fa
Feedback
Digital Generation Uzbekistan

Digital Generation Uzbekistan

رفتن به کانال در Telegram

O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿 Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring! ✅ Facebook.com/digitalgeneration.uzInstagram.com/DGUzbekistanTelegram.me/digitalgeneration_uz

نمایش بیشتر
7 026
مشترکین
-724 ساعت
-497 روز
-10630 روز
آرشیو پست ها
🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident! Yangi O'zbekiston taraqqiyoti yo'lidagi ulkan mehnatlaringiz ba
🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident! Yangi O'zbekiston taraqqiyoti yo'lidagi ulkan mehnatlaringiz bardavom bo'lsin. #MyPresident #Mirziyoyev #PresidentUZ #NewUzbekistan __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

👍 "Raqamli avlod" mentorlari ko‘p yillik tajriba va amaliy bilimlarini yoshlar bilan baham ko‘rib kelmoqda. 🎯 Ularning maqsadi – har bir o‘quvchining salohiyatini ochish, zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashish va IT sohasida mustahkam qadam tashlashiga yordam berish.
📹 Ushbu videoda mentorlarimizning faoliyati, tajribasi hamda necha yildan buyon ta'lim berib kelayotgani bilan tanishishingiz mumkin.
🚀 Kelajakni bugundan tajribali mentorlar bilan birga yarating! __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

🇨🇭 Jeneva, Shveytsariya — WSIS Forum 2026 📍ITU bosh qarorgohida oʻtkaziladigan yirik xalqaro tadbir — WSIS Forum 2026da “R
+1
🇨🇭 Jeneva, Shveytsariya — WSIS Forum 2026 📍ITU bosh qarorgohida oʻtkaziladigan yirik xalqaro tadbir — WSIS Forum 2026da “Raqamli Avlod” jamoasi aʼzosi Ummatoy Yoldasheva ishtirok etdi.
🏛Forum davomida sun’iy intellekt va ta’lim, raqamli hukumat, inklyuziya, AI va bandlik, shuningdek STEM sohasida ayollar ishtirokini kengaytirish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. 🤔Mazkur xalqaro platforma doirasida AI texnologiyalarining mehnat bozori, zamonaviy kasblar, yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda raqamli transformatsiyani inklyuziv va barqaror amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌍 WSIS Forum 2026 doirasida olingan bilim va tajribalar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. #Oliymajlis #Fond #RaqamliAvlod #WSIS2026 #AI #DigitalSkills __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Raqamli Avlod IT Oromgohi – 2026 yozgi mavsumida siz uchun eng qiziqarli va foydali darslarni tashkil etishni rejalashtirmoqd
Raqamli Avlod IT Oromgohi – 2026 yozgi mavsumida siz uchun eng qiziqarli va foydali darslarni tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz (Online_Ofline). 👍Siz qaysi yo‘nalishlarda darslar bo‘lishini xohlaysiz? ✅O‘zingiz qiziqqan yo‘nalishni izohlardada yozib qoldiring! 🌐Kelajak kasblarini birgalikda o‘rganamiz!
#RaqamliAvlod #ITOromgohi2026 #YozgiMavsum #OnlineDarslar #DigitalGeneration #ITTa’lim #KelajakKasblari
__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Repost from OVOZA | Rasmiy
O’zMMA vakillari Jenevada o’tkazilgan axborot jamiyati masalalari bo’yicha jahon sammiti forumida ishtirok etdi Efir: 09.07.2026 | 12:00 🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM 🌐FACEBOOK | 📹YOUTUBE

Repost from Zamin Foundation
Zamin Fondining loyiha faoliyati — bu rivojlanish va yakuniy maqsadni aniq ko‘rish vositasidir. Ilk ijtimoiy loyihamiz — Zamin education ustida ish boshlaganimizga 5 yildan oshdi. Shu vaqt ichida yuzlab yoshlar ta’lim oldi, kasb-hunar egalladi va jamiyatga muvaffaqiyatli qo‘shildi. Va biz sezmagan holda Zamin education "Hech kim ortda qolmaydi" degan ijtimoiy manifestga aylandi. Ushbu videoda loyiha hayotini o‘zgartirib, yangi hayotning boshlang‘ich nuqtasiga aylangan bir necha yigit-qizlarning hikoyasi keltirilgan. Loyiha natijasi — statistika emas, balki o‘z kuchiga ishonch hosil qilishdir. Baxtli va to‘laqonli hayot tilaymiz, do'stlar! — Проектная деятельность Фонда Zamin — инструмент развития и ясного видения конечной цели. С начала работы над нашим первым социальным проектом — Zamin education — прошло более 5 лет. За это время сотни ребят прошли обучение, получили профессию и успешно интегрировались в общество. И незаметно для нас Zamin education стал социальным манифестом: «Никто не останется позади». В этом видео — история нескольких ребят, жизнь которых изменил проект, став отправной точкой новой жизни. Результат проекта — не статистика, это обретение веры в свои силы. Счастливой и полноценной жизни, ребята! #ZaminEducation #LeavingNoOneBehind Zamin | Facebook | Instagram | YouTube

🇺🇿2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun Bugun yurtimiz mustaqilligi va milliy g‘ururining muhim timsollaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.
Davlat gerbi — mamlakatimiz mustaqilligi, milliy qadriyatlari va xalqimizning ezgu maqsadlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzdir.🇺🇿
Davlat ramzlarini e’zozlash — Vatanga bo‘lgan hurmat va sadoqatning yorqin ifodasidir.🇺🇿 #DigitalGenerationUzbekistan #DavlatGerbi #2Iyul #Uzbekistan __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

#Yoshlar_kuni 🇺🇿 🎉30-iyun — Yoshlar kuni! Bugun innovatsiyalar yaratayotgan, yangi g‘oyalarni ilgari surayotgan, ilm-fan va texnologiyalar orqali kelajakni qurayotgan barcha yoshlarning bayrami.
✨Mamlakatimiz taraqqiyoti, raqamli transformatsiya va jamiyat rivojida faol ishtirok etayotgan yoshlarni Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz! 🚀 Sizning bilimga chanqoqligingiz, tashabbuskorligingiz va intilingishingiz yurtimizning eng katta kuchidir.
Barcha yoshlarga ulkan marralar, yangi imkoniyatlar va yorqin kelajak tilaymiz! __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

"Fuqarolik faolligini rag'batlantirish markazlari: Ta'lim va salohiyatni oshirish" Loyihasini amalga oshirish bo'yicha ochiq
+7
"Fuqarolik faolligini rag'batlantirish markazlari: Ta'lim va salohiyatni oshirish" Loyihasini amalga oshirish bo'yicha ochiq dars bo'lib o'tdi.🎓 Nizomiy nomidagi O'zbekiston Milliy pedagogika universitetining Mustaqil tadqiqotchisi Mirzohid Abduhalilov tomonidan yoshlar uchun “Fuqarolik faolligi” mavzusida online va offline formatda ochiq dars tashkil etildi. Dars davomida o‘quvchilar bilan:
🔹 Fuqarolik faolligi va uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati; 🔹 Raqamli vositalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish; 🔹 Yoshlarda fuqarolik faolligining pasayishiga ta’sir etuvchi omillar; 🔹 Elektron tizimlar orqali murojaat yuborish tartiblari kabi muhim mavzular muhokama qilindi.
🤔 Darsda Toshkent shahridagi “Raqamli avlod” markazi o‘quvchilaridan 69 nafar offline, Online formatda esa “Samarqand Inkluziv rivojlanish markazi”dan 39 ta Nukus “Raqamli avlod” markazi dan esa 59 ta o‘quvchilar Jami: 155 ta óquvchilar qamrab olindi. Shu bilan bir qatarda barcha markazlaring 13 nafar mentorlar mavzu yuzasidan o‘z fikr va savollari bilan faol qatnashdi.  🔵 Mazkur dars yoshlarning fuqarolik mas’uliyatini oshirish, raqamli savodxonligini rivojlantirish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. #OliyMajlis #Fond #RaqamliAvlod. #FuqarolikFaolligi #RaqamliSavodxonlik #DigitalGenerationUzbekistan __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

#Ta’lim_sayohati 🎓 🇨🇳 “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovi g‘oliblarining Xitoydagi ta’lim sayohati o‘z yakuniga yet
#Ta’lim_sayohati 🎓 🇨🇳 “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovi g‘oliblarining Xitoydagi ta’lim sayohati o‘z yakuniga yetdi. ✨🏯 Ta’lim sayohati davomida ishtirokchilar nufuzli ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va ilm-fan sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar. Shuningdek, Xitoyning boy madaniyati, tarixi va milliy qadriyatlarini yaqindan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🌟 Dastur jarayonida xalqaro tajriba almashildi, yangi bilim va ko‘nikmalar egallandi hamda unutilmas taassurotlar orttirildi. 🌏 Ushbu ta’lim sayohati davomida orttirilgan bilimlar, yangi tanishuvlar va yorqin taassurotlar ishtirokchilarning kelgusi faoliyatida muhim o‘rin tutishiga ishonamiz.
✨ Barcha ishtirokchilarga kelgusidagi o‘qishlari, loyihalari va tashabbuslarida omad va ulkan marralar tilaymiz. #RaqamliAvlodQizlari #DigitalGenerationGirls #China2026 #TalimSayohati __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

🇺🇿❤️ OLG‘A, O‘ZBEKISTON! Ayni damda Xitoyda ta’lim sayohatida bo‘lib turgan “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovi g‘oliblari ham O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlamoqda. ⚽️Minglab kilometr uzoqlikda bo‘lsak ham, qalbimiz Vatan bilan birga. Har qanday vaziyatda ham, qaysi maydonda bo‘lishimizdan qat’i nazar, biz doimo milliy terma jamoamizni birdek qo‘llab-quvvatlaymiz! 🇺🇿💙 🇺🇿OLG‘A, O‘ZBEKISTON! #DigitalGeneration #Raqamliavlodqizlari #OlgaUzbekiston #MilliyJamoa #TermaJamoa #JahonChempionati #UzbekFootball — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

+7
#Ta’lim_sayohati 🎓 🇨🇳 Xitoydagi ta’lim sayohati o‘z yakuniga yetmoqda. 🏛 Harbin Institute of Technology (HIT) universitetida o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulot Xitoyning boy madaniy merosini o‘rganishga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar Cloisonné Enamel Art san’ati bilan tanishib, ushbu noyob hunarmandchilik yo‘nalishining o‘ziga xos jihatlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgandilar.
✅ Kunning ikkinchi yarmida ta’lim dasturining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga dastur muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan sertifikat va diplomlar topshirildi. Marosim yakunida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, milliy sovg‘alar almashilib, esdalik suratlari olindi.
🌏 "Raqamli avlod qizlari" Respublika tanlovi g‘oliblari Xitoydagi ta’lim sayohati davomida ko‘plab bilim, tajriba va motivatsiya orttirib, xalqaro muhitda o‘z salohiyatlarini yanada rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar. — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

#Ta’lim_sayohati 📚 🇨🇳Kecha ishtirokchilar Chinese Experience Class dasturida qatnashib, Xitoy madaniyati va an’analari bil
+4
#Ta’lim_sayohati 📚 🇨🇳Kecha ishtirokchilar Chinese Experience Class dasturida qatnashib, Xitoy madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishdilar. ✅ Shundan so‘ng Harbin shahrining mashhur maskanlaridan biri — Sun Islandga tashrif buyurdilar. 🌏 Ta’lim sayohati davomida yangi bilimlarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda, Xitoyning boy madaniyati va diqqatga sazovor maskanlari bilan ham yaqindan tanishib bormoqdalar . — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

#Ta’lim_sayohati 🏭Ta’lim sayohatining navbatdagi manzili — Voolga Cosmetics kompaniyasi. ✨2015-yilda Harbin shahrida tashkil
+4
#Ta’lim_sayohati 🏭Ta’lim sayohatining navbatdagi manzili — Voolga Cosmetics kompaniyasi. ✨2015-yilda Harbin shahrida tashkil etilgan kompaniyaga tashrif davomida kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati tizimi hamda zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishildi. 💡Bunday uchrashuvlar innovatsion biznes jarayonlari, ishlab chiqarish madaniyati va zamonaviy korxonalar faoliyatini yaqindan o‘rganish imkoniyatini yaratmoqda. 🌏Xitoydagi ta’lim sayohati yangi bilim va tajribalar bilan davom etmoqda. #RaqamliAvlodQizlari #DigitalGenerationUzbekistan #TalimSayohati #China2026 — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

#Ta’lim_sayohati 🇨🇳Harbin shahridagi ta’lim sayohati davom etmoqda. ✨Ishtirokchilar shaharning eng mashhur va tarixiy maska
#Ta’lim_sayohati 🇨🇳Harbin shahridagi ta’lim sayohati davom etmoqda. ✨Ishtirokchilar shaharning eng mashhur va tarixiy maskanlaridan biri — Central Streetga tashrif buyurdilar. 🏛Ushbu ko‘cha o‘zining noyob me’morchiligi, boy tarixi va o‘ziga xos muhiti bilan Harbinning ramzlaridan biri hisoblanadi. Tashrif davomida shahar madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. 🌏Ta’lim sayohati davomida ishtirokchilar nafaqat yangi bilimlarni egallamoqda, balki Xitoyning boy madaniy merosi bilan ham tanishib bormoqdalar. #RaqamliAvlodQizlari #DigitalGenerationUzbekistan #TalimSayohati #China2026 — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

🇺🇿❤️ OLG‘A, O‘ZBEKISTON! Hozir Xitoydan turib “Raqamli avlod qizlari” jamoasi Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yinni katta hayajon bilan kuzatib, yurtimiz terma jamoasini chin dildan qo‘llab-quvvatlamoqda. ⚽️ Masofa qanchalik uzoq bo‘lmasin, biz sizlar bilanmiz . 💙Sizlarga ishonamiz, maydonda bor kuchingizni berib, g‘alaba sari dadil qadam tashlang! 🇺🇿OMAD, O‘ZBEKISTON! #DigitalGeneration #Raqamliavlodqizlari #Uzbekistan #OlgaUzbekiston #MilliyJamoa #TermaJamoa #JahonChempionati #UzbekFootball — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

#Ta'lim_sayohati 🚀Ta’lim sayohatining navbatdagi manzili kosmos va innovatsiyalar olami bo‘ldi. 🛰️ Ishtirokchilar HIT Museu
+5
#Ta'lim_sayohati 🚀Ta’lim sayohatining navbatdagi manzili kosmos va innovatsiyalar olami bo‘ldi. 🛰️ Ishtirokchilar HIT Museum va HIT Aerospace Museum’da taqdim etilgan eksponatlar orqali ilm-fanning rivojlanish yo‘li, muhandislik yutuqlari va aerokosmik texnologiyalarning bugungi darajasi bilan yaqindan tanishdilar . ✨ Ta’lim sayohati davomida yangi bilimlar bilan bir qatorda, dunyoning ilg‘or ilmiy markazlari tajribasi ham o‘rganilmoqda. 🇨🇳 Xitoydagi ta’lim sayohati davom etmoqda. — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

#Ta'lim_sayohati 🇨🇳Xitoy madaniyati bilan yaqindan tanishuv davom etmoqda! 🚀 Bugun ishtirokchilar Intangible Cultural Heri
+5
#Ta'lim_sayohati 🇨🇳Xitoy madaniyati bilan yaqindan tanishuv davom etmoqda! 🚀 Bugun ishtirokchilar Intangible Cultural Heritage Experience: Round Fan Painting dasturida qatnashib, an'anaviy xitoy yelpigʻichlarini bezash san'ati bilan tanishdilar. 🎨
✅Ta'lim sayohati davomida nafaqat yangi bilim va ko'nikmalar egallanmoqda, balki Xitoyning boy tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlarini o'rganish imkoniyati ham yaratilmoqda.
🌏 Bunday tadbirlar qizlarimiz uchun dunyoqarashni kengaytirish va unutilmas taassurotlar olishga xizmat qilmoqda. ✨ — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmid
Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir. ​Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar... O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir. ​Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda kuch va erkinlik baxsh etadi. Qizlarimizga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkon beraylik. — Сегодня в вузах Узбекистана учатся более 1,5 миллиона студентов. И больше половины из них — девушки. Это результаты образовательной реформы, инициированной президентом нашей страны. Тысячи семей, верящих в образование своих дочерей. Тысячи девушек, выбирающих профессию по душе — они учатся, развиваются и с каждым днём обретают все большую уверенность и смелость. Образованная девушка меняет не только свою жизнь. Она меняет семью, среду вокруг себя и будущее страны. Образование даёт человеку возможность выбирать свой путь в жизни, свою свободу. Дайте девочкам шанс следовать за своей мечтой.

#Ta’lim_sayohati 🇨🇳Xitoydan salom! 🎓Bugungi manzil — Harbin Institute of Technology (HIT) 🏫 “Raqamli avlod qizlari—2026”
+3
#Ta’lim_sayohati 🇨🇳Xitoydan salom! 🎓Bugungi manzil — Harbin Institute of Technology (HIT) 🏫 “Raqamli avlod qizlari—2026” Respublika tanlovi g‘oliblarining Xitoydagi ta’lim sayohati davom etmoqda. 🔖Bugun ishtirokchilar Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Harbin Institute of Technology (HIT) universitetida.
Tashrif davomida universitetning zamonaviy laboratoriyalari, ilmiy markazlari va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. 🧪 Shuningdek, sun’iy intellekt, muhandislik va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. 🤖 Mazkur tashrif xalqaro tajriba bilan tanishish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va zamonaviy texnologiyalar olamini yaqindan ko‘rish imkoniyatini yaratdi.
🌏Xitoydagi ta’lim sayohati davom etmoqda. 🚌 — Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook