Bilimdon® | o'quv markazi
Відкрити в Telegram
Bilimdon® Eng birinchi, Eng sifatli, Eng ishonchli, O‘QUV MARKAZ! Termiz shahrida. 2013-yildan... #Biz_sizga_yaqinmiz!!! 📞 90 5205545 📞 95 5025545 👨💻 Administration: @bilimdonadmin2 📷 Instagram: @bilimdon_study
Показати більше904
Підписники
+124 години
-17 днів
-1230 день
Архів дописів
Repost from Xushnudbek.uz
❓Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 165 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.
❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 20-iyulga qadar (o‘sha kuni ham) to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 20-iyul soat 23:59 gacha to'lash shart.
‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin. Masalan, men bugun ertalab o'zim uchun to'lov qilmoqchi edim, ammo birorta onlayn to'lov tizimi orqali buni amalga oshirish imkoni bo'lmadi. Qachon qarasa texnik profilaktika bo’ladigan Munis degan tizim bu safar ham ishlamayotgan ekan.
✅ Keyin soat 9 larga yaqin tizim ishlab ketdi va to’lov qila oldim. Hozir tizim ishlayapti.
Shu sababli Sizlarga ham bugun yoki uzog'i ertaga kunduzi to'lov qilishni maslahat beraman. Oxiriga qoldirmang.
Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Bilimni baholash agentligi
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
📆 2023-yil 20-iyul — OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, mazkur jarayon 20-iyul kuni 23:59 da to‘liq yakunlanadi.
👨🏻💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.
Hurmatli abituriyentlar!
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang. Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting. Yaqinlaringiz bilan maslahatlashib, tezroq bir qarorga keling.
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.
🖥 20-iyul kuni 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng tanlovingizni o‘zgartira olmaysiz.
✅ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni va ma’lumotlaringizni sinchiklab tekshirib olishni tavsiya qilamiz.
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: t.me/BaholashUz/5835
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
