cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Abdulloh Shamsutdinov

Ta’lim sohasida tadbirkor, biznesni raqamlashtirish va avtomatlashtirish bo’yicha mutaxassis, tizimlashtirish talabasi.

Більше
Рекламні дописи
4 192
Підписники
-424 години
-337 днів
-9630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Birini yo’qotasiz Harakat va shaxsiyatimizga salbiy baho beradigan kishilar ko’p topiladi. Kimdir va’daboz, boshqasi kibrli deydi. Bizni yaqindan biladigan, birga ishlaydigan, yashaydigan insonlarning fikrlari aksar holatda rost bo’ladi. Bizni uzoqdan biladigan, faqat tarmoq orqali taniydigan kishilar aytadigan salbiy fidbeklar esa ko’pincha bir tomonlama, rost bo’lmaydi. Uzoqdagilarning fidbeklarini jiddiy olsangiz xotirjamligingizni yo’qotasiz, yaqindagilarni jiddiy olmasangiz yaqinlaringizni. @abdulloh_shamsutdinov
Показати все...
Qora izlar ketishi qiyin Yaqin ukalarimizdan biri rahbarlari bilan kelisholmay, ishni tashlab ketib qolibdi. Boshqa chiqmasligi xabarini hamkasblaridan aytib yuborgan ekan. Eshitib qattiq xafa bo‘ldim, ish uchun emas, ukamiz kelajagi uchun. Yana bir shogirdlarimizdan biri ishlayotgan joyidagi muammolarga yechim topish haqida oxirgi ikki oyda ikki marotaba maslahat so‘rab oldimizga keldilar. Fikrlashdik, yechim topishga harakat qildik. Tavsiyalarimizni qo‘llab ko‘rdilar. Yakunda, ukalarimizning ikkisi ham boshqa ishga o‘tadigan bo‘lishdi. Farqlari esa birlari ishlab turgan kompaniyalariga noqulaylik tug‘dirib ketdi, ikkinchilari esa boshlagan ishlarini yakunlab, o‘rinlariga odam tayyorlab ketmoqchi. Qaysi biri tutgan yo‘l professional, o‘z sha’ni va obro‘yi uchun, keyingi karyerasi uchun to‘g‘ri edi? Qaysi birini endi biz hurmat qilamiz, boshqalarga yana tavsiya qilolamiz, maslahatlarimizni ayamaymiz? Bir yil avval ham bir ukamiz biz olib kirgan joydan bizdan bemaslahat chiqib ketgandilar, qattiq koyib bergandim o‘shanda. Foydasi ham bo‘lmadi, aslida. Lekin, u kishi haqida bizda, ishxonasida yaxshi taassurot qolganmi? Yo‘q, albatta. Qadamimizni o‘ylab bosaylik, iz qoladi. Qora izlari ko‘p odamlarni katta ishlarga jalb qilishmaydi, bizneslarga sherik, sirlarida sirdosh qilishmaydi. Shunchaki, salfetka singari ishlatib, keyin tashlab yuborishadi. Bizni ishga kirishimiz, sherikchilikni boshlashimiz bilan eslab qolishmaydi, balki ishdan bo’shashdagi, hamkorlikni tugatishdagi munosabatimiz bilan yodda saqlashadi, birodar. @abdulloh_shamsutdinov
Показати все...
Tormoz berishni bilish muhimroq Mashina yoqilg'isini tejash uchun kamroq gaz berishdan ko’ra, kamroq tormoz berish foydaliroq. Manba Mashhur kompaniyalarda ishga kirishda zo’r mutaxassis bo’lishning o’zi yetmaydi, hozirgi ish joyingizda yaxshi munosabatlarni saqlash va o'rinbosar tayyorlab bo’shash kerak. Manba Mahsulot yoki xizmatni ko'proq sotish uchun yangi mijozlarni jalb qilish yetarli emas; mavjud mijozlarga berilgan va'dalarni sifatli bajarish zarur. Manba Yetuk kadrlarni jamoaga qo’shilishga qiziqtirish osonroq, ammo fikriga ega shaxslarni bir jamoada ushlab turish va foydalanish qiyin. Manba Baxtli oilani qurish uchun solih bo’lish va soliha topish muhim ish, lekin baxtli yashash uchun qiyin vaziyatlarda sabrli bo'lish va g'azabda sukut qilish kerak. Manba Sodiq do'st topish muhim, lekin ular nafsga yoqmaydigan nasihatlar qilganda qabul qilish kishini rivojlantiradi. Manba Boy bo'lish uchun ko'p pul topish kerak, lekin boy yashash uchun kamroq pul ishlatish kerak. Manba @abdulloh_shamsutdinov
Показати все...
Save money and fuel by driving efficiently.

Our fuel-saving tips can help you save both fuel and money!

Repost from Think with Mirro
00:02
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Marketingda shogirdlik Tushuntirishga vaqt yo'q. @RahimovSchool marketing jamoamizga shijoatli, kreativ, ishlarni tez va sifatli bajara oladigan mehnatkash odam izlayapmiz. Evaziga Aziz Rahimov boshchiligidagi katta va ahil jamoada ishlash, ta'limga hissa qo'shish va marketing darslarida o'tilmaydigan tajribalarga ega bo'lish imkoniyatini beramiz. Kofe, choy, kulerda suv va bir mahal ovqat – bonus. Oylik ham beramiz, qo’rqmang) Agar sizda biznes fikrlash, muammolarga imkoniyat sifatida qaraydigan tafakkur va marketing/biznesda kichik bo'lsa ham tajriba bo'lsa, ushbu vakansiya aynan siz uchun. Qisqa formani to'ldirib, karyerangizda hoziroq muhim burilish qiling! 🟢https://bit.ly/marketing-jonu-dilim #ish / @thinkwithMirro
Показати все...
laugh-hard-cleaning.mp40.80 KB
Hazil ishda ham muhim Garvard tadqiqotiga ko‘ra 4 yoshli bola kuniga o‘rtacha 300 marta, 40 yoshli kishi esa atiga 4 marotaba kular ekan. Hodge assotsiatsiyasi tadqiqotida 737 nafar bosh direktorlarning 98% hazilni his qiladigan xodimlarni afzal ko‘rishini bildirgan. Ishda ham hazildan foydalanadigan odamlar ko‘proq kreativ, samarador va yaxshiroq qaror qiluvchi hamda hamkasblar bilan tez chiqishuvchanligi isbotlangan. Qiziq jihati, ular boshqalarga qaraganda kamroq kech qolishadi, kamroq kasal bo‘lishar ekan. Hamkasblarimizni o‘ylab ko‘rsam bizda ham shu holat chiqdi. Deyarli barchamiz taniydigan, bir qadar havas qiladigan Muhammadali Eshonqulov akamiz ham tabassum va hazilni hech kamda qilmaydilar, latifalari ham bo‘lakcha. Ishdagi eng katta muammolardan biri qiyin suhbatlarni kechga surish yoki ulardan qochish. Hazilni his qiladigan jamoalarda esa bu muammo kam kuzatiladi. Ashnaqa, "ishda jiddiy bo‘lish kerak", degan gaplar quruq gap, xolos. Samimiy, o‘rnida hazil qiladigan xodim, rahbar yoki hamkasb bo‘lavering, do‘stlar. "Qo‘rqsa hurmat qiladi" degandagi qo‘rquvni esa nazardan qolish va ishonchni yo‘qotishdan qo‘rquv, deb tushunish kerak. @abdulloh_shamsutdinov
Показати все...
Repost from Aziz Rahimov
Maktabimiz natijalari JLSAAT matematika olimpiadasida 5ta sovrinli o’rin oldik. Prezident maktabi bitiruvchilari bilan debat o’tkazib, durrang natijaga erishdik. Zakovat o’yinlari Mirzo Ulug’bek tumani bosqichida 2-o’rinni egalladik. 20ta IELTS 7.0+ natija. 2ta 8.0 (umumiy IELTS soni 40tadan oshdi). O’quvchilarimiz darslikdan tashqari 796 ta kitob o’qib tugatishdi. (300-500 betlik) SATdan 12 ta o’quvchimiz natija tomon harakat qilyapti. Hozircha eng balandi - 1480 O’quv yili tugamasidan 28 ta bitiruvchimiz universitet grantlarini yutishdi. Qolganlari javobini kutyapmiz. Farzandlariga ziyon bo’lmasin deb, bir necha oilani isloh qildik. Bir necha bitiruvchilarimizni muhandislik kabi qiyin sohalarga qiziqtira oldik. O’nlab o’quvchilarimiz kitobga mehr qo’yishdi. 81% ota-onalarimiz bizni doimiy tavsiya qilishni boshlashdi. O’quv yilimiz hali tugamadi. Bizni yana yangiliklar kutyapti. Jamoamizga, bizga ishongan ota-onalarga rahmat! @rahimovschool
Показати все...
Qizishingiz yolg’on Ta’lim va ta’lim menejmentiga qizishini aytib, jamoamizga qo‘shilish niyatida keladigan yoshlar juda ko‘pligi bizni quvontiradi. Lekin, afsus ularning 90%i dan ortig‘i na ta’lim haqida na boshqaruv borasida birorta kitob o‘qigan bo‘lib chiqadi. 250’ga yaqin rezyumelar ichida chet tilini yaxshi bilishini yozgan nomzodlarning ham 90-95% i o‘sha tilda umrida bir dona bo‘lsa ham kitob o‘qimagan, podkast eshitmagan. Shu vatandoshlarimizga aytgim keladi, qiziqishingiz amalingizga ko‘chmagan bo‘lsa, o‘zingizni ham boshqalarni ham aldayapsiz. Xuddi, bir qizni sevishini, uylanmoqchi ekanligini og‘izda aytib yurib, lekin sovchi yuborish so‘ralganda ming bir bahonalar qilib yurgan yigitga o‘xshab. Til borasida ham shunga o‘xshash fikrim, agar undan foydalanmaydigan bo‘lsangiz o‘rganmay qo‘yavering, miyani to‘ldirmasdan. O‘rganib bo‘lgan bo‘lsangiz undan foydalaning, puli bo‘lsa ham och yurgan kishiga o‘xshamasdan. @abdulloh_shamsutdinov
Показати все...
Muhabbat kuchli qilsin Litsey davrim, 1-kursning avvali. Bir qizni yoqtirib qoldim. Juda yaxshi o‘qir ekan, man esa ko‘paytirishni ham bilmayman, bilishni ham istamasdim. Bezori yigitman, litseyga tasodifan kirib qolganman. Vaqt o‘tib oilasini ham surishtirdim. Onasi faqat o‘qimishli yigitga turmushga bermoqchi. O‘zi ham bollar bilan gaplashadigan tipdan emas. Man ham qizlarga ikki og‘iz gapni bir qilib gapiroladigan bola emasdim. O‘ziga va oilasiga ma’qul kelish uchun o‘qimishli bo‘lishim zarurligini tushunib, 2-kursga yaqin matematika o‘rganishni boshladim. Esimda, o‘shanda ko‘p xonali sonlarni bo‘lishni uydagi kelinoyim o‘rgatgandilar. U xorijiy yo‘nalishda, man esa aniq fanlar yo‘nalishida o‘qirdik. Shu sabab u ingliz tilini yaxshi bilardi. Repetitorga ham qatnashar edi. 3-kursga yaqin unga yaqinroq bo‘lish niyatida ingliz tilini ham o‘rganishni boshladim. Man zimdan yoqtirardim, suhbatlashmasdik. Litseyga kelishini ham, ketishini ham uzoqdan kuzatardim. Shu zaylda matematikani juda yaxshi o‘rgandim, ingliz tilidan u o‘qiydigan darajaga chiqib, guruhlariga qo‘shildim ham. Universitetga ariza topshirish oz qolgandi, u bizdan hech birimizni tanlamadi (4-5 kishi yoqtirardik), bizdan 2-3 yosh katta boshqa bola bilan unashtirilganini eshitdim. Qabul qilish qiyin bo‘ldi, tepaliklarga chiqib yig‘lagandim o‘shanda. Biz universitetga qabul qilindik, u kirolmadi. Sentyabr oyida to‘yi ham bo‘ldi, o‘sha kuni o‘rtoqlarim bilan Toshkentdagi uyimizda to‘rt yeb o‘tirgandik, normal o‘tib ketdi. Keyinchalik man ham uylandim, bir umrli sevgilimni topdim, farzandli bo‘ldim, shukr. Hozir u ham man kabi baxtli bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Endi, bu o‘ta shaxsiy voqealarni nega yozganimga o‘tsam. Sizni sevma, yoqtirma, deb qaytarolmayman, bu qalb ishi. Lekin, muhabbatingiz vaqtingizni isrof bo‘lishiga, sha’n va iffatingizni tushishiga sabab bo‘lmasin. Ehtimol, birga bo‘lolmassiz va bu sizlar uchun eng xayrlisi bo‘lar, xuddi bizdagi kabi. Chin muhabbat sizni yanada kuchliroq bo‘lishga undashi kerak, aksincha bo‘lsa hali birga bo‘lmasingizdan sizni ortga tortayotgan, o‘sishdan to‘sayotgan hislar keyinchalik ziyoningizga ko‘proq ishlaydi. Chin muhabbat to‘ydan keyin bo‘ladi, demayman, balki haqiqiy sevgi bugun ham sizga yordam beradi, yuksaltiradi, yaxshiroq inson bo’lishizga sabab bo’ladi, shuni qidiring. Birga bo‘lish va bo‘lmaslik taqdir masalasi, xotirjam bo‘ling, sizga bitilgan sizdan qocholmaydi, sizdan farqli ham bo‘lolmaydi, u sizning juftingiz, vaqtini kutib ulg‘ayyapti, xolos. Men esa mani bugungi va kelajagimdagi shaxsiyatimni shakllantirishga katta ta’sir qilgan o‘sha vaqtdagi muhabbatimga rahmat aytib so’zimni tamomlayman. Hammasi uchun rahmat! @abdulloh_shamsutdinov
Показати все...
Hozir yashayapmiz Aksarimizda "Maktab davrimda vaqtimni juda isrof qilgan ekanman…", "Kompyuter o‘ynashga ketgan vaqtimni til o‘rganishga sarflasam hozir qiynalmasdim…" singari o‘tmishimizdan afsuslanishga xotiralarimiz yetarlicha. Vaqt isrof ketgani rost, lekin u haqida hadeb o‘ylayverish, suhbatlarda qayta-qayta eslash haqiqiy isrof bo‘lsa kerak. "Kun bugundir" degan gap bor, shu fikrga hozirda to‘liq qo‘shilaman. Faqat, bunga g‘arbcha yondashuvdan farqli qarayman. Masalan, "Har bir lahzangdan zavq olib yasha" emas, "Har bir lahzang ma’noli bo‘lsin" deyish yaxshiroq deb ishonaman. Hozir to‘g‘ri, foydali ish bilan band bo‘lish yetarli. Vaqt o‘tib hozirgidan yaxshiroq bandlikni topishimiz mumkin, balki zarur ham, ammo bu ham aynan o‘sha kundagi shaxsiyatimiz, dunyoqarashimiz uchun mos faoliyat bo‘ladi, xolos. Demoqchi bo‘lganim, o‘tmishimiz yoki kelajagimiz hozirdan ahamiyatsiz, balki ayni daqiqada nima qilayotganimiz, o‘ylayotganimiz muhim. — 25.08.2023 sanada yozgan ekanman. @abdulloh_shamsutdinov
Показати все...
Ehtimol, sizni qidiryapmiz Aziz Rahimov boshchiliklaridagi Rahimov School maktabimiz jamoasiga menejment bo’yicha shogird olmoqchimiz. Ma’qul nomzod Farg’ona shahridagi yangi loyihamizga “operatsion menejer” sifatida tarbiyalanadi. Keyinchalik poytaxtga chaqirishimiz ham mumkin. Farg’onalik, ta’lim menejmenti va bizning jamoada o’sishga qiziquvchilar ushbu formani to’ldiring. Talablarimizga moslar bilan aloqaga chiqamiz, suhbatlashamiz. @abdulloh_shamsutdinov
Показати все...
Aziz Rahimov

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov Reklama olmaymiz.

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.