Panda Books
Відкрити в Telegram
Books & Book Reviews. Zamonaviy mutolaa repertuari. Insta: instagram.com/pandabooksuz Donat: 8600312923143529 Reklama: @pandapochtabot
Показати більше5 442
Підписники
-524 години
-107 днів
-5730 день
Архів дописів
5 442
+1
Joan Rowling Dementorlarning kelib chiqishi haqidagi daxshatli haqiqatni oshkor qildi
"Garri Potter“ asaridagi ushbu mash’um maxluqlar shunchaki sehr-jodu mahsuli emas, balki yozuvchining shaxsiy fojiasi timsolidir. Onasining vafotidan keyin Rouling og‘ir depressiyaga tushib qoladi. Aynan mana shu ruhiy holat uni dementorlar obrazini yaratishga ilhomlantirgan.
Muallifning ta’kidlashicha, depressiyaning eng dahshatli jihati g‘am-gussa emas, balki odamning ich-ichidan butkul bo‘shab qolishidir. Insonlar qalbidagi quvonch va umidni so‘rib olib, ortidan faqatgina sovuqlik va umidsizlik qoldiradigan dementorlar real hayotdagi ana shu psixologik holatning aniq badiiy in’ikosiga aylandi.
Siz bu haqida nima deysiz?
@boredpandablog
5 442
Turizmni 13+ yil tajribaga ega ustozlar bilan o'rganing
Sayohatni kasbga aylantirmoqchimisiz?
Travel Skills — bu shunchaki turizm kurslari emas. O'zbekiston turizmida 13+ yil tajribaga ega mutaxassislarning amaliy bilimlari.
Ular sohaning ichki tuzilishini yaxshi bilishadi: ish beruvchilarga qanday ko‘nikmalar chindan ham zarur, sayohat yo‘nalishlarini qanday tuzish va o‘z biznesini qanday ochish kerakligini.
🗒Siz nimalarni o'rganasiz:
— Turlarni tashkil etish va hamkorlar bilan ishlash
— Viza va hujjatlarni rasmiylashtirish
— Turistik xizmatlarni ilgari surish
— Mehmonxona yoki sayyohlik agentligini boshqarish
✨ Ta'lim shakllari: onlayn va oflayn
✨ Davlat namunasidagi sertifikat
✨ Butun O'zbekiston bo'ylab 1200+ bitiruvchi
👌Turizm — bu hayot tarzi. To'g'ri ustoz bilan boshlang.
Saytga kirish
#reklama 16+
online.travelskills.uz
5 442
Haligacha oʻqimaganingizdan uyaladigan kitoblaringiz bormi?
https://www.instagram.com/reel/DZxRc6HoY4n/
Yangi reelsim. Sizdan share. izoh va layk🔥
@panda_books
5 442
Repost from Bored Panda
Tarixiy debyut uchun yomon emas. Mundial darajasida o’ynadik. Harakat qildik. Munosib raqibga qarshi turib bera oldik. Gol urdik. 1-2 ham biz uchun yaxshi hisob edi. Mayli.
Xafa bo’lishga asos yoʻq. Yigitlarga keyingi o’yinlarda omad!
5 442
Repost from Panda Books
Yoshligimizda sevib tomosha qiladigan multfilmlar texnik yuksak boʻlmasada, ancha chuqur falsafaga boy edi. Hozir bunaqalari kam uchraydi. Ulardan biri “Nemoni izlab” edi, masalan.
Undagi syujetga e’tibor bersangiz, aslida masxaraboz baliq Marlin avvaliga oʻz farzandlariga Marlin Kichkina deb ism bermoqchi boʻladi. Uning ayoli esa Nemo. “Mayli faqat bittasini shunday nomlaymiz” deydi Marlin. Ammo keyin sodir boʻlgan fojea: ayoli va bolalaridan ayrilishi, tirik qolgan yolgʻiz farzand…
Qiziq, Nemo aslida lotinchadan “Hech kim” degan ma’noni beradi. Yana uni otasidan boshqa hech kim koʻrmagan, Marlinga yoʻlda uchraydigan xotirasini yoʻqotgan Dori..
Bu falsafiy jihatdan aslida shunchaki farzandni izlash emasdi, bu Marlinning oʻzligini anglash yoʻlidagi sarguzashti, oʻz qoʻrquviga tik boqishga jasorat topish uchun yoʻlga chiqilgan safar edi.
Tubsiz okean, turli qoʻrqinchli va xatarli xavflar orasidan oʻtish… umuman hozir yoshi katta inson va avvalo ota koʻzi bilan qarasam, bu qanchalik mashaqqatli ish ekaniga yana bir bor amin boʻlayapman..
Albatta, bu mutlfilm va unda hammasi yaxshilik bilan yakunlanadi. Ammo hayotda hammagayam Nemosini topish nasib qilavermaydi.. koʻpchilik aqldan ozadi, yoʻlini yoʻqotadi.
Bir vaqtlar Nitshe aytganidek, “Agar uzoq vaqt inson tubsizlikka qarab tursa, tubsizlik ham unga qarab boshlaydi.”
@panda_books
5 442
#review #taqriz
📓Aleksandr Soljenitsin — “Ivan Denisovichning bir kuni”
Nega biz voqealar ko‘lamini bo‘rttirishni yaxshi ko‘ramiz? Fojeani ko‘rsatish uchun unga janglar, galaktika halokati yoki dabdabali nutqlar shartdek go‘yo. Biroq 1962-yilda “Noviy mir” jurnalida bir qissa bosilib chiqdiki, u sovet jamiyatini tom ma’noda larzaga keltirdi va jahon adabiyotini butunlay o‘zgartirib yubordi. Unda bor-yo‘g‘i oddiy, ko‘zga tashlanmaydigan insonning bir kuni tasvirlangan edi.
Totalitar tizimning bor jahannamini ko‘rsatish uchun millionlab otib tashlanganlarni tasvirlash shartmi? Bu uchun Shch-854 raqamli mahbus hayotining 24 soatini bor tafsilotlari bilan ko‘rsatishning o‘zi kifoya bo'lsachi? Soljenitsindan dohiyona yurish.
Ivan Denisovich Shuxov kim edi? U na yovqur inqilobchi, na g‘oyaviy dissident va na tutqunlikdan azob chekayotgan ziyoli emasdi. U shunchaki oddiy rus erkagi, sobiq mehnatkash va askar bo‘lib, nemis asirligida bo‘lgani uchungina “vatanga xiyonat” degan absurd ayblov bilan qamalgandi.
Uning maqsadi esa yanada kamtarroq va dahshatliroq — kechgacha omon qolish. Bir parcha ortiqcha qora non topish, etigini asrash, arzimas sabab bilan karserga (jazo kamerasiga) tushib qolmaslik, qahraton sovuqda gulxan atrofida isinish va sotsialistik shaharcha qurilishida g‘ishtni sifatli, vijdonan terish — shunchaki boshqacha ishlashni bilmasdi.
Qissaning eng qo’rqinchli joyi — uning xotimasi. Soljenitsin Shuxovning kunini hayratlanarli so‘zlar bilan yakunlaydi. Ivan Denisovich o‘z taxta karavotida mutlaqo baxtli bo‘lib uyquga ketadi. Nega? Chunki kun ko‘ngilsizliklarsiz o‘tdi: karserga tiqishmadi, brigadani bo‘ronda ishlashga haydashmadi, tushlikda u uddaburonlik qilib bir kosa bulyonni ortiqcha undirdi, kechki payt esa omadi kelib latishdan tamaki sotib oldi.
Buni o‘qib ko’zimga yosh keldi. Tizim inson hayotini shunchalik ezgan, toraytirgan va pichoqsiz so‘ygan ediki, voyaga yetgan, baquvvat erkak uchun baxtning cho‘qqisi — bir qoshiq ortiqcha qaynatilgan karam va bugun nazoratchilar uni kaltaklamagani bo‘lib qoladi. GULAGning haqiqiy dahshati ham mana shunda — tikanli simlarda emas, balki insonning hayvoniylashgan hayotga qanday qilib sezdirmay ko‘nikishi va bundan chin dildan quvonishida.
Soljenitsin shunchaki lager xronikasini yozmagan. U g‘ayriinsoniy sharoitlarda insoniy qadr-qimmatni saqlab qolish bo‘yicha qo‘llanma yaratgan desak ham bo’ladi. Chunki Shuxov lager boshliqlariga chaquvchilik qilgani uchun omon qolayotgani yo‘q. U kichik, ammo buzilmas ichki qoidalari evaziga yashab qolmoqda: u hech qachon bosh kiyimda ovqatlanmaydi, birovning mehnatini hurmat qiladi, lagerdagi “tamom bo‘lganlar” kabi birovning kosasini yalash darajasiga tushmaydi.
Ismingizni, kiyimingizni, uyingiz va erkingizni tortib olishgan dunyoda, sizning roziligizsiz sizdan tortib olib bo‘lmaydigan yagona narsa — bu o’z qadr-qimmatingizdir.
“Ivan Denisovichning bir kuni” —qahva bemaza chiqqani yoki kimdur sizni salomingizga alik olmagani uchun “kun rasvo o’tdi” deb noliydigan bugungi kunimizga qarshi eng yaxshi ziddizahardir. Uni o’qib chiqib “oddiy kun” deb atashga odatlangan narsaga butunlay boshqacha nigoh bilan qaray boshlaydi inson.
@panda_books
5 442
Asaxiydan yoqimli bonus keldi! Investorlarni yaxshi qoʻllab-quvvatlash bu:)
@panda_books
5 442
Agar kitob sizni jalb etmasa, uning birinchi nechchinchi varag'ida o'qishni to'xtatasiz? Yo oxirigacha o'qiysizmi?
@panda_books
5 442
Qizuka
Bugun miyamga kelib qoldi. Bizni taraflarda “singil” soʻza deyarli ishlatilmaydi. Aka yoki opa oʻz singlisini “Qiz uka” deb ataydi. Hamma shunday deydi. -Qizukang qani? masalan. Oʻylab qaralsa, biroz gʻalati atama. Qanday paydo boʻlganini esa bilmayman.
Men esa koʻpincha singil so’zi ishlatarkanman. Kitoblardan tilimga kirib qolgan. Mana hozir oʻgʻillarimga ham tabiiyki singling deb oʻrgataman. Shu singilni tarixini ham bilmayman lekin:)
@panda_books
5 442
Ro’parama-roʻpara ya’ni pastimizdagi qoʻshnilar o’ris yosh oila yoki juft. Mana nechi yildirki, bizga, bolalarimizga shovqiniga biror marta jaloba qilishmadi, urishib chiqishmado. Kech kelishadi, erta ketishadi. Yigit muskulli, qiz miqti, epchil. Tinc, indamasdan, ideal qoʻshni boʻlib yashashadi. Shunchalik idealki..
Manimcha, ular yollanma qotil boʻlsa kerak…
@panda_books
5 442
Buning yaxshi tarafi ham bor. Shartli Dubay Las-Vegasdan, Istanbul San-Fransiskodan, Singapur Parijdan kechki hayoti, goʻzalligi, tabiati va xavfsizligi jihatdan ustun. Va bu shaharlarga borish ancha arzon va oson.
Olma-Ota, Tbilisi va Toshkentdagi kafe, restoran va berilayotgan konsertlar, tungi klublar darajasi boʻyicha istalgan Yevropa shaharidan ustun.
@panda_books
5 442
Xorazm shevasi oʻzbek adabiy tilidan koʻra ozarbayjon tiliga yaqinroqdek. Rostanam oʻgʻuz lahjasida gaplashadigan mintaqa qarluq shevasiga asoslangan adabiy tiliga yaqin bo’lmaydi.
@panda_books
5 442
Hozirgi dunyoning eng katta xavotiri - Eng qudratli davlatlari AQSH, Rossiya va Xitoy g'oyaviy jihatdan demokratiyadan keskin uzoqlashayotgani bo'lmoqda.
Bugungi Jahon Chempionati aynan Amerika o'zi bir paytlar ustidan kulgan Sobiq Ittifoqni yodga soladi. Kirishga qattiq cheklovlar, viza muammolari, ustiga-ustak, ichki muammolar, masalan jamoat transportidan ko'ra shaxsiy avtomobilga moslashgani, narxlar, ishsizlik va qurol olib yurish huquqi...
Dunyoning eng qudratlari faqatgina harbiy jihatdan ilg'or bo'lishi va uni bosim vositasiga aylantirish - juda yomon signal.
5 442
#haqida
AMERIKA
Bundan 25 yil muqaddam bu yerga birinchi marta kelganimda, mamlakatlar o‘rtasida ulkan sivilizatsiyaviy tafovut bor edi. Qozog‘istondan AQShga kelib qolgan odam baribir madaniy shokni boshdan kechirardi. Boshqa odamlar. Boshqa mashinalar. Boshqa kiyimlar. Boshqa bayramlar. Boshqa taomlar.
Keyin esa global (Amerika) interneti va ayfon paydo bo‘ldi. "Buyuk Amerika" madaniyati avvaliga G‘arbiy Yevropaga sekingina sizib kirdi va u yerdagi mahalliy an’analar-u turmush tarzini siqib chiqardi. So‘ngra tatuirovkalar, casual wear, feminizm, "Alifbo odamlar", liberal demokratiya, rep va “qora juma” bilan birgalikda butun dunyoga eksport qilindi.
Bugun begona mamlakatga borgan talaba mutlaqo hech qanday madaniy shokni his qilmaydi — hamma joyda odamlar bir xil xudi, krossovka va beysbolkalarda yurishibdi, bir xil savdo markazlarida bir xil burgerlarni yeyishadi, bir xil ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazishadi, bir xil smartfonlarda bir xil seriallarni ko‘rib, bir xil musiqalarni tinglashadi. Biz hammamiz allaqachon Buyuk Amerika Imperiyasida yashayapmiz.
Kuchli davlat targ‘ibotiga qaramay, butun dunyo yoshlari o‘zlarining milliy bayramlari — qandaydir “respublika kuni”, “mustaqillik” yoki “birlik” kunlarini emas, balki Hellouin va Muqaddas Valentin kunini quvonch bilan nishonlashadi. Kostyumli kechalarni (vecherinkalarni) Argentina xarobalaridan tortib Sitsiliya qishlog‘igacha, Mo‘g‘uliston ovuligacha bo‘lgan har bir shahar va qishloqdan topish mumkin.
Umuman olganda, Ukraina va Erondagi urushlar — Yevrosiyoning ushbu imperiyaga qarshilik ko‘rsatishga bo‘lgan so‘nggi urinishidir. Ammo keksa dohiylarning ketishi bilan bu urinish ham barham topadi. Internet va pop-madaniyatga qarshi urush olib borib bo‘lmaydi. Memlarni yengishning imkoni yo‘q. Ayniqsa, buning evaziga o‘zingiz tayinli biror narsa taklif qila olmasangiz.
— Rashev
@panda_books
5 442
Repost from Panda Books
Samolyotda London-Toshkent reysida uchayotganingda yoki Istanbul aeroportining shovqinli zallarida navbat kutayotganingda, atrofingdagi odamlarga qarab bir narsani tushunasan: hamma qayergadir shoshadi, nimadir qidiradi. Lekin eng qizig‘i — biz qayerga bormaylik, o‘zimiz bilan "ichki kutubxonamizni" olib yuramiz.
Nazarimda bizning avlod — so'nggi romantiklarmiz. Biz haliyam adabiyotdan tasalli qidiramiz. Usmon Nosirni mungli satrlari yoki Qodiriyni og‘ir realizmi bo‘ladimi, baribir o‘sha ma’naviy ildizga ehtiyoj bor. Lekin zamon shafqatsiz: qo‘limizda doim og‘ir kitoblar ko‘tarib yurishga na vaqt, na joy bor. Ayniqsa, tez-tez sayohatda bo‘lsang.
Oxirgi vaqtlar "Mutolaa" ilovasi men uchun o‘sha qadrdon javonning raqamli ko‘rinishiga aylandi. Bu shunchaki audio kitoblar yig‘indisi emas, bu — asabni tinchlantiruvchi, sivilizatsiyaning eng katta boyligiga ega bo'lish usuli. Dunyoqarashni kengaytirish uchun hamisha investitsiya kerak — xoh vaqt, xoh mablag‘ bo‘lsin.
Aytgancha, agar siz ham "premium" qulayliklarni yaxshi ko‘rsangiz, obunani rasmiylashtirayotganda PANDABOOKS promokodini yozing. Bu sizga 10% chegirma beradi. Ha, katta boylik emasdir, lekin sifatli kontent uchun yoqimli bonus.
Foydalaning.
@panda_books
5 442
Instagramda doimgidek rekka chiqibdi shu videoyim.
https://www.instagram.com/p/DZRuDOzsIoF/
Sizlar ham kirib qo'llab-quvvatlang, sharing is caring🔥🔥
@panda_books
5 442
#newbook #yangikitob
“Ajdodlarimiz fojiasi” – Mirkarim Osim
Kitob devonayu Mashrab, Beruniy, mo’g’ullarga qarshi chiqqan Spitamen va Temur Malikning jasoratiyu Uvaysiyning barchani o’ziga rom qiluvchi g’azallari va Mohlaroyim hayoti haqida so'zlaydi.
Nashriyot - Zabarjad Media. O'qib ko'ramiz.
@panda_books
5 442
Kapalak effekti yoxud tarixni yaxshi niyatda o'zgartirish to'g'rimi?
Kecha reelsda bitta video ko'rib qoldim. Unda muallif tomoshabinlarning layklariga erishish uchun neyrotarmoqlar yordamida “Taxtlar o‘yini” serialini “tuzatibdi”. Ya'ni Ned, Rob Stark va boshqa ko'pchilik omon qoladi. Ozgina fanatcah qiziqish zarar emas, lekin bu to'g'ri emasdi. Bu video shov-shuv ko‘targach, u bu uslubni shunchaki real tarixga nisbatan qo‘llay boshlabdi. Keyingi videolarda "Titanic"ni qutqargan, avstriyalik rassomga diplom bergan, 9/11ni oldini olgan va hz..
Bundaylar insoniyat poydevoridan bitta qonli g‘isht sug‘urib olinsa, butun bino nafaqat tik turaveradi, balki yanada go‘zal bo‘ladi, deb chin dildan ishonishadi.
Biroq reallik ancha murakkab. O‘tmishni qayta yozishga bo‘lgan har qanday urinish muqarrar ravishda ikkita fundamental narsaga borib taqaladi: biri – tarixning achchiq sabog'i, va kapalak effekti.
11-sentabr fojiasi tufayli xavfsizlik talablari oshdi va katta ehtimol bilan, boshqa ko‘plab shunga o‘xshash jinoyatlarning oldi olindi. Yaponiya tajribasi yadro qurolining dahshatli qudratini ko‘rsatdi. Yadro energetikasining xavfi haqida bilimlar bo‘lmaganida, Chernobildagi kabi stansiyalar hamma yerda keng tarqalib ketardi balki.
Keling, mantiqni ishga solib, zumerlarcha ssenariyni oxirigacha ko‘rib chiqaylik. Deylik, bizning “oliyjanob” blogerimiz haqiqatan ham “Titanik”ni qutqardi. Kema Nyu-York sohiliga bexavotir langar tashladi, hamma tirik va baxtiyor. Xo‘sh, keyin nima bo‘ladi?
Keyin xalqaro hamjamiyat xavfsizlik qoidalarini qayta yozmasdi. Kemalar hamon yetarlicha qayiqsiz va tunda radiostansiyalari o‘chirilgan holda suzishda davom etaverardi. Toki oradan vaqt o'tib okeanda boshqa uchta layner to‘qnashib, undan besh baravar ko‘p odamning umriga zomin bo‘lmagunicha. O‘tmishda bir kemaning qutqarilishi kelajakda boshqa dahshatliroq falokatga aylanardi.
Yoki o‘sha avstriyalik rassomni olaylik. U Vena shahrida qolib, manzaralar chizishda davom etardi. Ura, dunyo qutqarildi! Biroq 30-yillardagi Germaniya hamon Versal shartnomasi bilan toptalgan, mamlakatda esa ayovsiz qashshoqlik, ishsizlik va revanshizm ishtiyoqi hukm surmoqda. Jamiyatning radikal liderga bo‘lgan ehtiyoji hech qayoqqa yo‘qolmagan. Natijada bir ruhiy nosog‘lom odamning o‘rniga hokimiyat tepasiga boshqasi — ehtimol, undan-da makkorroq va hisob-kitoblirog‘i kelardi.
Boshimizga tushgan har bir fojia — bu tizimdagi tasodifiy nuqson emas. Bu — shafqatsiz, dahshatli, ammo zaruriy saboq. Chunki biz faqat og‘riq orqali o‘rganamiz. Insoniyat shunday yaratilgan: boshi devorga tegmaguncha, hech kim o‘zini sug‘urtalamaydi, cho‘kayotganini tan olmaguncha, hech kim qutqaruv nimchasini kiymaydi.
O‘tmishni neyrotarmoqlar bilan tuzatib bo‘lmaydi, bunga hojat ham yo‘q. Undan xulosalar chiqarish kerak, xolos. Kapalak effekti teskari tomonga ham ishlaydi: bugungi kundagi tushunadigan, ehtiyotkor va insonparvar bo‘lib yetishganimiz — kecha qanchalik qattiq kuyganimizning bevosita natijasidir.
Shuning uchun kapalaklarni tinch qo‘ying. Tarixni o‘qing va undagi xatolarni takrorlamang.
@panda_books
5 442
https://www.instagram.com/reel/DYtgY9AI2oF/?igsh=MTY2cDQ1ZmdubmkxOQ==
“Taxtlar oʻyini” oʻzbekcha tarjimalar toʻliq tarkibda endi mening kutubxonamda😍
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
