cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

TDTU Matbuot xizmati | rasmiy kanal

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ташкентский государственный технический университет Manzil: Toshkent shahri Universitet ko'chasi, 2-uy Murojaat: @suyarovshahzodbek

Більше
Рекламні дописи
4 359
Підписники
+124 години
-177 днів
+4830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

🟥Toshkent davlat texnika universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Satpaev universiteti delegasiyasi tashrif buyurdi. Joriy yilning 26-29 iyun kunlari Toshkent davlat texnika universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Satpaev universiteti (QS=405) Energetika va mashinasozlik instituti direktori Yelemesov Kasim Koptleuevich boshchiligida direktor o‘rinbosari Kaliev Bakitjan Zauitbekovich, «Energetika» kafedrasi mudiri Sarsenbaev Yerlan Aliaskarovich, «Mashinasozlik» kafedrasi mudiri Nugman Yerik Zeynelovich va «Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish» kafedarsi mudiri Barmenshinova Madina Bogembaevna tashrif buyurdilar. Delegasiya tomonidan universitetning Elektr va issiqlik energetikasi, Mashinasozlik va Geologiya-qidiruv va konchilik-metallurgiya fakultetlarga tashrif buyurib, turdosh kafedralar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida Toshkent davlat texnika universiteti va Satpaev universiteti orasida tuzilgan memorandumda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muzokaralar olib borildi, shuningdek, kafedralararo o‘qituvchi va talabalar mobil almashinuvi, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va istiqbolli rejalar kelishib olindi. Facebook | Instagram Telegram | YouTube
Показати все...
🟥“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari 2023/2024-о‘quv yili qaldirg’ochlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Iste’dodli yoshlarni qо‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Inha universiteti bilan hamkorlikda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” 2023/2024-о‘quv yili bitiruvchilarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur kursning maqsadi tinglovchilarga “Data Science” bo‘yicha ta’lim berilib, dasturiy ta’minot asosida ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular asosida boshqaruv qarorlarini tayyorlash bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir. Quvonarlisi, Toshkent davlat texnika universitet talabasi Sattorov Umidjon iqtidorli talabalar qatorida bo'lib o'zining loyihasi bilan o'quv kursini muvaffiqiyatli tamomladi.
Universitet rahbariyati talabamizni ushbu muvaffaqiyati bilan chin qalbdan tabriklab, kelgusi o'qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Facebook | Instagram Telegram | YouTube
Показати все...
Toshkent davlat texnika universitetiga Eron Sharif Texnologiya Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Joriy yilning 28- iyun kuni Toshkent davlat texnika universitetiga Eron Sharif Texnologiya Universiteti rektori Sayyid Abbas Mousavi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuvda TDTU tomonidan prorektorlar O.Zaripov va S.Donayev xamda fakultet dekanlari J.Toshov va Q.Mirzayevlar qatnashdilar. Eron delegatsiyasi tashrifining asosiy maqsadi akademik hamkorlikni rivojlantirish, potensial hamkorlik imkoniyatlarini o'rganish va ikki universitet o'rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan iborat. Tashrif davomida ikki universitetning vakillari o'zlarining akademik dasturlari va tadqiqotlari haqida ma'lumotlar almashishdilar. Tashrif davomida Eron Sharif Texnologiya Universiteti delegatsiyasi universitet laboratoriyalariga tashrif buyurdilar va hozirgi kunda bajarilayotgan loyihalar haqida ma'lumot oldilar. Tashrif yakunlari boʻyicha ikki tomon oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha kelishuvga erishildi. FacebookInstagram Telegram  | YouTube
Показати все...
28 июня 2024 года делегация Технологического университета Шарифа из Ирана во главе с ректором, профессором Саидом Аббасом Мусави, посетила Ташкентский государственный технический университет. Со стороны ТГТУ на встрече присутствовали проректоры О. Зарипов и С. Донаев, а также деканы факультетов Ж. Тошов и К. Мирзаев. Цель визита заключалась в развитии академического сотрудничества между двумя университетами, изучении потенциальных возможностей для совместной работы и укреплении связей между университетами. В ходе визита представители обоих сторон обменялись информацией о своих академических программах и исследованиях, а также иранская делегация ознакомилась с университетскими лабораториями и получила информацию о текущих проектах. По итогам визита стороны договорились о подготовке к подписанию соглашения о сотрудничестве. FacebookInstagram Telegram  | YouTube
Показати все...
Repost from Edu.uz
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi. Qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob bo‘ladi. Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak bo‘lgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Эндиликда олийгоҳларнинг биринчи ва иккинчи курсларидаги фанлар техникумлар билан уйғунлашади. Техникумнинг биринчи ва иккинчи йилини яхши ўқиган ёшларга халқаро классификаторнинг тегишли даражасига мос келувчи диплом берилади. Уларга олийгоҳни иккинчи ёки учинчи курсидан ўқишни контракт асосида давом эттириш имконияти берилади. Касби бўйича малака даражаси ва икки йиллик стажи бор ёшлар корхона тавсияси билан олийгоҳларга контракт асосида қабул қилинади. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ногиронлиги бўлган ёшларга чет тилидан имтиҳон топшириш енгиллашади. Жумладан, чет тили бўйича миллий сертификат (CEFR) олишда қўлда ёзиш имконияти бўлмаганларга компьютерда имтиҳон топшириш шароити яратилади. Ёшларимиз халқаро олимпиадаларни назарий қисмида ҳар доим юқори натижаларга эришади. Лекин, лаборатория машқларини бажаришда амалий кўникмалар кам бўлгани учун пастроқ балл олаяпти. Энди, Президент мактаблари агентлиги қошида “Олимпиадаларга тайёрлаш маркази” очилиб, махсус лабораториялар билан жиҳозланади. Халқаро олимпиадада қатнашувчи терма жамоа режа асосида ушбу марказда тайёргарлик кўради. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Янги ўқув йилидан олийгоҳлар қошидаги жами 73 та академик лицейда тажриба тарзида “Халқаро бакалавриат” ва “A-level” дастурлари жорий қилинади. Бу дастурлар асосида сертификат олган ўқувчилар ўша олийгоҳга имтиҳонсиз, контракт асосида қабул қилинади. Ёшларимиз хорижий олийгоҳларда ўқиш учун математика, инглиз тили ва илмий фикрлаш бўйича “SAT” имтиҳонини топширмоқда. Бу тестларда 75 фоиздан юқори натижа кўрсатган ўқувчилар чет элни энг нуфузли олийгоҳларига грант ютаяпти.
- Энди бундай ёшларни ўзимизни олийгоҳларга ҳам грантга қабул қиламиз,
- деди Президент. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Давлатимиз раҳбари ушбу шароитларни карра-карра кўпайтириш бўйича янги ташаббусларни илгари сурди. Мамлакатимиз жадал ривожланиши учун бизга “тўртинчи саноат инқилоби” касблари жуда муҳимлиги қайд этилди. Шу муносабат билан ёшларни физика, кимё, биология, технология, муҳандислик, математика (СТЭМ) билан боғлиқ касбларга қизиқишини ошириш учун янги тизим жорий қилинади. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Repost from Zoir Kenjayev
“Sun Hightech Innovation Center” MCHJ bilan hamkorlik “Tarmoq-korxona-oliygoh” zanjiri doirasida TDTU “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi “Sun Hightech Innovation Center” MCHJ bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ymoqda. Bunda, ilmiy, amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar ustida birga ishlash, talabalarni ishlab chiqarishga jalb qilish va ularni qo’llab quvvatlash, amaliyotlarni korxonada tashkil qilish maqsad qilingan. Yaxshi natijalar kutamiz! @zoir_kenjayev
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.