cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! +998954792080

Більше
Рекламні дописи
1 025
Підписники
+324 години
+127 днів
+8330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

04:18
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
📺 Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 5
#xushxabar ⚡️Bugun Abdulla Qodiriy ijod maktabi uchun yotoqxona qurish ishlari boshlandi! Quruvchilar va maktab rahbariyati qo’y soʻyib, mahalla keksalaridan qurilish uchun duo olishdi. Ushbu marosimda tuman prokurori va mahalla raisi faollari ham ishtirok etishdi. 🏫Dastlabki rejalarga ko’ra yotoqxona 180 o’rinli bo’lib, yil so’ngiga qadar foydalanish uchun topshiriladi. 🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Telegram Facebook Instagram
Показати все...
👍 29👏 4 3🤩 1
03:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#qabul_2024 ✅”Mening tanlovim – Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi!”. ⚡️Farzandingizning yorqin kelajagi uchun barcha shart-sharoitlari taxt, ijodiy muhit va professional mutaxassislar yig’ilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 2024-2025-o’quv yili uchun qabul e’lon qiladi! 📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi yangi o’quv yili uchun 7, 8 va 9-sinflarga qabul e’lon qiladi. 📥Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi. ❗️Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi: ✅ I - ijodiy matn yaratish; ✅ II - ijodiy suhbat; ✅ III - 50 ta test. ▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test; ▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test; ▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test. 📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi. ☎️Call-markaz - 1206 🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Telegram Facebook Instagram
Показати все...
👍 8🤩 6 3❤‍🔥 1
15:05
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Qabul_2024 #OAV_biz_haqimizda AOKA | Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjatlar qabuli bilan bog'liq jarayonlar #uzbekiston Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#hududlardan_xabarlar #kunlik_dayjest ⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida eko-festival oʻtkazildi. ⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zukko kitobxon” tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi. ⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar kimyo sohasi olimlari bilan muloqot qildi. ⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida "Zukkolar” festivali oʻtkazildi. ⏺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida "Bir haftada bir kitob" loyihasining navbatdagi bellashuvi tashkil etildi. ⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan “Rally championship” musobaqasi uyushtirildi. ⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida OʻzFA akademiklari bilan uchrashuv oʻtkazildi. ⏺Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Sog‘lom turmush tarzi – oilamiz tayanchi” mavzusida sport musobaqalari tashkil etildi. ⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida aniq fanlar haftaligi oʻtkazildi. ⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari "Samarqandlik Behbudiy" spektakli namoyishida qatnashdi. ⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida fan o‘qituvchilarining 2023-2024-o‘quv yilida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlari yuzasidan hisobot taqdimoti o‘tkazildi. ⏺Hamid Olimjon va Zulfiya, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari fanlar, chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi. ⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Bokuda boʻlib oʻtgan Turkiy integratsiya olimpiadasida gʻolib boʻldi. ⏺Qoʻqon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi AQShning nufuzli universitetiga talabalikka qabul qilindi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
Repost from Hilola Umarova
00:32
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar! Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi… Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi. Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi. Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin. Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Показати все...
👏 8 4🎉 2👍 1
#imtihon ⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 11- sinflar uchun Matematika fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni bo’lib o’tdi. Jarayon boshlanishidan oldin mas’ullar o’quvchilarga imtihon tartib-qoidalarini, baholash nizomini batafsil tushuntirib berishdi. 🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Telegram Facebook Instagram
Показати все...
👍 4 2
02:11
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#OAV_da_biz ⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova O’zbekistonda diniy erkinlik mavzusidagi ko’rsatuvda ishtirok etgan edi. 📌Batafsil lavhada tomosha qiling 🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Telegram Facebook Instagram
Показати все...
6👍 3❤‍🔥 2😢 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi? ➖belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda; ➖ Prezident maktablari uchun talabgorlarning o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda; ➖talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda; ➖maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda; ➖shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas; ➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa. ☎️ Call-markaz: 1206 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 2
Repost from Xushnudbek.uz
Jadidlar merosi muzeyi tashkil etiladi Buxoro shahridagi tarixiy maskan – Xo‘ja Gulrez ko‘chasi 13-uy manzilida joylashgan Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Madaniy meros agentligi “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan jadidlik harakatiga oid tarixiy materiallar, ashyolar, noyob suratlarni Muzey uchun xarid qilib boradi. Muzeyni tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan muzey ashyolari va kolleksiyalari, kitob va qo‘lyozmalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, jihozlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalar, mebel va inventarlar 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
👍 9❤‍🔥 1 1