ru
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Открыть в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Больше
5 040
Подписчики
-424 часа
-97 дней
-3530 день
Архив постов
Repost from Nuruddin Blogs
Qiziq narsaga ko’zim tushib qoldi, sport qimor va stavkalari qonuniylashtirilgan 38ta shtatda yoshlarning moliyaviy barqarorl
Qiziq narsaga ko’zim tushib qoldi, sport qimor va stavkalari qonuniylashtirilgan 38ta shtatda yoshlarning moliyaviy barqarorligi bir nechta punktga pastlagan. Bizda ham 2025-yilda stavkalar qonuniylashtirilmoqda, bu signal bo’lsa yaxshi bo’lar edi. #BizQimorgaQarshimiz https://marginalrevolution.com/marginalrevolution/2024/07/the-financial-consequences-of-legalized-sports-gambling.html @nuruddinblogs

Repost from Islombek.dev
Telegramdagi soft skills 1. O'z ismingizni yozib oling, "arnoldbek", "oken fargonali", "satoshi nakomoto" yoki eeeeng cringe nomlardan; "❤️", nuqta, yulduzcha archa bayram qib olishiz judayam judayam xato; 2. Rasmga ham iloji boricha o'zingizni yoki boshqa qandaydir yaxshiroq narsani qo'ying. Masalan anime qizni rasmini qo'yib olgan "yigit"ni hech ham jiddiy qabul qila olmiman 😕 3. Xabaringizni bittada, to'liq yozing. - solekun - oka - yaxwmsz? - ? kabi yozish deyarli barchani jaxlini chiqarsa kerak. 4. Ish bo'yicha murojaat qilganda, bitta xabarni o'zida barcha kerakli ma'lumotlar: CV, portfolio, o'ziz haqizda ozgina ma'lumot bering; 5. Eng asosiysi, hushmuomila bo'ling. Bularni hammasi ish profili uchun, qolgan holatlarda bilganizi qilavering :) Qo'shimchasiga ushbu havolaga o'tib, yanada yaxshiroq ma'lumot olsangiz bo'ladi: https://docs.google.com/presentation/d/1A_7XNJJmKOMJBrP7aQzTwNnE7JGiAsWdwOpJ2Vg_VIg/edit?usp=sharing @islombekdev

Ish intervyulariga shunchaki bilimini sinash uchun boradiganlarni yomon ko'rib boryapman. Bilmadim, balki hozir ishda intervyular ko'p olayotganim va 2 soatlab vaqt va energiya sarflab qilgan kandidatlar shunday ish qilayotganigadir. Rostan ham biroz yoqmas ekan. O'zgani vaqtini o'g'irlamang. #pain @JoshDeveloper

Ternary operator yoqmasa, ushbu rasmdagi sintaks bor ekan 😂 ['False qaytgandagi qiymat', 'True qaytgandagi qiymat'][+(boolea
Ternary operator yoqmasa, ushbu rasmdagi sintaks bor ekan 😂 ['False qaytgandagi qiymat', 'True qaytgandagi qiymat'][+(boolean_shart)] Buyerdan ilhomlanildi. P.s: Ternary ishlatgan tushunarliroq va yaxshiroq aslida) #js @JoshDeveloper

Angular vacancy 🔥 Middle/Senior Angular dasturchilari qidirilmoqda. Kompaniya: Unicon soft Ish tartibi: Ofisda Oylik: Darajaga qarab kelishiladi Qiziqqanlar quyidagi email’ga Resume’sini va telegram manzilini qoldirsin. Email: joshdeveloper22@gmail.com #vacancy @JoshDeveloper

Repost from Alisher Tojiev
Bismilloh deb YouTube’ga oʻxshash, lekin juda ham kuchli moderatsiyadan oʻtadigan, deepfake markirovkali media platforma ishlab chiqishni boshladik. Loyihaning hozircha 5ta asosiy funksiyasi bor: 1. Kuchaytirilgan moderatsiya 2. Bolalar uchun maxsus versiya 3. Kontent ishlab chiquvchilar uchun maxsus monitizatsiya tizimi + DRM 4. Online TV va Kino&Seriallar 5. Streaming Kimda shu loyihaga oʻxshash tizimlarda tajribasi boʻlsa jamoamizga marhamat! Oyliklar uncha katta emas, lekin IA xalqimiz uchun manfaatli loyiha ustida birlashadiganlar boʻlsa marhamat. Iltimos, faqat shu loyihani rivojlantira oladigan odamlarni guruhga qoʻshing: 👉🏻 https://t.me/MoreThanYouTube @AlisherAhmatovich

AI dasturchilarni joyini egallaydimi? Shunday mavzuda do'stimiz Umar Muhandis o'z fikrlarini bildiribdilar. Link. Qarashlariga qo'shilsamda, CTO'ning qolgan dasturchilarni ishdan bo'shatishi qismiga uncha qo'shilmayman(balki qisman ba'zi kompaniyalar uchun to'g'ridir, startup'lar masalan). Ha, bizda samaradorlik oshyapti, ammo dastur yaratishga bo'lgan talab, load ham oshyapti. Avval 1 yilda 10 ta ish qilgan bo'lsak, hozir 20 ta qilyapmiz xolos. Bundan kelib chiqadiki, ishdan bo'shatish ma'nosi balki noto'g'ri bo'lishi mumkin. Qarshi tomondan load ham ko'paymoqda. Yana Alloh biladi. Kuzatamiz 🌚 #thoughts @JoshDeveloper

Frontend oson deydiganlar – shu yo'nalishda 3 yildan ortiq ishlab ko'rishsin. #maslahat @JoshDeveloper

Ushbu sichqonchani bir yildan ko'proq ishlatdim. Umuman olganda yaxshi. Ammo, "scroll wheel" birozgina yaxshi ishlamayapti ba'zan. Qolgani yaxshi. Eng qiziqi esa, 3-4 oylardan beri umuman zaryadka qo'ymadim. Boshida har bir oyda tugab qolayotgan edi. Logitech MX Master olishga puli yo'qlar yoki pulini ayaganlar uchun ajoyib tanlov ekan. Qayerdan sotib olishni esa, qaysidir magazin kanalda reklama qo'ydirsa($), aytarman 😁️️️️ #feedback @JoshDeveloper

#dizaynmem Bo‘lganmi shunaqasi? @AbbosDesign
#dizaynmem Bo‘lganmi shunaqasi? @AbbosDesign

Menimcha AI orqali bir nima startup’lar qilib olish uchun ajoyib vaqt — hozir. #thoughts @JoshDeveloper

*Buyerda biror insonni yerga urush emas, balki kimdirga yozganingizda chiroyli qilib, bir xabarda, to'g'ri yozishga undash kerakligi haqida tanqidiy post yozganman. Shu paytgacha qanday yozgan bo'lishsa ham javob berganman. Ammo, maslahatim, yaxshiroq yozishni o'rgangan ma'qul, bir kun emas bir kun aniq nimadandir quruq qolishingiz mumkin shunday yozsangiz 🙂 #maslahat @JoshDeveloper

Shunday qilib yozganlarni yoqtirasizlarmi? P.s: O'zim yozdim buni. Ammo, chatimda bunday misollar juda ham ko'p. Shunchaki bi
Shunday qilib yozganlarni yoqtirasizlarmi? P.s: O'zim yozdim buni. Ammo, chatimda bunday misollar juda ham ko'p. Shunchaki biror kimnikini ko'rsatgim kelmadi. #savol @JoshDeveloper

Shoshma! Dasturlashga yangi kirayotganlarni juda katta qismida va xattoki ba’zan tajribali dasturchilarda bir muommoni ko’p ko’raman - shoshqaloqlik. Ya’ni, biror natijaga juda tez chiqishni xohlashadi. Reallikda esa, xohlaganlaridan ko’proq vaqt ketadi va bu tabiiy. “Nima qilibdi?, xohlayversin” — deyishingiz mumkin. Ammo, bunda muommo shuki, qo’ygan maqsadiga tez yetolmayotganini ko’rgan ko’pchilik odamda motivatsiyasi tushishi va ko’pincha tashlab ketish holatlari kuzatiladi. Shu sabab, shoshmang. Real natijaga, real muddat qo’ying. 1 yil ketishi aniqmi? O’zingizcha 1 oyda o’rganaman, erishaman deb o’ylamang. Undan ko’ra, shu 1 yilda sifatli qilib ishlashga harakat qiling. #maslahat @JoshDeveloper

Networking - jamiyatimizda yaxshi e'tibor berilmaydigan, ammo juda kuchli narsa. Yaxshi insonlar jamlangan yerlarga boring, tanish orttiring. Kontakt almashing. Afsuslanmaysiz. #thoughts @umar_shares

Akademiyamizga kurslarni chiqarishda va reklama qilishda yaxshi, qadriyatli va ishonchli Marketolog xodim kerak bo'lyapti. O'zimda vaqt yo'q afsuski. Sheriklikka ishlaymiz. Agar siz shunday odam bo'lsangiz: @vector_academy_admin ga resume/portfolio va o'zingiz haqingizda yozib yuboring. #vacancy @JoshDeveloper

Angular kursimizda nazariy qismi tugab, amaliy qismi boshlandi. Loyiha qilyapmiz. Kursga qo'shilib olish mumkin hozir. Adminga yozing: @vector_academy_admin #angular @JoshDeveloper

#joke
#joke

Repost from Vohid Karimov
Ertalab tursam sms habarlar kelyapti. Boshida sal xavotirga tushdim — is my card being hacked? Chunki bu to’lovlarni men qilm
Ertalab tursam sms habarlar kelyapti. Boshida sal xavotirga tushdim — is my card being hacked? Chunki bu to’lovlarni men qilmadim. Keyin e’tibor bilan o’qisam men qilgan ekanman… 1 yil avval 2023-yilda! Taxminimcha… Yomon dasturchi Eshmat ertalab turib databaseda migratsiya qilgan va natijada sms_retry_count default qiymatga nolga qaytgan. Batch processing esa har doimgidek SELECT * WHERE sms_sent = false AND sms_retry_count < 3 deb transaksiyalarni chiqarib jo’natishni boshlagan. Serverlar ancha qiynalgan bo’lishi kerak. Deylik O’zbekistonda 35mln odam bor. Undan 15mln odamda sms habarnoma yoniq va har bir odam o’rtacha 15 minut shunga vaqt sarflagan bo’lsa, 15mln x 1/4 soat = 3 750 000 soat sarflangan. Deylik odam o’rtacha 8 soat uxlasa, 16 soat kunlik xayot uchun qoladi. Demak Eshmat 234 375 odam-soatini (yohud ~642 odam-yilini) yo’qqa chiqardi. O’zbekistonda o’rtacha umr ko’rish 70 yil bo’lsa, yomon dasturchi Eshmat 9.17ta odam o’ldiribdi. Eshmat — serial killer, endi kechalari qanday uxlaysan?

JS’chilar kanallari to’plangan “folder” yasashibdi. Kimga kerak bo’lsa marhamat 👇: https://t.me/addlist/cexglSntyiIzNWY6 #channels @JoshDeveloper