uk
Feedback
DIMI 40

DIMI 40

Відкрити в Telegram

Xo'jaobod tumani 40-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy telegram kanali.

Показати більше
476
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
-430 день
Архів дописів
Assalomu alaykum hurmatli dirketorlar! Ushbu havola orqali kirib har-bir maktabning har bir o'qituvchis va o'quvchilari o'zining SU'IY INTELEKT bo'yicha o'qib olgan sertifikat ma'lumotlarini kiritishlari kerak. O'qituvchilar va o'quvchilar ta'tilda ekanligi hammamizga ma'lum, lekin maktab jamoangizga topshiriqni to'g'ri tushuntirib bersangiz va nazorat qilsangiz albatta ijrosi ta'minlanadi. Ushbu topshiriq Vazirlik tomonidan berilmoqda, nazorati shaxsan boshqarma boshlig'ida.

Tuman(shahar) AKT ga mas'ul xodimlar diqqatiga! AIStudy va Coursera platformalarida o‘quv kurslarini tamomlab, IT-sertifikat olgan xodimlar hamda o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali to‘liq va xatosiz kiritishingiz so‘raladi: 🔗 Havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfmMxSbNuRB-Ic-ViBb8pFrPbV-Gfy0Bz7GdZI5lcA7U6xPlA/viewform Har bir shaxs uchun alohida javob yuborilsin. Sertifikat bo‘yicha faqat tekshiriladigan havola kiritilishi shart. Takroriy yoki noto‘g‘ri havolalar tizim orqali avtomatik aniqlanadi. Ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘g‘ri kiritilishi uchun maktab direktori mas’ul hisoblanadi. Topshiriqni olganlar izoh qoldirsin.

ONA TILI FANI USTOZLAR HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN BEPUL KURS🧑‍🏫👨‍🏫
Ishingiz tufayli repititorga borishga vaqtingiz yoq, buni bilamiz. Shu sababdan ham biz ishli va band insonlar uchun maxsus onlayn kurs ochdik. Eng asosiysi, bu kurs BEPUL! 3 oyda 0 dan A+ darajaga chiqing! 👨🏻‍🎓Bu kursni A+ sohibi Afzaldin Nizomiddinov olib boradi! ☎️Bizga bogʻlanish uchun quyidagi raqamlarga aloqaga chiqing! 📞+998500775787 HUSNIDDIN 📞+998941060459 DILNOZA 📲@ona_tili_saboqlari_online https://t.me/ona_tili_saboqlari_sertifikat

#Видеомурожаат ❗️Фарзандларингизни турли бузғунчи ғоялар таъсиридан асранг @dinuzbbot

Repost from E’zoza Karimova
🎒 Farzandingizni o‘z qo‘lingiz bilan maktabdan sovutib qo‘ymang! (Ota-onalar yo‘l qo‘yadigan eng katta xato) 🏫 Ayni qabul vaqtida ko‘pchilik ota-onalar farzandining kelajagi uchun eng yaxshisini xohlab, ammo e’tibordan chetda qoladigan bir jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. “Maktabda o‘zi o‘rganib ketadi”, “Zehni o‘tkir, yoshligidan qo‘shimcha til bilsa, foyda” degan o‘y bilan bolani u umuman tushunmaydigan tildagi sinfga joylashtirishadi. Biroq, bilmay qilingan bu qaror bolaning butun ta’lim hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 🧠 Nima uchun ta’lim tilini to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim?
Fanlarni o‘zlashtirishdagi to‘siq: 1-sinfda bola nafaqat o‘qish va yozishni, balki matematika, atrof-olam kabi fanlarni anglashi, mantiqiy fikrlashni o‘rganishi kerak. O‘qituvchisini tushunmasa, u fanni qanday o‘zlashtiradi? Tilni bilmasa, uy vazifalarini qanday bajaradi? Bu jarayonda siz unga qanday yordam bera olasiz? ➖  Psixologik zarba: Psixologlarning ta’kidlashicha, 1-sinf — shundoq ham bola uchun katta stress. Yangi muhit, yangi tartib, notanish jamoa. Bu stress ustiga til to‘sig‘i ham qo‘shilsa, bola xato qilishdan va savol berishdan qo‘rqadigan bo‘lib qoladi. ➖ O‘ziga ishonchning sinishi: Bolaning ichidagi ulkan salohiyat va iqtidor faqatgina shu tilni tushunmaslik kompleksi sababli yuzaga chiqmay, so‘nib qoladi.
🎓 Eng muhimi — farzandingiz maktabga o‘zlashtirishdan qiynalib, tushkun kayfiyatda emas, balki bilim olishga bo‘lgan katta ishtiyoq bilan borsin! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

Repost from Alisher Sadullaev
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar #Mirziyoyev #Yoshlar #30iyun
+3
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar #Mirziyoyev #Yoshlar #30iyun

Repost from Alisher Sadullaev
“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz
“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang! Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor! Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!
dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. @alisher_sadullaev

DIQQAT, DIQQAT!!! MAKTAB INTERNATIMIZNING 6–9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN MUHUM YANGILIK! 🇨🇳 🎉 40-Davlat ixtisoslashtirilgan m
DIQQAT, DIQQAT!!! MAKTAB INTERNATIMIZNING 6–9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN MUHUM YANGILIK! 🇨🇳 🎉 40-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ajoyib imkoniyat! ✨ Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan yozgi ta'til davrida "Xitoy tili" bo‘yicha BEPUL TO‘GARAK tashkil etilmoqda! 👨‍🏫 Mashg‘ulotlarni Andijon davlat tillar instituti talabasi Abduhalilova Marjona olib boradilar. 📚 To‘garak mashg'ulotlarimiz: ✅ 6–9-sinf o‘quvchilari uchun 💯 To‘garak mutlaqo BEPUL! 📆 Chorshanba va Juma kunlari 🕑 SOAT 09:00 - 10:30 ga qadar 🔹 xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqsangiz; 🔹 kelajakda xalqaro imkoniyatlarga ega bo‘lishni istasangiz; 🔹 xitoy tilini noldan o‘rganishni xohlasangiz, unda bu imkoniyat aynan Siz uchun! 🌏 Bugungi bilim — ertangi muvaffaqiyat! 🇨🇳 Xitoy tilini biz bilan bepul o‘rganing! @SUPERDIMI

🟨🟨🟨 🟥🟥🟥 Aziz va iqtidorli o‘quvchilar, qadrli yoshlar! Sizlarni mamlakatimiz yoshlari uchun katta bayram bo‘lgan 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Bugun 40-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatimizda ta’lim olayotgan har bir o‘quvchi – Yangi O‘zbekistonning kelajakdagi bunyodkoridir. Bizning asosiy maqsadimiz sizlarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni berish, iqtidoringizni ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Sizlarning ilm-fanda, xorijiy tillarni o‘rganishda va intellektual bellashuvlardagi muvaffaqiyatlaringiz bizning faxrimizdir. Qadrli yoshlar! Kelajak siznikidir! Bilimga intilishdan, tinimsiz izlanishdan va o‘z ustingizda ishlashdan hech qachon to‘xtamang. Maqsadlaringiz yuksak, shijoatingiz esa hamisha baland bo‘lsin. 40-DIMI jamoasi hamisha sizlarning erishayotgan yutuqlaringizdan g‘ururlanadi va kelgusidagi intilishlaringizda sizlarga suyanch bo‘ladi. Barchangizga sihat-salomatlik, ilmiy zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Jamshidbek Rasulov Xo‘jaobod tumani 40-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori ✅ @superdimi

#TABRIK #YOSHLAR_KUNI @superdimi
#TABRIK #YOSHLAR_KUNI @superdimi

#DIMI_40 #YOSHLAR_KUNI #BITIRUVCHI_2026 📚 "Yoshlar" kuni doirasida davra suhbati tashkil etildi. 📣Kuni kecha 40-DIMI direkt
+8
#DIMI_40 #YOSHLAR_KUNI #BITIRUVCHI_2026 📚 "Yoshlar" kuni doirasida davra suhbati tashkil etildi. 📣Kuni kecha 40-DIMI direktori Jamshidbek Rasulov tomonidan "Yoshlar" kuni tadbirlari doirasida bitiruvchi sinflar  11-"A" va 11-"B" sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi. 🔹Suhbat davomida o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari, kasb tanlashning ahamiyati, qabul imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda kelajakdagi maqsadlarni aniq belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi. 🎗Tadbir samimiy va qizg‘in ruhda o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. 🔥Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kelajakda munosib kasb egalari bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi. ✨ Kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarimizga ulkan zafarlar va oliy ta’lim sari dadil qadamlar tilaymiz! @SUPERDIMI bizni kuzatib boring!!👇 📤Telegram 🪙Facebook 🧬Instagram

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 💡💡💡💡💡 👍ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI - YOSHLAR ORZUSIDAGI OLIYGOH! #Abituriyentlar_Diqqatiga 🎓Kelajagingizni xorijiy tillar bilan bog‘lashni, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassis bo‘lib yetishishni istaysizmi? 🔺XORIJIY TILLAR – GLOBAL IMKONIYATLAR KALITI! 📞Call-markaz: 👍👍 👍👍👍 👍👍👍👍 👍👍 👍👍👍 👍👍👍👍
👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

## Birlikda kuch, g‘alabaga intilamiz! Milliy terma jamoamizga omad yor bo‘lsin! 🇺🇿⚽️🔥 Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va azmu shijoatli yoshlar! Bugun yashil maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, millionlab qalbga quvonch va cheksiz g‘urur bag‘ishlayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining har bir o‘yini barchamizni, ayniqsa, ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodni bir maqsad — Vatan g‘alabasi atrofida jipslashtirmoqda. Sport — matonat, birdamlik va yuksak intizom maktabidir. Oldinda vakillarimizni yanada nufuzli, mas’uliyatli va sharafli bahslar kutmoqda. Dunyo nigohidagi yirik maydonlarda mamlakatimiz dovrug‘ini ko‘tarish yo‘lida milliy terma jamoamizga Xo‘jaobod tumanidagi 40-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi, o‘quvchilari hamda shaxsan o‘zim nomimdan ulkan zafarlar tilayman! Biz milliy jamoamiz azolariga va murabbiylar shtabiga: 💪 Maydonda so‘nggi soniyalargacha so‘nmas iroda va mardonavorlik, ⚽️ Xalqimiz va sizga qarab intilayotgan yoshlarimiz kutgan chiroyli hamda g‘alabalarga boy o‘yinlar, 🏆 Har bir uchrashuvda, har bir taktik hujumda yuksak omad yor bo‘lishini tilab qolamiz! ### Butun O‘zbekiston siz bilan! Biz sizning kuchingizga, salohiyatingizga va har bir to‘p uchun kurashdagi matonatingizga so‘zsiz ishonamiz, yigitlar! Siz erishadigan g‘alabalar millionlab o‘quvchi-yoshlarimiz uchun yuksak motivatsiya va namuna maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Maktab-internatimizning butun jamoasi va yoshlari sizni oxirigacha qo‘llab-quvvatlaydi va har bir o‘yinda yakdil duo qiladi! Yorug‘ yuz va ulkan zafarlar bilan qaytish nasib etsin! G‘alaba sari olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿✨🏆 Hurmat bilan, Jamshidbek Rasulov 40-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori #O_zbekiston #Futbol #MilliyTermaJamoa #40_DIMI #JamshidbekRasulov #BirlikdaKuch #OmadVaZafar

Repost from E’zoza Karimova
🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot ➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q! 🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz?
my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. ➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi. ➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz. Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi.
Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering:
Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan so‘ng (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi. ➖ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. ➖ Til bilish darajasi: Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan. ➖ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul!
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

*E'LON Hurmatli KANALIMIZ OBUNACHLARI. 👉 Tillaboyeva Shadmanxonga tegishli ID karta va plastik karta Xo'jaobod tumani 40-DIM
*E'LON Hurmatli KANALIMIZ OBUNACHLARI. 👉 Tillaboyeva Shadmanxonga tegishli ID karta va plastik karta Xo'jaobod tumani 40-DIMI hududida tushirib qoldirilgan. Hujjat egasini taniganlar uchun va murojaat uchun👇 tel: (50) 221-61-64

40-DIMI jamoasi va shaxsan o'zim nomimdan sizni ulug' ayyom - Qurbon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Bu barakali
40-DIMI jamoasi va shaxsan o'zim nomimdan sizni ulug' ayyom - Qurbon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Bu barakali va savobli kunlar barchamiz uchun quvonch va tinchlik olib kelsin. Qurbon hayiti munosabati bilan uyingizda shodlik, dastingizda mo'l-ko'lchilik bo'lsin. 🌟 Duolarimiz ijobat bo'lsin: * Tinchlik, omonlik, millatlararo totuvlik doimiy bo'lsin. * Yaxshi niyat va amallarimiz qabul bo'lib, hayotimiz yanada go'zal bo'lsin. * Oila a'zolarimiz sog'-salomat bo'lishsin, yosh avlodimiz bilimli, barkamol bo'lib voyaga yetishsin. Hayit bayrami munosabati bilan, oilangiz va yaqinlaringizga mehr-oqibat va saxiylik ko'rsating. Shodlik va baxtni barcha bilan ulashing. Yana bir bor Qurbon hayiti muborak bo'lsin! 🕌🎉 @superdimi

#DIMI_40 #XayrMaktabim #UstozgaEhtirom 🎗Bayram tadbiri davomida ustozlarga ehtirom va kutilmagan sovgʻalar bayram tadbiriga
+9
#DIMI_40 #XayrMaktabim #UstozgaEhtirom 🎗Bayram tadbiri davomida ustozlarga ehtirom va kutilmagan sovgʻalar bayram tadbiriga o'zgacha fayz kiritdi. ✨ Tadbirda yil davomida fidokorona mehnat qilgan, yoshlarga ilm-fan sirlarini oʻrgatgan muhtaram ustozlarimiz munosib taqdirlandilar va qimmatbaho sovgʻalar ulashildi. 🔥Kun kutilmagan va eng taʼsirli voqealardan biriga boy boʻldi: Maktab-internatimiz direktori oʻzining yillar davomida ustozlik qilib kelayotgan uztozi Ochilbek Obidovich Usmonovga alohida ehtirom koʻrsatdi va zartoʻn kiydirdi. 👏Bu goʻzal anʼana barchaga ustozlik maqomi naqadar ulugʻ ekanligini yana bir bor his qildirdi. 🔸Ustozga boʻlgan bunday eʼtibor tadbir ishtirokchilarining qalbidan chuqur joy oldi.
DIMI hayotiga oid yangiliklarni pastdagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring!!👇
📤Telegram 🪙Facebook 🧬Instagram

#DIMI_40 #Soʻnggi_Qoʻngʻiroq_2026 🔔 Qalblarda muhrlangan soʻnggi qoʻngʻiroq! 📣Kuni kecha 25-may kuni 40-davlat ixtisoslasht
+9
#DIMI_40 #Soʻnggi_Qoʻngʻiroq_2026 🔔 Qalblarda muhrlangan soʻnggi qoʻngʻiroq! 📣Kuni kecha 25-may kuni 40-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida hayajonli, quvonchli va biroz mahzun damlarni oʻz ichiga olgan "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbiri boʻlib oʻtdi. ⚡️Bu kun maktabimizning 11-"A" va 11-"B" sinf bitiruvchilari uchun qadrdon maktab dargohi bilan xayrlashish va mustaqil hayot boʻsagʻasiga qadam qoʻyish ramzi boʻldi. 🎗Koʻzlarda quvonch va kelajakka boʻlgan ulkan umidlar bilan bitiruvchilarimiz oltin davrni yakunlashdi. 🚀 Aziz bitiruvchilar! Oq yoʻl sizga! Maktabimizda olgan bilimlaringiz kelajakda sizni yuksak choʻqqilarga yetaklasin. Vatanimiz koriga yaraydigan eng yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishingiz tilakdoshimiz.
DIMI hayotiga oid yangiliklarni pastdagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring!!👇
📤Telegram 🪙Facebook 🧬Instagram

#DIMI_40 #Soʻnggi_Qoʻngʻiroq_2026 🔔 Qalblarda muhrlangan soʻnggi qoʻngʻiroq! 📣Kuni kecha Xoʻjaobod tumani 40-davlat ixtisos
+8
#DIMI_40 #Soʻnggi_Qoʻngʻiroq_2026 🔔 Qalblarda muhrlangan soʻnggi qoʻngʻiroq! 📣Kuni kecha Xoʻjaobod tumani 40-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida hayajonli, quvonchli va biroz mahzun damlarni oʻz ichiga olgan "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbiri boʻlib oʻtdi. ⚡️Bu yil maktabimizning 11-"A" va 11-"B" sinf bitiruvchilari uchun qadrdon maktab dargohi bilan xayrlashish va mustaqil hayot boʻsagʻasiga qadam qoʻyish ramzi boʻldi. 🎗Koʻzlarda quvonch va kelajakka boʻlgan ulkan umidlar bilan bitiruvchilarimiz oltin davrni yakunlashdi.