ch
Feedback
BENKOV BILIM YURTI

BENKOV BILIM YURTI

前往频道在 Telegram

Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi telegram kanali

显示更多
2 740
订阅者
+424 小时
+57
+7430
帖子存档

“Art Oltin Qanotlar” III Xalqaro Professional Rassomlar Pleener-Festivali va “Art Agro Oltin Qanotlar” Talabalar Klubi Festivali O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Go‘zal Vatan” shiori ostida “Art Oltin Qanotlar” III Xalqaro Professional Rassomlar Pleener-Festivali hamda “Art Agro Oltin Qanotlar” Talabalar Klubi Festivali boshlandi. Festival kuratori Ashurmat Mamasaliyev rahbarligida ishtirokchilar Jizzax viloyatiga tashrif buyurdilar. Festivalning ilk soatlaridanoq do‘stlik, ilhom va ijodiy yuksalish muhiti kizikarli davom etdi. Pleenerning birinchi kuni buyuk sarkarda Amir Temur haykali va darvozalari oldida boshlandi. Rassomlar ochiq havoda ijod qilib, o‘z asarlarida ona yurt go‘zalligi, uning tarixi va boy madaniy merosini aks ettirmoqdalar. Festivalda O‘zbekiston, Rossiya, Bolgariya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya va Tojikistondan professional rassomlar, san’at o‘qituvchilari, haykaltaroshlar hamda iste’dodli yoshlar ishtirok etmoqda. Faxriy mehmonlar va ishtirokchilar: 🇷🇺 Rossiya — Rossiya Rassomlar uyushmasi vakillari, Rossiya Badiiy Akademiyasining muxbir a’zosi A. V. Arxipov, rassomlar O. Petrov, N. Zudov va A. Mixno. 🇧🇬 Bolgariya — rassom va “Design Art” direktori D. Temenujka, galereya rassomi Y. Yanev. 🇦🇿 Ozarbayjon — rassom N. Ismayilzade. 🇰🇿 Qozog‘iston — professor va rassom A. Baynazarov rahbarligida, Ostona shahridan A. Yimash va Chimkent shahridan I. Shimelkova. 🇹🇷 Turkiya — Dumlupinar universiteti Tasviriy san’at va rangtasvir fakulteti professorlari A. Go‘cheaslan va S. Mant. 🇹🇯 Tojikiston — Xo‘jand shahridan monumental rassom va haykaltarosh M. Tursunov. 🇺🇿 O‘zbekiston — madaniyat va san’at arboblari, O‘zbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi a’zosi A. Batikov, shuningdek O‘zbekiston va Rossiya Rassomlar uyushmalari a’zolari M. Qayumov, A. Qayipnazarov, K. Faxriddinov hamda rassom J. Uralov. Xalqaro pleener turli mamlakatlardan kelgan rassomlar o‘rtasida madaniy muloqot, ijodiy tajriba almashish va do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun noyob maydonga aylandi. Festival davomida ishtirokchilar O‘zbekistonning go‘zalligi, tabiati, tarixi va zamonaviy taraqqiyotiga bag‘ishlangan bir qator san’at asarlarini yaratadilar.San’at xalqlarni birlashtiradi, hamkorlik uchun yangi ufqlar ochadi va dunyoga go‘zallik ulashadi. “Art Oltin Qanotlar” Xalqaro Pleener-Festivali kuratori — rassom, art-terapevt, O‘zbekiston va Rossiya Rassomlar uyushmalari a’zosi Ashurmat Karamurtiy.

11.06.2026 #Toshkent
YOSH MUSAVVIRLARNING BITIRUV MALAKAVIY ISHLARI BAHOLANMOQDA
Muxbir: Hasanboy Dehqonov @Bugun_lavhalar

🎨 Ijodiy uchrashuv va ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi 2026-yil 15-iyun kuni maktabimiz ko‘rgazmalar zalida Turkiya va Ozarbayjondan t
+5
🎨 Ijodiy uchrashuv va ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi 2026-yil 15-iyun kuni maktabimiz ko‘rgazmalar zalida Turkiya va Ozarbayjondan tashrif buyurgan taniqli rassomlar — Banu Davun va Navaiy Metin ishtirokida ijodiy uchrashuv hamda ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida mehmon rassomlar o‘z ijodiy faoliyati, san’atga oid qarashlari va yaratgan asarlari haqida so‘zlab berdilar. Ishtirokchilar rassomlarning ijod namunalari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mazkur uchrashuv san’at ixlosmandlari uchun unutilmas va mazmunli ijodiy muloqot maydoniga aylandi. 🎨✨

🎨 Hurmatli san’at ixlosmandlari! 2026-yil 15-iyun kuni maktabimiz ko‘rgazmalar zalida Turkiya va Ozarbayjondan tashrif buyur
🎨 Hurmatli san’at ixlosmandlari! 2026-yil 15-iyun kuni maktabimiz ko‘rgazmalar zalida Turkiya va Ozarbayjondan tashrif buyurgan taniqli rassomlar — Banu Davun va Navaiy Metin ishtirokida ijodiy uchrashuv hamda ko‘rgazma tashkil etiladi. Ushbu tadbir davomida mehmon rassomlarning ijodiy faoliyati, san’atga oid qarashlari va asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🖼 Barchangizni mazkur ko‘rgazma va ijodiy uchrashuvga taklif etamiz!

photo content

photo content

photo content
+9

photo content
+9

🖼 DIQQAT, #art_chellenge nomli onlayn tanlov uchun tayyorlanadigan videorolik namunasi havola etilmoqda! #namuna 🎨 Iqtidorli yosh ijodkor Javohir Niyazovning "Umid niholi" nomli ijodiy ishi. (Toshkent shahri) 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

#art_chellenge nomli onlayn tanlov Nizomi

Ijodkor yoshlarimiz DIQQATiga #art_chellenge ❤️‍🔥 onlayn tanlovi❤️‍🔥 yana davom etadi⚠️ ✔️ Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yosh ijodkorlar ishtirok mumkin! Yo‘nalishlar; 🎨 rangtasvir, 🖼 grafika, 🫥 haykaltaroshlik ❄️ amaliy san’at  💃🏻dizaynerlik ‼️Tanlov shartlari: 📚 Ishtirokchilar “Yangi Oʼzbekiston: mahalla–anʼanalar–qadriyatlar va yoshlar”  g‘oyasini o‘zida mujassam etgan 1 dona ijodiy ishlari bilan qatnashadilar. 📆 Tanlov ishtirokchilari 1-bosqich 1-iyundan 1-iyulga qadar, 2-bosqich noyabrgacha o‘z ijodiy ishlarini videorolik ko‘rinishida @art_chellenge (https://t.me/art_chellenge_group) telegram kanaliga hamda shaxsiy instagram sahifasiga #art_chellenge hashtagi ostida video joylashtirib yuborishlari talab etiladi. 📹 video rolikda ishtirokchi o‘zini tanishtiradi, 🖼 asar haqida qisqacha ma’lumot beradi 🎨 🎬 asar yaratish jarayoni videoga olinadi. ⏳ video rolik 2 daqiqadan oshmasligi kerak. 📺 Ishtirokchilarning ijodiy ishlari Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallaridan birida hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyaning telegram kanalida yoritib boriladi. Murojaat uchun: ☎️ Aloqa : (71) 232-06-75 ✈️ Telegram : (97)434-04-91 ✅ Afishadagi QR kodni skaner qiling, telegram kanalga a’zo bо‘ling, @art_chellenge_group guruhiga kirib ijodiy videoni joylashtiring!❗️

视频消息00:19

Diplom himoyasining 2-kunidan foto lavhalar. 📸 Bugun bitiruvchilar o‘z diplom ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ijodiy
+9
Diplom himoyasining 2-kunidan foto lavhalar. 📸 Bugun bitiruvchilar o‘z diplom ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ijodiy izlanishlari va mahoratlarini namoyish etdilar. Himoya jarayonidan olingan foto suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Diplom himoyasining 2-kunidan foto lavhalar. 📸 Bugun bitiruvchilar o‘z diplom ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ijodiy
+9
Diplom himoyasining 2-kunidan foto lavhalar. 📸 Bugun bitiruvchilar o‘z diplom ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ijodiy izlanishlari va mahoratlarini namoyish etdilar. Himoya jarayonidan olingan foto suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

🎓 Badiiy naqqoshlik yo‘nalishi bitiruvchilarining diplom himoyasi bo‘lib o‘tdi. Bitiruvchilar o‘z diplom ishlari orqali ijodiy salohiyati, mahorati va yillar davomida olgan bilimlarini namoyish etdilar. Barcha bitiruvchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! ✨🌿

🇺🇿 Assalomu alaykum! Ertaga Grafika yo‘nalishi bitiruvchilarining diplom himoyasi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan barcha 11-sinf bitiruvchilariga himoyada ulkan muvaffaqiyat, omad va ishonch tilaymiz! Yillar davomida egallagan bilim va mahoratingizni munosib namoyon etib, yuqori natijalarga erishishingizni tilab qolamiz. Diplom himoyasida barchangizga omad yor bo‘lsin! 🎓✨🖌️

photo content
+9

BENKOV BILIM YURTI - Telegram 频道 @benkovmaktabi 的统计与分析