Bilimdon® | o'quv markazi
Відкрити в Telegram
Bilimdon® Eng birinchi, Eng sifatli, Eng ishonchli, O‘QUV MARKAZ! Termiz shahrida. 2013-yildan... #Biz_sizga_yaqinmiz!!! 📞 90 5205545 📞 95 5025545 👨💻 Administration: @bilimdonadmin2 📷 Instagram: @bilimdon_study
Показати більше904
Підписники
+124 години
-17 днів
-1230 день
Архів дописів
Quyidagi ilovalar orqali xato qilgan savollaringiz raqamlarini bilib olishingiz mumkin.
Repost from Xushnudbek.uz
Abituriyentlar soni 465 ming 393 nafarga yetdi (2023-yil 12-iyul 18:00 holatiga).
#abituriyent
Hujjat topshirayotganlarning kunlik soni sekin-asta oshib bormoqda. So'nggi kunlarda o'rtacha 20-30 ming atrofida abituriyentlar ro'yxatdan o'tishgan bo'lsa, oxirgi 2 kunda kunlik raqam 50 mingdan oshdi.
Bizda doimgidek oxirgi kunlarga taqab hujjat topshirish an'anaga aylangan. Nima uchun bunaqa qilishlarini unchalik tushunmayman.
To'g'ri, ilgari asosiy "tavakkalchilar" qatlami oxirgi kungacha topshirmay yurar edi. Sababi 2 ta:
Birinchidan, qaysi yo'nalishga odam kam topshirayotganiga qarab o'zini o'sha yerga urardi;
Ikkinchidan, ilgari diplom va boshqa hujjatlarini shaxsan borib topshirish shart edi, shu sababli keyin fikri o'zgarib qolsa, yana borib, hujjatlarini qaytarib olish ortiqcha byurokratiya va ovogarchilik bo'lardi.
Bugungi kunda ikkalasi ham yo'q. Ya'ni bir necha yildan buyon qaysi yo'nalishga necha kishi topshirganini e'lon qilmay qo'yishdi. Bundan tashqari hozir fikri o'zgarib qolsa, boshqa tanlagan yo'nalishini o'zgartirish uchun uzog'i 5 daqiqa vaqt ketadi, hech qanaqa ovogarchiligi yo'q.
Lekin shunday bo’lsa-da, o’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas deganlaridek, bizda haligacha oxirigacha taqab olib borishadi. Qabulning oxirida kunlik topshiruvchilar soni 100 mingdan oshishi kutilmoqda. Natijada kutilmagan texnik xatoliklar ham chiqib qolishi mumkin (masalan, yaqinda Personallashtirish agentligi bazasida texnik uzilish bo’lgani uchun hujjat topshirib bo’lmay qoldi).
❗️Xullas, maslahatim — oxirgi kunni kutib o’tirmasdan shu kunlarda hujjat topshirib qo’yavering. Bunda:
➖ qabul yakunigacha istalgan payti yo’nalishni almashtira olasiz;
➖ hozir hujjat topshirib, to’lovini esa qabul yakunigacha bemalol amalga oshira olasiz.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Edu - Taʼlim yangiliklari
⚡️ Rasman: bugundan "perevod" uchun arizalar qabuli boshlandi
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.
❓ Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?
Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
➖turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
➖ ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi.
Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.
Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
✔️Xorijda o‘qiyotgan talaba;
✔️ Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent
✅ HARBIY TAVSIYANOMALILAR UCHUN
Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 506 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:
➡️ kunduzgi — 6 356 ta (davlat granti - 1 746 ta, to‘lov-kontrakt - 4 610);
➡️ sirtqi — 2 453 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ kechki — 556 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ masofaviy — 141 ta (to‘lov-kontrakt).
❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?
Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, Toshkent moliya institutida harbiy tavsiyanomalilar uchun 104 ta kvota (5 ta grant, 99 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 300 nafar tavsiyanomali abituriyent TMIni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir moliya, kimdir sug’urta ishi, kimdir buxgalteriya va h.k.
Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 300 nafar harbiy tavsiyanomalilar to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 104 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga grant yoki kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 196 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.
❓Bu tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
‼️So'rovnoma natijasiga ko'ra eng ko'p ovoz narxlarini pasaytirish uchun berilibdi.
🤑5 blokli test eski narxi 15.000 so'm .
🤑5 blokli test yangi narxi 10.000 so'm.
Yangi narx bilan faqat Bilimdon o'quv markazi abituriyentlari testga qatnashishi mumkin.
🤑🤑🤑Chetdan keluvchilar uchun test kitobcha narxi 20.000 so'm.
Chetdan keluvchilar o'quv markaz qabulxonasidan test uchun ro'yxatdan o'tishlari kerak bo'ladi.
Repost from Edu - Taʼlim yangiliklari
⚡️ Oliy ta’lim vazirligi At-termiziy universitetiga aldanmaslikka chaqirdi
❌ Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatadigan At-Termiziy universiteti litsenziyaga ega emas va u beradigan diplomlar tan olinmaydi.
❓ Unda ishonchli xususiy universitetlarni qanday bilib olish mumkin?
Oliy ta’lim vazirligi saytida barcha OTMlar, shuningdek, xususiy universitetlar ro‘yxati bor. Mana shu ro‘yxatdan qaysi universitetlar diplomi tan olinishini bilib olish mumkin.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
❗️❗️❗️ DIQQAT
16.07.2023 sanasidagi 5 blokli testlarimizga @BilimdonTest_bot botimizga o'z ID raqamingizni kiritgan holda buyurtma berishlaringiz mumkin.
(‼️ ID raqamlaringiz o'quv markaz e'lonlar doskasiga chiqarilgan)
Test boshlanish vaqti:
Birinchi smena 🕰soat: 8:00
Ikkinchi smena 🕰soat: 12:00
❗️ Buyurtma berishning oxirgi muddati:
🗓 15.07.2022
⏰ soat: 12:00
📅 Iyul oyi uchun test o'tkaziladigan sanalar:
23.07.2023
30.07.2023
Iyul oyida bo'lib o'tadigan testlarimizga ishtirok etib o'zingizni bilim darajangizni oshirib boring.
Vaqt kam qolmoqda imtihon yaqin!!!
❌ Test kitobchalari, buyurtma bermagan abituriyentlarga berilmaydi.
Bilimdon o'quv markazi sizlar uchun ishlaydi😎
Bilimdon ®
Eng birinchi,
Eng sifatli,
Eng ishonchli,
O'QUV MARKAZ !
Termiz shahrida. 2013-yildan....
INSTAGRAM | TELEGRAM | ADMINQuyidagi ilovalar orqali xato qilgan savollaringiz raqamlarini bilib olishingiz mumkin.
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
