoqimsiz holat haqida) o’chirdim. Borib gaplashib oldim. Tushunishdi. Uzr so’rashdi. Shu sabab. #update

#offtopic Bugun ayolim Qorasuv'dagi 8-poliklinikaga borgan edi. 208-xonada o'tirgan hamshirani muomalasi shu qadar rasvo ekanki, chidab bo'lmaydi. Navbat kutib o'tirganlarga qarata "Keyingisi kirsin yiba*lar!" deb eshikni qattiq yopib qo'yibdi. Bunga kim qaraydi? Shunchaki iflos xarakterlik insonlarni shunday joyda ishlatib qo'yish qanchalik to'g'ri? Borganlarni katta qismi yoshi kattalar, ayollar va homiladorlarku axir! Bu taxqirlashga kim javob beradi? #tanqid @JoshDeveloper

P.s: Aslida Ravshan akani intervyu qila oladigan inson qatorida sanamayman o'zimni. Ularning darajalari bizdan 4-5 barabor katta. Ammo, siz azizlarga ham manfaatli bo'lsin deya ushbu sinov intervyusini uyushtiryapmiz. Umid qilamizki manfaatli bo'ladi, inshaaAlloh

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 Yakshanba kuni, 29-sentabr soat 21:00 da, OxAgile kompaniyasida Senior Software Engineer Ravshan aka Samandarov bilan intervyu uyushtiramiz. Intervyuni o’zim(@JoshDeveloper) va Uzum'da Team Lead Shahzod aka Tursunov olamiz. Intervyu Umumiy Frontend’dan bo’lib o’tadi. Jonli efirga LINK. O’tkazib yubormang, ulashishni esa unutmang 😉️️ #interview @JoshDeveloper

Git'da "stash" komandasidan foydalanasizmi? Ko'pchilik intervyularda shu komanda haqida aytolmaydi. Sizchi ? Bilasizmi? #interviewQuestion @JoshDeveloper

Telegram endi "jinoyatchi" hisobiga kirgan insonlarni Telegram akkountini tegishli joylarga berishni boshlaganini ochiqladi. Bu haqida Durov yozibdi. Manba: https://t.me/durov/345 #breakingNews @JoshDeveloper

Angular kursimizni 2-qabuli ochilishini kutayotganlar bormi? 🙋‍♂️ Unda kamida HTML CSS va JS'ni o'rganib tayyor bo'lib turinglar 🌚 Xudo xohlasa 1-2 oy ichida boshlanadi. #angular #eslatma @JoshDeveloper

“No-code” haqida qiziqib yurganlar uchun UIC Academy tomonidan ajoyib 2 oylik taklif ko’rib qoldim. Qiziqqanlar “Gooo 🚀” Batafsil master class’da bilib olasiz. Link: https://t.me/uic_academy/485 #nocode @JoshDeveloper

#eslatma Ushbu Frontend kursi uchun chegirma bugun tugaydi. Bog'lanish: @FrontintAdmin #frontint @JoshDeveloper

Qaysi birini ishxonada foydalanasiz? (Pet project'lar uchun emas, haqiqiy ishda)
Anonymous voting

Qaysi birini ishda foydalanasiz?
Anonymous voting

Me, after 4-5 months, still using my Iphone just because I bought it for 1200$ 🥲 #joke @JoshDeveloper

Iphone ishlatadigan inson sifatida aytaman. Puliga arzimaydi deb o'ylayman. Android'ga qaytsam kerak. Sizdan yashirin ko'p is
Iphone ishlatadigan inson sifatida aytaman. Puliga arzimaydi deb o'ylayman. Android'ga qaytsam kerak. Sizdan yashirin ko'p ishlar qilishi haqida miflar ham bor. Rostdir deyman ko'pisini. Oddiy rasmdagi narsa. Internetni yoqmasangiz doim shunaqa yoqimsiz "alert" chiqadi. Apple'ga doim internetga ulangan bo'lishingiz juda muhim. Va yana boshqa sabablar bor yoqtirmay qolganimga... #feedback @JoshDeveloper

Chet davlatga O'zbekistondan turib dasturchi sifatida ishlashga ketganlar bormi? Bir o'zimcha qiziqib ko'ryapman. Qanday yo'llar bilan ketdingiz? Oilangizni olib ketishda muommolar bo'lmadimi? Qancha pul sarfladingiz? Menimcha hammaga qiziq. Kommentda o'z javoblaringizni qoldirsangiz hursand bo'lar edik. #fun @JoshDeveloper

#offtopic Sizlarni juda qadrlayman. Shu sabab sizlarga yaxshilikni ravo ko'raman. Bu safar bir eslatmani ulashmoqchiman. Hozirgi davrda harxil yod tushunchalar ko'paygan. Biz tanidigan insonlar orasida ham undaylar talaygina. Yashirib yuradiganlari ham ochiqchalari ham. Maslahatim kimni eshitayotganingizga va nima eshitayotganingizga e'tiborli bo'ling. Masalan "Shunchaki 'standup' eshityapman, kulgu uchunku!" yoki "Boshqa fikrlari to'g'rida, shunga eshitaman bu odamni" – degan gaplar ham ketmaydi. Qanchalik yaqinlashsangiz, shunchalik qorasi yuqish ehtimoli oshadi. #eslatma @JoshDeveloper

Frontend bo'yicha chuqur bilimlar o'rgatilgan va intervyulardagi savollarga tayyorgarlik ko'rilgan "Frontint" kursimizning Pro tarifiga 40% va Premium tarifiga 30% chegirma e'lon qilaman 🥳 Pro - 650 000 390 000 so'm Premium - 790 000 553 000 so'm Bog'lanish: @FrontintAdmin Kurs haqida batafsil: Frontint.uz ❗️Chegirma 20-Sentabrgacha amal qiladi. #frontint @JoshDeveloper

Ba'zi tanish dasturchi akalarimiz "Tandir" nomli ajoyib loyiha qilishibdi. Uyerda dasturlash, fanlar bo'yicha 1 ga 1 "urushsa
Ba'zi tanish dasturchi akalarimiz "Tandir" nomli ajoyib loyiha qilishibdi. Uyerda dasturlash, fanlar bo'yicha 1 ga 1 "urushsangiz" bo'ladi. Man ham ishlatyapman. Kiringlar.) JavaScript bo'yicha man bilan tushishingiz mumkin.) #recommendation @JoshDeveloper

“setTimeout” yoki “setInterval” funksiyalariga “string” ko’rinishida kod yozsangiz, ishlab ketishini bilasizmi? 🤔 setTimeout("alert(‘Angular top!’)", 0); Bu tavsiya etilmagan usul bo’lib, “string” berganimizda bu funksiyalar “eval()” funksiyasini ishlatib yuboradi va “string” ko’rinishidagi kod ishlab ketadi 💥 Bilarmidingiz? #js @JoshDeveloper