Digital Generation Uzbekistan
Відкрити в Telegram
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿 Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring! ✅ Facebook.com/digitalgeneration.uz ✅ Instagram.com/DGUzbekistan ✅ Telegram.me/digitalgeneration_uz
Показати більше7 133
Підписники
-1624 години
-197 днів
-11330 день
Архів дописів
#Yoshlar_kuni 🇺🇿
🎉30-iyun — Yoshlar kuni!
Bugun innovatsiyalar yaratayotgan, yangi g‘oyalarni ilgari surayotgan, ilm-fan va texnologiyalar orqali kelajakni qurayotgan barcha yoshlarning bayrami.
✨Mamlakatimiz taraqqiyoti, raqamli transformatsiya va jamiyat rivojida faol ishtirok etayotgan yoshlarni Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz! 🚀 Sizning bilimga chanqoqligingiz, tashabbuskorligingiz va intilingishingiz yurtimizning eng katta kuchidir.Barcha yoshlarga ulkan marralar, yangi imkoniyatlar va yorqin kelajak tilaymiz! __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+7
"Fuqarolik faolligini rag'batlantirish markazlari: Ta'lim va salohiyatni oshirish" Loyihasini amalga oshirish bo'yicha ochiq dars bo'lib o'tdi.🎓
Nizomiy nomidagi O'zbekiston Milliy pedagogika universitetining Mustaqil tadqiqotchisi Mirzohid Abduhalilov tomonidan yoshlar uchun “Fuqarolik faolligi” mavzusida online va offline formatda ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida o‘quvchilar bilan:
🔹 Fuqarolik faolligi va uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati; 🔹 Raqamli vositalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish; 🔹 Yoshlarda fuqarolik faolligining pasayishiga ta’sir etuvchi omillar; 🔹 Elektron tizimlar orqali murojaat yuborish tartiblari kabi muhim mavzular muhokama qilindi.🤔 Darsda Toshkent shahridagi “Raqamli avlod” markazi o‘quvchilaridan 69 nafar offline, Online formatda esa “Samarqand Inkluziv rivojlanish markazi”dan 39 ta Nukus “Raqamli avlod” markazi dan esa 59 ta o‘quvchilar Jami: 155 ta óquvchilar qamrab olindi. Shu bilan bir qatarda barcha markazlaring 13 nafar mentorlar mavzu yuzasidan o‘z fikr va savollari bilan faol qatnashdi. 🔵 Mazkur dars yoshlarning fuqarolik mas’uliyatini oshirish, raqamli savodxonligini rivojlantirish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. #OliyMajlis #Fond #RaqamliAvlod. #FuqarolikFaolligi #RaqamliSavodxonlik #DigitalGenerationUzbekistan __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Ta’lim_sayohati 🎓
🇨🇳 “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovi g‘oliblarining Xitoydagi ta’lim sayohati o‘z yakuniga yetdi.
✨🏯 Ta’lim sayohati davomida ishtirokchilar nufuzli ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va ilm-fan sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar. Shuningdek, Xitoyning boy madaniyati, tarixi va milliy qadriyatlarini yaqindan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🌟 Dastur jarayonida xalqaro tajriba almashildi, yangi bilim va ko‘nikmalar egallandi hamda unutilmas taassurotlar orttirildi. 🌏 Ushbu ta’lim sayohati davomida orttirilgan bilimlar, yangi tanishuvlar va yorqin taassurotlar ishtirokchilarning kelgusi faoliyatida muhim o‘rin tutishiga ishonamiz.✨ Barcha ishtirokchilarga kelgusidagi o‘qishlari, loyihalari va tashabbuslarida omad va ulkan marralar tilaymiz. #RaqamliAvlodQizlari #DigitalGenerationGirls #China2026 #TalimSayohati __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
🇺🇿❤️ OLG‘A, O‘ZBEKISTON!
Ayni damda Xitoyda ta’lim sayohatida bo‘lib turgan “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovi g‘oliblari ham O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
⚽️Minglab kilometr uzoqlikda bo‘lsak ham, qalbimiz Vatan bilan birga.
Har qanday vaziyatda ham, qaysi maydonda bo‘lishimizdan qat’i nazar, biz doimo milliy terma jamoamizni birdek qo‘llab-quvvatlaymiz! 🇺🇿💙
🇺🇿OLG‘A, O‘ZBEKISTON!
#DigitalGeneration #Raqamliavlodqizlari #OlgaUzbekiston #MilliyJamoa #TermaJamoa #JahonChempionati #UzbekFootball
—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Ta’lim_sayohati 🎓
🇨🇳 Xitoydagi ta’lim sayohati o‘z yakuniga yetmoqda.
🏛 Harbin Institute of Technology (HIT) universitetida o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulot Xitoyning boy madaniy merosini o‘rganishga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar Cloisonné Enamel Art san’ati bilan tanishib, ushbu noyob hunarmandchilik yo‘nalishining o‘ziga xos jihatlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgandilar.
✅ Kunning ikkinchi yarmida ta’lim dasturining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga dastur muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan sertifikat va diplomlar topshirildi. Marosim yakunida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, milliy sovg‘alar almashilib, esdalik suratlari olindi.🌏 "Raqamli avlod qizlari" Respublika tanlovi g‘oliblari Xitoydagi ta’lim sayohati davomida ko‘plab bilim, tajriba va motivatsiya orttirib, xalqaro muhitda o‘z salohiyatlarini yanada rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar. — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+4
#Ta’lim_sayohati 📚
🇨🇳Kecha ishtirokchilar Chinese Experience Class dasturida qatnashib, Xitoy madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Shundan so‘ng Harbin shahrining mashhur maskanlaridan biri — Sun Islandga tashrif buyurdilar.
🌏 Ta’lim sayohati davomida yangi bilimlarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda, Xitoyning boy madaniyati va diqqatga sazovor maskanlari bilan ham yaqindan tanishib bormoqdalar .
—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+4
#Ta’lim_sayohati
🏭Ta’lim sayohatining navbatdagi manzili — Voolga Cosmetics kompaniyasi.
✨2015-yilda Harbin shahrida tashkil etilgan kompaniyaga tashrif davomida kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati tizimi hamda zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishildi.
💡Bunday uchrashuvlar innovatsion biznes jarayonlari, ishlab chiqarish madaniyati va zamonaviy korxonalar faoliyatini yaqindan o‘rganish imkoniyatini yaratmoqda.
🌏Xitoydagi ta’lim sayohati yangi bilim va tajribalar bilan davom etmoqda.
#RaqamliAvlodQizlari
#DigitalGenerationUzbekistan
#TalimSayohati #China2026
—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Ta’lim_sayohati
🇨🇳Harbin shahridagi ta’lim sayohati davom etmoqda.
✨Ishtirokchilar shaharning eng mashhur va tarixiy maskanlaridan biri — Central Streetga tashrif buyurdilar.
🏛Ushbu ko‘cha o‘zining noyob me’morchiligi, boy tarixi va o‘ziga xos muhiti bilan Harbinning ramzlaridan biri hisoblanadi. Tashrif davomida shahar madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
🌏Ta’lim sayohati davomida ishtirokchilar nafaqat yangi bilimlarni egallamoqda, balki Xitoyning boy madaniy merosi bilan ham tanishib bormoqdalar.
#RaqamliAvlodQizlari
#DigitalGenerationUzbekistan
#TalimSayohati #China2026
—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
🇺🇿❤️ OLG‘A, O‘ZBEKISTON!
Hozir Xitoydan turib “Raqamli avlod qizlari” jamoasi Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yinni katta hayajon bilan kuzatib, yurtimiz terma jamoasini chin dildan qo‘llab-quvvatlamoqda.
⚽️ Masofa qanchalik uzoq bo‘lmasin, biz sizlar bilanmiz .
💙Sizlarga ishonamiz, maydonda bor kuchingizni berib, g‘alaba sari dadil qadam tashlang!
🇺🇿OMAD, O‘ZBEKISTON!
#DigitalGeneration #Raqamliavlodqizlari #Uzbekistan #OlgaUzbekiston #MilliyJamoa #TermaJamoa #JahonChempionati #UzbekFootball
—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+5
#Ta'lim_sayohati
🚀Ta’lim sayohatining navbatdagi manzili kosmos va innovatsiyalar olami bo‘ldi.
🛰️ Ishtirokchilar HIT Museum va HIT Aerospace Museum’da taqdim etilgan eksponatlar orqali ilm-fanning rivojlanish yo‘li, muhandislik yutuqlari va aerokosmik texnologiyalarning bugungi darajasi bilan yaqindan tanishdilar .
✨ Ta’lim sayohati davomida yangi bilimlar bilan bir qatorda, dunyoning ilg‘or ilmiy markazlari tajribasi ham o‘rganilmoqda.
🇨🇳 Xitoydagi ta’lim sayohati davom etmoqda.
—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+5
#Ta'lim_sayohati
🇨🇳Xitoy madaniyati bilan yaqindan tanishuv davom etmoqda! 🚀
Bugun ishtirokchilar Intangible Cultural Heritage Experience: Round Fan Painting dasturida qatnashib, an'anaviy xitoy yelpigʻichlarini bezash san'ati bilan tanishdilar. 🎨
✅Ta'lim sayohati davomida nafaqat yangi bilim va ko'nikmalar egallanmoqda, balki Xitoyning boy tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlarini o'rganish imkoniyati ham yaratilmoqda.🌏 Bunday tadbirlar qizlarimiz uchun dunyoqarashni kengaytirish va unutilmas taassurotlar olishga xizmat qilmoqda. ✨ — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.
Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar... O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir.
Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda kuch va erkinlik baxsh etadi. Qizlarimizga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkon beraylik.
—
Сегодня в вузах Узбекистана учатся более 1,5 миллиона студентов. И больше половины из них — девушки. Это результаты образовательной реформы, инициированной президентом нашей страны.
Тысячи семей, верящих в образование своих дочерей. Тысячи девушек, выбирающих профессию по душе — они учатся, развиваются и с каждым днём обретают все большую уверенность и смелость. Образованная девушка меняет не только свою жизнь. Она меняет семью, среду вокруг себя и будущее страны.
Образование даёт человеку возможность выбирать свой путь в жизни, свою свободу.
Дайте девочкам шанс следовать за своей мечтой.
+3
#Ta’lim_sayohati
🇨🇳Xitoydan salom!
🎓Bugungi manzil — Harbin Institute of Technology (HIT) 🏫
“Raqamli avlod qizlari—2026” Respublika tanlovi g‘oliblarining Xitoydagi ta’lim sayohati davom etmoqda.
🔖Bugun ishtirokchilar Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Harbin Institute of Technology (HIT) universitetida.
Tashrif davomida universitetning zamonaviy laboratoriyalari, ilmiy markazlari va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. 🧪 Shuningdek, sun’iy intellekt, muhandislik va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. 🤖 Mazkur tashrif xalqaro tajriba bilan tanishish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va zamonaviy texnologiyalar olamini yaqindan ko‘rish imkoniyatini yaratdi.🌏Xitoydagi ta’lim sayohati davom etmoqda. 🚌 — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+1
#Ta’lim_sayohati
✈️“Raqamli avlod qizlari—2026” Respublika tanlovi g‘oliblari ta’lim sayohati doirasida Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketishdi.
✅Sayohat davomida ishtirokchilar Xitoyning yetakchi ta’lim va innovatsiya markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Jumladan, dunyoning nufuzli texnika universitetlaridan biri hisoblangan Harbin Institute of Technology (HIT) universitetiga tashrif buyurib, uning ilmiy laboratoriyalari, zamonaviy tadqiqot markazlari hamda ta’lim jarayoni bilan tanishishlari rejalashtirilgan. 🖥Shuningdek, sun’iy intellekt, robototexnika, dasturlash va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari va tajriba almashish tadbirlari tashkil etiladi.🌏Mazkur ta’lim sayohati ishtirokchilarning xalqaro tajribasini boyitish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda IT va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. ⭐️Iqtidorli qizlarimizga mazmunli ta’lim sayohati, yangi bilimlar va unutilmas taassurotlar tilaymiz! — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
🔍BUNI BILARMIDINGIZ?
Google 1998-yilda Stanford universitetining ikki talabasi — Larry Page va Sergey Brin tomonidan yaratilgan.
Google’ning ilk nomi "BackRub" bo‘lgan va u internetdagi sahifalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan.
💡Qiziq fakt:
Google kompaniyasining birinchi ofisi oddiy garajda joylashgan edi.
🚀Katta innovatsiyalar ko‘pincha kichik tajribalardan boshlanadi.— Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston!
“Raqamli avlod” jamoasi jahon chempionati sari yo‘l olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Butun xalqimiz sizlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Millionlab muxlislarning ishonchi va duosi sizlar bilan.
Biz sizlarga ishonamiz, yigitlar!
G‘alaba sari olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿⚽
Raqamli Avlod jamoasi 💙🤍💚
#RaqamliAvlod #OlgaUzbekiston #MilliyJamoa #TermaJamoa #JahonChempionati #UzbekFootball
—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#BuniBilarmidingiz
🍎BUNI BILARMIDINGIZ?
Bugungi kunda dunyoning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Apple o‘z faoliyatini 1976-yilda oddiy garajda boshlagan.
Steve Jobs va Steve Wozniak tomonidan yaratilgan ilk mahsulot — Apple I kompyuteri bo‘lib, u qo‘lda yig‘ilgan va atigi 666.66 dollar narxda sotilgan.
💡Qiziq fakt:
Apple’ning ilk logotipida tishlangan olma emas, balki daraxt ostida o‘tirgan Isaak Nyuton tasvirlangan edi.
🚀 Katta muvaffaqiyatlar ko‘pincha kichik qadamdan boshlanadi..— Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#DG News
🚀 NVIDIA AI-kompyuterlar davrini boshlab bermoqda.
NVIDIA yangi RTX Spark chipini taqdim etdi. Endi sun’iy intellekt modellari internetga ulanmasdan, to’g’ridan-to’g’ri kompyuter yoki noutbukning o’zida ishlashi mumkin.
💡Bu nimani anglatadi? • Tezroq ishlash • Ma’lumotlarning yuqori darajadagi maxfiyligi • Internet bo’lmasa ham AI imkoniyatlaridan foydalanishEkspertlar ushbu texnologiyani shaxsiy kompyuterlar tarixidagi eng muhim yangiliklardan biri sifatida baholamoqda. 📌Kelajakda AI yordamchilari, tarjimonlar va kontent yaratish vositalari bulut serverlarisiz ham ishlashi mumkin. 🔗Manba: NVIDIA Newsroom ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#DG News
🖥 IT olamidagi eng dolzarb yangiliklar:⚛️ 1. Kvant kompyuterlari yangi bosqichga chiqmoqda. IBM va D-Wave kompaniyalari kvant kompyuterlarini amaliy ishlarga tatbiq etish bo'yicha muhim qadamlarni e'lon qildi. Endi bu texnologiya nafaqat laboratoriyalarda, balki dori yaratish, yangi materiallar ishlab chiqish va murakkab hisob-kitoblarda qo'llanilishi kutilmoqda. 🔗 Manbalar: IBM Newsroom D-Wave Quantum 🤖 2. Sun'iy intellekt agentlari davri boshlandi. 2026-yilda AI oddiy chatbotdan "aqlli agent"ga aylanmoqda. Yangi avlod AI tizimlari foydalanuvchi o'rniga vazifalarni mustaqil bajarishi, ma'lumot topishi va qaror qabul qilishda yordam berishi mumkin. ⚡️ 🔗 Manbalar: OpenAI News Microsoft AI — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
👦🏻👧🏻 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
👍 “Raqamli avlod” jamoasi nomidan barcha bolajonlarni ushbu quvonchli bayram bilan samimiy tabriklaymiz. 🎉
Yangi bilimlarni egallashdan charchamang, o’z ustingizda ishlashdan to’xtamang va orzularingiz sari dadil qadam tashlang. Biz sizlarning yorqin kelajagingizga ishonamiz va har bir muvaffaqiyatingizdan quvonamiz.Sizlarga mustahkam sog’lik, baxtli bolalik va ulkan yutuqlar tilab qolamiz.🎊 Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz bolajonlar! ✨ — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
