Мuborak tumani hokimligi | Rasmiy kanal
Відкрити в Telegram
Muborak tumani hokimligining rasmiy telegram kanali! Sayt: http://gov.uz/muborak Sahifalar: https://linktr.ee/muborak_info
Показати більше3 211
Підписники
-224 години
+157 днів
+430 день
Архів дописів
+5
Muborak tumani hokimi G‘olib Murodov hamda tuman prokurori Dilshod Shermatov Sardoba mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib bormoqda.
Dastur doirasida ushbu mahallada ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklari va zamonaviy bolalar maydonchalarini barpo etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta ta’mirlash, elektr tarmoqlarini yangilash, quyosh panellari asosida ishlovchi tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
O‘rganish davomida mas’ullar loyihalarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash, aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriq va tavsiyalar berib o’tdi.
+9
Muborak tumani hokimi G‘olib Murodov hamda tuman prokurori Dilshod Shermatov tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Dastlab, mas’ullar Bobur mahallasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, amalga oshirilayotgan loyihalarning sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shundan so‘ng, Amir Temur mahallasida o‘rganish olib borildi. Mazkur mahalla “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalarni rivojlantirish” dasturiga kiritilgan bo‘lib, hududda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, artezian qudug‘ini qazish, zamonaviy bolalar maydonchasini qurish, bolalar bog’chasini rekonstruksiya qilish, elektr tarmoqlarini yangilash, quyosh panellari asosida ishlovchi tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.
+5
Muborak tumani hokimi G‘olib Murodov hamda tuman prokurori Dilshod Shermatov Sardoba mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib bormoqda.
Dastur doirasida ushbu mahallada ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklari va zamonaviy bolalar maydonchalarini barpo etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta ta’mirlash, elektr tarmoqlarini yangilash, quyosh panellari asosida ishlovchi tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
O‘rganish davomida mas’ullar loyihalarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash, aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriq va tavsiyalar berib o’tdi.
#E’lon
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan pedagoglar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi.
Yarmarkada olis hududlarda joylashgan 104 ta hamda ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan 65 ta umumta’lim maktabi direktorlari mavjud vakant ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi. Shuningdek, 37 ta umumta’lim maktabidagi xorijiy tillar fani o‘qituvchilari uchun vakant lavozimlar ham taklif etiladi.
Mazkur yarmarka olis hududlarda yoki ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda faoliyat yuritish orqali maxsus ustamalar va qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanishni istagan pedagoglar uchun qulay imkoniyat yaratadi.
📌 Eslatma:
Olis hududlardagi maktablarga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga BHMning 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli hamda uy-joy ijarasi uchun har oy BHMning 2 baravari miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.
Bir ma’muriy-hududiy birlik doirasida boshqa tuman (shahar)dan kelib ishlayotgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkasiga 50 foiz, boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib ishlayotgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkasiga esa 100 foiz maxsus ustama belgilanadi.🗓 Sana: 30-iyul 🕘 Vaqt: soat 09:00 📍 Manzil: Qarshi shahri, 1-sonli umumta’lim maktabi. Telefon raqam: 99-770-44-20 75-221-33-14 75-221-30-31 Pedagogik faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishni istasangiz, sizni bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga taklif etamiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
+4
Muborakda “Kitobxon uy bekasi” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Bugun, 28-iyul kuni Muborak tumanida Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun tashkil etilgan “Kitobxon uy bekasi” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kitobxonlik madaniyati, badiiy asarlar haqidagi bilimlari, mushohada yuritish qobiliyati va ma’naviy salohiyatini namoyon etdilar.
Har bir chiqish kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, oilada mutolaa muhitini shakllantirish va farzandlar tarbiyasida onalarning mas’uliyati naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyish etdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Sardoba” mahalla fuqarolar yig‘ini vakili Yuldosheva Gulchexra Ilxomjon qizi tanlovning tuman bosqichi g‘olibi deb topildi. U viloyat bosqichida Muborak tumani sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Telegram | Facebook | Instagram | Sayt
+9
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi, Falastin Davlati, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Kuvayt Davlati, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi, Malayziya, Pokiston Islom Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasidan mamlakatimizga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял верительные грамоты у вновь назначенных в нашу страну чрезвычайных и полномочных послов Итальянской Республики, Государства Палестина, Королевства Саудовская Аравия, Государства Кувейт, Алжирской Народной Демократической Республики, Малайзии, Исламской Республики Пакистан, Азербайджанской Республики и Республики Казахстан.
#Mirziyoyev #qabul #elchilar #Italiya #Falastin #SaudiyaArabistoni #Jazoir #Malayziya #Pokiston #Ozarbayjon #Qozogiston #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mahallalar obodligi - yurt obodligi!Qashqadaryoda har oyning ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari “Obodonlashtirish va tozalik kuni” etib belgilandi Viloyatda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, sanitariya-ekologik holatni yaxshilash hamda aholi o‘rtasida tozalik va bunyodkorlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan farmoyish imzolanib, Qashqadaryoda har oyning ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari “Obodonlashtirish va tozalik kuni” etib belgilandi. “Obodonlashtirish va tozalik kuni” doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish ustuvor etib belgilandi:
- ichki ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, maydonlar, ariq va zovurlar, yomg‘ir suvi tarmoqlari, bolalar va sport maydonchalari, istirohat bog‘lari, qabristonlar, bozorlar, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlariga tutash hududlarni tozalash; - mahalla binolari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, madaniyat va sport obyektlari, ko‘p kvartirali uylar hamda tashkilotlarga biriktirilgan hududlarni tartibga keltirish; - qurib qolgan va xavf tug‘dirayotgan shox-shabbalarni, begona o‘tlarni hamda noqonuniy tashlangan chiqindilarni bartaraf etish, daraxt va butalarga agrotexnika talablari asosida shakl berish, mavjud yashil maydonlarni parvarishlash; - noqonuniy o‘rnatilgan reklama vositalari, tartibsiz joylashtirilgan qurilish materiallari, yaroqsiz buyumlar va hududning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan boshqa holatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bartaraf etish.Siz ham “Obodonlashtirish va tozalik kuni”da faol ishtirok etib, o'z mahallangiz obodligiga munosib hissa qo'shing! 📱Gov.uz| 📱Telegram| 📱YouTube| 📱FB|📱Instagram| 📱X
Suyultirilgan gazni yetkazib berish tizimi qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi tashkil etiladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное приоритетным задачам топливно-энергетической отрасли.
#Mirziyoyev #videoselektor #energetika #tahlil
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+2
Xitoylik investorlar bilan yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishildi
Muborak tumani hokimi o‘rinbosari Azizjon Imomov boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar bilan muzokara o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida tumanda kaliy sulfat va kaliy xlorid o‘g‘itlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hamda korxonaning energiya ta’minotini mustahkamlash maqsadida 1 megavatt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Mazkur loyiha hududda zamonaviy sanoat quvvatlarini yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, ekologik toza energiyadan samarali foydalanish hamda tumanning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun barcha sohalarda, xususan, energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini ta’kidladi.
Hozir 25 ta texnika oliygohida bu yo‘nalishda yiliga 5,5 ming mutaxassis tayyorlanmoqda.
“Ochig‘i, ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil ketyapti”,– dedi Prezidentimiz. Mas’ullarga bir oyda oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq yangilash topshirildi. 1-sentabrgacha laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish boshlanadi. Yangi o‘quv yilidan 3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi. Chunki kelgusi 2-3 yilda quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda. Yangi o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham ushbu tajriba joriy etiladi. Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Andijon viloyatida olti oyda rejadagi 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. 318 ta mahallada ta’minot grafikdan orqada qolmoqda.
Endi tadbirkorlar o‘zi import qilgan yoki birjadan xarid qilgan suyultirilgan gazni aholi va biznes subyektlariga yetkazib berishi mumkin bo‘ladi. Yil boshidan xususiy sektor tomonidan 157 ming tonna suyultirilgan gaz import qilingan.
Ijtimoiy reyestrga kirgan oilalarga suyultirilgan gaz uchun subsidiya beriladi. Yil yakunigacha bu borada “Andijon tajribasi” yaratiladi.
Suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni yil yakunigacha rejadagi 520 ming tonna o‘rniga 606 ming tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Hozir aholiga gaz standart hajmdagi 20 kilogrammli ballonlarda yetkaziladi. Vaholanki, ayrim xonadonlarga oylik iste’mol uchun 5-6 kilogramm yetarli bo‘lsa, boshqa iste’molchilarga 30-40 kilogrammli ballon zarur.
Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi bir oyda xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari”da 25 ming, “Hududgaz”da 16 ming xodim ishlaydi. Lekin xodimlar ishini boshqarish raqamlashmagani sababli kun davomida kim nima bilan bandligini na elektr tarmog‘i, na gaz ta’minoti rahbari biladi.
Shu bois, mehnat unumdorligi boshqa davlatlardan 1,5-2 barobar past, avariyalarni bartaraf etish muddati esa 3-4 barobar ko‘p.
Energetika vazirligi tarkibida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi tashkil etiladi.
Markaz “ishlab chiqarish – uzatish – taqsimlash – yetkazish” zanjiri, ko‘mir, suyultirilgan gaz va mazut ta’minotini “stress-audit”dan o‘tkazadi. Shu asosda sohani rivojlantirishning bir nechta ssenariysi ishlab chiqiladi.
Har bir xodimning kunlik ishini raqamli algoritm orqali boshqaradigan tizim yaratiladi. ASKUE va ASKUG ma’lumotlari sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, shubhali o‘zgarishlarni aniqlaydigan platforma ishga tushiriladi.
Tizimdagi 106 ming xodim uchun 10 ta asosiy KPI belgilanadi. Unda avariyaviy va rejali o‘chishlar, yo‘qotishlar, debitor qarzdorlik, quvvatlar rezervi va ta’mirlash dasturlarining bajarilishi asosiy mezon bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yangiyo‘l misolidagi tizim respublikadagi barcha tuman va shaharlarga tatbiq etiladi. Energetika tizimi rahbarlari har bir viloyatdagi eng og‘ir bittadan tumanga biriktiriladi.
Ular hokimlar bilan birgalikda yil yakunigacha o‘ziga biriktirilgan hududda yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yadi. Islohotlar shtabi, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, tarmoq va bank rahbarlari ham hududlarga chiqadi.
Aholi va tadbirkorlarning elektr va gaz bilan bog‘liq masalalari o‘rganilib, mas’ullarga yil yakunigacha va kelasi yilda amalga oshiradigan ishlari aniq ko‘rsatiladi. Mazkur ishlar uchun mablag‘ manbalari ham belgilab beriladi.
Elektr va gaz hisobini yuritish, tarmoqdagi yo‘qotishlar va debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish imkoniyatlari joyida ko‘rsatib beriladi.
Davlatimiz rahbari viloyat va tumanlardagi elektr hamda gaz ta’minoti rahbarlarining “ko‘zini ochish”, ularni natija uchun ishlash uchun mas’uliyatini oshirish zarurligini ta’kidladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yangiyo‘l tumani aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha maxsus shtab tashkil etiladi. Unga energetika vaziri Sherzod Xodjayev boshchilik qiladi, tuman hokimi San’at Jumaniyozov esa uning o‘rinbosari bo‘ladi.
Mas’ullar ikki haftada tumanning 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning oylik, choraklik va yillik talabini o‘rganadi. Shu asosda “energiya iste’moli balansi” shakllantiriladi.
Qaysi mahallada transformator yoki gaz taqsimlash qurilmasini yangilash, qayerda tarmoq tortish zarurligi aniq belgilanadi. ASKUE va ASKUG tizimiga mos kelmaydigan hisoblagichlar almashtirilib, ma’lumot uzatmayotgan qurilmalarning uzluksiz aloqasi ta’minlanadi.
Elektr va gaz yo‘qotishlarini 2 karra kamaytirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bunda zarur mablag‘ning qanchasi tizim korxonalari, qanchasi mahalliy qo‘shimcha daromad hisobidan ajratilishi aniq ko‘rsatiladi.
Yirik iste’molchi bo‘lgan korxonalar energiya auditidan o‘tkazilib, ularni tejamkor texnologiyalarga o‘tkazish uchun banklar tomonidan resurs ajratiladi. Barcha bog‘cha, maktab, texnikum, shifoxona va poliklinikalarning energiya sarfi tahlil qilinib, toifalarga ajratiladi.
Ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi diagnostika qilinadi, qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘chama-ko‘cha ish olib boriladi. Barcha ishlar 1-oktabrgacha yakunlanib, Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga aylantiriladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Joylarda ishni qanday tashkil etish Yangiyo‘l tumani misolida ko‘rsatib berildi. Tumanda 1 ming 400 kilometr elektr tarmog‘i va 422 ta transformator mavjud.
So‘nggi besh yilda aholining elektr iste’moli 68 milliondan 102 million kilovatt-soatga, ya’ni 1,5 karra oshgan. Lekin bu davrda bor-yo‘g‘i 60 ta transformator va 240 kilometr tarmoq yangilangan. Yil boshidan elektr yo‘qotishlari 30 million kilovatt-soatga yetgan, tarmoqlarda 37 ta avariya sodir bo‘lgan.
To‘lov intizomi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani sababli debitor qarzdorlik 43 milliard so‘mga chiqib ketgan. Shuning 9,4 milliard so‘mi noreal qarzdorlik hisoblanadi.
Tumanda 829 ta iste’molchining hisoblagichi ASKUE tizimiga mos kelmaydi, yana 2 mingta hisoblagich ma’lumot yubormaydi. Soliqqa “nol” hisobot topshirgan 48 ta korxona esa olti oyda 871 ming kilovatt-soat elektr ishlatgan.
Gaz ta’minotida ham xuddi shunday ahvol kuzatilmoqda. 5 mingdan ortiq gaz hisoblagich ma’lumot uzatmayotgani oqibatida qarzdorlik 188 milliard so‘mga yetgan.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 million dollar sarflashga to‘g‘ri kelmoqda.
Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat yuzaga kelish ehtimolini paydo qilgan. Mas’ullarga shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Tizimdagi jiddiy kamchiliklar uchun energetika vaziri va “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari lavozimidan ozod etildi. “Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga yil yakunigacha sinov muddati belgilandi. Natija bo‘lmasa, ular ham ishdan ketishi ogohlantirildi.
Yangi energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari Sardor Isaqulov va Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i Axad Isoqjonov bugundan yangicha ish uslubini joriy qilishi shartligi ta’kidlandi.
“Hokimlar ham “Bu energetiklarning ishi” deb xotirjam o‘tirishga haqqi yo‘q. So‘rov qattiq bo‘ladi”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugungi kunda ayrim hokimlarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq hisob-kitob mavjud emas.
Tarmoqdagi yo‘qotishlar 17,2 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan olti oyda 4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotilgan.
Andijon shahri, Asaka, Yangiobod, Koson, Ko‘kdala, Boysun, Oltinsoy, Qo‘shtepa, Toshloq, Qo‘shrabot va Samarqand tumanida yo‘qotishlar 25 foizdan yuqori.
ASKUE va ASKUG tizimi joriy qilinganiga to‘rt yildan oshgan bo‘lsa-da, aholi xonadonlariga o‘rnatilgan 300 mingta gaz va 234 mingta elektr hisoblagich tarmoqqa ma’lumot uzatmayapti. Oqibatda ayrim hududlarda debitor qarzdorlik kamayish o‘rniga ko‘paymoqda.
Lekin ko‘p rahbarlar samaradorlik deganda faqat quyosh paneli o‘rnatishni tushunib yurgani, uy energiya samarador bo‘lmasa, sarflangan mablag‘ behuda ketaverishi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
