cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Abdulbosit Mirvali o'g'li

• 14 yillik tajribaga ega mebelchi; • Selfmade TOP yosh tadbirkorlar klubi a'zosi; • Yurak Amri xayriya fondi a'zosi; • @korkfurniture asoschisi; • @mebelium_uz asoschisi. Shaxsiy blog.

Більше
Рекламні дописи
1 221
Підписники
Немає даних24 години
-67 днів
-330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Xavfli raqiblar bozorimizga kirishmoqda. 2 yil avval "Menga bozoringiz haqida aytib ber", dedi bir Xitoylik. Oradan ko'p o'tmay Rossiyalikdan shunga o'xshash so'rovni eshitdim. Shu kunlarda Xitoy, Rossiya, Turkiyaning katta mebel ishlab chiqaruvchilari bizning bozorda ko'p o'ralashayotganini kuzatayotgandim. Eshitishim bo'yicha Rossiyalik gigant ishlab chiqaruvchilar, O'zbekistonda mebel ishlab chiqarish va sotishga $2 mln miqdorida investitsiya qilayotgan ekan. Bu uncha-muncha mahalliy tizimlashmagan ishlab chiqaruvchilarni ishini qiyinlashtirishi mumkinligi haqida o'ylab yurgan edim. 3 kun avval spot.uz da bir xabarni o'qidim va gumonlarim nahot to'g'ri bo'lsa deb o'ylab qoldim. Maqolada Divan.ru ijrochi direktori Andrey Ishkov O'zbekiston bozoriga qanday kirib kelayotgani haqida aytib bergan. Uning yozishicha ular $500 ming miqdorida mebel ishlab chiqarishga, yana shuncha miqdorda esa, o'zlarining mebel onlayn savdo platformalarini rivojlantirishga sarmoya kiritayotgani haqida aytib o'tgan. "Karvon ko'p rizqi bo'lak" degan gapni yodga olamiz. Bunga men ham shubha qilmayman ammo, sabablarni puxta va sidqi dildan qilganlar rizqini keng qilishi haqida ham ko'p eshitganmiz. Divan.ru yurtimizda onlayn savdoni shu qadar rivojlantirayaptiki, mashhur qidiruv tizimlarida "mebel" yoki mebelga aloqador har qanday so'zni yozsangiz, ularning saytlari chiqib kelmoqda. Muhim eslatma shuki, Divan.ru kompaniyasining asoschisi, mebelga hech qanday aloqasi yo'q dasturchi bo'lgan. Katta ishlarni qoyillatgan ustozlarim sohamiz kelajagi ITga bog'iq ekanini ta'kidlaydilar. Men ham anchadan buyon o'z chiqishlarimda sohamizda IT ga e'tibor qaratishni bot-bot takrorlayman. Alam qilgani esa bu gaplarimni istehzo qildilar. Yana qayta aytamanki, chetdan kelganlarning qilgan ishlarini biz ham qila olamiz. Muhimi ilm fanga e'tibor qaratish, birdam bo'lib rivojlanishdan to'xtamasligimiz kerak! 👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Показати все...
👍 28 6
Repost from Aziz Rahimov
Universal valyuta Shimkentga o’tdim. Sumkamda So’m qolib ketgandi. Pul zarur bo’lganida, shaharda hech kimga o’tkaza olmadim. Qaytganimda tenge bilan shunday bo’ldi. Haligacha keraksiz qog’oz bo’lib yotibdi. Valyutani boradigan joyimga qarab tanlamaganim, kerakli pulni, keraksiz qilib qo’ydi. Geografik manzillarda orqaga qaytsa bo’ladi. Hayot manzillarida esa orqaga yura olmaymiz. Bittasi bilan rosa umrimizni o’tkazamiz, turmush qurishga kelganda - u mos bo’lmay chiqadi. Maktab, universitetlarda baho valyutasini yig’amiz. Ish beruvchi, mijozlar umuman ahamiyat bermaydi. O’yinlarimiz-u, seriallarimiz - tengdoshlarimiz bilan gaplashishga mavzu bo’lib beradi. Rostdan muhim davralarga kirganimizda, jim bo’lib qolamiz. 20 yoshda qilgan ishlarimiz 30 yoshda, 30 yoshda qilganlarimiz 40 yoshda kerak bo’lmay qolaversa, pullari qog’ozga aylangan sayyohga o’xshab yutqazaveramiz. Tilla universal valyuta. Amallarni ham tillalari bor - o’ylash, yozish, o’qish, mehnat, yaxshilik. Tilla amallarni yig’ing. Yil o’tgan sari qadri oshib boradi. Hamma yoshingizda kerak bo’ladi. Turgan joyiga emas, boradigan joyiga qarab yashagan odam, borganda afsuslanmaydi. Afsuslanadiganlar uchun esa - kech bo’ladi. @azizrakhimov_blog
Показати все...
👍 24 3🔥 3
Repost from Mebelium
O‘zbekiston mebelchilariga eslatma!☝🏻 «Bizning raqobatchilar yurtimizdagi mebel fabrikalari emas, IT kompaniyalardir» Aziz Nuritdinov Eman kompaniyasi asoschilaridan biri. 👉🏻 @mebelium_uz
Показати все...
👍 8🔥 2 1🤩 1
Shu o'rinda eslatma! Ta'ziyaga kelganda kulish, baland ovozda dunyoviy masalalarni gaplashish, musibatzadalarga keraksiz savollarni berish ODOBSIZLIKDIR! 👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Показати все...
👍 24 6
Erini rozi qilib, farzandlariga go'zal tarbiya berib, atrofdagilarga go'zal hulqi bilan o'rnak bo'lib, qaynona-qaynotasiga xizmatni ortig'i bilan qilib duosini olgan soliha onamiz (opoqim), oxirat safarini qildilar. Allohning rahmati cheksizligidan umid qilgan holda ularga jannatni tilaymiz. Guvohlik beramanki onamizda soliha ayollarning sifatlari ko'p, juda yaxshi ayol edilar. Qabringiz nurga to'lsin, bizlarni mahzun qilib ketdingiz🥲 👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Показати все...
😢 33
01:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Mebelchi qizlarga fabrikani birga quramiz🙌🏻 8600 0604 8217 4712 Eshtoyev Normuhammad Nurmuhammad akaning telefon raqamlari: +998 99 824 72 75 👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Показати все...
IMG_4041.MOV17.62 MB
👍 17 2🔥 2👏 2
Kim uchundir hikoyamiz Esimda, 4-5 yoshda edim! Bolaligimda onamsiz uxlolmasdim. Bir kuni amakimning uylarida qolishimga to'g'ri keldi. Tunda juda bezovta bo'lib uxlolmadim. Onamsiz shu qadar halovatsiz bo'ldimki hatto, yig'ladim. Shu payt tepamda kimdir turganini sezdim. Qarasam kelnoyim, havotir bilan «Yig'layapsizmi toychog'im!? Nima bo'ldi?», dedilar. Uyalib indamadim. Boshqa biror so'z aytmasdan ko'tarib oldilariga oldilar. To uxlagunimcha boshimni silab tepamda o'tirdilar. Shu amallari sabab ularni juda yaxshi ko'raman va hurmat qilaman. Alloh u kishini jannati bilan siylasin. Hayotimiz bir kun aytib beriladigan hikoyadir. Qanday aytib berishlarini esa o'zimiz tanlaymiz! 👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Показати все...
36👍 11
Osonlashaveradi Tushkunlikka tushsam o'tgan buyuklar hayotini o'rganaman. Abu Ali ibn Sino tabobat qiyin soha emas dedilar. Ammo, Arastuning kitobini 40 marta o'qib tushunmadim degan gap ham shu inson tomonidan aytildi. Tabobat qanchalik qiyin soha ekanligi, unda yetuk mutaxassis bo'lish uchun qancha mashaqqat chekib ilm olish kerakligini shu yo'nalishda o'qiyotgan talabalardan so'rash kifoya qiladi. Qanday qilib shunday murakkab sohada dunyo tan olgan shaxs, Farobiy bir o'qishda tushunib unga sharh yozgan kitobni 40 marta o'qib ham tushunmadilar!? Sababi oddiy! U kishi tabobatga umrlarini bag'shlagan edilar. Bor fokuslari shu sohada edi. Qolganlarini esa shunchaki qiziqish o'laroq o'rganar edilar. Demak bir sohani sevib, uzoq yillar shu sohaga borini berish uni sizga osonlashtiraveradi. Qolaversa, unda yetuk olim bo'lish va shu orqali ehtirom topishga sabab bo'lar ekan! P.s: Men esa endigina 15 yil soham ichida yurdim. Demak katta ishlar qilish imkoniga albatta ega bo'laman, Inshaalloh😊 👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Показати все...
👍 10 5👏 2
Mebelchilardan tashkil topgan delegatsiyamiz bilan Vodiy tomon yo'l oldik. Ikki kun davomida Farg'ona, Marg'ilon va Qo'qondagi mebel ishlab chiqaruvchi fabrikalarda mehmon bo'ldik. Viloyatlarda ham ishini sevuvchi, intiluvchan va serg'ayrat mebel fabrikalari egalarini ko'rib havas ham qildik. Sayohatimiz delegatsiyamiz a'zolari uchun ham, mezbonlar uchun ham juda manfaatli bo'ldi. Delegatsiya qanday yig'ilgani ko'pchilikka qiziq bo'lishi tabiiy. Ular bilan birlashishimizga sabab murabbiylik kursi... Tez kunda bu haqida e'lon qilaman😊 Mehmondo'st akalarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz🤲🏻 👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Показати все...
👍 15 1🔥 1
Kunlarning birida uni qattiq xafa qildim. Xato menda ekanini, u begunoh ekanini bilib turgan edim. Endi shuncha yil biror marta meni g'azablantiradigan so'z aytmaganiga pushaymon yeb, yomon so'zlarining barini aytib oladi. U esa ko'zidagi yoshini artib, «Yaxshingiz ahlingizga yaxshi bo'lganingizdir», dedi-yu, ortga o‘girilib chiqib ketdi... «Sevmay bo'larmi» kitobidan. 👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Показати все...
🥰 10🤩 2😢 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.