ch
Feedback
Panda Books

Panda Books

前往频道在 Telegram

Books & Book Reviews. Zamonaviy mutolaa repertuari. Insta: instagram.com/pandabooksuz Reklama: @pandapochtabot

显示更多
5 113
订阅者
-824 小时
-277 天
-8130 天
帖子存档
“Kredit boʻlmasa, tun ham goʻzal aslida.” - Yuk mashinadagi yozuv @panda_books

#longread 30 30 yosh. Yoʻq, darhol qandaydir ekzistensial krizisdan gap boshlamang. Bolaligimizdan ongimizga shunday bir qolipni singdirishgan: o‘ttiz yoshgacha sen karyera qilishing, shaxsiy uying, oilang, dofiga davlatga borib kelishing va bankda aqchang bo‘lishi shart. Mabodo bularni to‘liq qilmagan bo‘lsang — tamom, «luzersan». Ammo bu kalendardagi oddiy sana, xolos. Yana bir gap, o‘ttiz yosh — inson hayotidagi eng zo‘r davr. 30 yosh — bu qarilik emas. Toʻgʻri yoshlik ham emas, ammo, o‘smirlarga xos tentaklik yoki shoshqaloqlik ham yoʻqolib, sof tafakkur ishga tushadigan palla. 20 yoshingda kimgadir nimanidir isbotlashga urinib tipirchilaysan. Vaqtingni toksik tanishlarga sarflaysan, shubhali joylarda vaqt o‘tkazasan, odamlar nima deydi deb qayg‘urasan va hayot — ertaga cheksiz marta Restart qilsa boʻladigan oʻyin ekaniga ishonasan. 30 yoshda anglab yetasanki, training season over. Va bu — fojia emas, balki ozodlikdir. Xo‘sh, 30 yoshni aslida qanday nishonlash kerak? 30 yoshda qilinishi mumkin bo‘lgan eng ahmoqona ish — bu kimgadir hayotingiz naqadar zo‘r ekanini ko‘rsatish uchun ijtimoiy tarmoqlarga mo‘ljallangan xo‘jako‘rsin shou uyushtirish. Odamlar siz haqingizda nima deb o‘ylashiga mutlaqo parvo qilmay qo‘yganingizda yangi davr boshlanadi. 30 yoshda sen o‘z vaqtingning qadrini aniq tushunib yetasan. Boshqalarning bo‘sha gurunglarini eshitishni, diqqatni bo‘g‘uvchi davralarda o‘tirishni va «odob yuzasidan» aloqalarni ushlab turishni ortiq xohlamaysan. 30 yoshni nishonlash — bu bitta stol atrofida, yonida «muvaffaqiyatli inson»ning soxta niqobini taqishga hojat bo‘lmagan o‘sha uch-to‘rt kishinigina jamlash demakdir. Ha, organizm endi bedor tunlar va duch kelgan fastfudni kechirmaydi. Kechagi o‘tirishlarning xumori endi ikki kun davom etadi, belingiz esa tuzukroq matras talab qila boshlaydi. Va bu — o‘zingizga nisbatan o‘lmas Avatardek munosabatda bo‘lishni to‘xtatib, nihoyat o‘zingizni hurmat qilishni boshlash uchun ajoyib sabab ham. 30 yoshda senda allaqachon muvaffaqiyatsizliklar, chilparchin bo‘lgan xomxayollar va xatolar tajribasi bor bo‘ladi. Harakat qilib, oʻxshamagani bu hali magʻlubiyat emasligini anglaysan. Yana 20 yoshda bo‘lmagan bir narsa — qat’iy qarorlar qabul qilish hamda taqdirdan yosh bolalarcha arazlamay, ko‘z yosh to‘kmay turib bu qarorlar uchun javobgarlikni bo‘yniga olish qobiliyati paydo bo‘ladi. O‘ttiz yoshni salyutlar bilan «nishonlash» shart emas. O‘ttiz yoshga qadam qo‘yishning asl marosimi — o‘zingizga yaxshi bir ichimlik quyish, achchiqroq qahva damlash, haqiqatan ham yaqin insonlaringizni bag‘ringizga bosish, hayotingizga pushti ko‘zoynaksiz boqib, o‘zingizga ochiqchasiga: «Bolalik tugadi. Endi eng qizig‘i boshlanadi», deb ayta olishdir. HBD to yoouuu A-A-A! @panda_books

Bizda O‘qishni qanchalik xushlamasliklarini hisobga olsak, jamiyatning savodxonlik darajasi hayratlanarli darajada yaxshi:) @panda_books

Inson ma’lum bir davrga yetgach, oldida ikkita tanlov qoladi: yo yigʻgan bilim-ilmlarini oʻzida saqlash, yo boshqalar bilan ulashish. Davr deganda men yoshni nazarda tutmayapman, zero yosh boʻlib ham katta ilm egasi boʻlish mumkin. Ustozlik insoniyatdagi eng muhim, mustahkam rishtalardan birinchisidir. Bu zamon va makondan tashqari, yuz yillar oʻtib, minglab chaqirim naridagi inson siz qoldirgan bilimlardan foydalanishi mumkin. Ustoz, Murabbiylikni men shunday tushunaman. Men ham qachondir Ustoz boʻlishni oʻylayman. Balki Toshkentning qoq markazidagi topoviy universtitetda auditoriyalarni toʻldirib leksiya oʻqirman, balki olis bir qishloqning oddiy bir maktabida chuldirab yotgan bolalarni ogʻzimga qaratib, qilgan sayohatlarim haqida soʻzlab, ularni katta orzular qilishga undarman. Shu kanal ham oʻzi shu uchun ochilganku, muloqot qilish, oʻrganish va oʻrgatish uchun.. Ustoz va murabbiylik uzoq, mashaqqatli va ishi ogʻri kasblardan biri. Shu bilan birga eng savobli ishlardan biri ham. Ustozlar(im)! sizlarni bayramingiz bilan chin dildan tabriklayman! @panda_books

Salom, 30! @boredpandablog

#news O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan ad
#news O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan adiblar qatoriga kirdi. Bu haqda “Literary Hub” xabar berdi. Bu rasmiy Nobel akademiyasi xabari emas, ko'proq tahminga o'xshash narsa. Hamid Ismoilov 1954-yil 5-may kuni Qirg‘izistonning To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. U 1992-yilda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga ketgan va BBC Jahon xizmatida 25-yil faoliyat yuritgan. Yozuvchining asarlari o‘zbek, rus, fransuz, nemis, turk va boshqa tillarda nashr etilgan. U o‘zbek adabiyoti namunalarini boshqa tillarga, jahon adabiyoti asarlarini esa o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ismoilovning “Jinlar bazmi” romani 2018-yilda ingliz tilida nashr etilgan. Asar 2019-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining EBRD Adabiy mukofoti bilan taqdirlangan. @panda_books

Ishdan kelib oʻtirsam, oʻyinchoqlar sochilib yotibdi. Keyin intizomli va qattiqqoʻl ota sifatida ularni hammasini bolalarni oʻzlariga yigʻdirdim. Oxirida kichkina oʻgʻilcham oʻyinchoq toʻla paketni koʻtarib, joyiga olib bormoqchi boʻldi. Ammo kuchi yetmadi. Shunda kattasi kelib, “men kuchliman” deb bittada koʻtardi. Keyin “dada qarang, men koʻtardim” deb maqtanishni boshladi. Bu orada esa kichkinam paketni sudragancha joyiga olib ketdi. @panda_books

Turagent kasbini noldan o'rganing : baza + sotuv sirlari Turagent bo'lmoqchisiz, lekin qayerdan boshlashni bilmaysizmi? Yuliya Bekirova (turizmda 15+ yillik tajriba) kursi — tur tanlashdan bitim yopishgacha to'liq bazani beradi. Siz olasiz: ✅ 8 ta top yo'nalish tahlili (Misr, BAA, Turkiya, Tailand, Maldiv, Vyetnam, Shri-Lanka, Ummon) ✅ eng yaxshi narxli hamkorlar bazasi ✅ turagentning barcha hujjat namunalari ✅ chegirmasiz sotuv texnikalari - Litsenziyalangan sertifikat - Kurs 3 xil tarifda mavjud - Kursdan keyin 3 oy qo'llab-quvvatlash Batafsil ma'lumot saytda ⚡ Saytga kirish #reklama 16+ online.travelskills.uz

O'qishni ayni vaqti. @panda_books
O'qishni ayni vaqti. @panda_books

#news Shaxmat olimpiadasi chempionlarimiz faxriy unvon va Prezident sovg‘asi sifatida ularga Volkswagen avtomobili, kottej (uy) va 200 ming AQSH dollari sovg‘a qilinibdi. 👏👏👏

Oyinada qiziq maqolalar muntazam chiqib turadi. https://oyina.uz/uz/article/4916

“Sharq, ma’lum ma’noda, Yevropa tasavvurining mahsuli edi. Asrlar davomida u romantika, sirli xotiralar, ekzotik manzaralar va g‘ayrioddiy sarguzashtlar maskani sifatida gavdalantirildi”. Edvard Said, “Orientalizm” (1978)

https://t.me/BoredPandablog/12838 Toshkent Botanika bog‘i bosh dendrologining ismi Atirgul ekan. 😊😊😊

​​Men Qoraqalpog'istonda, To'rtko'lda tug‘ilganman. Ulg'ayganman. Hali ham maktabimni, o‘qituvchilarimni, sinfdoshlarimni, sho‘rocha qurilgan binolarni, chang ko'chalarni, eski zavod-u, eski Bozorrni, oddiy mehnatkash odamlarni, qahraton quruq qishlar-u, jazirama issig'ini, Amudaryosini, shahar ortidagi bepoyon cho'lni va o‘z hovlimni yaxshi eslayman. Bular hali-hanuz tushlarimga kirib chiqadi. O‘sha yerda men ilk bor ko‘ngil qo‘yganman. Men o‘zim tug‘ilib o‘sgan zaminni sevaman. Bir yil Buyuk Britaniyada magistratura tahsil oldim. U yerda haqiqiy ILM qanday bo'lishini tushundim. Ilm va bilim qadrini ko'rdim. Yana dunyoning naqadar keng va rang-barangligini anglab yetdim. Inglizlar boshqa millat, din va tanasi rangiga ega insonlarga qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rdim. Ushbu tahsilimdan g‘ururlanaman. Yana Londonni sevdim. Menimncha dunyoda Londondan ulug'vorroq, go'zal va hashamatli shahar bo'lmasa kerak. Tumanli Albion, futbol, Harry Potter, yam-yashil maysalari va ingliz me’morchiligi. Barini juda qumsayman. Islandiyada ham 5 kun vaqtim o‘tdi. Bu hayotimdagi eng, eng, eng bo‘lakcha mamlakat. U yerda men Tabiatni rosmana kashf etdim. Islandiyada dunyodagi eng go'zal sharsharalar, geyzerlar, sohillar va issiq buloqlar bor. Reykyavik o'ta kichik shahar bo'lsa ham, juda tinch va go'zal. Hvammsvik cherkovi uzoqdan uchayotgan raketaga o'xshab turadi. Uni ustiga chiqib qarasangiz, uzoqdan Atlantika okeani mavjlanib turadi. Kemaga o'tirib, kitlar va delfinlarni ko'rganim esa unutilmas taassurot edi. Dengiz ko'rmagan yigitning birato'la okeanni zabt etgani shu bo'ladi. Men uning tabiatini, qo'l yetmagan muzlik va vulqonlarini yaxshi ko‘raman. Islandlar sovuq va odamovi ko'rinsa, ham ichidan naqadar mehribon va insonparvar ekanini bildim. Endi o‘zimni hech bir qiyinchiliksiz viking sifatida tasavvur qila olaman. Buning uchun Islandiyaga tashakkur. Yana kuzda Ispaniyada ham bo‘lib qaytdim. Ortga ispaniyaliklarni, ular yashayotgan mamlakatni nihoyatda yaxshi ko‘rib qaytdim. O‘rtayer dengizini, vinosi-yu mazali taomlarini va latofatli ayollarini xush ko‘raman. U yerda ham endi men begona emasman. Ispanlar hayotdan quvonib, har bir kunidan zavqlanib, unga qandaydir ma’no bag‘ishlashga intilishlarini ko‘rib, bundan to'lqinlanib ketaman. Hayotning har bir daqiqasidan zavq olishni o'rgatgani uchun Ispaniyadan minnatdorman. Hozir esa Toshkentda yashayapman. Bu shahar men uchun naqadar qadrli ekanini ta’riflashga mos so‘z topolmayman. Bu yerda chinakam mustaqil va erkin bo'ldim. Bu yerda yaqin do'stlarim, ooilam, hamkasblarim, istaganimda bemalol suhbat qura oladigan mamlakatning eng oldi ziyoli qatlami bor. Bu yerda o'zimni xuddi katta xolamni uyidagidek his etaman. Toshkent - men mansub bo‘lgan xalqning eng zamonaviy shahri. Hali men ko'rmagan, bilmagan, bormagan qanchadan-qancha go'zal davlatlar, urf-odatlar va yaxshi insonlar bor. Endi esa, kimlardir faqat birgina mamlakat qoidalari bilan yashashim, faqat birgina mamlakat urf-odatlariga amal qilishim, faqat birgina mamlakat g‘oyalariga sodiq qolishim lozimligini, aks holda dushman, xoin va manqurtga aylanishimni uqtirishsa — aqlim bovur qilmay qoladi. Qanday qilib inson faqat bitta haqiqatni tanlab, qolganlarini rad etishi yoki inkor qilishi mumkin? Umumbashar ko‘lamiga qanday qilib ko‘z yumish mumkin? Meni... qo‘limdan kelmaydi. Rostdan. Qo‘limdan kelmaydi, vesssalom. @panda_books

Oxiriga yetganingda, yo'l boshida seni qiynagan qo'rquvlaring ustidan kulasan. @panda_books

Bugun omadli mutolaa kuni ekan. Foydalaninglar. @panda_books
Bugun omadli mutolaa kuni ekan. Foydalaninglar. @panda_books

Zangori ko‘ldan ne foyda, Tik qoyasi tikon bo‘lsa. Suvi sovuq, balig‘i oz, Tayoq yutar sayoz bo‘lsa. Moviy osmondan ne foyda, Qo'ynida quyosh kulmasa. Qizlar titgan paxtaday Oq bulutlar suzib yurmasa. Baland tog‘dan ne foyda, Cho‘qqisida qor yotmasa. Shildirab oqqan suvining Ta'mi boldek totmasa. Chayqalgan bog‘dan ne foyda, Mevasidan yozda totmasang. Ishdan horib qaytganda, Soyasida yotmasang. Yorug‘ kundan ne foyda, Uyingda tonging otmasa. Nimasi qiziq dunyoni, Sho‘x qahqaha otmasang? Yig‘gan boylikdan ne foyda, Ortingda avlod qolmasa. Tun uyqungni buzsa ham, Chaqaloq hidi kelmasa. Mard yigitdan ne foyda, Qo'liga qurol olmasa. Yurtini, sevgilisin Yov qo'lidan asramasa. Oqsuyaklikdan ne foyda, Nasihatni uqmasa. Aroq ichib mast bo‘lib, Kattalarni hurmat qilmasa. Bir tug‘ishgandan ne foyda, Ahillik, birlik bo‘lmasa. Issiqda birga yonib, Sovuqda birga to‘ngmasa. Qarindoshdan ne foyda, Seni ko‘rolmasa. Bu dunyo bir o‘kinchligin Tiriklikda o‘ylamasa. Sonsiz do‘stdan ne foyda, Dard-holingni sezmasa. Haqiqatni izlashib, Qiyinchilikka chidamasa. Yoshlik davrdan ne foyda, Olov bo‘lib yonmasa. Oyli tunda sayr etib, Muhabbatga qonmasa. Qarilikdan ne foyda, Rohat-farog‘at ko‘rmasa. O‘stirgan o‘g‘il-qizing Qarzini uzib bermasa. Suluv qizdan ne foyda, Restoran yo‘lin poylasa. Dollar uchun kimgadir Nomusini toptasa. Go‘zal yordan ne foyda, Turmush dardin o‘ylamasa. Mehmonga do‘sting kelganda, Egilib to‘shak solmasa. Ko‘p bilgandan ne foyda, Ichda saqlab aytmasang. Yoshlarni yig‘ib qoshingga, Bilganingni o‘rgatmasang. Men shoirdan ne foyda, Tinglaydigan odam bo‘lmasa. Dono gapirilgan so‘zlar Yuraklarga borib qo‘nmasa. Xulosaga kelganda, Aytar so‘zim, ey azamat: Murodingga yetmasang, Yomonlikka yuz tutsang, Aql o‘rgatgan insonga «O‘zim bilaman, ket" desang — Bu umrdan ne foyda, Xalqingga xizmat qilmasang?! Bu foniydan ne foyda, Bu yolg'onchidan ne foyda — Xalqingga xizmat qilmasang! https://www.youtube.com/watch?v=EzGZ76YjPKQ&list=RDEzGZ76YjPKQ&start_radio=1

Svetaevaning 1915-yilda yozilgan ushbu she'ri juda mashhur. Kecha reelsda bitta bloger ijrosida uning boshqacha versiyasini eshitib qoldim. Unda she'riyatda juda kam uchraydigan holat - so'kinish va g'azab orqali hissiyotni ifoda etganini ko'rish mumkin. Ha, sevgi bu doim ham chiroyli so'zlar emas, bu his. U har xil bo'ladi. Menga bu she'r, aniqrog'i uning ijrosi yoqdi. @panda_books

Мне нравится, что вы больны не мной, Мне нравится, что я больна не вами, Что никогда тяжелый шар земной Не уплывет под нашими ногами. Мне нравится, что можно быть смешной — Распущенной — и не играть словами, И не краснеть удушливой волной, Слегка соприкоснувшись рукавами. Мне нравится еще, что вы при мне Спокойно обнимаете другую, Не прочите мне в адовом огне Гореть за то, что я не вас целую. Что имя нежное мое, мой нежный, не Упоминаете ни днем, ни ночью — всуе… Что никогда в церковной тишине Не пропоют над нами: аллилуйя! Спасибо вам и сердцем и рукой За то, что вы меня — не зная сами! — Так любите: за мой ночной покой, За редкость встреч закатными часами, За наши не-гулянья под луной, За солнце, не у нас над головами,- За то, что вы больны — увы! — не мной, За то, что я больна — увы! — не вами! М. Цветаева

#yangikitob #newbook Ushbu seriyadagi kitoblarni yigʻishda davom etamiz
#yangikitob #newbook Ushbu seriyadagi kitoblarni yigʻishda davom etamiz