uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

UzTUTOR- xorijiy tillar fani ustozlari faoliyatini qo'llab quvvatlash kanali.

UzTUTOR- xorijiy tillar fani ustozlari faoliyatini qo'llab quvvatlash kanali.

Відкрити в Telegram

Kanalimiz @uztutor 1) Muhokama va munozara 2 Xorijiy tillar o'rganuvchilar, pedagoglar TUTORlar uchun foydali kanal 3) "Attestatsiya" Testi va tayyorgarlik! Murojaat: Reklama uchun ham murojaat qabul qilinadi @Mrdilbek Erp uchun ham xizmatlar mavjud !

Показати більше
Buy Ad
4 218
Підписники
-224 години
-37 днів
-5630 днів
Архів дописів
Aptis haqida soʻraganlarga ancha extiyotkor boʻlib qolishgan

Repost from APTIS WORLD
Yuqoridagi rasmni qisqacha tushuntiradigan bo'lsam demak Aptis ESOLda aldash, ko‘chirish, shpargalka ishlatish, tayyor yodlan
Yuqoridagi rasmni qisqacha tushuntiradigan bo'lsam demak Aptis ESOLda aldash, ko‘chirish, shpargalka ishlatish, tayyor yodlangan skript aytish yoki imtihon savollarini internetga tarqatish qat'iyan man etiladi. Bunday holatlar natijaning bekor qilinishiga, sertifikat berilmasligiga va keyingi imtihonlardan chetlashtirilishga olib keladi❗️ ERTAGA imtihondan chiqganizdan keyin imtihonda nimalar tushganini ijtimoiy tarmoqda yoritmang bu sizni foydangizga deb maslahat beryapman. Join us:👉👉 APTISWORLD🔴 Join us:👉👉 APTISWORLD🔵

Nima kutgan edingiz oson boʻladi deb mi?

Repost from Ta'lim nazorati
RASMIY MUNOSABAT Informatika fanidan attestatsiya natijasi yuzasidan Informatika fani öqituvchisi D.Y ning attestatsiya test topşiriqlari murakkabligi, xususan, kasbiy standart va pedagogik mahoratga oid savollar yuzasidan IJTIMOIY TARMOQDA bildirgan e’tirozlari mutaxassislar tomonidan örganib çiqildi. Tahlil natijalariga köra, körib çiqilgan topşiriqlarning mazmuni 15-avgust kuni e’lon qilingan test spetsifikatsiyasida belgilangan talablar hamda tavsiya etilgan adabiyotlarga asoslangan. Savollar kasbiy bilimlar, pedagogik yondaşuvlar va ularni amaliy vaziyatlarda qöllaş könikmalarini baholaşga qaratilgan. Şuningdek, talabgor tomonidan notöğri javob berilgan savollar tegishli öquv adabiyotlari va kasbiy standart asosida tahlil qilinib, töğri javoblar mutaxassislar tomonidan asoslantirildi. Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi Attestatsiyada iştirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni işlab körişlari mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

📌Xuşxabar: Endi pedagoglar çet tilini biliş darajasini aniqlaş imtihonini 50% çegirma bilan topşirişlari mumkin! 🔵 Imtihond
📌Xuşxabar: Endi pedagoglar çet tilini biliş darajasini aniqlaş imtihonini 50% çegirma bilan topşirişlari mumkin! 🔵 Imtihonda iştirok etiş uçun my.gov.uz portalida röyxatdan ötiş jarayonida tölovga imtiyoz berilganlar qatoriga pedagoglar ham qöşildi. 🟠 Uşbu bandni tanlaş orqali pedagoglar imtihonlar uçun: 594 000 söm örniga 297 000 söm miqdorida tölov çeki şakllanadi. Eslatma: Röyxatdan ötiş vaqtida imtiyoz bölimida aynan “Pedagoglar” bandi belgilanganligiga e’tibor bering. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

❗️Til sertifikati sabab himoyasi qolgan magistrantlar uchun muhim xabar 2023-yil 14-fevraldagi 13-son bayon asosida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan talabalar PF–81-son Farmonda belgilangan darajadagi til sertifikatiga ega bo‘lsa, dissertatsiya himoyasiga ruxsat beriladi. 📌 Talab etiladigan darajalar: 🔹 C1 — filologiya yo‘nalishlari; 🔹 B2 — gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga oid fanlar, jurnalistika va axborot, AKT; 🔹 B1 — boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari. ✅ Mutaxassisligi uchun B1 belgilangan magistrantlar B1 sertifikati bilan ham himoyaga qo‘yilishi mumkin. ⚠️ Sertifikat muddati tugamagan va rasman tan olingan sertifikatlar ro‘yxatida bo‘lishi shart. Sertifikat talabi bekor qilinmagan. Sertifikat topshirgan magistrantlar himoyasini tashkil etish OTM rahbarlariga topshirilgan. ✅ Barchaga yuboring👇

Olimpiada 9-sinf materiallari

Repost from N/a
Ingliz tili 9-sinf.pdf119.33 MB

Hammada ingliz tili bir kunda bir vaqtda boʻladi.
Hammada ingliz tili bir kunda bir vaqtda boʻladi.

Tavsiya etaman: Kasbiy Rivojlanish https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kasbiy.rivojlanish krk darslari shu ilivadagi FACE ID orqali davomatdan oʻtkazilyapti yetakchi oʻqituvchilar shu ilovaga kirib oneid dan roʻyxatdan oʻtsin!!! @uztutor kanali

📢 DIQQAT, PEDAGOGLAR! 🇺🇿 21-oktabr — ÖZBEK TİLİ BAYRAMI KUNI Prezident Şavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillashtirişga oid qonunni imzoladi. 📚 YANGİ ALİFBOdagi ÖZGARİŞLAR: 🔹 O‘ o‘ → Ö ö 🔹 G‘ g‘ → Ğ ğ 🔹 Sh sh → Ş ş 🔹 Ch ch → Ç ç 🔸 “Ng ng” alifbodan mustaqil harf sifatida chiqariladi. 🔸 Tutuq belgisi (’) saqlanadi. 👩‍🏫 BU ÖZGARİŞLAR METODİK İŞLARGA HAM TA’SİR QİLADİ! Metodik tavsiyalar, qo‘llanmalar, maqolalar, dars işlanmalari, taqdimotlar va didaktik materiallar tayyorlayotgan ustozlar yangi alifbo tartibiga e’tibor berishlari lozim. ⚠️ MUHİM! Qonun rasman e’lon qilinganidan 6 oy ötgach kuchga kiradi. Avvalgi hujjatlar öz kuchida qoladi, darsliklar esa bosqichma-bosqich yangilanadi. 🔗 RASMIY MANBA: LexUZ — alifboni takomillashtirishga oid hujjat 📲 @uztutor — ustozlar uchun metodik yordam va foydali yangiliklar!

Repost from Saida Mirziyoyeva
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar. Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim. Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi. Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi. Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman. Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman! — Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике. Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях. Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы. Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка. Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!

Bundan kelib chiqadiki, keyingi toifa imtihonlarini BMBA yaʼni sobiq DTM( Davlat test markazi) tomonidan oʻtkaziladi. Bu yilgisini ham nazorat qiladi.

O'qituvchilar attestatsiyasini o'tkazuvchi tashkilot — Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi faoliyati tugatilib, uning vakolat va funksiyalari Bilim va malakalarni baholash agentligiga o'tkaziladi. Aniqrog'i, Markaz BMBA ga qo'shib yuborilmoqda.(#) No-no tabriklayshn! 👏👏👏 Vanihoyat attestatsiya haqiqiy olimlarga, o‘z egalariga o‘tarkan, chumchuq so‘ysayam qassob so‘ysin, BMBA 35 yil tajribaga ega, haqiqiy professional olimlar jamoasi, eng muhimi ularning har bir xodimi, rahbariyatigacha shaffof, jamoatchilikka ochiq, o‘z ishining proffisi! Hech bir eʼtiroz nohaq qolib ketmagan shu paytgacha, hech bir savol test noprofessional tuzilmagan. Biz "Tanaffus" podkastida ko‘p bora shu narsani taklif qilib, taʼkidlab kelgan edik. Vanihoyat, podkastimiz kerakli odamlarga yetib borganidan xursandmiz. Hozir qaysi sonida gapirganimiz esimda yo‘q, izlashvoringlar, mabodo eslatsangizlar o‘sha kadrniyam qo‘yardik))) Rasmiy xabarni kutaylikchi. @domlajon t.me/domlajon

Repost from Ta'lim nazorati
❓ MALAKA TOIFASI UMRBOD SAQLANADIGAN O‘QITUVCHI ATTESTATSIYADAN O‘TA OLMASA, TOIFASI PASAYADIMI? 📝 Savol: Malaka toifasini umrbod saqlab qolish huquqiga ega o‘qituvchi yuqoriroq toifa yoki 70 foizlik ustama olish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, yetarli ball to‘play olmasa, uning toifasi pasaytiriladimi? ✅ Javob: yo‘q, amaldagi malaka toifasi saqlanib qoladi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan. 1️⃣ Navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etiladi Nizomning 7-bandiga ko‘ra, malaka toifasini umrbod saqlab qolish huquqiga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi. 2️⃣ Navbatdan tashqari attestatsiyada ixtiyoriy qatnashadi Ushbu pedagoglar yuqoriroq malaka toifasi yoki ustama olish uchun o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishi mumkin. 3️⃣ Yetarli ball to‘play olmasa ham, amaldagi toifasi saqlanadi Nizomning 44-bandiga asosan, navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball to‘play olmagan pedagoglarning malaka toifasi pasaytirilmaydi. Ularning amaldagi malaka toifasi va shu toifa bo‘yicha ish haqi saqlanib qoladi. 📌 Xulosa: malaka toifasini umrbod saqlab qolish huquqiga ega o‘qituvchi navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmasa, amaldagi toifasini yo‘qotmaydi. Attestatsiyaga tayyorlanish uchun testlar: 👉 👨‍🎓 sinovtest.uz 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali