MAKTAB 40 (DIMI)
Открыть в Telegram
Xo'jaobod tumani 40-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy telegram kanali.
Больше473
Подписчики
+124 часа
-37 дней
+3130 дней
Архив постов
Repost from Saida Mirziyoyeva
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
—
Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.
Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.
Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было
Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.
Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.
Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!
🇺🇿 ONA TILIM — FAXRIM, G‘URURIM!
📚 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Xo‘jaobod tumani 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho boyligimizdir. Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodga sof holda yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Ona tilimiz doimo barhayot bo‘lsin! 💐🇺🇿
#OnaTilim #DavlatTili #21Oktabr #40Maktab
“VATAN TAYANCHI” — KELAJAK POYDEVORI
👨✈️Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida joylashgan 40- maktabning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadi a’zoligiga yangi qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali “Va’da berish” marosimi o‘tkazildi.
🎖Shuningdek, otryadning har bir yangi a’zosi maktab rahbariyati, ustozlar va o‘quvchilar qarshisida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, uning sha’ni va manfaatlarini munosib himoya qilishga va’da berdi.
🎗Tadbir davomida o‘quvchilarga Vatan taqdiriga daxldorlik hissi, yurtga muhabbat va sadoqat, ma’naviy-axloqiy, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga yuksak hurmat kabi fazilatlarning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
“VATAN TAYANCHI” — KELAJAK POYDEVORI
👨✈️Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida joylashgan 1-2-9-33-40- maktabning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadi a’zoligiga yangi qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali “Va’da berish” marosimi o‘tkazildi.
🎖Shuningdek, otryadning har bir yangi a’zosi maktab rahbariyati, ustozlar va o‘quvchilar qarshisida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, uning sha’ni va manfaatlarini munosib himoya qilishga va’da berdi.
🎗Tadbir davomida o‘quvchilarga Vatan taqdiriga daxldorlik hissi, yurtga muhabbat va sadoqat, ma’naviy-axloqiy, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga yuksak hurmat kabi fazilatlarning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
@qabuldimi
Ustozlarim bor bo'ling 🫡
https://www.instagram.com/reel/DerHcPoga82/?psln=MW01Nzd5bml0ZDJuaA==
@qabuldimi
+5
#MAKTAB_40
#FAN_TOGARAKLARI
Xoʻjaobod tumani, 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida reja asosida tashkil etilgan fan toʻgaraklari mashgʻulotlari.📚 Tashkil etilgan toʻgaraklar va ularning yoʻnalishlari: Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish hamda fanlarga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida quyidagi fan toʻgaraklari muvaffaqiyatli oʻtkazildi: 🧮Matematika toʻgaragi: mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi qiziqarli misol va masalalar yechishga bagʻishlandi. 🇬🇧Ingliz tili toʻgaragi: oʻquvchilarning ogʻzaki nutq koʻnikmalarini oshirish, soʻz boyligini boyitish va ingliz tilida muloqot qilish amaliyotiga qaratildi. 🔬Kimyo toʻgaragi: qiziqarli tajribalar va nazariy bilimlarni mustahkamlash mashgʻulotlari oʻtkazildi. 📘Rus tili toʻgaragi: adabiy matnlar ustida ishlash va grammatik qoidalarni mustahkamlashga eʼtibor qaratildi. @superdimi
+2
Assalomu alaykum. Barchaga xayrli tong. Bugun 19-oktyabr haftaning dushanba kuni. Boshlanayotgan haftamiz hammamizga baroridan kelsin.
O'quvchilarimiz kunni ertalabki safda badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
@qabuldimi
+7
#Tanishing
"O'quvchilar kengashi" saylovi maktab bosqichi g'oliblarini e'lon qilamiz
@qabuldimi
+5
AXBOROT
Xo‘jaobod tumani 40-sonli umumta’lim maktabida O‘quvchilar kengashining maktab bosqichi o‘tkazildi
Xo‘jaobod tumani 40-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish, tashabbuskorlik va mas’uliyat hissini rivojlantirish maqsadida O‘quvchilar kengashining maktab bosqichi tashkil etildi.
Mazkur jarayonda o‘quvchilarga O‘quvchilar kengashining maqsad va vazifalari, uning maktab hayotidagi o‘rni hamda yoshlarning ta’lim-tarbiya, ma’naviyat, madaniyat va jamoat ishlaridagi faolligini oshirishdagi ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Saylov jarayonida o‘quvchilar o‘z nomzodlarini ilgari surish, ularning tashabbus va takliflari bilan tanishish hamda munosib nomzodlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Xo‘jaobod tumani 40-sonli umumta’lim maktabi
Maktab maslahatchisi: A. Zoitov
@qabuldimi
📚 IQTIDORLI YOSHLAR — YURT KELAJAGI!
🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi
Xo‘jaobod tumani 40-sonli umumta’lim maktabida maktab maslahatchisi A. Zoitov tomonidan 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining mazmun-mohiyati, asosiy maqsadlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirda maktabimizning 10-sinfida tahsil olayotgan, mazkur milliy dastur ishtirokchilari Raxmonova Dilbaroy va Tursunboyeva Shodiyona ham ishtirok etdilar. Ular o‘z tengdoshlariga dasturda qatnashishning ahamiyati, bilim olishga bo‘lgan intilish, muntazam izlanish va o‘z ustida ishlashning muhimligi haqida fikr bildirdilar.
🔹 Milliy dastur haqida nimalar bilamiz?
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoni asosida amalga oshirilmoqda. Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — iqtidorli va salohiyatli yoshlarni erta aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashishdir.
🔹 Dastur o‘quvchilarga qanday imkoniyatlar yaratadi?
Dastur doirasida o‘quvchilarning bilim salohiyatini oshirish, xalqaro ta’lim standartlariga mos tayyorgarlik ko‘rish, xorijiy tillarni o‘rganish va xalqaro imtihonlarga tayyorlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, yoshlarning tanqidiy va mustaqil fikrlashi, muammolarga yechim topishi, jamoada ishlashi hamda yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Dastur doirasidagi ta’lim va tayyorgarlik jarayonlari yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oliy ta’lim muassasalariga kirishi va dunyo miqyosida o‘z bilimlarini namoyon etishlari uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
🔹 Tengdoshlar tajribasi — muhim rag‘bat!
Tadbir davomida 9-sinf o‘quvchilariga bilim olishda maqsadni aniq belgilash, fanlarni puxta o‘zlashtirish, xorijiy tillarni o‘rganish, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish hamda turli tanlov va olimpiadalarda faol qatnashishning ahamiyati tushuntirildi.
Dastur ishtirokchilari Raxmonova Dilbaroy va Tursunboyeva Shodiyona misolida o‘quvchilarga katta maqsadlarga erishish uchun izchil mehnat, intizom, sabr-toqat va o‘z imkoniyatlariga ishonch zarurligi ta’kidlandi.
Tushuntirish ishlarining asosiy maqsadi — o‘quvchilar orasida ilmga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi marralar sari ruhlantirish va kelajak kasbini ongli ravishda tanlashlariga ko‘maklashishdan iborat.
Zero, bugungi bilimli, tashabbuskor va izlanuvchan yoshlar ertangi kunning malakali mutaxassislari, olimlari, ustozlari va yetakchilaridir.
40-maktab jamoasi yoshlarning bilimli, salohiyatli va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishiga qaratilgan targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni davom ettiradi.
🌟 Ilm — taraqqiyot kaliti, iqtidor — kelajak poydevori!
📍 Xo‘jaobod tumani 40-sonli umumta’lim maktabi
👤 Maktab maslahatchisi: A. Zoitov
#PrezidentIqtidorliFarzandlari
#40Maktab
@qabuldimi
+1
📚 IQTIDORLI YOSHLAR — YURT KELAJAGI!
🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi
Xo‘jaobod tumani 40-sonli umumta’lim maktabida maktab maslahatchisi A. Zoitov tomonidan 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining mazmun-mohiyati, asosiy maqsadlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
@qabuldimi
Repost from Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Shavkat Mirziyoyev har bir OTM kim uchun va qanday kadrlar tayyorlayotganini aniq belgilab olishi kerakligini aytdi. Prezident Erkinjon Turdimovning vazir etib tayinlanishi haqida gapirarkan, to‘rtta viloyatni boshqargan shaxsni bejiz tanlamaganini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/12/erkinjon-turdimov/
Telegram | Instagram | YouTube
📌 Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.
Jaydari tilda aytganda, ota-onamiz biz uchun qilgan yaxshiliklarni beminnat qiladi. Mabodo biz keksayganlarida ularga shu yaxshiliklarini qaytarsak, bu dunyoda ulardan baxtli insonlar bo’lmaydi.
@qabuldimi
+7
📢 O‘QUVCHILAR KENGASHIGA SAYLOV QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA!
🏫 Xo‘jaobod tumani 40-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar kengashiga saylov jarayoni ko‘tarinki ruhda va qizg‘in tarzda o‘tkazilmoqda.
🗳️ Saylov davomida o‘quvchilar o‘z nomzodlarini qo‘llab-quvvatlab, maktab hayotida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
🌟 Mazkur jarayon yosh avlodda yetakchilik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va demokratik saylov madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Faol yoshlar — maktab kelajagi! 🇺🇿
Maktab maslahatchisi: A.Zoitov
#MAKTAB_40
#DAVRA_SUHBATI
Xo‘jaobod tumanidagi 40-umumta’lim maktabida Xo‘jaobod tuman "Ettichinor" jome masjidi imom noibi MuhammadQuddus Abdulmannon, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (MMIBDO‘), ustozlar hamda o‘quvchilar ishtirokida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda odob-axloq, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, ota-onaga ehtirom hamda ustozlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ilm olishga intilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va jamiyatda munosib o‘rin egallashga undash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. O‘quvchilarga tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, mehr-oqibatli bo‘lish, ezgu amallarni ko‘paytirish hamda har bir ishda mas’uliyat bilan yondashishning ahamiyati tushuntirildi.
Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, hayotiy tajriba va foydali tavsiyalar bilan tanishdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni barkamol inson etib tarbiyalash hamda maktab, oila va mahalla hamkorligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
