cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi

Kinematografiya agentligining telegramdagi rasmiy sahifasi rasmiy veb sayt: https://uzbkino.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/ ishonch telefoni: +(998 71) 277 81 07 email: [email protected] Manzil: Toshkent sh. Chilonzor ko'chasi 1a

Більше
Рекламні дописи
2 383
Підписники
+224 години
-107 днів
+1530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Kinematografiya agentligi direktori Xorazmdagi kino shaharcha bilan tanishdi Bugun Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov Xorazmga tashrif buyurdi. Agentlik rahbari viloyatning Bogʻot tumanida bunyod etilayotgan kino shaharcha faoliyati bilan tanishdi. Hozirda bu shaharchada qurilish ishlari olib borilishi bilan birga Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan buyuk mutafakkir, faylasuf, shoir, kuragi yerga tegmagan Pahlavon Mahmud haqidagi “Xiva langari” filmining suratga olish ishlari ham olib borilmoqda. Film rejissyori Hamidullo Hasanov boʻlib, unda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Matyoqub Matchonov, Boir Xolmirzayev, Dilnoza Kubayeva, Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Farhod Mahmudov hamda Mehriddin Rahmatov, Durdona Qurbonova kabi taniqli aktyor va aktrisalar rol ijro etmoqda. Agentlik direktori kino shaharchaning qurilish va obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishish davomida liboslar va rekvizitlar ustaxonasida boʻlib, ular bilan tanishdi. Shaharchaning ochilish marosimi XVI Toshkent Xalqaro kinofestivali doirasida oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, kelgusida ushbu maskan oʻzbek kino sanʼati va sanoatini rivojlantirishda yetakchi manzillardan biri sifatida xizmat qilishi koʻzlangan. Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Показати все...
👍 3
🎬"Cho‘liq" — cho'ponlar hayoti haqida hikoya qiluvchi yangi kinoloyiha Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Qishloq xo'jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida "Art zamon media" kinostudiyasi tomonidan "Cho'liq" nomli badiiy film suratga olinadi. Filmda ekologik muammolar, cho'ponlar va ularning hayoti orqali qishloq xo'jaligidagi hozirgi davr imkoniyatlari haqida hikoya qiladi. Suratga olish ishlari Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo tumanlarida, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining turli lokatsiyalarida bo'lib o'tadi. Hozirda filmning aktyorlar jamoasi uchun kasting jarayonlari davom etmoqda. Film senariy muallifi va postanovkachi rejissyor Jamoliddin Qo'ziboyev. Ma'lumot uchun, "Cho‘liq" filmi Kinematografiya agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlov g‘oliblaridan biri hisoblanadi. Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Показати все...
🎉Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Oltin Humo” milliy mukofoti sovrindori, kino va teatr aktyori Rustam Karimov tavallud topgan kun Kinematografiya agentligi sana munosabati bilan ijodkorni tabriklab, aktyor ijrosidagi eng yaxshi filmlar o‘nligini taqdim etadi: 1. "Shaytanat" 2. "Dard" 3. "Muhabbat sinovlari" 4. "Sabr" 5. "Xotira rashki" 6. "Anora" 7. "Vijdon" 8. "Kim aybdor" 9. "Tashlandiq" 10. "Meros" Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Показати все...
🏆 2 1
🎬“Yor-Yor” filmi yaratilganiga 60 yil to‘lgani munosabati bilan yangi talqinda suratga olinadi Bu yil o‘zbek kinosi durdonalaridan biri “Yor-yor” filmining suratga olinganiga 60 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan senariy muallifi va rejissyor Ali Hamroyev filmni yangicha talqinda suratga olishini maʼlum qildi. Film sinopsisi Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, taklif va mulohazalar bildirildi. Sinopsisga ko‘ra, voqealar rivoji 1964-yilda suratga olingan “Yor-yor” bilan deyarli bir xil. Birgina farqi yangi “Yor-yor”da voqealar Yangi O‘zbekiston davrida bo‘lib o‘tadi. Film bosh qahramonlaridan biri – “Ota” obrazini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayev gavdalantiradi. Hozirda boshqa qahramonlar uchun kasting jarayonlari davom etmoqda.
— Qahramonimiz Baxtiyor – orkestrda ishlaydigan yosh yigit. Uning jamoasiga qo‘shiqchi qiz kerak. U televizorda Zulfiyani ko‘rib qoladi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning Buxoroda ekanligini bilib, u bilan uchrashishga qaror qiladi. Baxtiyorning otasi o‘g‘liga o‘sha qizni olib berish uchun u bilan birga yo‘lga chiqishini aytadi. Voqealar shu bilan boshlanadi. Bugun atrofimizda nimalar bo‘layotgan bo‘lsa, filmda ham shular tasvirlanadi. Maqsad – bugungi kunimiz haqida 50 yildan keyin ham odamlar bilishi kerak, deydi Ali Hamroyev.
Rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, film shu yilning dekabr oylarida tayyor bo‘ladi, 2025-yilgi Navro‘z bayramida katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan. Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Показати все...
👏 5 1
Shuhrat Abbosov haqida kitob chop etildi Taniqli kino va teatr rejissyori, professor Shuhrat Abbosov haqida “Shuhrat Abbosov zamondoshlar xotirasida” nomli kitob chop etildi. Adiba Nosirova muallifligidagi kitobda rejissyorning hayoti va ijodi, uning o‘zbek kinosidagi o‘rni, mashhur filmlari hamda Nabi G‘aniyev, Komil Yormatov, Yo‘ldosh Aʼzamov kabi ijodkorlar haqida eksklyuziv maʼlumotlar keltirilgan. “Shuhrat Abbosov zamondoshlar xotirasida” kitobi taqdimoti XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Milliy madaniyatimiz va sanʼatimizning benazir darg‘asi, buyuk kino va teatr rejissyori, professor Shuhrat Abbosovning boy ijodiy va pedagogik faoliyati O‘zbekistonning ko‘plab zamonaviy rejissyorlari uchun oliy ibrat maktabi bo‘lib kelmoqda. O‘tgan davrning 50 yillari oxirida sanʼat olamiga kirib kelgan mahoratli rejissyor o‘z asarlari bilan O‘zbekiston milliy ekran va sahna sanʼatining ijodiy imkoniyatlarini yana-da kengaytirib, uni milliy maʼnaviyatimizning ajralmas qismiga aylantirdi. Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Показати все...
👏 3
#Faxr ⚡️ Birinchi o'zbek kinooperatori va o'zbek kinosan'atining asoschisi - Xudoybergan Devonovning fotosuratlari UNESСОning Jahon xotirasi ro'yxatiga kiritildi. 👉 Batafsil ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показати все...
👍 3👏 1
Xorij kino xabarlari #UzuklarHukumdori Warner Bros: “Uzuklar hukmdori” filmining yangi qismi 2026-yilda chiqadi Warner Bros. Discovery kompaniyasi rahbari Devid Zaslav 2026-yilda “Uzuklar hukmdori”ning yangi qismi chiqishini ma'lum qildi. Film "Uzuklar hukmdori: Gollum ovi" (A Hunt for Gollum) deb nomlanadi. Endi Serkis uning rejissyori va bosh qahramoni bo'ladi.
"Hozirda loyiha senariysi yozuvchilar Uolsh va Boyens tomonidan yaratilmoqda va bunda hali aytilmagan hikoyalar ochib beriladi", deydi Devid Zaslav.
Trilogiya muallifi Piter Jekson va hammualliflar Fren Uolsh va Filippa Boyens ijrochi prodyuser sifatida ishlaydi. Filmning barcha qismlari shu paytgacha 2,9 mlrd dollar daromad keltirdi. 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Показати все...
Navoiyda o'tkazilgan Kinokarvon tadbirlaridan reportaj 📺 "Navoiy" telekanali "Diyor 24" informatsion dasturi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Показати все...
🎬 "Mulla Nasriddin" kinoloyihasi haqida reportaj "Sevimli" telekanali "Zamon" informatsion dasturi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Показати все...
👍 1
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir. Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir. Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Hurmat bilan, Kinematografiya agentligi jamoasi
Показати все...
🔥 1