cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Farg'ona viloyat kutubxonasi

📚 Farg'ona viloyat axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali© 📚 📘Yangi kitoblar 📜Badiiy asarlar 📰Yangiliklar 🎁Aksiya va tanlovlar Murojaat: https://t.me/fergana_library_rasmiy_bot

Більше
Узбекистан3 173Мова не вказанаКниги830
Рекламні дописи
26 290
Підписники
-47424 години
-2 4207 днів
-3 56430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Farg‘ona shahar 1- umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari uchun 18-may "Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan "Insoniyat tarixi, qadriyatlari va madaniy merosi qo'riqchisi" nomli axborot daqiqasi o‘tkazildi. Tadbirda muzeylar, ularning tarixi haqida o‘quvchilarga ma'lumotlar berildi. O‘quvchilar ham o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Показати все...
👍 7 1
#Jarayon #CENTRAL_ASIA_2024 “CENTRAL – ASIA-2024: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan "Arxivlar faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirishning ilg‘or usullari"  mavzusida onlayn hamda oflayn tarzida mahorat darsi o‘tkazilmoqda.
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#JARAYON Ayni damda “CENTRAL – ASIA-2024. Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan "Raqamli O‘zbekiston muhitida zamonaviy bibliografiya: an’anaviy yondashuvlar va bibliografiyaning yangi formatlari" mavzusida ZOOM platformasi orqali mahorat darslari o‘tkazilmoqda. Ushbu mahorat darslarida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etmoqdalar.
Показати все...
6
02:39
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Kutubxona_OAV_nigohida Axborot 24 | Samarqandda MDH kutubxonachilari forumi #15may #uzbekiston24
Показати все...
🔥 4
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Farg‘ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamkorligida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Kitob beminnat ustoz ” nomli badiiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan ustoz O‘ktamxon Soliyeva - kitobxonlik tor ma’noda kitob o‘qishni bildirsa, keng ma’noda tanlab o‘qish, his etish, anglash va fikr bildirish tushunchalarini o‘z ichiga qamrab oladi. U badiiy adabiyot, adabiy tanqid va pedagogika ko‘magida yuksala boradi deb ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirda o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni va kitobga baxshida qilingan buyuklar umri haqida muhim ma’lumotlar aytib o‘tildi. Tadbir davomida kollej o‘quvchilari tomonidan Said Ahmadning “Ufq” romani asosida sahna ko‘rinishlari ijro etildi, raqslar guldastasi birdek hammaga yaxshi kayfiyat ulashdi. Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga va hamkor tashkilotlarga markaz ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Показати все...
👍 4 1
Farg‘ona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi tomonidan “Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishga yo‘l – birgalikda sa’y harakatlar” loyihasi asosida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etmoqdalar. Loyihaning maqsadi: - Farg‘ona vodiysining chegaradosh hududlarida tinchlik madaniyatini targ‘ib qilish orqali barqaror tinchlikni mustahkamlash; - Farg‘ona vodiysidagi fuqarolik jamiyati sub’yektlarining nizo va zo‘ravonliklarning samarali oldini olish uchun tezkor va institusional salohiyatini kuchaytirish; - Chegara hududlarida tinch-totuv yashashni ta’minlash, ishonchni mustahkamlash va vujudga keladigan ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etish.
Показати все...
👍 2 1
00:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
“Central Asia – 2024” xalqaro konferensiyasiga start berildi! ♻️ Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tishmoqda, barchaning yuzida bayramona kayfiyat! 💐Biz boshladik💐 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Показати все...
👍 2 1
01:00
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#yoshlik_ilhomlari   Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda tayyorlandi
Показати все...
👍 5 1🔥 1
#jarayon "Kutubxona hamdo‘stligi: Hamkorlik va innovatsiyalar" Xalqaro MDH kutubxonalari forumi doirasida tashkil etilgan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada, Belarusiya milliy kutubxonasining bosh direktori Gigin Vadim Fransevich “Belarus milliy kutubxonasida tarixga oid hujjatlarni saqlash faoliyati”; Qozog‘iston respublikasi Milliy kutubxona direktori Ospanova Bakitjamal Kairbekovna “Raqamli davrda Qozog‘istonning yozma merosi”; Rossiya davlat bolalar kutubxonasining direktor o‘rinbosari Mezenseva Olga Petrovna “Bolalarni kitob mutolaasiga qiziqtirishda innovatsion amaliyotlar”; M.F.Axundov nomidagi Azarbayjon milliy kutubxonasining direktor o‘rinbosari Ismaylova Adiba Imashevna “Kutubxona va axborot sohasida sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari”; B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasining kutubxonalar aro hamkorlik departamenti direktori Selivanova Yuliya Gennadyevna “Yevroosiyo hududida Prezident kutubxonasi” mavzulari bo‘yicha fikr almashmoqdalar.
Показати все...
👍 2 1
Forum doirasida ekskursiya tashkil etildi "Kutubxona hamdo‘stligi: hamkorlik va innovatsiyalar" Xalqaro MDH kutubxonachilar forumi doirasida xorijlik mehmonlar uchun Samarqandning Shohi Zinda maqbarasi hamda Konigil qishlog‘i va "Meros" qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.
Показати все...
5👍 2