BENKOV BILIM YURTI
Відкрити в Telegram
Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi telegram kanali
Показати більше2 909
Підписники
Немає даних24 години
-57 днів
-2730 днів
Архів дописів
2 909
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.
Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.
Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.
Facebook|Instagram|X
2 909
USTOZ — SAN’AT VA ILMGA BOSHLAGUVCHI INSON
Ustozlar bayrami munosabati bilan Benkov bilim yurti ustozlari bilan samimiy suhbat uyushtirdik.
Ustozlik — nafaqat bilim berish, balki shogird qalbida san’atga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini ko‘ra bilish va ijod yo‘lida qo‘llab-quvvatlashdir.
🎤 Suhbat davomida ustozlarimiz kasbga bo‘lgan muhabbatlari, shogirdlari va ustozlikning mas’uliyati haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
📹 Marhamat, ustozlarimizning samimiy suhbatini tomosha qiling!
Ustoz — shogird qalbida qoladigan eng go‘zal iz.
2 909
🌧️🎨 Yomg‘irli kun. Tog‘lar. Etyud.
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanining go‘zal tabiat qo‘ynida o‘quvchilarimiz bilan etyud mashg‘ulotlarini olib bordik.
Bulutli osmon, mayin yomg‘ir va nam manzara — tabiatning o‘ziga xos ranglarini his qilish uchun ajoyib muhit.
Har qanday ob-havo — rassom uchun yangi ilhom. 🖌️🏔️
2 909
Ustoz — hayotimizda iz qoldiradigan inson. 🎨
U bizga faqat bilim bermaydi. To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi, xatolarimizdan saboq olishni, mehnat qilishni va o‘zimizga ishonishni o‘rgatadi.
Yillar o‘tadi, shogird ulg‘ayadi, o‘z yo‘lini topadi. Ammo qalbida ustozining ovozi, nasihati va bergan saboqlari hamisha yashaydi.
Shogirdlar, ustozlaringizni asrang, qadrlang va hech qachon esdan chiqarmang. Chunki bugungi yutug‘ingiz ortida, albatta, bir ustozning mehnati bor. ❤️
Ustozning eng katta mukofoti — shogirdining kamoli.
2 909
🌹 Ustozlar bayrami muborak!
Aziz va qadrli ustozlar! Sizlarni
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarning fidoyiligingiz, mehringiz va sabringiz bilan yosh avlodga bilim, tarbiya va ilhom berib kelmoqdasiz. Har bir shogirdingizning yutug‘i — sizning mehnatingiz va qalbingizdagi ezgu niyatlaringiz samarasidir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! 🌷
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy parvoz va shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz!
2 909
+9
O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI HAQIQIY A’ZOLIGIGA SAYLOV BO‘LIB O‘TDI
Bugun, 29-sentabr kuni, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Anjumanlar zalida mamlakatimiz badiiy hayotidagi muhim voqealardan biri — O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zoligiga navbatdagi saylov bo‘lib o‘tdi.
Saylov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3219-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 957-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ustavi asosida tashkil etildi.
Saylov jarayoni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ustavida belgilangan talablar va tartiblarga muvofiq ravishda o‘tkazildi.
Saylov teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 31 nafar haqiqiy a’zolari ishtirok etib, har bir haqiqiy a’zo bir ovozga ega bo‘ldi.
Saylov jarayonida shaffoflikni ta'minlash maqsadida 5 nafar haqiqiy a'zodan iborat kuzatuv komissiyasi hamda yana 5 nafar haqiqiy a'zodan iborat sanoq komissiyasi belgilangan tartibda ish olib bordi, ovoz berish natijalari tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zoligi — milliy tasviriy va amaliy san’at, dizayn hamda san’atshunoslik sohalarini o‘zining yirik asarlari bilan boyitgan, ijodiy, ilmiy va pedagogik faoliyati orqali soha taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlarga beriladigan yuksak akademik maqomdir.
Akademiyaning haqiqiy a’zolari zimmasiga san’at va san’atshunoslik sohalarini yanada rivojlantirish, milliy badiiy an’analarni asrab-avaylash va boyitish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda faol ishtirok etish, shuningdek, o‘z ijodiy va ilmiy faoliyati bilan milliy san’atimiz taraqqiyotiga xizmat qilishdek yuksak mas’uliyat yuklanadi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy a’zoligiga navbatdagi saylov Ustavda belgilangan talablar va tartiblarga muvofiq ravishda o‘tkazilib, saylov jarayoni belgilangan tartibda yakunlandi.
Saylov yakunlari hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining yangi saylangan haqiqiy a’zolari haqida batafsil ma’lumot rasmiy axborot kanallarimiz orqali e’lon qilinadi.
📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
2 909
+4
🎨 “Badiiy ta’limni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar doirasida badiiy ta’limning rivojlanish istiqbollari muhokama qilinib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan mutaxassislar taqdirlandi.
🏅 Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi ustozlari ham “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Ustozlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz! 👏🎉
2 909
🏆1001 TALANT
🌍Xalqaro san’at ko‘rik-tanlovi
Turli mamlakatlardan iste’dodli ijodkorlarni birlashtirish, yangi iste’dodlarni kashf etish va ularning ijodini xalqaro maydonda namoyish etishga qaratilgan yangi loyiha.
📅2026-yil 9-10-11-12 noyabr
📍Toshkent, O‘zbekiston
🎨San’at • Iste’dod • Ilhom • Imkoniyat
⌛️
Tanlovning yo‘nalishlari, ishtirok shartlari va boshqa batafsil ma’lumotlar — Nizomda👇1001 TALANT NIZOMI 1001 ТАЛАНТ Положения 📱998939174544 📣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 📲Instagram 📲telegram
2 909
+2
🏆 BENKOV BILIM YURTIDA YANA BIR YUKSAK YUTUQ! 🇺🇿🎨
Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 10-sinf o‘quvchisi Zoirova Laylo Botir qizi turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alarini yaratishga qaratilgan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! 🏆
🎎 Laylo Zoirova tanlovda milliy qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar tayyorlash yo‘nalishida o‘zining ijodiy ishlarini taqdim etdi.
💰 G‘olib sifatida 12 500 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi!
👏 Layloni ushbu katta yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz! Unga kelgusidagi ijodiy faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🎨 Benkov bilim yurti — iste’dodlar va ijodkor yoshlar maskani!
2 909
Hurmatli sinf rahbarlari!
Maktabimizning rasmiy Telegram kanaliga sinfingizdagi o‘quvchilar hamda ularning ota-onalarini obuna bo‘lishlarini ta’minlashingizni so‘raymiz.
Maktab hayotiga oid yangiliklar, e’lonlar va muhim ma’lumotlar muntazam ravishda Telegram kanalimizda berib boriladi.
👉🏻https://t.me/benkovmaktabi
2 909
2 909
+6
#yoshlar_kuni #yoshlar
Bojxona institutida yoshlar kuni munosabati bilan "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi
Bojxona institutida haftaning Payshanba - Yoshlar kuni munosabati bilan o'zaro hamkorlikda belgilangan rejaga muvofiq Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o'quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Ishtirokchilarga kursantlar bilan olib boriladigan ta'lim jarayonlari, tartib-intizom qoidalari haqida tushuntirishlar berildi. Institut hududi bo'ylab kichik sayohat davomida yotoqxona hamda o'quv binolari, sport komlekslari bilan tanishtirildi.
Shundan so'ng, Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi maxsus o'quv xonalarida qatnashchilarga o'quv jarayonlari uchun mo'ljallangan AKS-74U o'qotar qurolini to'liq bo'lmagan qismlarga ajratish va qayta yig'ish bo'yicha nazariy bilimlar berilib, bevosita amalda ushbu jarayonlar bajarildi. Tadbir so'nggida Bojxona institutiga o'qishga kirish istagini bildirgan yoshlar soni ortgani kuzatildi.
Bojxona instituti axborot xizmati
2 909
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladim.
Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.
Nutqimda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdim.
Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.
—
Выступила на 81-й Генеральной Ассамблее ООН. С трибуны этой организации я говорила о позиции Узбекистана в мире, где становится всё больше конфликтов и всё меньше доверия.
Наш выбор ясен — открытость, добрососедство и диалог. Мы выступаем за мир, сотрудничество и уважение человеческого достоинства.
Говорила о переменах в Центральной Азии, реформах в Узбекистане, экологии и трагедии Арала, развитии искусственного интеллекта, верховенстве закона и правах человека.
Сегодня ни одна страна не может справиться с глобальными проблемами в одиночку. Узбекистан готов вносить свой вклад в мир, основанный на доверии и взаимном уважении.
2 909
#XalqaroAvtomobilsizKun
22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”
22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2 909
🖌 Harflar ortidagi olam
Har bir harf — bir hikoya, har bir satr — bir olam!🎨 O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Sa’diya Faxriddinova va shogirdlarining “Harflar ortidagi olam” nomli xattotlik ko‘rgazmasiga taklif etamiz! Ochilish marosimi: 📆 25-sentabr, 2026-yil ⏰️ Soat 15:00 📍 Toshkent fotosuratlar uyi 📌 Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 4-uy ✨ Nafis xattotlik namunalari, betakror ijodiy izlanishlar va go‘zallikka yo‘g‘rilgan harflar olamiga sayohat sizni kutmoqda! 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
2 909
📢 Maktabimizda mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Bugun maktabimizda Shayxontohur tumani hokimligi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada turli banklar, tadbirkorlik subyektlari va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, yoshlar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat faoliyati va yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar taqdim etdilar.
🤝 Bunday tadbirlar yoshlarning kasbiy yo‘nalishini belgilash, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish hamda mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
2 909
+2
🎁 “UZBEK GIFT CONTEST” — ijodkor o‘quvchilar uchun ajoyib imkoniyat!
Bugun maktabimizga O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillari tashrif buyurib, o‘quvchilarimizga “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
✨ Tanlov o‘zbek milliy qadriyatlari, hunarmandchiligi, ijodkorligi va zamonaviy dizaynini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat!
⏳ Muhim! Tanlov yakuniga atigi 6 kun qoldi!
Hurmatli o‘quvchilar, sizlarni tanlovda faol ishtirok etishga, o‘z ijodiy g‘oyalaringiz va mahoratingizni namoyon etishga chorlaymiz! 🇺🇿🎨
🏆 Balki aynan sizning ijodiy ishingiz g‘oliblikka munosib topar!
Faol bo‘ling, ijod qiling va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🔥
2 909
#anons
🎨 Sizni O‘zbekiston xalq rassomi Aleksandr Petrovich Perov tavalludining 90-yilligiga bag‘ishlangan yubiley ko‘rgazmasiga taklif etamiz!
📅 Ochilish marosimi:
📆16-sentyabr, 2026-yil 🕔 Soat 17:00 da 📍 Markaziy ko‘rgazmalar zali🖼 Ekspozitsiyadan Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondidan tanlab olingan rangtasvir asarlari namoyish etiladi. 📌 Manzil: Sh. Rashidov ko‘chasi, 40 📞 Tel.: 71 256 51 46 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
