cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Madaniyat.uz I Rasmiy kanal

Madaniyat vazirligining rasmiy sahifasi Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 107b-uy 🌐 https://gov.uz/madaniyat/ 📞 (55)-502 33 75) 📨 [email protected] t.me/madaniyatvazirligi www.instagram.com/madaniyatvazirligi www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz

Більше
Рекламні дописи
10 143
Підписники
+1224 години
-107 днів
-22230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

⚡️ Bugun, 21-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirg'iziston Respublikasi Jogorku Keneshi o'rtasida hamkorlik bo'yicha parlamentlararo komissiyaning to'rtinchi majlisi bo'lib o'tdi. Unda, O'zbekiston madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov ishtirok etdi. ✅ Tomonlar O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikning keyingi ustuvor yo'nalishini, shuningdek, ikki mamlakat o'rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishda parlament diplomatiyasi imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi. ✅ Komissiyaning O'zbekiston tomonidan hamrais, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli so'nggi yillarda ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro ishonch va yaxshi qo'shnichilik tamoyillariga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash hamda kengaytirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilingani ta’kidlandi. ✅ Hamraislar tashqi siyosiy idoralar o'rtasidagi hamkorlikni davom ettirish va ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy muammolar bo'yicha muntazam maslahatlashuvlar o'tkazish muhimligini yana bir bor tasdiqladi. ✅ Tomonlar mazkur Komissiya doirasidagi parlamentlararo hamkorlikning, shuningdek, parlament delegatsiyalari va ikki mamlakat parlamentlari do'stlik guruhlarining o'zaro tashriflarini qayd etdi. ✅ Qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish amaliyotini o'rganish, shuningdek qonun ijodkorligi faoliyati, parlamentlarning nazorat va vakillik funksiyalarini amalga oshirish tajribasini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi va Qirg'iziston Respublikasi parlamentlari o'rtasida doimiy aloqalarni rivojlantirish zarurligi ta'kidlandi. ✅ Shu nuqtai nazardan, tomonlar yuksak darajada erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirishda ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo qo'shma komissiya muhim rol o'ynashini ta'kidladi. Fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, turizm, sport, madaniyat va san'at sohalarida qo'shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari alohida muhokama qilindi. ✅Majlis davomida Murodjon Majidov ikki davlat o'rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayatganligini, xususan, madaniyat kunlarini o'tkazish an'anaga aylanganini ta'kidladi. ✅Joriy yilning iyul oyida O'zbekistonda “Qirg'iziston madaniyat kunlari”ni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidlab o'tdi.
“O'ylaymanki, joriy yildagi hamkorligimiz, ikki tomonlama madaniy hamkorligimiz tarixidagi eng muhim va voqealarga boy yillardan biri bo'ladi”
- dedi Murodjon Majidov. ✅ Majlis yakunida tomonlar o'zaro kelishuv asosida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirg'iziston Respublikasi Jogorku Keneshi o'rtasida hamkorlik bo'yicha Parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi muddatlari xususida kelishuvga erishdi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показати все...
👍 9
02:19
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#anons 🎭 Bugun, 21-iyun kuni soat 18.30 da Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Osmon hamma gapni eshitadi" nomli musiqali drama spektakli namoyish etiladi. 📞Murojaat uchun:  (+998) 71-245-1633 (+998) 90-959-3456 ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показати все...
IMG_6377.MP411.86 MB
👍 5🔥 1🤝 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Ijodiy_portret Barot Hasanov U har sahnaga chiqqanida tomoshabin uchun yangicha pafos beradi. Pyesadagi personajni jonlantirar ekan, har bir ijrosida o'ziga xos xarakter yaratadi. O'zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrining mahoratli aktyori Barot Hasanov 2011-yilda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining “Dramatik teatr va kino aktyorligi” mutaxasisligi bo'yicha tamomlab, shu yili teatrda ish boshlagan. 💙Barot Hasanov ijrosidagi spektakllar: ✅“Umid daraxti”- Elyor ✅“Kichkina Muk”- Muk ✅“Oppog‘oy va uning do’stlari’- Soddadil ✅“Sichqon va Mushuk”- Bezori ✅“Oltin jo'ja”- Jo‘ja ✅“Oypashsha”- Suvarak ✅“Qorboboning xaloskori”- Qaroqchi ✅“Shum bola” - Qoravoy (shum bola) ✅“Qovoqvoyning sarguzashlari”-Sarimsoq ✅“Madagaskar va bolakay”- Bolakay ✅“Sohibjamol va maxluq”- Oshpaz, bo‘ri va jangchi ✅“Eski shahar bolalari”- O‘quvchi ✅“Etik kiygan mushuk”- Ertakchi Elf ✅“Olovuddinning sehrli chirog‘i”- Sulton ✅“Boz masxaraboz”- Masxaraboz ✅“Tikansiz tipratikanlar”- Uchqun ✅“Game over”- Sherzod (Mario) Barot Hasanovning “Oltin tarvuz” va “Game over” pyesalari sahnalashtirilgan. 2024-yilning yakunida taniqli jahon yozuvchisi Hans Kristian Andersen asari asosida Barot Hasanov inssenirokasi va rejissyorligida “Dyumchaxon” spektakli sahnalashtirilishi rejalashtirilgan. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показати все...
👍 6
Qaysi biri toʻgʻri yozilgan?Anonymous voting
  • Dieta
  • Diyeta
0 votes
02:20
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Maqom_2024 #Jizzax_Zomin ⚡️ 27–30-iyun kunlari Jizzaxda bo'lib o'tadigan II Xalqaro maqom san'ati anjumaniga tayyorgarlik ishlari qizg'in olib borilmoqda. ✅Ayni kunlarda anjuman doirasida har bir hudud o'z milliy burchagi bilan ishtirok etishga hozirlanmoqda. ✅Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniyat vaziri Begisbay Temirbayev hamda Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov anjumanga tayyorgarlik jarayoni haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi. 💙Ma'lumot uchun, tadbir doirasida xalqaro musiqa yarmarkasi, maqom san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, jumladan, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, fotosuratlar namoyishi hamda yarmarkalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показати все...
IMG_6367.MP412.21 MB
👍 6 1🔥 1
03:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#nomoddiy_madaniy_meros #folklor_ekspeditsiyasi Tamaraxonim nazariga tushgan folklorchi onaxon Nurafshonlik 90 yoshli Umatqulova Sanobar ayani  haqiqiy jonli folklor desak ham bo'ladi. Onaxon ko'p yillar mobaynida "Quvonch" folklor-etnografik ansamblida san'at sohasida samarali faoliyat yuritib kelganlar. O'lanlar, laparlar, yor-yorlar deysizmi, beshikdagi jajji chaqaloqlar uchun xalqona, milliy ohangdagi allalar deysizmi, hammasini hali hamon mehr bilan ijro etadilar. Hozirda onaxonning milliy folklor yo'nalishidagi barcha ijod namunalarini Nurafshon shahar Madaniyat markazi qoshidagi "Iloq Nurafshon tong" folklor etnografik ansamlidagi shogirdlari davom ettirib kelishmoqda. Hatto, san'at yulduzi Tamaraxonim ham onaxon bilan tanishib, uning doira chertib, ashula aytishlariga mahliyo bo'lgan ekan. "Sevimli" telekanali muxbiri bugun Sanobar ayaning xonadoniga borib, dildan suhbatlashdi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показати все...
Dilobar.mp414.67 MB
👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#teatr 🎭 #kino 🎬 📆 21-iyun kuni namoyish etiladigan spektakllar hamda filmlar ro'yxati bilan tanishing. 👉 Teatr 👉 Kino ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️ Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" taqdim qilinadi. Navbatdagi o‘quvni youtubedagi https://www.youtube.com/watch?v=mGkuLdZGHYs sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показати все...
👍 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi 📣 Diqqat, diqqat!!! ⚡️22-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov "Vazir va yoshlar uchrashuvi" tadbiri doirasida yoshlar bilan uchrashadi. ✅Uchrashuv soat 10-00dan 12-00ga qadar Yoshlar ijod saroyida bo'lib o'tadi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показати все...
👍 13🔥 3 2 1
03:25
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#OAV_biz_haqimizda ⚡️Xalqaro maqom san'ati anjumaniga qizg‘in tayyorgarlik ko'rilmoqda ✅Xabaringiz bor, 27 - 30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumani bo'lib o'tadi. ✅70 dan ortiq davlat vakillari tashrif buyurishi kutilayotgan mazkur xalqaro tadbirga ayni kunlarda qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. 💙Ma'lumot uchun, Xalqaro maqom san'ati anjumani Prezidentimiz tashabbusi bilan ilk bor 2018-yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan edi. O‘shanda ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg'u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” nominatsiyalari bo‘yicha baholangan. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показати все...
IMG_9249.MP440.47 MB
👍 7 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.