cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

"Андижон сув таъминоти" АЖ ахборот хизмати

“OʻZSUVTAʼMINOT” aksiyadorlik jamiyatining Andijon viloyat boʻlimi telegram kanali https://www.facebook.com/profile.php?id=100089115704054

Більше
Рекламні дописи
802
Підписники
+124 години
+107 днів
+1630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

00:46
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Ta'mirlash "Andijon suv ta'minoti" AJning Ta'mirlash guruhi ishchilari bugun Andijon tumanida bo‘ldilar. Ular Qurama MFYdan o‘tuvchi suv quvurida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etdilar. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati
Показати все...
авариус.mp441.26 MB
Пахтаобод тумани 2-сектор ҳудудида жойлашган “Ҳаётбахш” маҳалла фуқаролар йиғинидаги қурилиши тўхтаб қолган сув иншооти туман прокуратурасининг амалий ёрдами билан якунланиб, фойдаланишга топширилди. Мазкур сув иншооти ишга туширилиши муносабати билан 200 дан зиёд хонадонлар тоза ичимлик суви билан таъминланди. Аҳоли вакиллари Ўзбекистон Республикаси Президенти, Андижон вилояти хокими ва барча масъулларга ўз миннатдорчиликларини билдирдилар. Пахтаобод тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати -------- Facebook|Telegram|Instagram|Youtube|Twitter
Показати все...
01:50
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Nazorat va targ‘ibot tadbiri Andijon shahridagi “O‘zbegim” MFYda garchi, 4 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilsada, biroq toza ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorliklari 657 million 526 ming 129 so‘mni tashkil etmoqda. Mahallada qarzdorlikni so‘ndirish va to‘lov madaniyatini shakllantirish maqsadida "Andijon suv ta'minoti" AJ tomonidan nazorat va targ‘ibot tadbirlari olib borildi. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati
Показати все...
кечаги 13.mp4111.63 MB
Nazorat tadbirlari davom etmoqda Bugun "Andijon suv ta'minoti" AJ tomonidan Andijon shahar O‘zbegim MFYda to‘lov madaniyatini shakllantirish va mavjud qarzdorlikni so‘ndirishga doir nazorat-targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Aytish joiz, ushbu mahallada 4 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilsada, toza ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorliklari 657 million 526 ming 129 so‘mni tashkil etmoqda. Bu kabi tadbirlar shu kabi salbiy holatlarning ijobiy yechimini ta'minlashga xizmat qilyapti. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati
Показати все...
01:05
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Ta'mirlash Andijon shahridagi "Shifokor" ko‘chasidan o‘tuvchi suv quvurida nosozlik yuzaga keldi. Ushbu manzilda ko‘p qavatli uylar joylashganligi bois bundan aholi tashvishga tusha boshladi. Axir, yozning mana shunday issiq kunlarida suvsiz qolishning o‘zi bo‘ladimi? Biroq, "Andijon suv ta'minoti" AJning Ahmadjon Ro‘ziyev yetakchiligidagi ta'mirlash guruhi ishchilari iste'molchilarning tashvishiga hojat qoldirmadi. Ular o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda ta'mirlash jarayonida ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatilishiga yo‘l qo‘ymadilar. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati
Показати все...
авария 13.mp472.93 MB
#Matbuot anjumani Andijon viloyatida 1 iyuldan 30 iyulga qadar “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi – “Cyber-month” kompleks targ‘ibot tadbiri boshlandi. Shu munosabat bilan Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida matbuot va OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar masʼullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati xodimlari ham ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati
Показати все...
Murojaatga munosabat Nosozlik bartaraf etildi Izboskan tuman "Markaz" MFY Vafo ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaat yo‘llab, ushbu manzilda suv ta'minotida muammo yuzaga kelganligini ma'lum qilgan edilar. "Andijon suv ta'minoti" AJning tumandagi filiali ishchilari tomonidan holat o‘rganilganida bunga quvurda yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lganligi oydinlashdi. Hozirda muammo ijobiy yechim topib, ichimlik suvi ta'minoti qayta tiklandi. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati Cabinet | Bot | Telegram |facebook| Instagram | Youtube | Website | Chat
Показати все...
Murojaatga munosabat Suv ta'minoti qayta tiklandi Asaka tuman "Nurafshon" MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan shu hududda ichimlik suvi yo‘qligi haqida murojaat qabul qilindi. Holat bo‘yicha shuni ma'lum qilamizki, kuchli shamol natijasida elektr ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgani bois suv ta'minotida ham muammolarga duch kelindi. Olib borilgan sa'y-harakatlar natijasida nosozlik bartaraf etildi va suv ta'minoti qayta tiklandi. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati Cabinet | Bot | Telegram |facebook| Instagram | Youtube | Website | Chat
Показати все...
"Андижон сув таъминоти" АЖ ахборот хизмати

“OʻZSUVTAʼMINOT” aksiyadorlik jamiyatining Andijon viloyat boʻlimi telegram kanali

https://www.facebook.com/profile.php?id=100089115704054

Murojaatga munosabat Nosozlikni bartaraf etish chorasi ko‘rilmoqda Shahrixon tumanidagi Do‘lan MFYdan ham murojaat keldi. Unda ushbu manzilda suv ta'minotida muammo yuzaga kelganligi ma'lum qilingan edi. O‘rganish davomida suv nasosida nosozlik yuzaga kelganligi aniqlandi. Hozirda nosozlikni bartaraf etish chorasi ko‘rilmoqda. Ta'mirlash ishlari 6 kun muddat ichida yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Unga qadar aholi ta'minotning muqobil turidan foydalanish imkoniga .ga. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati Cabinet | Bot | Telegram |facebook| Instagram | Youtube | Website | Chat
Показати все...
Murojaatga munosabat Iste'molchilarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Mustaqillik MFY Uvaysiy nomli ko‘chada ham toza ichimlik suvi ta'minotida muammo yuzaga keldi. Aholi murojaatidan so‘ng ushbu manzilda o‘rganish ishlari olib borildi. Ma'lum bo‘lishicha, aholi tomonidan tomorqani sug‘orishda ichimlik suvidan keng foydalanilmoqda. Buning natijasida ayrim ko‘chalarga suv yetib bormayapti. Shu bois "Andijon suv ta'minoti" AJ xodimlari har bir xonadonda bo‘lishib, ichimlik suvidan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib bormoqdalar. Unga qadar esa iste'molchilar ta'minotning muqobil turidan foydalanmoqda. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati Cabinet | Bot | Telegram |facebook| Instagram | Youtube | Website | Chat
Показати все...
"Андижон сув таъминоти" АЖ ахборот хизмати

“OʻZSUVTAʼMINOT” aksiyadorlik jamiyatining Andijon viloyat boʻlimi telegram kanali

https://www.facebook.com/profile.php?id=100089115704054

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.