cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

,,Ziyo" Quva Axborot kutubxona markazi

Quva Axborot kutubxona markazi

Більше
Рекламні дописи
3 487
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
-1630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#kitobsevar_millat” “Yosh kitobxon” Axborot- kutubxona markazi, kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda kasb – xunar maktabining 61, 64, va 66-guruhlar faol qatnashib o‘zaro bellashdilar. Tanlov 3 ta shartdan iborat bo‘lib, qizg‘in baxs munozaralarga boy bo‘ldi. O‘quvchilar tomonidan badiiy adabiyotlar sahna ko‘rinishlarda mahorat bilan ijro etildi. Tanlov natijalariga ko‘ra: 1-o‘rinni 60 ball bilan 61-guruh o‘quvchilari egalladilar va 500.000 so‘m pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar. 2-o‘rinni 59 ball bilan 66-guruh o‘quvchilari egalladilar va 300.000 so‘m pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar. 3-o‘rinni 49-ball bilan 64-guruh o‘quvchilari egalladilar va 200.000 so‘m pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Показати все...
Maʼnaviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.     Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida bugun Axborot kutubxona markazi mutaxassislari hamda ishchi hodimlari oʻrtasida  “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir  oʻtkazildi.    Ushbu tadbirda  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi  mutaxassisi, Din ishlari bo‘yicha qo'mitaning tuman bo'yicha bosh mutaxassisi Farhodjon Aminov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari Mirolimjon Jalolov qatnashdilar.   Tadbir davomida "Zalolatga dalolat qilayotganlar" nomli videofilm namoyish etildi.
Показати все...
#iqtibos        ​​Nimani o'qishingni ayt, men sening kimligingni aytib beraman, Odamning aqli va xulq-atvorini kutubxonasiga ko'z tashlab turib ham to'g'ri bilsa bo'ladi.
Показати все...
#iqtibos Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qo‘yishdan tutib turadigan va uni yaxshi xulq va ishlarga yo‘llashiga hayo deyiladi. ✍️Abu Ali ibn Sino
Показати все...
#mutolaa_zavqi 📖   Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog‘liq. Tinchlik.     Do‘stni xo‘rlash – gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo‘rlash – ming hissa gunoh. Go‘dakni xo‘rlash – cheksiz gunoh...     Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.     Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.     Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qaering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!     Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.     Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.     Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan o‘lchanadi. 📖 O‘tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asaridan
Показати все...
#hikmatlar_xazinasi 📖Hayotingda mahkam tutishing kerak bo‘lgan eng ajoyib hikmat – Sen haqingda aytiladigan gaplarga ahamiyat bermasligingdir 📖Kimligingni boshqalardan ko‘ra o‘zing yaxshiroq bilasan Alloh sening holating va niyatingni o‘zingdan ham yaxshiroq biladi 📖Qilayotgan ishlaringni oqlab, qadru- qimmatingni tushirib yurma! 📖Hayotingdagi  muvaffaqiyatsizlikning sababi – barchani rozi qilishga urinishdir!
Показати все...
#yoshlik_ilhomlari   Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda tayyorlandi
Показати все...
⚠️ Dunyodagi eng og'ir kitob Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan "Klenkening geografik atlasi"dir. U 1660 yilda ingliz qiroli Charlz II ga gollandiyalik savdogar Yoxannes Klenke tomonidan monarxiyaning tiklanishi sharafiga sovg'a qilingan. ⚖️ Kitobning hajmi barchani hayratga soladi. Ochilgan holda kitobning kengligi 1,9 m; balandligi esa 1,75 m bo'lgan atlasning og'irligi 320 kg.ni tashkil qiladi. Uni ko'tarish uchun olti kishi kerak bo'ladi. 🏛 Klenkening geografik atlasi Britaniya muzeyida saqlanadi. Jamoatchilik uni birinchi marta 2010 yilda, ommaga namoyish etilganda ko'rishga muvaffaq bo'ldi. Atlas o'zining o'lchamlaridan tashqari, qadimiy, ehtiyotkorlik bilan tuzilgan xaritalari bilan ham ajralib turadi (jami 39 ta).
Показати все...
#OAV_biz_haqimizda Quva tumanida "Кitob festivali" ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Показати все...
#mutolaa_zavqi Bir odamni agarda, u xushfe’l yoki aqlli , desagu, boshqa birini jaxldor yoki ahmoq desak noto’g’ri gapirgan bo’lamiz .Biz bo’lsak doimo odamlarni shunday ajratamiz. Bu esa NOTO’G’RI . Odamlar daryodek gap: hammasining suvi bir xil, hamma joyda o’sha suv, lekin daryo goh keng bo’ladi, goh tor, goh tez oqadi, goh sekin, goh suvi tiniq bo’ladi, goh loyqa, goh sovuq bo’ladi, goh iliq bo’ladi. Odamlar ham shunday. Har bir odamda ham insoniy xususiyatlarning kurtagi bor. Odam shu xususiyatning goh birini, goh boshqasini namoyon qiladi, ba’zan o’sha odamning o’zi butunlay o’zgarib ketadi. 📚 "Tirilish" ✍🏻Lev Tolstoy
Показати все...